ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
4
KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI HISOBGA OLISH
Nahalboyev Lazizjon Bazarovich
Jizzax Sambxram universiseti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16908442
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va hisoblash
tizimining oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini
monitoring qilish, xarajatlarni tahlil qilish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash
uchun hisob tizimlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish
jarayonlarini hisobga olishni takomillashtirish orqali korxona foydasini oshirish va
resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Shu bilan birga oʻz oʻrnida
korxonaning iqtisodiy rivojlanishiga imkon beradi.
Kalit soʻzlar:
Ishlab chiqarish hisobi, xarajatlarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish,
monitoring qilish, xarajatlarni tahlil qilish, resurslar, xarajatlarning nazorat qilish jarayonlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarish korxonasi yoki tadbirkor yuqori
foyda olish va uni koʻpaytirishni maqsad qiladi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab
chiqargan mahsuloti yoki koʻrsatayotgan xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar
darajasiga bogʻliq boʻladi. Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berib, foyda olishga
boʻlgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-harajatlar darajasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlari har bir tashkilotning asosiy faoliyatini belgilovchi muhim
komponent hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni samarali boshqarish va nazorat qilish, xarajatlarni
tahlil qilish va resurslardan optimal foydalanishni ta’minlash uchun hisob tizimlari ajralmas
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash, balki
tashkilotning umumiy samaradorligini oshirishga ham yordam beradi.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda ishchi kuchi va mehnat vositalari yordamida mehnat
predmetlaridan yangi mahsulotlar yaratish tushuniladi. Ushbu jarayon o’z ichiga turli
texnologik operatsiyalarni oladi, bu operatsiyalarni bajarish esa turli harajatlarni amalga
oshirishni ta‘qoza etadi. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi bo’lib tayyor mahsulot
hisoblanadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan moddiy harajatlar, mehnatga xaq
to’lash harajatlari, ishlab chiqarish vositalarining amortizatsiya harajatlari va boshqa ushbu
jarayonga tegishli harajatlar ishlab chiqarish harajatlarini, yaratilgan mahsulot qiymatiga
kiritilgan harajatlar esa tayyor mahsulotning tannarxini tashkil qiladi. Shuni ta‘kidlash joizki
korxona tomonidan bajarilgan ishlar, masalan qurilish-montaj ishlari, ko’rsatilgan xizmatlar,
masalan turistlarga ko’rsatilgan yotoqxona va boshqa xizmatlar yoki auditorlik xizmati ham
ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Bunday ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo’lib
bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat xajmi hisoblanadi, ularga sarflangan harajatlar
bajarilgan ish yoki xizmatning tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schotlar to‘g‘risida qisqacha tavsif berib
chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari va ahamiyati haqida
talabalarni tanishtirib chiqamiz. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidan tayyor
mahsulotlar olinadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni biznes-reja va shartnoma-
kontraktatsiya asosida amalga oshirilib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi va reja
tannarxi belgilanadi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
5
aks ettiriladi hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob kitob qilinadi. Ishlab chiqarish
jarayonlarini hisobga olishning normativ, buyurtmali, jarayonli va aralash usullari mavjud.
Normativ usul - Bu usulda ishlab chiqarish resurslari uchun belgilangan normalar asosida
hisob yuritiladi. Misol uchun, 1 tonna sement ishlab chiqarish uchun qancha xomashyo, elektr
energiya va ishchi kuchi sarflanishi oldindan belgilanadi. Amaldagi sarflar me’yorlar bilan
taqqoslanib, farq aniqlanadi.
Buyurtma (zakaz) usuli – bu usulda alohida buyurtma asosida mahsulot ishlab
chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Masalan, mebel sexida mijoz buyurtmasiga qarab stol
yoki shkaf tayyorlansa, barcha xarajatlar aynan shu buyurtmaga yoziladi.
Jarayon (protsess) usuli – bu usulda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida (masalan,
oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoatida) xarajatlar ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha
taqsimlanadi. Masalan, paxta-to‘qimachilik kombinatida – avval ip yigirish, keyin mato to‘qish,
oxirida tayyor kiyim tikish bosqichlari bo‘yicha hisob yuritiladi.
Aralash usuli – bu usulda ba’zi hollarda yuqoridagi usullar birgalikda qo‘llaniladi.
Masalan, avtomobil zavodida – asosiy detallar ishlab chiqarishda jarayon usuli, yakuniy
yig‘ishda esa buyurtma usuli ishlatilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
natural va pul ifodasida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini aniqlash. Bunda jami ishlab
chiqarilgan mahsulotning miqdori kabi, ular ayrim turlarining ham miqdori aniqlanadi; ishlab
chiqarishga qilingan xarajatlarni aniqlash va mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash.
Buning uchun korxonaning jami ishlab chiqarilgan mahsulotga qilgan xarajatlari hamda alohida
mahsulot turlarining tannarxi aniqlanadi. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish uchun
maxsus schotlar tayinlangan. Ularning asosiylaridan biri 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti
bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish va ishlab chiqarilgan
mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu schotning debet tomonida
mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan barcha xarajatlar to‘planadi, uning kreditida esa
ishlab chiqarilgan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha baholanib aks ettiriladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularni
tayyorlash ma’lum xarajatlarni talab etadi. Bunday xarajatlar sirasiga sarflangan materiallar,
yoqilg‘i va boshqa moddiy zaxiralar qiymati, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta
ajratmalari, asosiy vositalar eskirishi va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va boshqalar kiradi.
Nomlari yuqorida qayd qilingan xarajatlardan tashqari korxonada ishlab chiqarishni tashkil
etish va boshqarish xarajatlari ham amalga oshiriladi. Ular boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarning ish haqlari, binolarni isitish va yoritish xarajatlari va boshqalardan iborat.
Qilingan xarajatlarning pul ifodasidagi jami summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
tannarxini tashkil etadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini
hisoblash buxgalteriya hisobining muhim uchastkalaridan biri hisoblanadi. Ular ishlab
chiqarish rezervlarini topish, materiallar, pul mablag‘lari va mehnat resurslari ustidan
muntazam nazorat o‘rnatishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini
hisobga olish uchun maxsus schotlar tayinlangan. Ularning asosiylaridan biri 2010-«Asosiy
ishlab chiqarish» schoti bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni aks
ettirish va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Ushbu schotning debet tomonida mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan barcha xarajatlar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
6
to‘planadi, uning kreditida esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha baholanib
aks ettiriladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, maqolada korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini
hisobga olishning muhim jihatlari va uning biznes samaradorligiga ta’sirini ko‘rib chiqildi.
Aniqlik va samarali hisob tizimlari xarajatlarni optimallashtirish, resurslardan oqilona
foydalanish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlarini hisobga olish – bu nafaqat buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi, balki
menejmentning samarali vositasidir. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlari hisobi to‘g‘ri
tashkil etilsa, eng avvalo mahsulot tannarxini kamaytirish, foydani oshirish, ishlab chiqarish
samaradorligini ta’minlash, bozor sharoitida raqobatbardosh bo‘lishga zamin yaratiladi. Shu
nuqtai nazardan har bir korxona o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini muntazam hisobga olib,
iqtisodiy tahlil asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ–60-sonli “2022–
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PQ–3777-sonli
“Buxgalteriya hisobi va audit tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori.
3.
R.D.Dusmuratov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. –T., Darslik. 2020 yil.
4.
To‘rayev M.M. Korxonalar iqtisodiyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, Darslik. 2020 yil.
