150
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Nilufar Sabirova Mansurbek Qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi
yo‘nalishi 2-kurs magistranti
Ilmiy rahbar
Rustamova Manzura Mirkamolovna
Annotasiya:
Ushbu maqolada interfaol metod nima ekanligi, uning turlari
haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi va shuningdek Tarbiya darslarida interfaol
metodlardan foydalanish bo‘yicha fikr mulohazalar keltirib o‘tilgan, tegishli xulosalar
chiqarilgan.
Аннотация:
В данной статье представлена информация о том, что такое
интерактивный метод, его виды, а также даны комментарии по использованию
интерактивных методов на учебных занятиях и сделаны соответствующие
выводы.
Abstract:
This article provides information on what the interactive method is,
its types, as well as comments on the use of interactive methods in education classes,
and appropriate conclusions are drawn.
Kalit so‘zlar:
Interfaol metodlar, Tarbiya fani, Intelekart metodi, Klaster,
Innovatsiya, V.A.Suxomliniskiy, Tugallanmagan rasmlar, P.Torrens.
Ключевые слова:
Интерактивные методы, Педагогическая наука, Метод
интелекарт, Кластер, Инновасия, В. А. Сухомлинский, Неоконченные картины,
П. Торренс.
Key words:
Interactive methods, Educational science, Intelekart method,
Cluster, Innovation, V.A.Sukhomliniskiy, Unfinishedpictures, P.Torrens.
Hozirgi davr tobora o‘zgarish va yangiliklarga boy desak ham mubolag‘a
bo‘lmaydi,chunki bugungi davrning o‘zgarishlari,ulardaki bo‘layotgan har bir
yangilik va yangilanishlar insonni shu davr bilan xamohang tarzda yashashga majbur
etmoqda.Insonlar nafaqat butun dunyodagi barcha sohalardagi o‘zgarishlarga faollik
bilan ko‘nikib,shu o‘zgarishlar jarayoni bilan yashashga harakat qilmoqdalar.Bugun
har bir jarayon jadallik bilan avj olayotgan davrda har bir sohani olaylik unda
o‘zgarishlar albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti,har bir jihatga ahamiyat
beradigan bo‘lsak u xoh biznes,ijtimoiy soha,xattoki insonlarning yashash muhitidan
tortib,ularning kiyinish uslubi va boshqa turli sohalarni ham o‘ziga jalb
151
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
etmoqda.Insonlar o‘zlari uchun kundan-kunga yangiliklarni yaratib,ularni xayotga
tadbiq etishmoqda,rivojlanish davrida yashayotgan ekanmis dunyodagi barcha
mamlakatlar raqobatdoshlik muhiti bilan rivojlanishda davom etmoqdalar,har bir
sohada ular bir-birlaridan o‘zish va yangiliklar yaratishga yuksak odimlar bilan
harakatlanmoqdalar.Shu asnoda bir-birlari bilan tajriba almashinuv jarayonlarini ham
olib bormoqdalar.Albatta bu o‘zgarishlar dunyodagi deyarli barcha sohalarda
kechmoqda,shuningdek ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar va imkoniyatlar
yaratilmoqda.Ta’lim jarayoni doirasida ham butun dunyoda juda katta imkoniyatlar
va o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda,shu bilan birgalikda mamlakatimizda ham ta’lim
va tarbiya tizimini yana islox qilish,uni rivojlantirish va yanada takomillashtirish
ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.Muxtaram Prezidentimizning ham ta’lim va
tarbiya tizimini yanada isloh qilish,uni rivojlantirishga doir ko‘plab farmon va
qarorlari imzolanmoqda.Bugun davlatimizda ta’lim va tarbiya tizimini yuqori
darajaga olib chiqish uchun juda katta o‘zgarishlar olib borilmoqda bu nafaqat
maktab,oliy ta’lim va undan keyingi ta’lim shakllari bo‘lsin barchasini o‘ziga qamrab
olmoqda.Ta’lim oluvchilarga yuqori sifatli bilim berish yo‘lida turli xil o‘zgarishlar
amalga oshirilimoqda va shu yo‘lda davom etilmoqda.Ta’lim sohasidagi har bir
jihatga
jiddiy
e’tibor qaratilmoqda undagi,sharoit va imkoniyatlar,ta’lim
beruvchilarning bilim saviyasi,ta’lim oluvchilarni o‘qitish jarayonidagi fanlarning
o‘qitilish doirasi va sifati balki barchasi e’tibor markazida deya olamiz.Hozirda ta’lim
beruvchilarga nafaqat aniq fanlar balki qo‘shimcha tarzdagi tabiiy va boshqa fanlarni
ham o‘qitishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda,ularni o‘qitish oddiy shakllardan emas
balki interfaol metodlar va turli xil innovatsion shakllardan ham foydalanish bugungi
davrning talaba deya olamiz.Hozirda har bir fanni o‘qitishda ta’lim oluvchilarga
qiziqarli va oson usulda yetkazib berish maqsadida interfaol metodlardan
foydalanilmoqda,ularni dars jarayonida qo‘llash darsning kreativligini oshirib
mavzularni ta’lim oluvchilarga osonroq shaklda yetkazib berish imkonini beradi.
“Interfaol “ atamasining lug‘aviy ma’nosi “ Interfaol” ( ing. “ interact”; “
interaktiv “; “ inter” –o‘zaro, birgalikda,” act” – harakat qilmoq,ish ko‘rmoq)
tushunchasi “ o‘zaro, birgalikda harakat qilmoq “ ma’nosini anglatadi.
Interfaol metodlar-ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi hamda pedagog o‘rtasida
hamkorlikni qaror toptirish,faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni
samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan
metodlar.
Manbalarda o‘rganilish ta’lim tizimida interfaol metodlar ilk bor XX asrning 20-
yillarida qo‘llanilganligidan dalolat beradi.V.A.Suxomliniskiy tomonidan o‘tgan
152
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
asrning 60-yillarida yaratilgan ilmiy ishlarda ham ta’lim tizimiga interfaol metodlarni
tadbiq etish tajribasini uchratish mumkin.
XX asrning 70-80-yillarida esa Rossiyada Sh.A.Amonashvili, V.F.Shatalova,
Ye.N.Lina va boshqalar tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini
oshirish, ta’lim oluvchilarda o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish yo‘llarini
topish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ham interfaol metodning amaliy
ahamiyati,ularni samarali qo‘llash shartlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.[1]
Amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o‘rganishlariga
ko‘ra, shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda
o‘zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi.
Ya’ni shaxs:
-
Manbani o‘zi o‘qiganda 10%
-
Ma’lumotni eshitganida 20%
-
Sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganida 30%
-
Sodir bo‘lgan voqea, xodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni eshitganida 50%
-
Ma’lumot (axborot)larni o‘zi uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini namoyish
etganida) 80%
-
O‘zlashtirilgan bilim (ma’lumot,axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida
90% xajmdagi ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega ekan.[2]
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari:
Interfaol metodlar. “Keys-stadi” ( yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-
so‘rov”,”Modellashtirish”,”Ijodiy ish”,” Muammoli ta’lim “ va b.
Interfaol ta’lim strategiyalari. ”Aqliy hujum”,”Bumerang”,”Galereya”,”Zig-
zag”,”Zinama-zina”, ”Muzyorar”, ”Rotasiya”, ”Yumaloqlangan qor” va k.Interfaol
ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini
tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga
asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim
metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
Interfaol grafik organayzerlar.”Baliq skeleti”,”BBB”,”Konseptual jadval”,”Venn
diagrammasi”,”T-jadval”,”Insert”,”Klaster”,”Nima uchun?”,”Qanday?” va b.Interfaol
grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik
shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi.Aslida bu grafik
organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli
bo‘lib,ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.[3]
153
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bugungi kunda aynan boshlan’ich sinf o‘quvchilari uchun turli xil fanlar
kesimida bilim berilmoqda,yuqorida keltirib o‘tilgan interfaol metodlardan hozirda
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining turli xil fanlarida ham qo‘llab kelinmoqda.
Interfaol metodlarni faqat aniq fanlar sohasida emas balki boshqa qo‘shimcha fanlar
kesimida ham qo‘llash mumkin va darslarni yanada qiziqarli va xilma-xill shaklda
olib borish mumkin.Hozirda aynan ta’lim oluvchilarga o‘zida bir nechta fanni
jamlagan “Odobnoma”,”Vatan tuyg‘usi”,”Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat
asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan umumiy bitta fan
Tarbiya fani joriy etilib ta’lim oluvchilarga ushbu fandan bilimlar berib
kelinmoqda,Tarbiya fani nafaqat boshlang‘ich sinflarda balki yuqori sinf
o‘quvchilariga ham o‘qitilmoqda.Aynan Tarbiya fanining joriy etilishi ham ta’lim
oluvchilarga faqat bilim berilibgina qolmasdan maktablarda ularga axloqiy jihatdan
ham bilimlar berib borilishidan dolalatdir.Boshqa fanlar qatorida ta’lim oluvchilarga
bilim berishda tarbiya fani nuqtai nazaridan ham interfaol metodlardan foydalangan
holda dars jarayonlarini olib borish orqali ularga ushbu fanni yanada kreativ
usulda,dars jarayoni faqat darslik bilan cheklanib qolmasdan,o‘tilgan mavzuni metod
yordamida mustahkamlab,ta’lim oluvchilarni zeriktirib qo‘ymaslik holatlarini ham
oldini olishga yordam beradi.Shuningdek turli xil interfaol metodlar orqali ta’lim
oluvchilarni tarbiya fani orqali individual,juftlikda,jamoa bo‘lib birgalikda ishlash
imkoniyatiga ham ega bo‘lamiz.Tarbiya fani mavzularini o‘qitish jarayonida turli
interfaol metodlardan foydalanish mumkin va bular orqali o‘tayotgan mavzuyimizni
yanada
to‘ldirib,ta’lim
oluvchilar
yanada
yaxshiroq
tarzda
bilimlarni
yetkazib,mavzuga chuqurroq olib kirish imkoniga ega bo‘lamiz.
Tarbiya fanida berilgan mavzulardan foydalangan holda bir nechta interfaol
metodlarni ushbu fanning mavzularida qanday qo‘llash mumkinligini misollar
tariqasida ko‘rib chiqamiz.
“Klaster “ GO (“Klaster “ –g‘uncha, to‘plam, bog‘lam ) puxta o‘ylangan
strategiya bo‘lib, uni ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda,guruh asosida tashkil
etiladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g‘oyalarni
umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi[4,76-b]
Klaster metodidan turli xil fanlar doirasida foydalanish mumkin, shu bilan
birgalikda tarbiya fani doirasida ham undan foydalanish mumkin. Aynan tarbiya
faniga doir biror-bir tushunchani yozgan holatda, klaster metodidan foydalanib ta’lim
oluvchilardan shunga mos so‘zlar bilan uning atrofidagi doirachalarga yozib
chiqishlari orqali berilgan tushunchaga doir fikrlar bilan uni to‘ldirish mumkin.
154
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Shu kabi misollar orqali ta’lim oluvchilarga dars jarayonida,aynan klaster
metodidan foydalanib berilgan tushunchani,o‘quvchi yoki talabalar bilan birgalikda
to‘ldirish aynan shu mavzuga chuqurroq kirish imkonini beradi,shuningdek mavzuni
interfaol metoddan foydalangan holatda faqat nazariy jihatdan emas balki amaliy
tarzda ham ishlash imkonini beradi.
“Beshinchisi (oltinchisi,yettinchisi…) ortiqcha metodi.
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yurtish ko‘nikmalariga ega bo‘lishida bu metod
ahamiyatga ega.
O‘yinda:
-
Mavzu mohiyatini ochib beradigan tushunchalar tizimini shakllantirish;
-
Tizimga mavzuga taalluqli to‘rtta (beshta, oltita…) va taalluqli bo‘lmagan bitta
tushunchani kiritish;
-
O‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlab, tizimdan
chiqarish vazifasini topshirish;
-
Metod individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilarning mavzuni puxta
o‘zlashtirishida, bilimini baholashda foydalaniladi.[5]
Oila
Ota-Ona
Tarbiya
Farzand
Jamiyat
Xurmat
155
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2-sinf Tarbiya darsligidagi berilgan. Ilmning boshi-odob hikoyasidan topshiriq
tuzamiz.
Quyidagi so‘zlardan hikoyaga tegishli bo‘lmaganini toping?
Shu shakldagi misollardan foydalangan holatda Tarbiya darslaridagi
mavzulardan kelib chiqqan holatda foydalansak, berilgan hikoyalardagi so‘zlardan
foydalanib qo‘llasak o‘tilgan hikoya mazmuni ularda yaxshiroq eslab qolishlarida
yordam beradi va hikoyaga doir bo‘lmagan so‘zlarni chiqarib tashlash esa ularning
ziyraklik va zukkoliklarini yanada oshiradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,hozirgi kunda har bir darsni
samarali,har tomonlama sifatli o‘qitish lozim sanaladi,hozirgi ta’lim oluvchilar har
jihatdan yuksak darajada zamon bilan xamnafas tarzda ulg‘aymoqdalar,shu boisdan
ham ular shunga monand darajada bilim olishga intiladilar shuning uchun ham har bir
ta’lim oluvchiga shunga xos tarzda bilim berilishi lozim,ya’ni ularga har bir fan
nuqtai nazaridan puxta bilim,turli xil interfaol metodlardan foydalanib,darsda qo‘llab
har bir o‘tilayotgan mavzuni mustahkamlagan holatda olib borish dars
samaradorligini oshirish bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarning imkoniyat darajalarini
oshirib ham beradi.Ze’ro bugungi kun talabi har bir ta’lim oluvchiga yuksak darajada
bilim berish,ularni zamon bilan xamnafas tarzda shakllangan, yuksak saloxiyatli
shaxslar qilib yetishtirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Ta’lim Tarbiya Jarayonida Interfaol metodlardan foydalanish. Bozorova
Ro‘zigul/Safiyeva Shohista Shuhrat qizi maqola.
2. Maxsus Fanlarni O‘qitish metodikasi. O.U.Avlayev, S.R.Mirzayeva,
Sh.R.Samarova. Toshkent-2022,73-bet.
3. Maxsus Fanlarni O‘qitish metodikasi. O.U.Avlayev, S.R.Mirzayeva,
Sh.R.Samarova. Toshkent-2022,83 -bet.
4.Kreativ Pedagogika. B.E.Karimova.Toshkent” Innovatsiya-Ziyo”,2022,76-bet.
5.https://www.yoshlarovozi.uz/oz/news/beshinchisi-ortiqcha
Ilm
Ustoz
Odob
Shogird
Tarbiya
Olim
Boylik
Suhbat
