127
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
OGAHIYNING QALB AMALI YORDAMIDA HALL QILINADIGAN
MUAMMO JANRIDAGI SHE’RLARI TAHLILI
Iroda Raximova
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Filologiya va san’at fakulteti O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 2
-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Muhammadrizo Ogahiyning muammo
yechishning qalb qoidasi asosida hall qilinuvchi muammolari tahlilga tortiladi.
Shuningdek, qalb qoidasining turlari hamda mumtoz she’riyatdagi o‘rni masalasiga
ham diqqat qaratiladi.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются проблемы, решаемые на
основе «правила кальба» (транспозиции) в творчестве Мухаммадризо Агахи.
Также уделяется внимание видам кальба и его роли в классической поэзии.
Annotation:
This article analyzes the problems addressed through the “rule of
qalb” (transposition) in the works of Muhammad Rizo Ogahiy. It also pays attention
to the types of qalb and its role in classical poetry.
Kalit so‘zlar:
muammo, muammo hal(l)i, ism moddasi, qalb, qalbi kull, qalbi
ba’z, qalbi ja’liy, ta’lif.
Ключевые слова:
проблема, решение проблемы, именная модификация,
кальб, кальб
-
и кулль, кальб
-
и баъз, кальб
-
и джаълий, композиция.
Keywords:
problem, problem-solving, noun modification, qalb, qalb-i kull,
qalb-
i ba’z, qalb
-
i ja’li, composition.
KIRISH.
O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘hna Sharq adabiyotida bo‘lganidek,
ilm va so‘z san’ati toliblari tafakkuri, zakovatini shakllantirish hamda yuksaltirishda
muammo janri muhim rol o‘ynaydi.
Muammo
so‘zining lug‘aviy ma’nosi arab tilidagi “a’mo”, ya’ni “ko‘r”
so‘zidan olingan bo‘lib, “ko‘r qilingan”, “berkitilgan”, “yashiringan” degan
ma’nolarni anglatadi. Muammo Sharq adabiyoti, jumladan, o‘zbek mumtoz
adabiyotida muayyan kichik janrdagi she’rda yashiringan nomni topish bilan bog‘liq.
Muammoda yashiringan fikr mantiqan she’r mavzusiga to‘g‘ri kelishi va nazarda
tutilgan muayyan fikr, voqea -
hodisa yoki shaxs faoliyati bilan bog‘liq fakt bilan
aloqador bo‘lishi kerak. Unda ishora muhim rol o‘ynaydi va ishora etilgan so‘z
“ism
128
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
moddasi”
deb yuritiladi, muammoni yechish yoki oddiy qilib aytganda topish
–
“hal(l)”
, ya’ni “masalani hal qilish”
tushunchasi bilan ifodalanadi [1: 103].
Muammo nazariyasiga oid adabiyotlarda ko‘satilishicha, hall qoidalari dastlab
uch qismga bo‘linadi: 1) a’moli tas’hiliy (osonlashtirish amallari); 2) a’moli tahsiliy
(hosil qilish amallari); 3) a’moli takmiliy (mukammallashtirish amallari). Bu qismlar
amallar guruhlarini anglatib, mazkur 3 qism amallari o‘z navbatida bir necha xildagi
qoidalarga (tariqlarga) va bu qoidalar turli uslublarga bo‘linadi. Mazkur 3 qismda
muammoshunoslar jami 15 xil qoida va 48 xil uslubni sanaydilar. Bu amallarning
birinchisiga nisbatan ikkinchisi, ikkinchisiga nisbatan uchinchisi murakkabroqdir [2:
7-
8]. Shular orasida muammo yechishning a’moli takmiliy (mukammallashtirish
amallari) guruhiga kiruvchi
qalb
qoidasi mumtoz shoirlar she’riyatida keng
qo‘llanilgan bo’lib, mavlono Ogahiy ijodiyotida ham bu qoidaga ko‘p bora murojaat
qilingan. Shoir qalb amalini
o‘zigagina xos mahorat bilan qo‘llagan holda original
poetik shakl va mazmunga boy bo‘lgan go‘zal muammolar yarata olgan. Ushbu
muammolar hal(l)i (yechimi)ni topish va har tomonlama tahlil qilish orqali bunga
guvoh bo‘lish mumkin.
TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR.
Tadqiqotning
obyekti sifatida Muhammadrizo Ogahiyning “Ta’viz ul
-
oshiqin” devonidan joy olgan
“G‘arib”, “Nuh”, “Safo”, “Yusuf”, “Molik”, ““Komilu kamol va moliku lakom”,
“Roziy” va “Pahlavon” ismlariga yozilgan muammo janridagi she’rlari olindi.
Tadqiqotda muammo yechishning qalb, intiqod, tas’hif va ta’lif amallaridan,
shuningdek, kuzatish, induksiya, tahlil kabi tadqiqot metodlaridan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Muammo yechishning keng qo‘llaniladigan
usullaridan biri bo‘lgan qalb qoidasi muammoshunoslar nazdida besh uslubda
bajariladi:
1) qalbi kull
–
ma’lum so‘zni o‘z tartibida to‘la holda teskari o‘qish;
2)
qalbi ba’z
–
so‘zning ba’zi qismlarini o‘zgartirib o‘qish;
3) qalbi kulliy
–
ikki yoki
ortiq so‘z harflarining tartibini o‘zgartirmasdan o‘qish orqali ism hosil qilish. Bunda
so‘zlarning o‘rni va harflarning zeru zabarlari o‘zgarishi mumkin;
4) qalbi va’ziy
–
ma’lum so‘zning boshi yoki oxiriga boshqa so‘zdan harf olib qo‘shish va hosil
bo‘lgan harfiy majmuani teskari o‘qish. Bunda “qalb”, “aks” va “davr” kabi
so‘zlardan ishora sifatida foydalaniladi;
5) qalbi ja’liy
–
ma’lum so‘zdagi harflar
tartibini o‘zgartirib o‘qish. Ular umumlashtirilsa, qalb qoidasiga ko‘ra, muammoda
yashirilgan ism biror so‘z yoki uning ma’lum qismi, shuningdek, ba’zan birikma
(ibora) tarkibining o‘rnini almashtirib, o‘zgartirib o‘qish orqali topiladi [2: 15].
Ogahiy muammolarida ham qalb qoidasining bir qancha turlaridan unumli
foydalanilgan bo‘lib, bu muammolar hal(l)ini topish o‘quvchidan o‘tkir zehn, teran
129
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tafakkurni talab qiladi va kitobxon aqlini charxlaydi. Shoir muammolarini amalda
yechib ko‘rish orqali Ogahiy abadiyatini yana bir karra kashf qilish mumkin.
“G‘arib” ismiga yozilgan muammosi:
No‘sh qilmoqg‘a javon yanglig‘ oyog‘,
Bir ko‘ngli tilagay go‘shai bog‘ [3: 467].
Hall qilish: ism moddasi “bir”, “ko‘ngil” va “bog‘” so‘zlaridir. Qalb qoidasining
birinchi turi bo‘lgan
qalbi kull
(ma’lum so‘zni o‘z tartibida to‘la holda teskari
o‘qish) qoidasi asosida “bir” so‘zini teskari o‘qisak, “rib” hosil bo‘ladi, so‘ng
ko‘ngilning tilagi “bog‘” so‘zining go‘shasi, ya’ni oxirgi harfi “g‘” ekankim, mazkur
hosil harflarni
ta’lif
(harflarni ulash) qoidasiga ko‘ra jamlasak, “G‘arib” so‘zi kelib
chiqadi [4: 29].
“Nuh” ismiga yozilgan muammosi:
Qildi gulgun domanim peshu pasin,
To‘kti ko‘z chun xuni dil bir qatrasin [3: 467].
Hall qilish: ism moddasi “ko‘z”, “xun” va “dil” so‘zlaridir. Bu muammo muammo
yechishning birdaniga 3 usulini qo‘llash orqali hall qilinadi. Ya’ni dastlab
intiqod
(ma’lum ishoralarga ko‘ra harf saralash) qoidasiga ko‘ra “xun”ning “dili” bo‘lgan “nun”
harfi olinadi, so‘ngra qalb usulining birinchi turi bo‘lgan
qalbi kull
(ma’lum so‘zni o‘z
tartibida to‘la holda teskari o‘qish) qoidasiga ko‘ra, “xun”ning teskarisi bo‘lgan “nux”
so‘zi hosil bo‘ladi. Nihoyat, arab tilidagi “xo” harfining ko‘zi bo‘lgan nuqtasini “to‘kti
ko‘z” ishorasiga binoan
tas’hif
(muammodagi ishoralarga ko‘ra, ism moddasi bo‘lgan
so‘z harflari nuqtalarining o‘zgartirilishi, ya’ni so‘zdagi harflar nuqtalarining olib
tashlanishi yoki ularga nuqtalar qo‘shilishi)ga ko’ra “xo”ning nuqatasini olib tashlasak,
“Nuh” ismi hosil bo‘ladi. Demak, ushbu muammo birdaniga 3 ta: intiqod, qalb va
tas’hif usullarini amalda tatbiq qilish orqali hall qilindi.
“Safo” ismiga yozilgan muammosi:
Gar nizoming ko‘rsa erdi, ey vaziri xushyasoq,
Xizmatingda Osaf aylar erdi boshidin ayoq [3: 467].
Hall qilish: ism moddasi “Osaf” so‘zi bo‘lib, uni qalb qoidasining beshinchi turi
bo‘lgan
qalbi ja’liy
(ma’lum so‘zdagi harflar tartibini o‘zgartirib o‘qish) qoidasiga
asosan “Osaf” ism moddasi harflari tartibini o‘zgartirib o‘qisak, “Safo” so‘zi kelib
chiqadi, shu tariqa muammo yechiladi.
“Yusuf” ismiga yozilgan muammosi:
Xayli g‘amdin kimsa topg‘uncha vuquf,
Kirgusi ko‘ksi aro nuki suyuf [3: 468].
130
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Hall qilish: ism moddasi “suyuf” so‘zi bo‘lib, bu muammo ham qalb amali asosida
hall qilinadi, ya’ni ism moddasi bo‘lgan “suyuf” so‘zini qalb qoidasining ikkinchi turi
bo‘lgan
qalbi ba’z
usuliga ko‘ra, so‘zning ba’zi qismlarini o‘zgartirib o‘qisak, “Yusuf”
ismi hosil bo‘ladi.
Ogahiyning navbatdagi
“Molik”
ismiga yozilgan muammosida ham muammo
yechishning qalb usulidan shoirona mahorat bilan foydalanilgan:
Yorim ismin so‘rasang, ey ozurda jon,
Bergusi aksi kalom ondin nishon [3: 468].
Hall qilish: ism moddasi “aks” va “kalom” so‘zlari bo‘lib, qalb qoidasining
birinchi turi bo‘lgan
qalbi kull
usuliga binoan, ism moddasi bo‘lgan “kalom” so‘zini
“aks” so‘z ishorasiga tayanib, o‘z tartibida to‘la holda teskari o‘qisak, “Molik” so‘zi
hosil bo‘ladi.
Shoirning
“Komilu kamol va moliku lakom”
ismiga yozilgan muammosi ham
boshdan oyoq qalb amali asosiga qurilgan:
Kalom o‘lsa parishon, ey nekuroy,
Necha kom o‘lg‘ay ondin jilvaoroy [3: 468].
Hall qilish: ushbu muammo ism moddasi bo‘lgan “kalom” so‘zi zaminida
qalb
va
ta’lif
qoidasiga asosan hall qilinadi. “Komil” so‘zi chiqishi uchun “kalom”dagi “qof,
alif, mim, lom” harflaridan, “Kamol” ismi uchun “qof, mim, alif, lom” harflaridan,
“Molik” uchun “mim, alif, lom, qof” harflaridan, “Lakom” uchun esa “lom, qof, alif,
mim” harflaridan iborat tartib beriladi [4: 34].
“Roziy” ismiga yozilgan muammosi:
Yor ayoqin o‘pay desang zinhor,
Ey dili zor, xoki ko‘yig‘a bor [3: 468].
Hall qilish: ism moddasi “zor” va “ko‘y” so‘zlari bo‘lib, qalb qoidasining
qalbi
kull
usuliga asosan “zor” so‘zini to‘la holda teskari o‘qisak, “roz” hosil bo‘ladi, so‘ng
unga muuammodagi “dil” va “oyoq” so‘zlari ishoralariga ko‘ra, “ko‘y” so‘zining
poyidagi “yoy” harfini
ta’lif
(harflarni ulash) qilsak, natijada “Roziy” so‘zi kelib
chiqadi.
“Pahlavon” ismiga yozilgan muammosi:
Ko‘ngul ozim ul oy ko‘yi sori gar,
Topar xoli panoh bo‘lsa mukarrar [3: 468].
Hall qilish: bu baytda muammo birinchi misradagi “ul” va ikkinchi misradagi
“panoh” so‘zlari orqali yechiladi. “Mukarrar” so‘zining talabiga ko‘ra “ul”qaytarilsa,
ya’ni
qalb
qoidasiga muvofiq teskari o‘qilsa, “lom”, “vov”, “alif”lardan iborat bo‘ladi.
131
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“Panoh” so‘zi bilan mazkur harflar
ta’lif
(harflarni ulash) qoidasiga binoan qo‘shilsa,
“Pahlavon” so‘zi kelib chiqadi [4: 35].
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, mavlono Ogahiy muammo yechishning qalb
amalidan unumli va o‘rinli foydalana olgan. Xususan, shoir muammolarida qalb
qoidasining faol qo‘llaniluvchi qalbi kull, qalbi ba’z va qalbi ja’liy turlari yuksak
shoirona mahorat va sinchkovlik bilan qo‘llanilgan. Shu bilan birga ushbu janrdagi ijod
namunalarida poetik shakl uchun mazmunning boy berilmaganligini, aksincha shakl va
mazmunning nihoyatda uyg‘un, hamohang ekanligini, biri ikkinchisini taqozo
qilayotganligini ko‘rish mumkin. Bu esa Ogahiyning badiiy san’atlardan qay darajada
mahorat va yuksak iste’dod bilan foydalanganligini ko‘rsatibgina qolmay, shoirning
o‘tkir zehn va teran tafakkur egasi bo‘lgan sohibi qalam ekanligidan dalolat beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
. Ogahiy o‘z she’rlari orqali nafaqat o‘z davrining
adabiy talablariga javob bera olgan, balki ustoz salaflar an’analarini munosib davom
ettirish bilan birga ushbu an’anlar va davr she’riyatini shakl va mazmun jihatdan
boyitgan holda o‘quvchini fikrga, mulohazaga chorlaydigan murakkab badiiy san’atlar
orqali o‘z uslubini yaratgan ijodkor hamdir. Uning she’riy san’atlarni qo‘llashdagi
yondashuvi faqat shakl va mazmunning uyg‘unligi jihatidan emas, balki estetik did,
falsafiy mushohada va madaniy saviyaning uyg‘unlashgan namunasi sifatida yuksak
qadrlanadi.
Biz ushbu tadqiqotda Ogahiy ijodida qalb sa’natining o‘rni masalasini birgina
muammo janridagi she’rlari orqali tahlil qildik. Shuningdek, muammo yechishning qalb
qoidasi she’riy san’at sifatida ham mumtoz she’riyatda keng qo‘llanilgan bo‘lib, Hazrat
Navoiy o‘zining “Majolis un
-
nafois” tazkirasida shoirlar mahoratiga baho berishda qalb
san’atiga alohida to‘xtalib o‘tadi hamda shoirning mahoratini aniqlash uchun ushbu
san’at qo‘llangan baytning kifoya qilishini ta’kidlaydi [5: 158]. Ogahiy she’riyatida
muammo janridan tashqari boshqa katta va kichik lirik janridagi ijod namunalarida ham
qalb amalidan sermahsul foydalanilgan bo‘lib, bu mavzuni atroflicha o‘rganish
adabiyotshunoslik sohasi oldidagi muhim vazifalardandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari.
–
Toshkent: Navoiy universiteti
NMU, 2019.
–
128 b.
2. Shodmonov N. Muammo janri va uni yechish amallari.
–
Qarshi, 2012.
–
27
b.
3.
Огаҳий
.
Таьвиз
ул
-
ошиқин
:
Девон
.
–
Тошкент: “Адабиёт“ н
., 2023.
–
688
b.
132
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4. Мадина Ҳабибулла қизи. Зеҳн зийнати. –
Урганч: “Хоразм“ н., 1998. –
45
б.
5. Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari.
–
Toshkent:
“
TA
’
LIM-MEDIA
”
n., 2019.
–
184 b.
6. Matyoqubova M. Ajab ohangu navolar.
–
Urganch: “Ogahiy” N., 2023. –
156
b.
