SOG'LOM TURMUSH TARZINI TARG'IB QILISHDA TALABALARNING MOTIVATSION HOLATINI O'RGANISH

Аннотация

Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Respublikamizda so'nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanadigan fuqarolarning, o'quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish, sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yo'nalishlami joriy etish" kontseptsiya asosiy yo'nalishlari etib belgilangan. Biroq talabalarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar qilinayotgan bo'lsa-da, talabalarning jismoniy tarbiyasi bo'yicha qo'shimcha harakatlar va aniq dasturlarni joriy etishni talab qiladigan masalalar va muammolar yuzaga kelmoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
18-19

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ibragimova , N. . (2025). SOG’LOM TURMUSH TARZINI TARG’IB QILISHDA TALABALARNING MOTIVATSION HOLATINI O’RGANISH. Наука и инновация, 3(30), 18–19. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/135282
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Respublikamizda so'nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanadigan fuqarolarning, o'quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish, sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yo'nalishlami joriy etish" kontseptsiya asosiy yo'nalishlari etib belgilangan. Biroq talabalarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar qilinayotgan bo'lsa-da, talabalarning jismoniy tarbiyasi bo'yicha qo'shimcha harakatlar va aniq dasturlarni joriy etishni talab qiladigan masalalar va muammolar yuzaga kelmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

18

SOG'LOM TURMUSH TARZINI TARG'IB QILISHDA TALABALARNING

MOTIVATSION HOLATINI O'RGANISH

Ibragimova Nazokatxon Qaxramonjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti, mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16911346

Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Respublikamizda so'nggi yillarda jismoniy tarbiya va

sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish borasida izchil
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik
darajasini yaxshilashga erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanadigan
fuqarolarning, o'quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish, sport sohasida boshqa
zamonaviy usullar va yo'nalishlami joriy etish" kontseptsiya asosiy yo'nalishlari etib
belgilangan. Biroq talabalarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirish
borasida keng qamrovli ishlar qilinayotgan bo'lsa-da, talabalarning jismoniy tarbiyasi bo'yicha
qo'shimcha harakatlar va aniq dasturlarni joriy etishni talab qiladigan masalalar va
muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu ishning yuqori darajadagi dolzarbligini belgilaydigan
asosiy ziddiyat bu jamiyatimizning salomatligi mustahkam mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji va
buning aynan oliy ta'lim muassasalar o'quv jarayoni doirasida past darajada ekanligi sababli
yangi mashg'ulot va musobaqa turlarining turli shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq
etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son

"O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va
ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son "Yuqumli bo'lmagan kasalliklar
profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi
darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qarori, hamda shu sohaga tegishli boshqa
me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Bugungi globallashuv davrida, axborot texnologiyalari tez sur'atlar bilan rivojlanib

borayotgan bir paytda, insoniyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish va uni ommalashtirishdir. Ayniqsa, yosh avlod vakillarida
sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e'tiborni kuchaytirish, ularni jismoniy va ruhiy jihatdan
barkamol insonlar qilib tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega. Bo‘lajak o‘qituvchilar jamiyatning
kelajagi uchun mas'ul bo‘lgan shaxslardir. Ularning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, bu
borada bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘z navbatida, yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga
o‘rgatish, ularda sog‘lom odatlarni shakllantirish imkonini beradi. Shuning uchun bo‘lajak
o‘qituvchilarni estetik tarbiya asosida sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularda sog‘lom
hayotga bo‘lgan ehtiyojni uyg‘otish, bu borada metodik bilimlarni shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Xulosa:

Talabalarning sog'lom turmush tarzini takomillashtirish bo'yicha takliflar

o'rganildi. So'rov natijalarini tahlil qilish o'quvchilarning jismoniy tarbiya va sog'lom turmush
tarziga munosabatini aniqlashga yordam berdi. Aksariyat talabalar jismoniy faollikga ijobiy
munosabatda bo'lishdi va sog'lom turmush tarzi muhimligini tan olishdi. Bu talabalarning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

19

sog'lom turmush tarzini takomillashtirish dasturida ishtirok etishga bo'lgan potentsial
tayyorligini ko'rsatadi. Dastur doirasida "Sog'lom turmush tarzining noan'anaviy usullari"
tanlov fanining mazmuni va mohiyati haqida ma'lumot berildi. Ushbu tanlov fan talabalarga
sog'lom turmush tarzini shakllantirishning noan'anaviy yondashuvlari va usullarini taklif
qiladi. Bunday fanning o'quv rejasiga kiritilishi talabalarning sog'lom turmush tarzini
shakllantirish va takomillashtirishga hissa qo'shadigan qo'shimcha bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lish imkonini beradi. Ushbu vostalardan foydalanish talabalarning jismoniy sifatlarini
rivojlantirishga va ularning umumiy salomatligini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu
dasturning natijalari va xulosalaridan talaba yoshlarning salomatligi va umumiy farovonligini
yaxshilashga hissa qo'shadi, boshqa ta'lim muassasalarida ham ushbu dasturga o'xshash
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2020 yil 24 yanvardagi "O'zbekiston

respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish" chora-
tadbirlari to'g'risida pf-5924-son farmoni/WWW. Lex.uz.
2.

Kerimov F.A. Yakka kurash elementlariga ega bo'lgan xarakatli o'yinlar. T.: Ilmiy texnika

axborroti-press nashriyoti, 2020.-79 b.
3.

Tajibaev S.S. Usmir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida xarakatli o'yinlarni

qo'llash metodikasini ilmiy pedagogik asoslash des. 2020.-53 b.
4.

Mirzayev S. Tugarak mashg'ulotlariga saralashda bolalar va o'smir funktsional holatni

o'ziga xos xussiyatlari. T., 2020, II qism, B. 85-89.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2020 yil 24 yanvardagi "O'zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish" chora-tadbirlari to'g'risida pf-5924-son farmoni/WWW. Lex.uz.

Kerimov F.A. Yakka kurash elementlariga ega bo'lgan xarakatli o'yinlar. T.: Ilmiy texnika axborroti-press nashriyoti, 2020.-79 b.

Tajibaev S.S. Usmir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida xarakatli o'yinlarni qo'llash metodikasini ilmiy pedagogik asoslash des. 2020.-53 b.

Mirzayev S. Tugarak mashg'ulotlariga saralashda bolalar va o'smir funktsional holatni o'ziga xos xussiyatlari. T., 2020, II qism, B. 85-89.