“SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” ASARIDA RUHIYAT TALQINI

Annotasiya

XX asrning so‘ngi, XXI asr adabiyotining yuksalishiga sezilarli xissa qo‘shgan adiblardan biri, iste’dodli adib Nazar Eshonquldir. Adibning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi keyingi yillar hikoyachiligining yorqin namunasidir. Asarda “naq ellik yilcha taqdirning beshafqat o‘yiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolg‘iz va izsiz o‘tish azobini ko‘tarib kelgan” shaxs fojiasi haqqoniy aks ettirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
45-46

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jo’rayeva , N. ., & Nasirov , . A. (2025). “SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” ASARIDA RUHIYAT TALQINI. Наука и инновация, 3(30), 45–46. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/135499
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

XX asrning so‘ngi, XXI asr adabiyotining yuksalishiga sezilarli xissa qo‘shgan adiblardan biri, iste’dodli adib Nazar Eshonquldir. Adibning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi keyingi yillar hikoyachiligining yorqin namunasidir. Asarda “naq ellik yilcha taqdirning beshafqat o‘yiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolg‘iz va izsiz o‘tish azobini ko‘tarib kelgan” shaxs fojiasi haqqoniy aks ettirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

“SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” ASARIDA RUHIYAT TALQINI

Jo'rayeva Nafisaxon Bahodir qizi

Toshkent Kimyo xalqoro universiteti

Samarqand filiali 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: professor.

Nasirov A.N.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16924742

XX asrning so‘ngi, XXI asr adabiyotining yuksalishiga sezilarli xissa qo‘shgan adiblardan

biri, iste’dodli adib Nazar Eshonquldir. Adibning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi keyingi
yillar hikoyachiligining yorqin namunasidir. Asarda “naq ellik yilcha taqdirning beshafqat
o‘yiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolg‘iz va izsiz o‘tish azobini ko‘tarib kelgan” shaxs
fojiasi haqqoniy aks ettirilgan.

Hayotning murakkab qirralarini asar syujetiga singdirishda Bayna momo obrazini

mukammallik darajasiga ko‘taradi. Bayna momoda o‘zbek ayolining shijoati, bukilmas irodasi
mujassamlashganligini kuzatamiz. Bayna momo “faqat qishloq emas, butun tog‘lik xalqning
orini ko‘targan, nomini chiqargan” Rayim polvon, “bir paytlar polvonning malayi”, lekin polvon
va uning o‘g‘lining o‘limida aybdor bo‘lgan Zamon otboqar kabi qahramonlar taqdirini,
yozuvchi xilma-xil tasvir usullaridan foydalangan holda yoritib bergan.

Asardagi obrazlarning turfa xil xarakter xususiyatlari, davrning shiddatli voqealar

silsilasida o‘zaro uzviylik kasb etadi. Asar qahramonlarining taqdiri orqali davrning murakkab
va ziddiyatli tomonlari badiiy talqin etiladi. Asar voqealari Tersota qishlog‘ida kechadi. Har bir
qahramonning eng murakkab qirralari davrning shiddatli voqealarida Bayna momo istiroblari,
fojealari, daxshatli ruhiy qiynoqlari ochib beriladi. Voqealar rivojida davr kishilarining ruhiy-
ma’naviy olamidagi turfa xil ziddiyatlar, davrlararo munosabatlar yoritiladi.

Yozuvchi tasvirlaganidek: “Bayna momo tirikligida garchi bu ayollarni, erining polvonlik

lash-lushlari va kiyim-kechaklari yotgan, polvonning o‘limidan so‘ng hech qachon chiroq
yonmagan, tuynugi shivab tashlangan ana u hujra kabi qorong‘u musibat to‘la uyi ichkarisiga
kiritmagan bo‘lsa-da, ular qahr va g‘azabini sitam bilan ichiga yutib kelgan bu kampirni hurmat
va ehtirom bilan eslashardi (1, 3-bet).

Asarda qishloq ahli tomonidan ma’lum ma’noda e’zozlangan shaxslarga hurmat bilan

qarashi, ammo yillar davomida keksa kampirning istiroblariga, g‘am-u alamlariga sherik bo‘la
olmaganligidan, ba’zan afsus ham chekishlariga urg‘u ham berilgan. Yozuvchi Bayna momo
ruhiy istiroblarini tasvirlashda juda mohirlik bilan turli vositalardan foydalangan. Shukur
oqsoqolning fe’liga mos qilib keng-keng qurgan xonalarida xuddi bir narsani yo‘qotganday
maqsadsiz kezib yurishi, Ollomurod tegirmonchiga bir yilda ikki-uch marta bug‘doy ko‘tarib
borishi, ertalab echkilarni yulg‘unzorga haydab ketishi, uloqlari oldida o‘zi ham uloqdan kichik
ko‘rinadigan hayot so‘qmoqlaridan istirob chekkan shaxs qismati talqin etilgan.

Asar qahramoni Bayna momo ellik yilga yaqin yolg‘izlik davrini ana shu ayvondagi

ustunlarga suyanib, o‘tmish hayotiga nazar tashlab, eri va o‘g‘lining siymosini xotirasida
jonlantirib, yarim asrlik ayriliq va fojealar girdobida yashaydi. Uning xotiralari yillar o‘tsa-da,
bukilgan qaddini qayta tiklashi imkonini berardi. Bayna momo xotiralarga burkangan
istiroblarini ba’zan uy ustunlarini quchgancha yig‘i bilan o‘tkazishga harakat qilardi. Ammo
o‘tmish, xotira azoblari uning ko‘z yoshlarini ham tugatadi, shuning uchun keyingi vaqtlarda
ko‘zlarini yumib mung‘ayganicha uzoq hayollarga beriladi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

“Mirshab va askarlar uyning har burchagidan yopirilib kelishganda Bayna momo erining

murdasi ustida turardi. Rayim polvonni qo‘lga tushirolmay yurgan Zamon otboqar uni uyidan
chiqayotganda otib o‘ldirgan, endi polvon rostdan ham o‘lganmi, yo‘qmi mirshablar bilan pusib-
poylab, ayvonga yaqinlashib kelardi. Biroq shu payt yana o‘q ovozi jarangladi va Rayim
polvondan ko‘z uzmay kelayotgan askar oyog‘ini quchoqlagancha baqirib yiqildi. Bayna momo
mehmonxona eshigidan chiqaverishda otasini otib tashlaganini ko’rgach, uyga yugurib kirib
ketgan, qo‘liga otasining miltig‘ini tutib turgan o‘g‘lini ko‘rdi – o‘g‘lining ko‘zlarida ham eriniki
kabi g‘azab, telbalik yonardi” (1, 4-5-betlar).

Tasvirlardan anglashiladiki, hayot va o‘lim insonni butun borlig‘ini, vujudini larzaga

soladi. Bayna momo esa bir vaqtning o‘zida ham eri, ham o‘g‘lini ko‘z o‘ngida yo‘qotishi uni
qalbini bir umr istirobga soladi. Shafqatsiz istirob esa mehri tosh insonga aylanishiga, o‘ch
olish istagini vujudga keltiradi. Rayim polvon, o‘g‘li, otboqarning o‘limlari, hatto Bayna
momoning ellik yillik ruhiy istiroblari iskanjasida yashashga mahkum qiladi [2,44-bet].
Bularning barchasiga sabab, o‘sha davrdagi siyosat, Zamon otboqarning shu siyosatga qul
bo‘lib, xudbinligi tufayli razolat botqog‘ida qoladi. Zamon otboqar va askarlar Rayim
polvonning qo‘radagi otlarini haydab ketganida qishloq minorasi qulagan shahardek bo‘lib
qolishi bejiz emas edi.

Otboqar fojiali o‘lim topadi. Otboqarning o‘limi sabablarini mirshablar tinimsiz izlaydi,

ammo bu sir – sirligicha qoladi. Qishloqdagi har bir kishini so‘roq qilishlari fojea sabablarini
aniqlash imkonini bermaydi. Tarixga nazar tashlasak, hech vaqt xiyonatni, adolatsizlikni
insonlar hech qachon kechirmaganlar [3,78-bet]. Ana shuning uchun ham Bayna momo Zamon
otboqardan shafqatsizlarcha o‘ch olgan bo‘lsa-da, ruhiyatidagi istiroblar uni tark etmaydi.
Umrining so‘nggi lahzalarida “singlisini chaqirib yigirma yildan buyon ochilmagan, oltmish olti
yil oldin teraklilik Ko‘r Safar usta yasagan, yarim vayrona sandiqqa imo qildi va bir so‘z demay
to‘shakka bosh qo‘yib jimgina jon berdi”.

Bayna momoning yillar davomida qalbini larzaga solib kelgan, mudhish o‘sha lahzalar

mungli ko‘zlarida mujassamlashganday edi. Uning o‘limini eshitgan butun qishloq, hatto Bayna
momoning umri davomida nafratiga duchor bo‘lgan, o‘sha paytlar navqiron, ammo endi esa
sharti ketib, parti qolgan chollar ham iymanibgina uning hovlisiga qadam qo‘yadi [4,75-bet].
Yozuvchi qayd qilganidek: “Ular oradan ellik yil o‘tgach, bu unut va muztar go‘shaga birinchi
bor qadam qo‘yishgan va tobut ortidan gunohkorona bo‘yin egib borishardi”.

Umuman olganda, asar so‘ngidagina Zamon otboqar fojialarining sababchisi, ya’ni

voqealar rivojining tuguni yechimini topadi. Asarda o‘tmish tariximizning eng fojeali davrlari
inson qalbini larzaga soluvchi zamon voqeligi mahorat bilan talqin etilgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Eshonqul Nazar. Shamolni tutib bo‘lmaydi. Qissalar va hikoyalar. Toshkent, 2005. – B. 204.

2.

Nasirov A. Badiiyat va tarixiy haqiqat. – Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2001. – 134 bet.

3.

Nasirov A. Badiiylik va hayotiy haqiqat. Monografiya. Turkiya, Istanbul, KESIT, 2019. –

139 bet.
4.

Nasirov A. hozirgi adabiy jarayon. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, SamDU nashri, 2021. –

232 bet.

Bibliografik manbalar

Eshonqul Nazar. Shamolni tutib bo‘lmaydi. Qissalar va hikoyalar. Toshkent, 2005. – B. 204.

Nasirov A. Badiiyat va tarixiy haqiqat. – Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2001. – 134 bet.

Nasirov A. Badiiylik va hayotiy haqiqat. Monografiya. Turkiya, Istanbul, KESIT, 2019. – 139 bet.

Nasirov A. hozirgi adabiy jarayon. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, SamDU nashri, 2021. – 232 bet.