TALABALAR SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

Аннотация

Maqolada talabalar siyosiy faolligini oshirish, ularda siyosiy madaniyatni shakllantirish masalalari, yoshlarda siyosiy madaniyatni shakllantirishning ichki va tashqi ehtiyojining mazmun mohiyati ochib berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
44-50
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ortiqova, N. . (2025). TALABALAR SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Наука и инновации в системе образования, 4(6), 44–50. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/106472
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada talabalar siyosiy faolligini oshirish, ularda siyosiy madaniyatni shakllantirish masalalari, yoshlarda siyosiy madaniyatni shakllantirishning ichki va tashqi ehtiyojining mazmun mohiyati ochib berilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

44

TALABALAR SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH IJTIMOIY-

PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

Ortiqova Nargiza Akramovna

Qo’qon davlat universiteti dotsenti.

Suvonqulova Muhabbat

Qo’qon davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654699

Annotatsiya

Maqolada talabalar siyosiy faolligini oshirish, ularda siyosiy madaniyatni

shakllantirish masalalari, yoshlarda siyosiy madaniyatni shakllantirishning ichki
va tashqi ehtiyojining mazmun mohiyati ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

siyosiy ong, siyosiy madaniyat, fuqarolik tarbiyasi,

demokratik qadriyatlar, siyosiy ogohlik, ma’naviy kamolot.

Annotation

The article reveals the essence of the issues of increasing students' political

activity, forming political culture in them, and the internal and external need for
forming political culture in young people.

Keywords:

political consciousness, political culture, civic education,

democratic values, political awareness, spiritual maturity.

Hozirgi kunda ayrim tadqiqotchilar ta’lim-tarbiyani davlatchilikni saqlash

va rivojlantirish, millatning fuqarolik birligini shakllantirishning tizim
yaratuvchi omili deb hisoblaydilar. Keyingi yillardagi ilmiy-pedagogik
adabiyotlarda talabalar va o’quvchilarning siyosiy madaniyatini oshirish
muammosi; umumta’lim maktabi sharoitida fuqarolik jamiyati qadriyatlarini
shakllantirish yo’llari muhokama qilinadi, o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarga yo’naltirishning pedagogik shartlari, maktab o’quvchilari va
talabalarining fuqarolik tarbiyasi uchun shart-sharoitlar belgilanadi, o’rganiladi.
Bo’lajak o’qituvchilarning siyosiy madaniyatini shakllantirish muammosi
maxsus tadqiq etilmagan. Ayni paytda jamiyatning ma’naviy kamolotini belgilab
beruvchi yosh avlod qiyofasi o’qituvchining madaniyat darajasi, jumladan, uning
siyosiy madaniyati darajasi, fuqarolik pozitsiyasi, dunyoqarashi kengligi bilan
bog’liq.

Adabiyotlar tahlili va tadqiqot metodologiyasi.

Yoshlar muammolarini

ilmiy-nazariy jihatdan o’rganishda AQSH olimlaridan Genri Gerouks va Mayk A.
Meyls, nemis tadqiqotchilaridan I.S.Kon va Karl Mangeymlarning izlanishlari
nazariy metodologik asos vazifasini o’taydi. Shuningdek, A.Lukov, A.Rudakov,
P.I.Babochkin, A.D.Plotnikov, S.A.Bikov, L.A.Juravleva, O.I.Ivanov, I.G.Vasilьev,
S.N.Ikonnikov, A.I. Kovaleva, V.V.Nexaev, G.V.Kupriyanova, V.I.CHuprov,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

45

Yu.Zubok singari postsovet makoni olimlari tomonidan yoshlar sotsiologiyasi,
ularning axloqiy va estetik qarashlari, yoshlar siyosati amaliyoti, jamiyat rivojiga
yoshlar tashkilotlarining ijobiy va salbiy ta’siri masalalari, yoshlar orasidagi
destruktiv g’oyalar mazmuni, yoshlarni jamiyat faoliyatiga jalb etish,
shuningdek, yosh oilalar muammolari tadqiq qilingan.

Dеmоkrаtik jаmiуаt rivоjlаnishidа mа’nаviу уаngilаnishlаr mаsаlаsining

аdоlаtli jаmiуаt bаrpо еtish hаqidаgi jihаtlаri Shаrq vа G’аrb tаmаddunigа уirik
hissа qо’shgаn аllоmаlа Zаrdusht, Kоnfusiу, Suqrоt, Аristоtеl, Fоrоbiу, IbnSinо,
Bаhоuddin Nаqshbаnd kаbi mutаfаkkirlаrning, уirik dаvlаt аrbоblаri Аmir
Tеmur, Аlishеr Nаvоiу vа Bоburlаrning qаrаshlаridа аks еtgаn.

Milliу tаrаqqiуоt vа mа’nаviу уаngilаnishlаrgа dоir turli qаrаshlаr jаdid

mutаfаkkirlаri Bеhbudiу, Fitrаt, Аbdullа Аvlоniу, Munаvvаrqоri аsаrlаridа
аlоhidа mаvzu sifаtidа о’rgаnilgаnligini qауd еtish mumkin . Mаmlаkаtimizdа
dеmоkrаtik jаmiуаt rivоji v аmа’nаviу уаngilаnishlаr jаrауоnlаrining о’zаrо
diаlеktik аlоqаdоrligi, mа’nаviу islоhоtlаrning tub mоhiуаtini осhib bеrishgа
dоir qаrаshlаr M. Qurоnоv, N. Jо’rаеv, Q. Nаzаrоv, I. Еrgаshеv, N.
SHеrmuhаmеdоvа, А. Еrkаеv, S. Оtаmurоtоvlаrning dеmоkrаtik tаrаqqiуоt vа
mа’nаviу rivоjlаnishning аlоqаdоrligigа оid fikr–mulоhаzаlаr F.X. Уo’ldаshеvа,
M.Q. Nоrmurоtоvа, R.I. Nоrliеv, R.R. Rо’ziеvа, H.А. Аxmеdоv kаbi tаdqiqоtсhilаr
ilmiу ishlаridа kuzаtilаdi.

Muhokama.

“Yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish

xar qanday taraqqiyot yo’lidan borayotgan davlat uchun muhim vazifalardan
biri hisoblanadi. Chunki, davlat taraqqiyotining bir bosqichdan ikkinchisiga
o’tishida kechagi avlod yaratgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni bugungi avlod
davom ettirishi, rivojlantirishi va yuqori bosqichga ko’tarishi taqozo etiladi”.
Yana ham aniqroq qilib aytganda, mamlakat taraqqiyotining bugungi va ertangi
istiqboli yoshlarning qanday tarbiya olishiga bogliq. Ular nafaqat mehnat
resurslari, shu bilan birga ajdodlar davomchilari, ularning vorislari, mamlakat
manfaatlarini himoya qilish, uning nufuzini yanada oshirish ular zimmasida.
Agar bu murakkab vazifalaridan kelib chiqiladigan bo’lsak, yoshlar siyosiy
madaniyatini shakllantirish va uni doimo takomillashtirishning ikkita: ichki va
tashqi ehtiyojlari mavjudligi ayon bo’ladi. Uning birinchisi — mamlakatning
barqaror rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va
ma’naviy-ma’rifiy sohalarni izchillik bilan taraqqiy etish vazifalari. Bu vazifalarni
amalga oshirish nafaqat yoshlarning bunyodkorlik yo’lidagi fidoiylik ko’rsatishi,
shu bilan birga ularning siyosiy ongi va siyosiy madaniyatining mavjud
taraqqiyot bosqichiga qay darajada javob berishiga bog’liq. Jamiyat turli sinflar,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

46

ijtimoiy tabaqalar, siyosiy kushlardan iborat bo’lishi bilan bir qatorda,
yoshlarning o’zlari xam jamiyatning mustaqil ijtimoiy tabaqasi sifatida ijtimoiy
kelib chiqishi va manfaatlari nuqatai nazaridan ana shu sinflar, ijtimoiy
tabaqalar va siyosiy kuchlar vakillari sifatida namoyon bo’ladilar. Bu:

a) davlat oldida ularni mamlakat, umumxalq manfaatlari yo’lida

birlashuviga erishish vazifasini qo’yadi;

b) ularning xar bir ma’lum bir ijtimoiy tabaqaga mansubligini xisobga olgan

holda manfaatlarining o’zaro uyg’unlashtirishni ham taqozo etadi;

v) mamlakatning taraqqiyoti nafaqat itstisodiy omillar, shu bilan bir

qatorda siyosiy omillar bilan ham bogliq bo’ladi. Agar iqtisodiy imkoniyatlar
etarli darajada mavjud bo’lsa-yu, siyosiy barqarorlik bo’lmasa, mamlakatda
ulardan samarali foydalanib ham bo’lmaydi. Chunki siyosiy barqarorlik
taraqqiyot imkoniyatlarini barbod qiladi va iqtisodiy inqirozlarga olib keladi.

“Globallashuvning avj olishi ta’sirida tez o’zgarayotgan zamonda

yoshlarning kushli informatsion bosim ta’siri ostida yashayotganligi siyosiy
barqarorlik uchun xavf-xatarni kushaytirayotgan bugungi kunda ularning
siyosiy madaniyatini rivojlantirishning dolzarbligini yana ham oshirmoqda”. Boz
ustiga OAV, turli ommaviy kommunikatsiyalar orqali tarqatilayotgan
informatsiyalarning ko’pchiligi yoshlarning intelektual jixatdan yanada
rivojlanishiga emas, balki ma’naviy qashshoqlashuviga, mamlakatlarda siyosiy
beqarorlikning yuzaga kelishida yetakchilik qilishga undashga qaratilganligi,
ularning siyosiy madaniyatini rivojlantirishni e’tibordan qoldirmaslikni taqozo
etmoqda. Yoshlar ijtimoiy tabaqalari ruhiyatiga xar qanday voqea, xodisa
jarayonlariga qiziquvchanlik, taqlidchilik va xayotiy tajribaning yetishmasligi
ularning ana shu undovlar ta’siriga tushib qolishlari xavfini kuchaytiradi.
Albatta, bunday salbiy xolatning, yuzaga kelishi mamlakatda kushli iqtisodiy
imkoniyatlarga ega bo’lishiga qaramasdan, siyosiy barqarorlikning yuzaga
kelishiga, buning oqibatida iqtisodiyotning xam izdan chiqishiga va
mamlakatning butkul boshi berk ko’chaga kirib qolishini muqarrarlashtiradi.
Yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish ichki mamlakatimizda jaxon
standartlariga mos keladigan demokratik jamiyat qurish vazifasi bilan xam
bog’liqdir. Agar yoshlarimiz demokratik qadriyatlarning ma’no-mazmunini
qanchalik chuqur egallagan bo’lsa, uni shakllantirishda faol ishtirok etsa, bu
vazifani amalga oshirish ham o’z samarasini beradi. Aksincha, ular bu jarayonga
beparvo bo’ladigan bo’lsalar, demokratik qadriyatlarning ma’no-mazmunini
aniq tuchunib yetmasalar, bu ularning o’zlari to’liq anglab yetmagan xolda yovuz
kushlar ta’siriga tushib qolishlariga olib kelishi mumkin. Ana shu salbiy


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

47

holatning oldini olish va mamlakatda siyosiy barqarorlikning ta’minlaganligi
demokratik jamiyat qurish imkoniyatlarini mustahkamlaydi.

Yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirishning ikkinchisi — tashqi

ehtiyojlar hisoblanadi. Bular mamlakatni tashqi xavf-xatarlardan himoyalash,
uning xududiy butunligi, chegaralar xavfsizligini ularga nisbatan yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan xar qanday yovuz kushlarga nisbatan siyosiy ogohlikni
mustaxkamlash kabi vazifalarni o’z ichiga oladi. Yoshlarda tashqi xavf-xatarning
mamlakat uchun xar doim mavjud bo’lishi mumkinligini ular ongi va qalbida
shakllantirmas ekanmiz, bu o’z navbatida, ularda mamlakat taqdiri uchun
daxldorlik mas’ullik tuyg’ularining sayozlashuviga ham sabab bo’ladi. Agar
siyosiy madaniyatni rivojlantirishga erisha olsak ular mamlakat uchun tashqi
xavf-xatarlar nima, kimlar uni uyushtirishlari mumkin, xududiy butunlik nima
uchun zarur bo’ladi, chegaralarni tashqi dushmanlar taxdidlaridan himoya
qilish nima uchun kerak va buning uchun qanday vazifalarni birinchi navbatda
amalga oshirish zarur, yovuz kushlar qanday paydo bo’ladi, ularning maqsadlari
nimalardan iborat kabi o’ta murakkab, ayni paytda mamlakat taqdiri,
yoshlarning istiqboli bilan bog’liq tuchunchalar va masalalarning mazmun-
mohiyatini anglab yetishga hamda ularga nisbatan o’zlarining munosabatlarini
shakllantirishga erishish mumkin bo’ladi. O’rni kelganda, shuni ham alohida
ta’kidlash lozimki, bugungi kunda OAV va turli aloqa kommunikatsiyalarning
misli ko’rilmagan darajada jadal rivojlanishi sharoitida yoshlarning siyosiy
madaniyatidan ko’ra siyosiy ongining tez o’sib borish xolati sodir bo’lmoqda.
Siyosiy madaniyat, siyosiy ongga nisbatan orqada qolmoqda. Albatta, siyosiy
madaniyat siyosiy ong orqali yuzaga keladi va rivojlanadi. Agar siyosiy ong
shakllanmagan bo’lsa, siyosiy madaniyat xam shakllanmaydi. Ular bir-biri bilan
bog’liq omillar xisoblanadi, bu xaqda yuqorida to’xtalgan edik. Bu yerda siyosiy
madaniyat siyosiy ongning jadal rivojlanish tezligidan orqada qolmoqda, —
deganimizda yoshlarning dunyo miqyosida va mamlakatda kechayotgan siyosiy
jarayonlardan xabardorligi hamda ularning maqsad, muddaolari kimlarning
manfaatlariga qaratilganligi aniq tasavvur qilmasdan va tuchunib yetmasdan
turib bunday jarayonlarga yuzaki qarash holatlarining mavjudligi nazarda
tutiladi. Shu bilan birga siyosiy ongning yuksak darajada rivojlanib, siyosiy
madaniyatning undan orqada qolish holatining yana bir ko’rsatkichi yoshlarning
mamlakatda qabul qilinayotgan turli qonunlar, siyosiy xayot bilan bog’liq
me’yoriy xujjatlar, xatto o’zlarining xuquq va erkinligini kafolatlovchi qonunlarni
bilganlari xolda, ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga siyosiy
salohiyatining yetmasligidir. Bu fikrimizga aniqlik kiritish maqsadida, yana bir


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

48

muhim omil mohiyatiga ham e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Xususan,
yuqoridagi siyosiy madaniyatning siyosiy ongga nisbatan orqada qolayotganligi
haqidagi g’oyamizda ular doimo bir darajada rivojlanishi lozim, — degan fikr
yo’q, albatta. Chunki, xar qanday ong shakllarida bo’lgani kabi, siyosiy ong xam
siyosiy madaniyatga nisbatan oldin shakllanadi va rivojlanadi, siyosiy madaniyat
uning bazasida shakllanadi va rivojlanadi. Bu yerda gap ularning rivojlanish
darajalari o’rtasida xar ikki tomonning mamlakat siyosiy hayotining barqaror
rivojlanishiga xizmat qiladigan muvozanatni ta’minlaydigan ma’lum oraliq
masofa mavjudligi va uning o’zaro uzoqlashib ketmasligi haqida bormoqda.
Shuni ham hisobga olish kerakki, siyosiy madaniyat siyosiy ongdan oldin
shakllanmaydi va rivojlana olmaydi.

Demak ana shu oraliq masofadagi muvozanat buzilib ketishida siyosiy ong

yetakchilik qiladi. Bu qanday oqibatlarga olib keladi. Agar ana shu muvozanat
buziladigan bo’lsa, yoshlarning bilib-bilmasdan turli siyosiy jarayonlarga
aralashib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar va siyosiy beqarorlikning
ishtirokchilariga aylanib qolishlariga olib keladi. Shu ma’noda ham siyosiy
ongning siyosiy madaniyatga nisbatan keskin rivojlanishiga juda ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lish mamlakat va umumxalq taraqqiyotlari manfaatlariga
xizmat qiladi.

Siyosiy ongning rivojlanishi natijasida, yoshlarda siyosiy jo’shqinlik va

siyosiy faollik oshadi. Agar, u siyosiy madaniyat bilan bir vaqtda
rivojlantirilmasa, muvozanat barham topsa, siyosiy ong yoshlardagi ana shu
jo’shqinlik va faollikni mamlakatning siyosiy ziddiyatlar girdobiga tushib
qolishiga olib kelish xavfini yuzaga keltiradi. Bunday o’ta xatarli jarayonning oldi
olinmas ekan, yoshlarning siyosiy jo’shqinligi va siyosiy faolligidan turli siyosiy
kushlar o’zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda, xususan,
hokimiyatni qo’lga kiritishda foydalanishlari mumkin.

Yoshlarda siyosiy jo’shqinlik va siyosiy faollik ham o’z-o’zidan yuzaga

kelmaydi. Ularning yuzaga kelishi quyidagilar bilan bog’liq bo’ladi:

a) mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning yuzaga kelishi;
b) millatlararo munosabatlarda ziddiyatlarning sodir bo’lishi va dinlararo

bag’rikenglikning barham topishi;

v) mamlakat amaliy faoliyatida yoshlar manfaatlari, ularning o’sib

boradigan ehtiyojlariga nisbatan e’tiborsizlikning yuzaga kelishi;

g) mamlakatdagi siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun olib boradigan

kurashlarida amaldagi qonunlarga xilof ravishda faoliyat ko’rsatishlari va bunga
yoshlarni jalb qilish holati;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

49

d) mamlakat hayotiga tashqi kushlarning aralashuvi va uning xavfsizligiga

taxdidlarning yuzaga kelishi kabilarda yoshlar siyosiy ongining qisqa muddatda
keskin o’sib ketishiga olib kelishi mumkin.

Endi ular qanday namoyon bo’lishi mumkinligi, haqida fikr yuritishga

xarakat qilamiz. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarning vujudga kelishi
barcha aholi kabi yoshlarning hayotida ham o’z ifodasini topadi. Bu ular
o’rtasida ishsizlikning yuzaga kelishiga, shu bilan birga itstisodiy ahvolining
yomonlashuviga sabab bo’ladi. Yoshlar ana shu murakkab vaziyatdan chiqib
ketish yo’llarini izlashga majbur bo’ladi va ularning birinchi omili sifatida
davlatning amaldagi siyosatdan noroziligini va uni o’zgartirish lozim, degan
siyosiy qarashlarning yoshlar o’rtasida ommaviy ravishda shakllanishiga olib
keladi. Bu jarayonning avj olishining oldini olish va yuzaga kelgan vaziyatning
o’z vaqtida siyosiy vazminlik bilan hal etilishi amaldagi hokimiyatning siyosiy
faoliyatdagi moxirligiga bog’liq bo’ladi.

Millatlararo munosabatlardagi xamkorlikning barham topishi ular o’rtasida

ziddiyatlarning yuzaga kelishi va dinlararo bag’rikenglikning barham topishi
yoshlar siyosiy ongining keskin o’sib ketishiga olib keladi. Bu har bir yoshning u
yoki bu millatga mansubligi, u yoki bu dinga e’tiqod qilishi bilan bog’liqdir.
Aksariyat ko’pchilik hollarda yovuz kushlar va siyosiy oqimlar o’zlarining
jirkanch maqsadlarini amalga oshirishda xuddi ana shu salbiy omillarni yuzaga
keltirish orqali erishishga xarakat qiladilar. Bu omilning qudrati, kushi shundan
iboratki u yoshlarning ichki tuyg’ulari, dunyoqarashi, qalbi, g’ururi, or-nomusi,
xis-xayajonlari bilan bog’liq. Ular shunday nozik tuyg’ularki, agar ularga
nisbatan qandaydir salbiy ta’sir yuzaga keladigan bo’lsa, bu siyosiy ongning misli
ko’rilmagan darajada o’sib ketishiga olib keladi. Bugun dunyoning ba’zi
davlatlarida davom etayotgan siyosiy beqarorlikka yoshlarni jalb qilishda xuddi
ana shu millatlararo munosabatlarida ziddiyatlarni va dinlararo bag’ritoshlikni
yuzaga keltirish imkoniyatlaridan foydalanilmoqda

Xulosa.

“Yoshlar siyosiy ongining keskin o’sib ketishi va siyosiy madaniyat

rivojining undan orqada qolishiga davlat amaliy faoliyatida yoshlarning o’sib
boradigan ehtiyojlarini hisobga oluvchi aniq dasturlarning ishlab chiqilmaganligi
va uni real xayotga tatbiq qilinmaganligi ham sabab bo’ladi”. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek yoshlar nafaqat mehnat resurslari, shu bilan birga
jamiyatning mustaqil ijtimoiy tabaqalari bo’lib, mamlakatning suveren davlat
sifatida barqaror rivojlanishi, uning istiqboli yoshlar bilan bog’liqdir. Ana shu
o’ta muhim jixatdan kelib chiqqan holda, har bir davlat o’z yoshlarning
ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniq ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan davlat


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

50

dasturiga ega bo’lishini va yoshlarda siyosiy bilim, siyosiy ong va siyosiy
madaniyatni shakllantirishni aynan ta’lim-tarbiya jarayonidan boshlashni, izchil
amalga oshirishni taqozo etadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

N.A.Ortiqova. Improvement of Mechanisms of Development of Political

Culture in Students. // Asia pacific journal of marketing & management review.
2022/11. 161-164 b.
2.

N.A.Ortiqova.

O'zbekistonda

yoshlar

siyosiy

madaniyatini

rivojlantirishning metodologik asoslari. // O'zMU xabarlari. 2022 y. 127-129 b.
3.

N.A.Ortiqova. Analysis of the concept of political consciousness and

political culture, its structure and levels. // International Journal of Early
Childhood Special Education. 2022/12. 1739-1742 b.
4.

N.A.Ortiqova. Dialectical Relevance Of Political Culture And Political

Ideologies: A Socio-Philosophical Analysis. // Journal of Positive School
Psychology. 2022. 299-307 b.
5.

Henry Giroux. Schooling and the Struggle for Public Life.(1988); Henry

Giroux. Border Crossings: Cultural Workers and the Politics of Education. 1992

Библиографические ссылки

N.A.Ortiqova. Improvement of Mechanisms of Development of Political Culture in Students. // Asia pacific journal of marketing & management review. 2022/11. 161-164 b.

N.A.Ortiqova. O'zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning metodologik asoslari. // O'zMU xabarlari. 2022 y. 127-129 b.

N.A.Ortiqova. Analysis of the concept of political consciousness and political culture, its structure and levels. // International Journal of Early Childhood Special Education. 2022/12. 1739-1742 b.

N.A.Ortiqova. Dialectical Relevance Of Political Culture And Political Ideologies: A Socio-Philosophical Analysis. // Journal of Positive School Psychology. 2022. 299-307 b.

Henry Giroux. Schooling and the Struggle for Public Life.(1988); Henry Giroux. Border Crossings: Cultural Workers and the Politics of Education. 1992