INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING AHAMIYATI VA INSON HUQUQLARI TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI DOLZARB MASALALAR.

Аннотация

Maqolada Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining mazmuni, xalqaro va milliy huquqiy tizimdagi ahamiyati, O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya tizimining rivojlanishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.

SYNAPSES: Insights across the disciplines
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.16976611
CC BY f
41-48

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li. (2025). INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING AHAMIYATI VA INSON HUQUQLARI TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI DOLZARB MASALALAR. SYNAPSES: Понимание различных дисциплин, 2(8), 41–48. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/136305
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining mazmuni, xalqaro va milliy huquqiy tizimdagi ahamiyati, O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya tizimining rivojlanishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

41

Synapses:

Insights Across the Disciplines

INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING

AHAMIYATI VA INSON HUQUQLARI TA’LIMINI

TAKOMILLASHTIRISHDAGI DOLZARB MASALALAR.

SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi

katta o‘qituvchisi, dotsent (+99893) 551-71-30


Annotasiya.

Maqolada Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining mazmuni,

xalqaro va milliy huquqiy tizimdagi ahamiyati, O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi
ta’lim va tarbiya tizimining rivojlanishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish
yo‘llari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Inson huquqlari, Umumjahon deklaratsiyasi, ta’lim va tarbiya,

xalqaro huquq, milliy strategiya, pedagogik muammolar, huquqiy madaniyat,
O‘zbekiston.

ЗНАЧЕНИЕ ВСЕОБЩЕЙ ДЕКЛАРАЦИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА И

АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ОБРАЗОВАНИЯ В

ОБЛАСТИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА.

Аннотация.

В статье анализируется содержание Всеобщей декларации прав

человека, ее значение в международной и национальной правовой системе,
развитие системы образования и воспитания в области прав человека в
Узбекистане, существующие проблемы и пути их преодоления.

Ключевые слова:

Права человека, Всеобщая декларация, образование и

воспитание, международное право, национальная стратегия, педагогические
проблемы, правовая культура, Узбекистан.

THE SIGNIFICANCE OF THE UNIVERSAL DECLARATION OF HUMAN

RIGHTS AND CURRENT ISSUES OF IMPROVING EDUCATION IN THE

FIELD OF HUMAN RIGHTS.

Annotation.

The article analyzes the content of the Universal Declaration of Human

Rights, its significance in the international and national legal system, the development of


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

42

Synapses:

Insights Across the Disciplines

the system of education and upbringing in the field of human rights in Uzbekistan,

existing problems and ways to overcome them.

Key words:

Human rights, Universal Declaration, education and upbringing,

international law, national strategy, pedagogical problems, legal culture, Uzbekistan.




Bundan 75 yil muqaddam 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasi Ikkinchi jahon urushi davrida inson qadri va huquqlarining qo‘pol ravishda
oyoq osti qilinishi, insoniyatga nisbatan vahshiyliklar, genotsid jinoyatlari saboqlariga
asoslangan.

[1].

Umumjahon deklaratsiyasida insonning qadrlanishi, uning huquqlarini hurmat qilish

va davlatlar tomonidan ularga ustuvor ahamiyat berilishi, jamiyatlarda “erkinlik”,
“tenglik”, “adolat” tamoyillarining qaror topishi haqida so‘z boradi.

Deklaratsiya “barcha xalqlar va davlatlar intilishi lozim bo‘lgan qoidalar” sifatida

e’lon qilinib, u tavsiya xarakteriga ega edi. Deklaratsiyada davlatlar, tashkilotlar va
shaxslarning inson huquqlari sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilib, ular inson
huquq va erkinliklarni hurmat qilinishi hamda ularga rioya etilishini belgilashda asosiy
mezonga aylandi.

Deklaratsiya asosida davlatlar zimmasiga inson huquqlari sohasida xalqaro

majburiyatlarni yuklagan insonning asosiy huquq va erkinliklarini qamrab oluvchi keng
qamrovli xalqaro shartnomalar tizimi yaratildi, ko‘plab prinsip va normalar shakllandi,
ularning aksariyati umumjahon tan olindi. Umumjahon deklaratsiyasini, keyin esa Inson
huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro pakt va konvensiyalarni qabul qilish orqali davlatlar ilgari
o‘zlarining ichki vakolatlariga tegishli bo‘lgan inson huquqlarini ta’minlash sohasida
xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmalariga oldilar. Davlatlar, o‘zlarining inson
huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga zid ravishda fuqarolarning huquq va
erkinliklarini cheklaydigan qonunlarni qabul qilishga haqli bo‘lmay qoldilar. Hozirgi
kunga kelib inson huquqlari sohasidagi asosiy xalqaro shartnomalar soni 18 taga yetdi,
ya’ni ikkita xalqaro pakt, 7 ta xalqaro konvensiya hamda 9 ta fakultativ protokollar bunga
misol bo‘ladilar.

1993-yilda Venada bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha Ikkinchi Jahon

konferensiyasida qabul qilingan Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturida “Barcha inson
huquqlari universal, ajralmas va o‘zaro bog‘liqdir. Xalqaro hamjamiyat inson huquqlariga
global miqyosda, adolatli va teng ravishda, bir xil yondashuv va e’tibor bilan
munosabatda bo‘lishi kerak. Milliy va mintaqaviy xususiyatlar va turli tarixiy, madaniy


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

43

Synapses:

Insights Across the Disciplines

va diniy xususiyatlarning ahamiyatini hisobga olish kerak bo‘lsa-da, davlatlar,

ularning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimlaridan qat’i nazar, barcha inson huquqlari va
asosiy erkinliklarini targ‘ib qilish va himoya qilishga majburdirlar” deb ta’kidlandi.

Shu bilan birga Vena konferensiyasida Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar

lavozimini tashkil etish tavsiya qilinib, uning maqsadlaridan biri “Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasiga rioya qilish zarurati” bilan bog‘liq edi. Shunday qilib, 75 yil
avval barcha xalqlar va barcha davlatlar intilishi lozim bo‘lgan qoidalar sifatida qabul
qilingan Umumjahondeklaratsiyasi bugungi kunda inson huquqlari sohasidagi eng
muhim manbalardan biriga aylandi, uning qoidalari ko‘plab mamlakatlar tomonidan
inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha konstitutsiya qoidalarini ishlab chiqishda keng
qo‘llanilgan namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Deklaratsiya matni 375 ta til va lahjalarga
tarjima qilingan, u barcha odamlar ega bo‘lgan universal huquqlarning birinchi
majmuaviy ifodasidir.

Deklaratsiya bilan belgilangan huquq va erkinliklar mamlakatimizning 2023-yil 30-

aprelda bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga asoslanib qabul qilingan yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasi 2- bobi normalarida yanada kengroq va batafsilroq bayon etildi.
Shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalarini va
xalqaro shartnomalarni O‘zbekiston huquqiy tizimining ajralmas qismi sifatida
konstitutsiyaviy darajada tan olindi va uni ta’minlashning aniq mexanizmini
mustahkamladi.

O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi asosiy 18 ta xalqaro

shartnomalarning 11 tasini, jumladan 2 ta xalqaro pakt, 5 ta xalqaro konvensiya, 4 ta
fakultativ protokollarni ratifikatsiya qilgan. Eng oxirgi ratifikatsiya qilingan inson
huquqlari sohasidagi xalqaro shartnoma – bu 2021-yilda ratifikatsiya qilingan
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadir.

Bugunga qadar O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarning

bajarilishi bo‘yicha 42 ta davriy hisobotlarni Inson huquqlari bo‘yicha kengash va
konvensiyaviy qo‘mitalarga taqdim qilgan.

2023-yil 12-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari

umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash
to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon bilan Deklaratsiya qabul qilinganligining 75
yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mazkur tadbirlarda davlat
tashkilotlari va muassasalari, jamoatchilik birlashmalari, ommaviy axborotvositalarining
faol ishtirok etishi eng muhim vazifa etib belgilandi. Ularning eng muhim maqsadlaridan
biri jamiyatda inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish, inson huquq va erkinliklariga
hurmatga qaratilgan yondashuvni aholi orasida targ‘ib etishdan iborat.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

44

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Masalan, mazkur tadbirlardan biri 2023-yildan boshlab har yili 1-10 dekabr

kunlari mamlakatimizda “Inson huquqlari” o‘n kunligini e’lon qilish hamda umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan umummilliy darslar
o‘tkazishni nazarda tutadi.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’lim-tarbiyaga e’tibor

kuchaymoqda. Bundan asosiy maqsad jamiyatda inson huquq va manfaatlari ustuvorligini
ta’minlashning asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladigan aholining inson huquqlari
madaniyatini oshirishdir.

Inson huquqlari madaniyatining yuksalishiga faqat ta’lim muassasalarining o‘quv

dasturiga inson huquqlariga oid o‘quv kurslarini joriy qilish orqaligina erishib bo‘lmaydi,
balki inson huquqlari sohasidagi tarbiya, ya’ni o‘zaro munosabatlarda inson huquqlariga
rioya qilish tajribasini qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda inson huquqlari
to‘g‘risida axborot yetkazish ham muhim bo‘lib hisoblanadi. Inson huquqlari sohasidagi
ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyati uch vazifaga bog‘liq: bular bilim berish,
munosabatga kirishishga o‘rgatish va xulqatvorni shakllantirish.

Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya boshqalar bilan qonun doirasida

muloqotga kirisha olish, o‘zgacha nuqtai nazarlarni tinglash va hurmat qilish, o‘z fikrini
bildira olish, nizolarni zo‘ravonliksiz hal qila olish ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Istiqbolda bunday ko‘nikmalar inson huquqlariga hurmat ruhida tarbiyalangan va
demokratik hayotda faol ishtirok etishga tayyorlangan avlodni voyaga yektazishga katta
hissa qo‘shadi.

Inson huquqlari asosan harakatlar orqali ifodalanadigan nomoddiy qadriyatlar bilan

bog‘langanligi sababli inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya nazariy hamda amaliy
mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladigan tizimli yondashuvni talab qiladi. Ayniqsa, inson
huquqlariga rioya qilish nuqtai nazaridan huquqiy xulq-atvor va munosabat modelini
o‘rgatishga to‘g‘ri keladi. Bunga ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlardagi
muhitning inson huquqlariga rioya qilishga muvofiq bo‘lishini ta’minlash orqali erishish
mumkin. Masalan, ta’lim muassasalarida o‘zaro hurmat va inson huquqlari ustuvorligi
muhitini yaratish uchun ta’lim-tarbiyaning barcha ishtirokchilari xulq-atorini tartibga
soladigan, barcha taraflarning mas’uliyatini belgilaydigan, inson huquq va erkinliklarini
hurmat qilishni talab qiladigan xulq-atvor kodekslarini yaratish maqsadga muvofiq.

Inson huquqlari sohasidagi ta’limni takomillashtirish, avvalambor, ilg‘or

pedagogika uslublarining qo‘llanilishini, buning uchun esa inson huquqlari sohasida
sifatli bilim berish va ko‘nikmalarni tarbiyalash bo‘yicha yuqori malakaga ega ilmiy va
pedagogik kadrlarni tayyorlash taqozo etiladi. Bunda ilmiy va pedagogik kadrlarning


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

45

Synapses:

Insights Across the Disciplines

tayyorgarligi inson huquqlari to‘g‘risida nafaqat ma’lumot berish, balki

talabalarga o‘zlarini inson sifatida hurmat qilinishlarini his qilishlari hamda o‘z
huquqlarini qanday amalga oshirish, majburiyatlarni qanday bajarish, boshqalarning
huquqlarini qanday himoya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni tarbiyalash
ehtiyojlariga mos bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha ta’limtarbiyani samarali

amalga oshirishda qator muammolar mavjud?

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya

to‘g‘risidagi deklaratsiyasi hamda Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining
to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilindi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi Farmoni bilan
tasdiqlangan Insonhuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi
asosida inson huquqlari mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dasturi joriy qilindi, inson
huquqlari ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi, ta’lim
muassasalari o‘quv rejalariga Inson huquqlari fani kiritila boshlandi

[2].

Lekin ko‘rilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan

monitoringlar natijasida inson huquqlari sohasida pedagogik kadrlarni tayyorlash
ishlarida muammo va kamchiliklar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, 2021-yil
mamlakatning qator hududlaridagi oliy o‘quv yurtlarida, litsey va texnikumlarda
o‘tkazilgan monitoring va so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki (monitoring davomida 248
nafar professoro‘qituvchi va 456 nafar talabalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan), ayrim oliy
o‘quv yurtlarida moliyaviy manbalar belgilanmaganligi sababli inson huquqlari bo‘yicha
o‘quv kursi o‘qitilmagan, pedagogik kadrlar malakasini oshirish institutlarining o‘quv
rejasiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritilmagan. Bundan tashqari, inson huquqlari
sohasidagi ta’lim bo‘yicha zamonaviy darsliklar, o‘quv-didaktik, multimedia
materiallarini tayyorlash ishlari amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Mutaxassislarning fikricha, agar ta’lim muasasalarida inson huquqlari bo‘yicha

ixtisoslashtirilgan kurslar joriy qilinmasa va ular asosiy fanlar sifatida o‘qitilmasa, yosh
avlodni ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga, bunyodkorlikka yo‘naltirib tarbiyalash
samarasi past bo‘ladi. Chunki inson huquqlari nimani anglatishini va u qanday ta’sir
qilishini kengroq tushunmasdan turib, tom ma’nodagi bunyodkor insonni tarbiyalab
bo‘lmaydi.

Inson huquqlari bo‘yicha tayyorlangan o‘qituvchi-pedagoglarning yetishmasligi,

moliyalashtirishning yo‘lga qo‘yilmaganligi, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarning
takomillashmaganligi va yetishmasligi inson huquqlari bo‘yicha kurslarning
barqarorligiga to‘sqinlik qiladi. Bunday holat insonhuquqlari bo‘yicha ta’limni amalga


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

46

Synapses:

Insights Across the Disciplines

oshirish masalasiga tizimli yondashish, sifat va baholash standartlariga

muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatdi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan

Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi tasdiqlandi, unda inson huquqlari
madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan kompleks tadbirlar nazarda tutildi. Bunda inson
huquqlari o‘quv kurslarini joriy qilish, inson huquqlari sohasiga ixtisoslashgan
o‘qituvchi-pedagoglarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, inson huquqlari bo‘yicha
magistratura mutaxassisligini takomillashtirish, inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha ilmiy
kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda
xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari qamrab olindi.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish davomida mamlakatimizda inson huquqlari

sohasidagi ta’lim va tarbiyani amalga oshirishning bir necha muammolariga alohida
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.

Birinchidan,

inson huquqlari sohasidagi ta’limning g‘arbona axloq targ‘ibotiga

aylanishib ketishining oldini olish kerak. Inson huquqlari universal qoidalardir, ular
jahonning barcha xalqlari madaniyatidan kelib chiqqan. Uning g‘arbona talqinini targ‘ib
qilish milliy qadriyat va madaniyatlar tanazzuliga sabab bo‘lmasligi kerak. Shundan kelib
chiqib, inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya ham turli milliy qadriyatlarga mansub
madaniyatga ega mamlakatlar uchun turlicha axloqiyhuquqiy mazmunga ega. Bunda
beriladigan bilim va ko‘nikmalar umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda milliy-
axloqiy qadriyatlarga ham asoslanishi kerak. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan, texnologiyalaridan keng foydalanish lozim, lekin
ta’lim va tarbiya mazmuniga milliy-axloqiy qadriyatlar singdirilgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ta’lim va tarbiyada O‘zbekiston xalqiga xos bo‘lgan mehr-oqibat, hurmat-
izzat, ota-ona vafarzandlarga g‘amxo‘rlik, halollik kabi qadriyatlar o‘z ifodasini topsa,
uning amaliyligi, xulq-atvorga ta’sir etish samarasi yuqori bo‘ladi.

Ikkinchidan,

o‘quvchi-talabalarning inson huquqlari bo‘yicha ko‘nikmalari

shakllanishiga ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasidagi ruhiy muhit, uni boshqarishga
inson huquqlarini himoya qilish tamoyil va mexanizmlarining joriy qilinganligi,
o‘qituvchi-pedagoglarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ruhiy barqarorligi
salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalari boshqaruvida inson huquqlariga muvofiq
bo‘lgan tamoyillar ustuvorligi, o‘qituvchi-pedagoglar huquq va manfaatlarining
to‘laqonli ta’minlanganligi, o‘zaro ishonch va yordamga asoslangan yuqori ijodiy
faoliyatning rag‘batlantirilganligi muhiti talaba-o‘quvchilarda inson huquqlari sohasida
bilim berish va ko‘nikmalarni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

47

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson huquqlarini o‘rgatishda ko‘pincha

xorijdagi, uzoqdagi, mavhum, noma’lum yoki begona odamlarning huquqlari buzilishi va
ularni himoya qilish bilan bog‘liq misollar inson huquqlari ustuvorligiga ishonchning
shakllanishida rol o‘ynamaydi. Balki inson huquqlarini o‘quvchi-talabalarga yaqin
bo‘lgan misollar bilan, ularning yashash va ta’lim sharoitlari bilan bog‘lash inson
huquqlarini o‘qitishda yuqori samara beradi. O‘quvchi-talabalar ta’lim muasasasi
hayotida inson huquqlari tamoyillari ustuvorligini ko‘rsa, inson huquqlari bo‘yicha
bilimlar o‘quvchi-talabalarning kundalik hayoti bilan bog‘lanadi va tajribadan
o‘tkaziladi, ularda inson huquqlari ustuvorligiga ishonch mustahkamlanadi, natijada ular
inson huquqlari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni samarali o‘zlashtiradi.

Uchinchidan,

inson huquqlari sohasidagi ta’limning muvaffaqiyatli amalga

oshirilishida o‘qituvchi-pedagoglarning tayyorgarligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislarning fikricha, inson huquqlari sohasidagi ta’limni joriy qilishda o‘qituvchi-
pedagoglar tayyorgarligi bilan bog‘liq qator muammolar mavjud:

birinchidan,

ko‘p

hollarda o‘qituvchi-pedagoglarinson huquqlari bo‘yicha ta’limning ahamiyatini, uning
o‘qituvchilar zimmasiga qanday mas’uliyat yuklashini anglamaydi;

ikkinchidan,

inson

huquqlari o‘quv kurslarining soha bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lmagan o‘qituvchi-
pedagoglar tomonidan o‘tkazilishi, sifatli darsliklar bilan ta’minlanmaganlik, darslarning
zerikarli, real hayotdan uzoq va mavhum bo‘lishiga olib keladi;

uchinchidan,

inson

huquqlari qiyin va murakkab ta’lim sohasi bo‘lib, bunda o‘qituvchilar bir vaqtning o‘zida
hayotiy holatlarni misol keltirishi, his-tuyg‘ularni ifodalashi, axloqiy me’yorlarni
tushuntirishi va fikr-mulohazalarni tahlil qilishi kerak;

to‘rtinchidan,

odatda, inson

huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya mazmunida inson huquqlari sohasidagi xalqaro
standartlar va davlat majburiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish ustuvorlik qiladi, lekin
inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha amaliy xulq-atvorni, madaniyatni shakllantirish
masalasiga kamroq e’tibor beriladi.

O‘qituvchi-pedagoglar inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, inson

huquqlarining umuminsoniy va milliy-axloqiy asoslari hamda inson huquqlari bo‘yicha
milliy-huquqiy normalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ularni amaliy xulq-atvor
bilan bog‘lay olish bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lishi muhim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-yil, 10-dekabrda Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan
va e'lon qilingan. https://constitution.uz/oz/pages/humanrights


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

48

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2.

“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy

strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 22-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-4872355

Библиографические ссылки

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-yil, 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan. https://constitution.uz/oz/pages/humanrights

“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 22-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-4872355