ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
41
“QAYDASAN MORIKO” QISSASIDA SHAXS ISTIROBLARI TALQINI
Otaqulova Sevinch Ikromjon qizi
Toshkent Kimyo xalqoro universiteti
Samarqand filiali 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: professor.
Nasirov A.N.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16924732
Ijtimoiy hayotning ma’lum bir qirrasi badiiy adabiyotda u yoki bu darajada o‘z aksini
topadi. “Yozuvchining hayotni obrazli umumlashtirishi, uning orginal badiiy kartinasini
yaratishda talanti, ijodiy mustaqilligi, o‘ziga xosligi, hayotiy fakt va hodfisalarni, insoniy
munosabatlarni yangicha talqin qilishi, ”yangi so‘z” aytish mahorati, adabiyotda o‘z ovozi, o‘z
uslubini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki badiiy ijod har bir avtordan ijodiy
mustaqillikni, tasvir predmetiga sub’ektiv munosabatni taqozo etadi” (1, 73-bet).
Darhaqiqat, keyingi yillar badiiy adabiyotida xuddi shu qayd qilingan tushunchalarni
etakchilik qilishini kuzatishimiz mumkin. Har bir mavzuga yangicha yondashish an’anasi o‘z
ifodasini topmoqdaki, bu xususiyatni urush mavzusidagi asarlar bilan ham asoslash mumkin.
Ma’lum bir davrda yaratilgan urush mavzusidagi asarlarda g‘oliblaru mag‘lublar mavjud
bo‘lsa, keyingi yillar davr adabiyotida bu holatga yangicha yondashish usuli kuzatiladi. Bu
xususiyat shundan iboratki, urush mavzusidagi asarlarda insoniyatga keltirayotgan istiroblar,
millati, irqidan qat’iy nazar yuzaga chiqayotgan fojialarning badiiy talqini etakchilik qilmoqda.
“Urush mavzusi adabiyotimizning kenja avlodini ham jalb etmoqda. XX asrdagi
kishilarning boshi urushdan chiqmadi. Birgina Afg‘on urushi glabol muammoga aylanib, dunyo
xalqlarini bezovta qildi. Bu mudhish holat insoniyatni larzaga solib kelmoqda... Afg‘on
urushining salbiy asoratlari, qabohat va razolatning dunyo bo‘ylab keng quloch yoyishi
adiblarni ham qo‘liga qalam olishga chorladi” (2, 35-bet), - deb yozadi adabiyotshunos olima U.
Rasulova.
Darhaqiqat, insoniyatning tafakkur tarzi bugungi kunga kelib keskin o‘zgardi. Har qanday
inson baxtli yashash huquqiga ega ekanligini yanada teranroq va asosliroq his eta boshladi.
Inson hayoti tasodiflarga to‘la bo‘lishiga qaramay, tinimsiz harakat etadi. Dunyoning bir
chekkasida bo‘layotgan voqea-hodisalar boshqa bir joyida ham, aynan bolmasa-da, sodir
bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Aynan biz tahlilga tortmoqchi bo‘lgan Qo‘chqor Norqobilning
“Qishdagi lola”, Odil Yoqubovning “Qaydasan, Moriko” qissalari sujet, mavzu, badiiy g‘oya,
obrazlar tizimi, xarakter, badiiy detall jihatdan alohida asar sifatida e‘tirof etilsa-da, undagi
glabal muammo insoniyatning boshiga solayotgan ayanchli fojialarni juda teran va asosli talqin
etganligi bilan alohida ajralib turadi.
Ma’lumki, keng dunyoqarash, tafakkurli insonning hayotga nisbatan qarashi,
chiqaradigan xulosalari, hayot falsafasi yuzasidan chiqargan hukmi o‘zgacha va mukammal
bo‘ladi. Adiblarimiz Odil Yoqubov va Qo‘chqor Norqobil ham ma’lum bir darajada insoniyat
qalbiga jarohat yetkazib, ozining chuqur izini qoldirgan urushlarning bevosita o’sha davr
muhiti sababli ishtirokchilarga aylangan bo‘lsa ham, bu adolatsizlikni yillar o‘tsa-da, unita
olmaydi. O‘sha muhitning, ya’ni urushning azob-u uqubatlarini yigitlik paytidayoq boshlaridan
o‘tkazgan. Har ikkala qissada ham jangchi-adiblarning jang taassurotlaridan tashqari, insoniyat
boshiga solgan iztiroblarini mahorat bilan talqin etadi.
Sujet jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, qissalarda retrospektiv sujet asosida voqealar
silsilasi rivojlanib boradi. Mazkur sujet turida asar qahramonlari bugungi hayotdan, o‘tmish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
42
xotiralarini yodga oladilar. Shu orqali asar kompozitsiyasida vujudga kelgan tugunni yechishga
harakat qiladi. Qo‘chqor Norqobilning “Qishdagi lola” qissasida dastlab bosh qahramon −
Tohirning ish faoliyati va uni qidirib kelgan Irina bilan kutilmagan tarzdagi uchrashuvi,
ularning o‘zaro suhbati, o‘sha og‘ir damlarning ayanchli hayotini yodga oladi. Bularning
barchasi asar kompozitsiyasida badiiy tugunni yuzaga keltiradi. Retrospektiv sujetdan
foydalanilgan holda 1987-yil, Fayzoboddagi afg‘on urushi voqealari bayon etiladi. Tohirning
Irina bilan bog‘liq xotiralari bayon etilgach, o‘n olti yil keyingi davrga qaytadi. Millati, irqidqn
qat’iy nazar urushning odamlar boshiga solayotgan salbiy oqibatlarini kitobxon teranqoq his
etadi, anglashga intiladi.
Odil Yoqubovning “Qaydasan, Moriko” qissasida asar qahramoniga notanish qo‘ng’iroq
bo‘lishi bilan boshlanadi va shu qo‘ng‘iroq sabab muallif birdaniga uzoq o‘tmishda qolgan,
ammo mudom entikib eslanadigan yapon urushi va yapon qizi Moriko bilan bog‘liq xotiralarni
eslay boshlaydi. Mazkur xotiralarning jonlanishi Moriko obrazini gavdalantiradi. Shundan
keyin Moriko va uning turmush o‘rtog’i bilan bo‘lgan uchrashuvi talqin etiladi. Sujetning
bunday tarzda ifodalanishi mualliflarning o‘ziga xos ifoda etish uslubini namoyon etadi.
Qissalarning mavzu va g‘oyaviy doirasi ham o‘zaro mutanosibligini ko‘ramiz, urush va
muhabbat. Bunday olib qaraganda bu ikkala tushunchalar bir-birini inkor etadigandek, biroq
asar qahramonlarining his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlari urush davrda ham kishilar bir-birlariga
mehr-muhabbatli bo‘lishi mumkin ekanligini isbotlaydi. Eng oxir damlarda o‘sha muhabbat
insonni yashashga, tinimsiz harakatga, hayotda o‘z o‘rnini toposhga yo‘l ochadi. Muhabbat
mavzusi haqida gapirilganda, avvalo, hayotga va Vatanga bo‘lgan muhabbatni anglash lozim.
Asar qahramonlari urushda ulardagi kuchli iroda, yuksak orzular tufayli hayotga bo‘lgan
muhabbatlari so‘nmaydi. “Qishdagi lola” qissasi qahramoni Tohir xayolan odamlarga qarata
shunday fikrlarni aytgan:
“Eh, xudoyim, shunday go‘zal, tinch dunyo qadriga yetmaymiz, urush o‘tini yoqamiz.
O‘zimizni ham, o‘zgalarni ham xarob qilamiz. Nima keragi bor ekan bu azoblarning?
Hammamiz, barcha odamlar bir-biriga qo‘l berib, mana shunday seryulduz osmonlarga boqib,
shunday yerning salqin yellarida orom olib xotirjam yashasak bo‘lmaydimi-a? Eh, odamlar…”(3,
213-bet). Bu istiroblarda inson qalbidagi faryod, istiroblar yuzaga chiqqanligini guvohi
bo‘lamiz.
“Qaydasan, Moriko” qissasida bosh qahramon-askar yigit Vataniga bo‘lgan muhabbatini
quyidagicha ifodalagan:
“Ufqda qayoqqadir ketayotgan kemalar ko‘zga tashlanadi. Ular qayoqqa ketayapti?
Ehtimol elimiz tomon yo‘l olayotgandir? Biz kemalar mo‘risidan eshilib chiqayotgan ko‘kimtir
tutunlarga entikib tikilamiz. “Biz ham bir kun shunday kemalarga tushib ona yurt tomon yo‘l
olarmikanmiz yo suyaklarimiz bu go‘zal, lekin bizga yot tuproqlarda qolib ketarmikan”, - degan
o‘y yuraklarimizni zirqiratadi…” (4, 171-bet). Inson erki ba’zan muhitga qurbon bo‘ladi. Ammo
ovsha og‘ir damlarda ham bunday orzu-umidlari so‘nmaydi. Yashshga, Vatanga bo‘lgan mehri
hech qachon so‘nmaydi.
Har ikkala qissada ham yigit va qizning bir-biriga bo‘lgan muhabbati talqin etiladi. Asar
qahramonlari endigina yigitlik yoshiga yetganlarida urush iskanjasiga tortiladilar. Ular sevgi-
muhabbat nima ekanligini urush ketayotgan bir davrida anglaydilar. Bu tuyg‘u ularda o‘zaro
dalda bo‘lish, hamdardlik qilish natijasida vujudga keldi. Tohir Irinaga bo‘lgan samimiy
muhabbatini shunday izhor etadi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
43
“−Sen, sen yaxshisan, Irina. Sen zulmatdan bu dunyoyimda porlagan nursan. Urush
komida qolgan hayotimda sevgi-muhabbat timsolisan. Sen, sen, mana shu hayotimda ochilib
turgan gulsan, oppoq atirgulsan…”(3, 215-bet). Qorong‘i zulmatdan yorug‘ kunlarga
chiqqandek o‘zini juda baxtli inson sifatida anglaydi.
“Qishdagi lola” va “Qaydasan,Moriko” qissalaridagi mavjud qahramonlarining muhabbati
shunchaki o‘tkinchi tuyg‘u emas, oradan ko‘p yillar o‘tsa-da, bu tuyg‘u ularni tark etmaydi,
ko‘ngillarida abadiy muhrlangan holda yashaydilar. Xayolan o‘sha damlarni yodga oladi,
murakkab hayot qirralani teran his etish imkonini beradi. Har ikki asarda ham voqealar
notanish ayolning telefon qo‘ng‘irog‘i orqali yo‘qlovidan boshlanadi. “Qishdagi lola” qissasida
kotiba qiz:
“Sizni bir rus ayoli pastda kutib turibdi. Sho‘rlik bir soatdan beri telefon qiladi. Yuring,
ichki telefonni oling. Nega qarab turibsiz?”(3, 189-bet),-degan fikrlaridan o‘zini o‘nglagan
qahramon ko‘z o‘ngimizda jonlanadi. “Qaydasan, Moriko” qissasida esa o‘zbek turizmida
ishlaydigan qiz: “− Siz palonchi yozuvchimisiz? Men o‘zbek turizmidan telefon qilyapman.
Bizga Yaponiyadan bir guruh turistlar kelishgan. Bir xonim sizni tanir ekan, yo‘qlayapti. Iloji
bo‘lsa ko‘rishsam, deyapti”, - deb murojaat etadi (4, 169-bet),.
Muallif qo‘ng‘iroq detalidan foydalanish vositasida obrazlarning hayotidagi eski, goho
shirin, goho achchiq bo‘lib tuyiladigan xotiralarni eslatishga yo‘naltiradilar. Qo‘chqor
Norqobilning “Qishdagi lola” asarida shuningdek, Irinaning yon daftari, surat va maktub detalli
mavjud bo‘lib, badiiy xarakterni yoritishga asos bo‘lgan. Mazkur detallar Tohir bilan Irinaning
munosabatini ko‘rsatishga, shu o‘rinda Tohir obrazining shafqatli, insonparvar ekanligini
namoyon etishga, murakkab davrda, yani urush davrida ham insoniyligini yo‘qotmagan
shaxsligidan dalolat beradi. Tohir Irina va boshqa razvedkachilar bilan Fayzobodda jang olib
borayotganda bir holatga duch kelib qolishadi. Askarlarga qarshi o‘t ochgan afg‘on kishisi
yaralangan holda qo‘rg‘oniga yashirinadi. Uning ortidan ta’qib qilib kelgan Tohir xona o‘rtasida
jon taslim qilayotgan afg‘on jangchisini va bir chekkada qo‘rquvdan qaltirayotgan ayol, bolasi
bilan turardi. Tohir ularning hech biriga qurol o‘qtalmaslikka buyruq beradi. Shu sababdan ayol
va uning farzandi omon qolishadi. Oradan o‘n olti yil o‘tgandan so’ng Tohir ular haqidagi
darakni Irinaning maktubi orqali bilib oladi: “O‘tgan yili (Shafiqa, o‘sha afg‘on ayoli) menga
maktub yozdi. Ishonasanmi, aqldan ozay dedim. Manavi suratni esa senga berib qo‘yishimni
iltimos qilgandi. Uning ortida “Hayotimizning eng og‘ir lahzalarida bizga shafqat qilgan mard
va mehribon insonga ulkan minnatdorchilik va qarzdorlik bilan tashakkur aytamiz…−deb
yozilgan” (3, 221-bet). Yillar o‘tsa-da, askar yigitning insoniyligi tufayli tirik qolganini, undan
o‘zini qarizdor deb hisoblashini, uni izlashining sababi shunda ekanligi bilan belgilanadi.
Odil Yoqubovning “Qaydasan, Moriko” qissasida yapon qizlari bilan rus askarlari
o‘rtasida insoniy munosabatni taqiqlovchi qoida mavjud edi, ammo shunday qoidani bilsa ham,
askar ham, mayor ham yapon generalining qizlari Chiko va Morikoga ko‘ngil qo‘yishadi. Mayor
muhabbatiga erishish uchun unvonlaridan ham voz kechishga tayyor edi. Hatto voz kechib,
urushdan ham butunlay ketadi.
Qo’chqor Norqobilning “Qishdagi lola” hamda Odil Yoqubovning “Qaydasan, Moriko”
qissalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadi-ki, asrlar davomida insoniyat o‘rtasida kurash davom
etib kelmoqda, ammo bu ziddiyatlar faqat insonlarga baxt, yaxshi hayot emas, balki istiroblar,
alamlar ham olib kelayotganligini yanada teranroq badiiy talqin etiladi. Zero, haqiqiy badiiy
asar bejizga yaratilmaydi. Hayotdagi mavjud ziddiyatlar, inson qalbidagi istiroblarni ijodkor
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
44
teranroq anglaydi, ilg‘aydi, his etadi, buning zamirida esa etuk san’at asarlari vujudga keladi.
Anglanmagan haqiqatlar davrlar o‘tishi bilan inson qalbini larzaga soladi. Har ikki badiiy asar
ham insonni hayotda nima uchun yashayotganligini teranror his etishga, bugungi tinch, xalq
faravonligi yo‘lidagi islohatlarni, anglashga undaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nosirov O‘. Badiiy uslub mavzuidan talqinlar. Ijodkor shaxs, badiiy uslub, avtor obrazi. –
Toshkent, “Fan”, 1981-yil, 73-bet.
2.
Rasulova U. XX asr o‘zbek qissalari tadriji. –Toshkent, “Fan”, 2012-yil, -60 bet.
3.
Yoqubov O. Qaydasan Moriko. Qissalar, dramalar, hikoyalar, etyudlar, maqolalar. –
Toshkent, “Sharq”, 2002-yil. - 432 bet.
4.
Norqobil Q. Kulib tur, azizim. Qissalar. –Toshkent, “Sharq”, 2004-yil. -223 bet..
