MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI TARBIYALASHDA ASOSIY FAOLIYAT O’YINING AHAMIYATI

Abstract

Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar  tarbiyasda o’yinning o’rni beqiyosdir. Bolalar o’yini, asosan,tengdoshlari ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla       yetakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Endigina rivojlanayotgan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo         sirlaridan bexabar bo‘ladilar. Ushbu maqolada shu  davr bolalari uchun  tarbiya va o’yin muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini shakllantirish haqida  fikr yuritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
89-93
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nizomova , S., & Orziyeva, M. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI TARBIYALASHDA ASOSIY FAOLIYAT O’YINING AHAMIYATI. Science and Innovation in the Education System, 3(4), 89–93. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/123311
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar  tarbiyasda o’yinning o’rni beqiyosdir. Bolalar o’yini, asosan,tengdoshlari ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla       yetakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Endigina rivojlanayotgan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo         sirlaridan bexabar bo‘ladilar. Ushbu maqolada shu  davr bolalari uchun  tarbiya va o’yin muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini shakllantirish haqida  fikr yuritilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

89

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI

TARBIYALASHDA ASOSIY FAOLIYAT O’YINING AHAMIYATI

Sh.Sh.Nizomova

Buxoro davlat universiteti Sport faoliyati va pedagogik ta’lim fakulteti

Maktabgacha ta’lim kaferdasi dotsenti,

f.f.f.d(PhD)

Orziyeva Munisxon

9-3-MTS-19 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10897001

Annotatsiya:

Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar tarbiyasda o’yinning

o’rni beqiyosdir. Bolalar o’yini, asosan,tengdoshlari ota-onalar, buvi-bobolar,
mahalla yetakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Endigina
rivojlanayotgan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar
bo‘ladilar. Ushbu maqolada shu davr bolalari uchun tarbiya va o’yin muhim
tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini shakllantirish haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so’zlar

: Axborot resursi,o’yin texnologiyasi, hissiy rivojlanish,

nutq madaniyati, ta’lim texnologiyasi.

Аннотация:

Место игры в воспитании детей в системе дошкольного

образования бесподобно. В детские игры в основном играют сверстники,
родители, бабушки и дедушки, руководители районов и педагоги. Детям
дошкольного возраста, которые только развиваются, неведомы тайны
мира. В этой статье рассматривается важность образования и игры для
детей этого возраста.

Ключивые словы:

Информационный ресурс, игровые технологии,

эмоциональное развитие, культура речи, образовательные технологии.

Annotation:

The place of the game in the education of children in the

preschool education system is incomparable. Children's games are mainly
played by peers, parents, grandparents, neighborhood leaders and educators.
Children of preschool age, who are just developing, are unaware of the secrets of
the world. This article discusses the importance of education and play for
children of this age.

Key words:

Information resource, game technology, emotional

development, speech culture, educational technology.

Maktabgacha ta’lim tashkilotilaridagi ta’lim–tarbiya jarayonida ilgʻor

pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, maktabgacha ta’lim
tashkilotilarini zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan
toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv
hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

90

muhim yoʻnalishlaridan biridir. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-
ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-
fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan
takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy
barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va
iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor
vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera
oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim
tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va
barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim
ahamiyat kasb etadi.

O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar hayotini u bilan boyitishni talab
etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib
kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng,
sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta
harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga
muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan
stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul.

Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish

foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil
faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.

Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni,

kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro
munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon,
metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin.

Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan

gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor,
shifokor xullas hamma - hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazning
yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.

Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr

almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida
do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir
xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.

Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan

taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

91

uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.

O'yinlarning bunday bo'lishi albatta, shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy

voqealar aks etishi ham mumkin.

O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u

bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin
kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija
beradi.

Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor

berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim - tarbiya beruvchi ahamiyatga ega
bo'lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi,
o'yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega
bo'lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda
o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan
maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand
bo'lishlarini ta’minlash lozim.

Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma

tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan
bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi
lozim. O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga
munosabatlarini bilib oladi.

Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham

tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan
kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Ammo, o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi
mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng
foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi,
bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi, qon
aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining
to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta’minlaydi. O'yin orqali
tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa
bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.

O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi.

Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks
ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz
yaratishlari, xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda
avval o'rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar.
Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

92

O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan
mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar
ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning
o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va
kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar
ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol
usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham
foydalaniladi. Xulosa o’rnida aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalar o’yin
faoliyati bilan birga ta’limiy mashg’ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha
tarbiya yoshi davridagi ta’limiy mashg’ulotning asosiy mazmuni bolani atrof
muhitdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki
nutqni lug’at boyligi, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, grammatik tomondan
to’g’ri so’zlashlikka o’rgatish, bog’lanishli nutqni shakllantirishdan iborat,
elementar mavhum tushunchalarga ega bo’lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at,
qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish
materiallar bilan ishlash, musiqa va boshqa mazmundagi mashg’ulotlarga
qaratilgan bo’ladi, bu esa bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga
tayyorlash imkonini beradi.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1.

1.NIZOMOVA, S. (2023). SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA LIRIK

QAHRAMON KECHINMALARINING IFODALANISHI. Journal of Research and
Innovation, 1(10), 53-57.
2.

NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM.

THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(9), 48-
54.
3.

Shodiyevna, N. S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA

BOLALAR NUTQINI O ‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK MUAMMOLARI. Научный Фокус, 1(2), 1187-1193.
4.

Nizomova, S. S., & qizi Istamova, M. S. (2024, February). MAKTABGACHA

TA’LIM TASHKILOTIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE
TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 3, No. 1, pp. 60-69).
5.

Nizomova, S. S. (2023). INKLYUZIV TA’LIM: AFZALLIKLARI VA

KAMCHILIKLARI, XUSUSIYATLAR VA TAVSIYALAR. PEDAGOGS jurnali, 1(1),
673-673.
6.

Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE

IMAGE OF WATER IN MODERN UZBEK POETRY. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION:
TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 3(1), 70-75.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

93

7.

Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic

Context. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,
2(2), 170-174.
8.

Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING

OBRAZLANTIRILISHI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).
9.

Nizomova, S. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR

ADABIYOTINI O ‘QITISHDA XALQ O ‘ZAKI IJODINING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 45(45).
10.

Nizomova, S. (2020). ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ-ОСНОВА НАШЕГО

БУДУЩЕГО. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).
11.

Shodiyevna, N. S. (2023). Speech Defects and Ways To Eliminate Them,

Which Occur in Children. Journal of Advanced Zoology, 44.
12.

Nizomova, S. (2020). РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ И ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ В ОБУЧЕНИИ, ОБРАЗОВАНИИ И
РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).
13.

Низомова, Шохиста Шодиевна. "СУВ ВА ОЛОВ ОБРАЗЛАРИНИНГ

АДАБИЙ-ИРФОНИЙ АСОСЛАРИ." Scientific Impulse 1.4 (2022): 1391-1395.
14.

Nizomova,

Shoxista.

"Maktabgacha

yoshdagi

bolalar

nutqini

rivojlantirishda

tovush

tizimini

shakllantirish."

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 1.1 (2020).
15.

Nizomova, Sh Sh. "Symbolic-Emblematic Expression of Water Bodies and

Structures in Modern Poetry." AMERICAN JOURNAL OF SCIENCE AND
LEARNING FOR DEVELOPMENT 1.2 (2022): 126-128.

References

NIZOMOVA, S. (2023). SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON KECHINMALARINING IFODALANISHI. Journal of Research and Innovation, 1(10), 53-57.

NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(9), 48-54.

Shodiyevna, N. S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI O ‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI. Научный Фокус, 1(2), 1187-1193.

Nizomova, S. S., & qizi Istamova, M. S. (2024, February). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 3, No. 1, pp. 60-69).

Nizomova, S. S. (2023). INKLYUZIV TA’LIM: AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI, XUSUSIYATLAR VA TAVSIYALAR. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 673-673.

Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF WATER IN MODERN UZBEK POETRY. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 3(1), 70-75.

Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 170-174.

Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING OBRAZLANTIRILISHI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).

Nizomova, S. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR ADABIYOTINI O ‘QITISHDA XALQ O ‘ZAKI IJODINING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 45(45).

Nizomova, S. (2020). ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ-ОСНОВА НАШЕГО БУДУЩЕГО. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Shodiyevna, N. S. (2023). Speech Defects and Ways To Eliminate Them, Which Occur in Children. Journal of Advanced Zoology, 44.

Nizomova, S. (2020). РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ В ОБУЧЕНИИ, ОБРАЗОВАНИИ И РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Низомова, Шохиста Шодиевна. "СУВ ВА ОЛОВ ОБРАЗЛАРИНИНГ АДАБИЙ-ИРФОНИЙ АСОСЛАРИ." Scientific Impulse 1.4 (2022): 1391-1395.

Nizomova, Shoxista. "Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda tovush tizimini shakllantirish." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 1.1 (2020).

Nizomova, Sh Sh. "Symbolic-Emblematic Expression of Water Bodies and Structures in Modern Poetry." AMERICAN JOURNAL OF SCIENCE AND LEARNING FOR DEVELOPMENT 1.2 (2022): 126-128.