SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 1
41
Synapses:
Insights Across the Disciplines
MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O‘ZBEK MILLIY
ADABIYOTIDAGI TUTGAN O‘RNI.
Isroilov Raxmatillo Luqmonxo’ja o’g’li
(Toshkent davlat transport universiteti)
(Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi)
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada xalqimizning sevimli shoiri, dramaturg, adabiyotshunos olim,
tarjimon, pedagog Maqsud Shayxzodaning hayotiy kechinmalari va ijodi keng talqin
qilingan.Shu bilan birga maqola Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga katta
qiziqish uyg‘otadi va uni mukammal o‘rganishga undaydi.
Kalit so‘zlar:
dramaturg, tarjimon, pedagog, she‘r, Undoshlarim, Toshkentnoma
dostoni.
KIRISH
O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashur shoir, zabardast
dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908 yil
Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi. Uning otasi Ma‘sumbek o‘z
zamonasining taraqqiyparvar kishilaridan biri bo‘lib shifokorlik kasbidan tashqari,
san‘at, adabiyot, tarix va falsafa ilmlari bilan qiziqardi. Ularning oilasida shaharning
eng ziyoli kishilari yig‘ilib, munozara va mubohasa qilishardi. Bu adabiy muhit uchun
Pushkin va Lermontov, Shekspir va Balzak, Firdavsiy va Xayyom, Nizomiy va Navoiy
asarlari begona emas edi. Shunday oilada tarbiya topayotgan bo‘lajak shoir
boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida
sirtdan o‘qidi. U 1925-yildan boshlab Ozarbayjon Maorif xalq komissarligi
yo‘llanmasi bilan Dog‘istonning Darband shahrida muallimlik bilan shug‘ullandi.
Shayxzoda Dog‘istonda kechgan qisqa hayoti davomida ham muallim, ham shoir, ham
jurnalist, ham tanqidchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga
kelib, turli gazeta va jurnallar muharririyatlarida ishlaydi.
MUHOKAMA
Uning fikricha ‘‘ inson ruhini tarbiyalash, nafosat tuyg‘luarini yanada baland
darajaga ko‘tarish san‘atning muqaddas vasifasidir ‘‘.Yuqorida aytilganidek, avval
o‘qituvchi bo'lib ishlagan Shayxzoda keyinchalik turli gazeta va jurnallar tahririyatida
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 1
42
Synapses:
Insights Across the Disciplines
muharrir, 1935-1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot
institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Shayxzoda 1938-yilda ilmiy xodim
lavozimidan bo‘shagach, shu yildan boshlab to umrining oxirigacha Nizomiy nomli
TDPI ning o'zbek mumtoz adabiyoti kefedrasida dotsent vazifasida ishlaydi, u yerda
adabiyotshunos va adabiy tanqidchi sifatida faoliyat olib bordi.
1950-yillarning boshlarida ‘‘xalq dushmani ‘‘ sifatida 25 yilga qamalgan shoir Stalin
vafot etgach oqlanadi. Maqsud Shayxzoda 1967-yil 19-fevralda og‘ir xastalik
natijasida olamdan o‘tdi. Uning qabri Forobiy qabristonida joylashgan. Vafotidan so'ng
Shayxzodaning 6 jilddan iborat bo'lgan asarlari nashr etilgan. Adibning qilgan ijodi va
xizmatlari yuksak baholanib, 2001 -yilda ‘‘Buyuk xizmatlari uchu ‘‘ ordeni bilan
mukofotlangan.
NATIJA
Uning dastlabki asarlari 1929-yildan boshlab, e‘lon qilingan. Maqsud
Shayxzoda ilmiy izlanishlar va tarjimonlik bilan ham shug‘ullangan. U Sh. Rustaveli,
V.Shekspir, M. Lermentov, Fuzuliy, A.S.Pushkin , Nizomiy, Ezop, Gyote, Mirza Fatali
Oxundov, Esxil, Bayron, Nekrasov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat, Shevchenko kabi
bir qator adiblar ijodidan tarjima ishlarini olib borgan. Muqimiy, Furqat, Bobur,
G‘.G‘ulom, H.Olimjon, Nizomiy, Oybek, Fozil shoir, Sh.Rustaveli, Pushkin,
Ostrovskiy, Chexov, Nekrasov, Shevchenko kabi adiblar hayotiga bag‘ishlangan
asarlar yozgan, olim sifatida esa Alisher Navoiy she‘riyati haqida chuqur izlanish qilib,
ilmiy tadqiqotlar yaratgan.
“
O‘n she’r” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat”
(1935) to‘plamlarining nashr etilishi adabiyotga o‘ziga xos ovozli shoir kirib
kelayotganidan darak berdi.
Uning “Kurash nechun”, “Jang va qo‘shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko‘ngil deydiki...”
she’riy to‘plamlari, “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi kabi asarlari urush
yillarida yozilgan bo‘lib, jangchilarning qaxramonligi, vatanga muhabbati, front
ortidagi insonlarning sadoqatli mehnati tasvirlangan.
“O‘n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr
devoni” kabi she’riy to‘plamlarida, urushdan keyingi yillarda qatag‘on bo‘lgan shoir,
totuvlik uchun kurash, Vatanga fidokorlikni kuyladi.
1958 yili adibning “Toshkentnoma” lirik dostoni yaratildi. Ushbu doston qadimiy va
ayni chog‘da zamonaviy Toshkent shahriga bag‘ishlangan. Shayxzoda nafaqat lirik
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 1
43
Synapses:
Insights Across the Disciplines
shoir, balki, iste’dodli dramaturg hamdir. 1960-yilda yozgan “Mirzo Ulug‘bek”
tragediyasida buyuk o‘zbek olimi, munajjimi va ma’rifatparvar hukmdori obrazini
yaratdi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Maqsud Shayxzoda Ozbarbayjon va O‘zbek
xalq adabiyotining eng zabardast shoir va adiblaridan hisoblanadi. Mana necha yildirki
ijodiy asarlari so‘ngan emas va qalbimizning tub tubidan joy olgan. 1-Prezidentimiz
I.A.Karimov tashabbusi bilan Maqsud Shayxzoda nomiga medal, order, va
stipendiyalar joriy etilgan . Uning asarlari va hayotiga qiziquvchi yoshlarimiz juda ko‘p
va bundan keyin ham kamaymaydi . Maqsud Shayxzodaning ijodi shu qadar qiziqki u
faqat bir yo‘nalishda emas balki turli xil yo‘nalishlarda juda qiziq faoliyat ko'rsatgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, Toshkent, 1969.
2.
G‘afurov I. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, Toshkent, 1975.
3.
Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, Toshkent, 1972.
4.
Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent,
„Nihol“, 2008.
