ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Aralova Dilafruz Dushaboy qizi
Guliston davlat universiteti tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16927178
Annotatsiya.
Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik
xususiyatlari tahlil etilgan. Akmeologik pozitsiya pedagogning kasbiy o‘sish, ijodiy salohiyat va
shaxsiy yetuklik sari intilishdagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida izohlangan. Psixologik jihatdan
bu jarayon motivatsiyani kuchaytirish, metakognitiv tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini
baholash va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik
jihatdan esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion
ta’lim metodlarini tatbiq etish va hamkorlikda o‘qitish amaliyotini kengaytirish muhim omil
sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli ta’lim muhiti, akmeologik pozitsiya, pedagogik xususiyatlar,
psixologik xususiyatlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, professional rivojlanish, metakognitiv
tafakkur, ijtimoiy muhit, ijodiy qobiliyat va boshqalar.
Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish sharoitida o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy
rivojlanishining akmeologik omillari quyidagilardan iborat: akmeologik pozitsiya, ta’limni isloh
qilish sharoitida kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlik va o‘zaro bog‘liqlikdagi ijodiy salohiyat.
Akmeologiyaning fanlararo xususiyati ta’limda shaxsning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi
yaxlitligi, birligi g‘oyasi nuqtai nazaridan o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi
muammosini hal qilish uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Shu bilan birga, nafaqat
o‘qituvchining asosiy kasbiy vakolatlarini (balki faoliyat yondashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan va
pedagogik tadqiqotlarda rivojlanayotgan) aniqlash, balki faoliyatni amalga oshirish jarayonida
shaxsiy va kasbiy rivojlanish xususiyatlarini asoslash, bunday rivojlanish omillarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik faoliyat uchun shaxsiy va kasbiy rivojlanishning akmeologik darajasini ishlab
chiqishda quyidagi xususiyatlarni inobatga olish lozim:
- kasbiy faoliyatdagi yutuqlarga erishish motivatsiyasi;
- kasbiy faoliyatga va undagi yangiliklarga ijobiy munosabat;
- rivojlanishni aks ettirish;
- shaxsiy va kasbiy rivojlanishning ijobiy hissiy holati;
- shaxsiy holatidan norozilik bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy qiyinchiliklar;
- ushbu qiyinchiliklarni yengish uchun shaxs ichki resurslarining yetishmaslik hissi, ularni
yengish uchun ko‘proq konstruktiv strategiyalar va xatti-harakatlar modellaridan foydalanish;
- ijodiy salohiyatning yuqori bo‘lishi, o‘zini-o‘zi anglashi, kasbiy vazifalarni bajarishda
ijodiy faoliyat olib borishi va ijodiy faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishining samarali darajasining ushbu
xususiyatlari ta’limni isloh qilish sharoitida o‘qituvchining shaxsiyati va kasbiy faoliyatiga
qo‘yiladigan talablarga mos keladi, chunki ular zamonaviy maktablarda innovatsiyalarni joriy
etishning muvaffaqiyati va samaradorligini ta’minlashi mumkin. A.A.Derkach, V.G.Zazykin
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
51
yuqori (akmeologik) darajaga erishish harakatlantiruvchi kuchlar tabiatida bo‘lgan shaxsiy va
kasbiy rivojlanish (akmeologik omillar) omillari, asosiy sabablari, shaxsning progressiv
rivojlanishining asosiy belgilari va uning professionalligi[1] ekanligini ta’kidlaydi.
Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik pozitsiyani shakllantirish
jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari: kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlik,
motivatsiya, yangiliklarga ijobiy munosabat, ijtimoiy muhit, kasbiy mahorat, ijodiy qobiliyat,
o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari va pedagogik amaliyotdan iborat.
Kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlanish — bu shaxsning kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan psixik holat, shaxsiy sifatlar, motivatsiya, emotsional va
volitiv tayyorgarlik darajasidir. Bu jarayon kasbiy o‘z-o‘zini anglash, motivatsiya, stressga
bardoshlilik, moslashuvchanlik, kommunikativlik kabi omillarni o‘z ichiga oladi.
Kasbiy psixologik tayyorgarlikning ahamiyati shundan iboratki, kasbiy stresslarga
bardoshlilikni oshiradi; moslashuvchanlikni kuchaytiradi; kasbiy yo‘nalishni anglashga
yordam beradi; tanlangan kasbda uzoq muddatli muvaffaqiyat asosini yaratadi va ruhiy
charchash xavfini kamaytiradi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik pozitsiyani shakllantirish jarayonida motivatsiya
ya’ni yuqori yutuqlarga undovchi kuch sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib
turadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli ta’lim muhitida faol ishtirok etishi, shuningdek,
o‘zining akmeologik pozitsiyasini shakllantirish jarayonida yangiliklarga (innovatsiyalarga)
ijobiy munosabat ko‘rsatishi — ularning shaxsiy va kasbiy yuksalishining psixologik-pedagogik
sharti hisoblanadi.
Psixologik jihatdan yangilikka ijobiy munosabat quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish;
raqamli texnologiyalarni faol o‘zlashtirishga tayyorlik;
tashabbuskorlik, yangicha yondashuvlarga ochiqlik;
o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ichki ehtiyoj.
Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik
pozitsiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ichida ijtimoiy muhit
alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy muhit alohida guruh, individlarning ma’naviy qiyofasi,
insonlar jamoasining siyosiy burchi va mafkurasi ta’sirida shakllanadi va natijada jamiyatning
siyosiy-psixologik qiyofasi va axloqiy-psixologik iqlimi yuzaga keladi. Bu muhit kishilar,
ayniqsa, yoshlar tafakkuri, ma’naviyati, shaxsiy hayoti, turmush tarzi, bilimi, mehnat faoliyatiga
sezilarli darajada (vaziyatga qarab ijobiy, salbiy) ta’sir o‘tkazadi. Shu bois, kelajagimiz
poydevori bo‘lgan yoshlarni komillikka yo'naltirib tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy muhitni
yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash
muhim jarayondir.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishida tizimni tashkil etuvchi omil sifatida
faoliyat yuritadigan shaxsning kasbiy mahorati “akme” cho‘qqilariga chiqish yo‘lida uning
kasbiy shakllanishi va pedagogik mahoratini oshirishning muhim sharti bo‘lib, uning keyingi
kasbiy o‘sishi uchun asosdir. E.V. Andrienko haqli ravishda ta’kidlaganidek, kasbiy mahorat
tegishli vazifalarni bajarishga yuqori darajada tayyorlik bilan belgilanadi, bu esa mehnat
vazifalarini bajarishda ratsional metodlarni qo‘llash orqali jismoniy va aqliy kuchni minimal
sarflash bilan mehnatni muhim miqdoriy natijalariga erishishga imkon beradi[2].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
O‘qituvchining ijodiy salohiyati shaxsiy va kasbiy rivojlanishning yana bir omilidir.
Odamning o‘zgarishga tayyorligi va qobiliyati, stereotiplarni yengib o‘tish o‘zini o‘zi anglash
jarayonining ajralmas qismi[3]. O‘qituvchining ijodiy salohiyatining ko‘rsatkichlari
quyidagilardir: ijodiy potentsialning o‘zini o‘zi anglashi; ijodiy potentsialni, ijodiy faoliyatning
yuqori darajasini amalga oshirishga tayyorlik
Mutaxassisning professionallik cho‘qqilariga ko‘tarilishini belgilaydigan umumiy va
o‘ziga xos akmeologik invariantlar orasida qarorlarni qabul qilish jarayonida doimiy ishtirok
etish, farosat, idrok, shaxsiy intilishlar, yutuq motivatsiyasi, o‘zini o‘zi boshqarish va boshqa
muhim fazilatlar mavjud[4].
V.N.Maksimova nazariya va amaliyotni tahlil qilib, o‘qituvchining akmeologik modelini
yaratdi. Ushbu modelga muvofiq, o‘qituvchining akmeologik rivojlanishi uning mutaxassis,
shaxs va ma’naviy yetuk inson sifatida har tomonlama kasbiy rivojlanishi; bu o‘z-o‘zini
takomillashtirish, ham kasbiy, ham shaxsiy va ma’naviy rejalarda o‘zini o‘zi takomillashtirish,
o‘qituvchining kasbiy o‘zini anglashining o‘sishi, pedagogik faoliyat va kasbiy faoliyatning
aksidir[5].
Pedagogik amaliyot bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun nazariy bilimlarni
amaliyotga tatbiq etish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va akmeologik pozitsiyani
shakllantirishning eng samarali bosqichlaridan biridir. Raqamli ta’lim muhiti bu jarayonga
yangi sifat bosqichini olib kirib, amaliyotni yanada interaktiv, moslashuvchan va natijador
qiladi.
Raqamli ta’lim muhiti bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik
pozitsiyasini rivojlantirishda pedagogik va psixologik omillarni uyg‘unlashtirish imkonini
beradi. Pedagogik jihatdan u interaktivlik, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, mustaqil ta’lim
olish imkoniyatlari va o‘quv jarayonining moslashuvchanligini ta’minlaydi. Psixologik jihatdan
esa motivatsiya, refleksiya, metakognitiv tafakkur va kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilishni
kuchaytiradi. Raqamli muhitda shakllangan akmeologik pozitsiya bo‘lajak o‘qituvchining
kasbiy yetukligi, ijodiy salohiyati va ta’lim jarayonida samaradorlikka erishish qobiliyatini
oshiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Деркач А.А. Акмеология [Текст]: учебное пособие / А.А.Деркач, В.Г.Зазыкин – СПб.:
Питер, 2003. – 256 с
2.
Андриенко
E.В.
Психолого–педагогические
основы
формирования
профессиональной зрелости учителя [Электронный ресурс]: дисертация ...д–ра пед.
наук: 13.00.08 / Е.В.Андриенко. – М.: РГБ, 2003 – 410 с. – Режим доступа:
http://diss.rsl.ru/diss/03/0660/030660009.pdf, (дата обращения 12.12.2006).
3.
Асмолов А.Г. Психология личности: учебник / А.Г.Асмолов – М. : МГУ, 1990.–367 с.
4.
ЕрмаковаЛ.И. Акмеологическая позиция будущего учителя как педагогический
феномен // – С. 36–41
5.
Максимова В.Н. Введение в акмеологию школьного образования / В.Н.Максимова –
СПб.: ЛОИРО, 2002. – 156 с.
