SHAXS AXBOROT MADANIYATINI KONSEPSIYALARI

Abstract

Hоzirgi pаytdа аxbоrоt mаydоni, kоmmunikаtsiyа vоsitаlаri zаmоnаviy jаmiyаt hаyоtigа о‘zining jiddiy tа’sirini kо‘rsаtmоqdа. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea - hodisalar jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil etish, o‘z hayotidan kelib chiqayotgan  murakkab  savollarga  ilmiy  javob  topish maqsadida ko‘pdan  –  ko‘p dadil va raqamlarga murojat qiladi. Axborot faoliyati axborot madaniyatining asosiy qismi sifatida jamiyatning tabiati va rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bu faoliyat, bir tomondan, to‘plangan va ishlab  chiqarilgan  ma’lumotlardan  foydalanish, ikkinchi tomondan,  uni  turli  ommaviy  axborot  vositalarida  yaratish  va  mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
53-54

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turgunov , A. . (2025). SHAXS AXBOROT MADANIYATINI KONSEPSIYALARI. Science and Innovation, 3(30), 53–54. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/135496
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Hоzirgi pаytdа аxbоrоt mаydоni, kоmmunikаtsiyа vоsitаlаri zаmоnаviy jаmiyаt hаyоtigа о‘zining jiddiy tа’sirini kо‘rsаtmоqdа. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea - hodisalar jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil etish, o‘z hayotidan kelib chiqayotgan  murakkab  savollarga  ilmiy  javob  topish maqsadida ko‘pdan  –  ko‘p dadil va raqamlarga murojat qiladi. Axborot faoliyati axborot madaniyatining asosiy qismi sifatida jamiyatning tabiati va rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bu faoliyat, bir tomondan, to‘plangan va ishlab  chiqarilgan  ma’lumotlardan  foydalanish, ikkinchi tomondan,  uni  turli  ommaviy  axborot  vositalarida  yaratish  va  mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

53

SHAXS AXBOROT MADANIYATINI KONSEPSIYALARI

Turgunov Azim Turgunovich

Alfraganus universiteti

Pedagogika fakulteti dekan oʻrinbosari,

Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

azimturgunov52@gmail.com

Tel: +998 93 180 08 09

https://doi.org/10.5281/zenodo.16930864

Hоzirgi pаytdа аxbоrоt mаydоni, kоmmunikаtsiyа vоsitаlаri zаmоnаviy jаmiyаt hаyоtigа

о‘zining jiddiy tа’sirini kо‘rsаtmоqdа. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea - hodisalar
jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil etish, o‘z
hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan –
ko‘p dadil va raqamlarga murojat qiladi. Axborot faoliyati axborot madaniyatining asosiy qismi
sifatida jamiyatning tabiati va rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bu faoliyat, bir tomondan,
to‘plangan va ishlab chiqarilgan ma’lumotlardan foydalanish, ikkinchi tomondan, uni turli
ommaviy axborot vositalarida yaratish va mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.

E.Frommning fikricha, axborot jamiyatida nafaqat madaniyat, balki inson erkinligi, uning

mas’uliyati, tanlash imkoniyati va boshqalar yo‘qolishi mumkin, chunki bu dunyo, agar u
hukmron bo‘lsa, ratsionalizm va texnokratiya insoniy bo‘lishni to‘xtatishi mumkin.[1]

A.Dulatova va N.Zinovyevalar shaxs axborot madaniyatining shakllanganligi darajasini

aniqlovchi mezonlarga asoslanib, shaxs axborot madaniyatini uch darajaga tasniflaydilar:[2]

• quyi daraja; axborot madaniyati quyi darajada shakllangan shaxs axborotlarni

shunchaki iste’mol qilish, qanday mazmunda qabul qilgan bo‘lsa, shunday mazmunda talqin
qilish va yetkazish bilan cheklanadi;

• o‘rta daraja; axborot madaniyati o‘rta darajada shakllangan shaxs o‘z axborot

ehtiyojlarini yaxshi anglaydi, shu boisdan mazkur ehtiyojlarni qondiradigan axborotlarni
o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatadi;

• yuksak daraja; axborot madaniyati o‘rta darajada shakllangan shaxs o‘z ehtiyojlariga

mos bo‘lgan axborotlarni ongli va maqsadga muvofiq tarzda o‘zlashtiradi, ularni tahlil qiladi va
hayotiy faoliyatida qo‘llaydi.

Bugungi kunda axborot faoliyatining asosiy qismi insoniyat hayotiga internet orqali kirib

kelmoqda. Internet-makonning shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga murakkab ta’siri jahonning
barcha davlatlarini jamiyat a’zolarining axborot madaniyatini oshirish masalalariga e’tiborni
kuchaytirishga majburlamoqda. Shu maqsadda fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini
optimallashtirish, axborot olish va undan foydalanish ko‘nikma va malakalarini
takomillashtirishga xizmat qiladigan turfa modellar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tatbiq
etilmoqda. Quyida biz Kanada modelini ko‘rib chiqamiz: [3]

• ma’rifiy-axborot modelidan axborot madaniyatiga doir kulturologik, estetik, ijtimoiy-

madaniy nazariyalarni va uning tarixini o‘rganishda foydalaniladi;

• tarbiyaviy-axloqiy modeldan axborot olami bilan bog‘liq axloqiy, diniy, falsafiy

muammolarni talqin qilish va tushuntirishda foydalaniladi;

• amaliy-utilitar modeldan axborotlarni qabul qilish, saqlash va uzatish imkonini

beradigan texnika vositalari bilan ishlashni o‘rgatishda foydalaniladi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

• estetik modeldan estetik ahamiyatga molik axborotlarni badiiy did bilan tanlash, ularni

tahlil qila bilish malakasini shakllantirishda foydalaniladi;

• ijtimoiy-madaniy modeldan axborotlarni tanqidiy baholash, tahlil qilish va ijodiy qayta

ishlash malakasini shakllantirishda, ijodkor shaxsni voyaga yetkazishda foydalaniladi.

Professor A.V.Fedorov o‘z maqolasida Germaniya, Avstriya va Shveytsariyaning axborot

madaniyatini yuksaltirish borasidagi tajribalarini umumlashtiradi. Uning yozishicha, xususan,
Germaniyada, bu borada quyidagi konsepsiyalarga tayanilmoqda:[4]

• tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy vazifasi

axborotlarni tanqidiy qabul qilish malakasini shakllantirishdan iborat;

• amaliy konsepsiyaning asosiy vazifasi mediatexnika bilan ishlashga o‘rgatishdan iborat;
• ijtimoiy-ekologik konsepsiyaning asosiy vazifasi axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini

hosil qilishdan iborat;

• axborot-texnologik konsepsiyaning asosiy vazifasi yangi axborot texnologiyalarini

o‘zlashtirish malakalarini rivojlantirishdan iborat.

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, axborot madaniyati sabab jamiyat faqatgina axborotga

qarshi himoyalanib qolmay, balki mustaqil fikrlash, ongli qaror qabul qilish va axborotdan
to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Дулатова А.Н., Зиновьева Н.Б. Информационная культура личности.-М.:Либерея-

Бибинформ, 2007.
2.

Dulatova.A.N// Shaxsning axborot madaniyati// darslik// 2005-yil

3.

To‘rayev F., Axmadjonov M.“Axborot madaniyati va axborot xavfsizligi”. Toshkent: Fan

va texnologiya nashriyoti, 2020.
4.

Smith, M., & Duggan, M. “Information Culture in the Digital Age”. London: Routledge,

2018.

References

Дулатова А.Н., Зиновьева Н.Б. Информационная культура личности.-М.:Либерея-Бибинформ, 2007.

Dulatova.A.N// Shaxsning axborot madaniyati// darslik// 2005-yil

To‘rayev F., Axmadjonov M.“Axborot madaniyati va axborot xavfsizligi”. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2020.

Smith, M., & Duggan, M. “Information Culture in the Digital Age”. London: Routledge, 2018.