O’ZBEK TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING O’RGANILISH TARIXI

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy-ijobiy subyektiv ma’no ekanligini tadqiq etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Абдурахмонова I. . (2025). O’ZBEK TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING O’RGANILISH TARIXI. Свет науки, (17(52). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-shine/article/view/128180
Иродахон Абдурахмонова
Qo‘qon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy-ijobiy subyektiv ma’no ekanligini tadqiq etilgan.


background image

118

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O’ZBEK TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING O’RGANILISH

TARIXI

Abduraxmonova Irodaxon Shuhratjon qizi

irodaxonabdurahmonova9@gmail.com

Qo‘qon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

2

-

bosqich talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada

O

zbek tilida hurmat ma

nosini ifodalovchi

vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo

llanish jihatlarining

tahlili hurmat ma

nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo

lgan ijtimoiy-ijobiy

subyektiv ma

no ekanligini tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

Kategoriya, grammatik kategoriya, leksik

semantik hodisa,

component, kontekstual, adressativ, gonorativ.

Ma’lumki, grammatikada so’z shakli va ularning birikish qonuniyatlari

o’rganiladi. Demak, grammatika o’zaro uzviy bog’langan morfologiya va
sintaksisdan tashkil topadi va so’z uning tayanch unsuri sanaladi.

Shuningdek, an’anaviy tilshunoslikda grammatikaning tayanch unsuri sifatida

kategoriya ham tushuniladi: egalik kategoriyasi, ko’plik kategoriyasi, shaxs

-son

kategoriyasi, kesimlilik kategoriyasi, modallik kategoriyasi kabi.

Kategoriya muayyan ma’no va shakllar tizimidan iborat bo’lib, grammatika

tarkibiga kiradi va kengroq tushunchani bildiradi. Chunki, kategoriya keng ma’noda

fonetik, leksik yoki semantik hodisalar tizimidan ham tashkil topishi mumkin.

Kategoriya tushunchasi murakkab bo’lib, boshqa fan sohalarida ham uchraydi.
Shunindek, kategoriyalar mohiyati jihatidan o’zaro farqlanadi, ifodalanish usuli,
tasvir vositalariga ko’ra bir

-

biriga o’xshamaydi. Masalan, kelishiklar tizimi sof

Grammatik kategoriya sanaladi, unlilar tizimi

fonetik, so’z yasovchi affikslar tizimi

leksik-grammatik, hurmatlash, sizsirash hodisalari ijtimoiy-lisoniy kategoriya

hisoblanadi.

Kishilik jamiyati mavjud ekan, insonlar o’rtasida turli xil ijtimoiy munosabatlar

bo’ladi. Tabiiyki, bu munosabat, shubhasiz, ular tilida o’z ifodasini topadi. O’zbek
tili ham bundan holi emas. Kishilar o’rtasidagi ijobiy munosabatlar turli
ko’rinishlarda tilning barcha sathlarida o’z ifoda shakllariga ega bo’ladi.

Ishda hurmat kategoriyasining lisoniy-

nutqiy xususiyati, ya’ni uni ifodalovchi

vositalarning tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo’llanishi jihatlari bir tizimda


background image

119

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

birlashtirilib, uzvli (komponent), matniy (kontekstual) tahlil usullaridan foydalanilgan
holda tahlil etildi.

Hurmat ma’nosini ifodalovchi nolisoniy vositalar deb

tabassum bilan qarshi

olish, yugurib kelib, tikka turib egilib ta’zim qilish, qo’lni ko’ksiga qo’yib salom

berish

kabi hurmat xulqi (odobi) ko’rinishlari tushuniladi. Hurmat ma’nosini

ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalar orqali hurmat ma’nosining

ifodalanish

darajasi qo’llanish doirasi bir xil bo’lmaydi [2;39]. Vositalarning tuzilishi, vazifasi,
ma’no xususiyatlariga qarab, ularning hurmat kategoriyasidagi mavqei, hurmatni

ifodalash darajasi aniqlanadi.

O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi,

semantik

xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va

nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy

-

ijobiy subyektiv ma’no ekanligini ko’rsatadi.

Til hodisalarining ijtimoiy omil bilan bog’liqligi ayrim tilshunos olimlar

tomonidan asoslangan [5;176]. Keyinchalik bu hodisaga rus va o

zbek tilshunosligida

ham

e’tibor berilgan. Ijtimoiy omil deganda eng avvalo suhbatdoshlar o’rtasidagi turli

ijtimoiy munosabatlar ko’zda tutiladi.

O’zbek tilida hurmat kategoriyasi ijtimoiy

-

lisoniy hodisa sifatida mavjud bo’lib,

o’z leksik

-grammatik vositalariga va ifodalanish usullariga egadir.

Shu o’rinda hurmat kategoriyasining o’rganilish tarixiga nazar tashlasak,

kategoriyani turlicha tushunish oqibatida bo’lsa kerak hurmat ma’nosi, sizsirash
hodisasi ko’pchilik tillarda alohida kategoriya sifatida o’rganilmagan; hurmat
ma’nosini ifodalovchi vositalari esa boshqa unsurlar (masalan: modallikni

ifodalovchi

unsurlar) qatoriga qo’shib yuborilgan.

Yapon tilida hurmat kategoriyasi ikki xil ifodalanishi ta’kidlangan. Bu haqda

V.M.Alpatovning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir:

“Birinchisi “adressativ” kategoriya, bunda so’zlovchining suhbatdoshga,

ikkinchisi “gonorativ” kategoriya so’zlovchining suhbatida so’z borayotgan o’zga
shaxsga nisbatan ijobiy munosabatini ifodalaydi. Har qaysi kategoriya o’z ifodalanish
shakli va tizimiga ega: adressativ kategoriya shakllari fe’l, predikativ sifat va
bog’lama ko’rinishida; gonorativ kategoriya esa barcha mustaqil so’z turkumlari
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Adressativ kategoriyada adressativ va noadressativ,
gonorativ kategoriyada betaraflik va kamtarlik bildiruvchi shakllar o’zaro ziddiyat

hosil qiladi. Betaraf shakllar ham hurmat, ham kamtarlik ifodalay oladi. Bu

shakllarning maxsus qo’shimchasi yo’q” [1;13].

1944 yil A.G’ulomov o’zbek tilida hurmat ma’nosi ifodalanishi haqida

birinchilardan bo’lib fikr yuritib, hurmat ma’nosi otning ko’plik qo’shimchasi bilan


background image

120

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ifodalanishi haqida batafsil to’xtalib o’tgan. O’tgan asrning 50

-60-yillarida hurmat

ma’nosining ayrim morfologik vositalar, jumladan egalik affikslari vositasida

ifodalanishi mumkinligi haqida N.K.Dmitriyev, E.V.Sevortyan, A.N.Kononov,

F.Abdullayev, K.Nazarov kabi olimlar ham o’z asarlarida yo’l

-

yo’lakay to’xtalib

o’tganlar. A.Hojiyev, S.Usmonov, R.Qo’g’urov, Y.Tojiyev, R.Ikromova kabi olimlar
esa hurmat ma’nosini ifodalovchi ayrim sintetik vositalarni modal ma’no ifodalovchi

vositalar qatorida sanab, “modal forma”, “subyektiv baho formasi, “kichraytirish

-

erkalash vositalari” kabi atamalar bilan atashgan. to’g’rirog’i, hurmatni ifodalovchi

morfologik vositalarni boshqa kategoriya vositalari bilan qorishiq holda

o’rganishgan.

1973-

yilda Sh.Rahmatullayev o’zbek tilshunosligiga “hurmat formasi”

tushunchasini kiritdi: hurmat ifodalovchi

–lar affiksining ko’plik bildiruvchi –

lar

affiksidan farqlanishini ta’kidlab ko’rsatdi[3;28

-30]. Sh.Rahmatullayev fikricha, -lar

omonim qo’shimcha sanaladi, lekin omonim qo’shimchalarning umumiyligi (modal
ma’no ekanligi)ga emas, balki ular o’rtasidagi grammatik farqqa asoslanadi. Buni

quyidagicha oddiy tasvirlash mumkin:

-lar I. Kitoblarim

bunda aynan ko’plik, hurmatga betaraflik mavjud.

-lar II. Otamlar

bunda III shaxs birlikka aynan hurmat, ko’plikka betaraflik

mavjud.

Hurmatning ma’no xususiyati esa boshqa kesimlilik ma’nolari –

shaxs, son,

zamon, mayllardan farq qilishi ko’rsatiladi: hurmat II va III shaxs shakllari uchun

mushtarak hisoblanadi. Otangiz (otanglar)

otaga hurmat, akangiz (akanglar)

akaga hurmat; onalari 90 bahorni ko’ribdilar –

onaga hurmat; buvimlar keldilar

buviga hurmat (III shaxs birlikka hurmat) buvilarim kelishdi

III shaxs ko’plik –

“2

ta buvi kelgan”.

Hurmat kategoriyasi vositalarining qo’llanishida ijtimoiy omil muhim rol

o’ynaydi. Ijtimoiy omilning asosiy belgisi nutq jarayoni, imkoniyati, sharoiti, vaziyati

va vaqti kabilardir.

Keyingi yillarda o’zbek tilshunosligida hurmat ma’nosi –

kategoriya, ya’ni

kategoriya hosil qiluvchi ma’no deb qaralmoqda. 1990

-

yilda G’.Zikrillayev

tomonidan hurmat dastlab fe’lga xos kategoriya sifatida o’rganilib, uning semantik

-

funksional xususiyati, ya’ni mazmuni, qo’llanishi va yasalishi tahlil qilinadi.
G’.Zikrillayev “II va III shaxsda subyektning kommunikativ roli hamda miqdorini
ko’rsatuvchi qo’shimcha ayni paytda hurmat ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat

qiladi. SHu paytgacha hurmat kategoriyasi ajratilmaganidan ular shaxs-son

qo’shimchasi leb kelinar edi” deb ta’kidlaydi [4;111]. Ammo G’.Zikrillayev hurmat


background image

121

Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ma’nosini faqatgina fe’llarga xos shaxs, son kategoriyalari doirasida o’rganish bilan

cheklangan.

1991-

yilda hurmat ma’nosining olmoshlar doirasida ifodalanish xususiyatlari

haqida B.Yusupov o’zining

“Местоимение

в

староузбекском

литературном

языке”

(XV-XVI

вв.

) monografiyasida qimmatli fikrlarni bayon etadi. Bundan

tashqari, hurmat

semasining olmoshlar bilan bog’liq jihatlari haqida 1969

-yilda

K.YE.Maytinskaya turli tizimdagi tillarda olmoshning qo’llanishi haqida fikr

bildirgan. 1980-yilda M.S.Uzina esa fors tilida ayrim olmoshlarning hurmat

ifodalashi haqida to’xtalgan. 2003

-

yilda yozilgan D.Hakimovning “Siz vas en

olmoshlarining leksik-

semantik xususiyatlari” maqolasi o’zbek tilida hurmat

ma’nosining olmoshlar vositasida ifodalanishi haqidagi mavjud fikrlarni to’ldiradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Алпатов В.М. Категория вежливости в современном японском

языке. –М.: Наукаб 1973. –С.13.

2.

Hojiyeva H. O

zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy

xususiyati: Filol.fanl.nomz

diss.

Samarqand, 2001.

B.39.

3.

Rahmatullayev SH. Hurmat formasi // O’zbek tili va

adabiyoti.

T.,

1973. №

-1.-B.28-30.

4.

Zikrillayev G’. Fe’lning shaxs, son va hurmat kategoriyasi sistemasi. –

T.: Fan, 1990.

B.111

5.

Швейцер А.Д. Современная социолингвистика. Теория, проблемы,

методы. –

М.: Наука, 1976. –С.176.


Библиографические ссылки

Алпатов В.М. Категория вежливости в современном японском языке. –М.: Наукаб 1973. –С.13.

Hojiyeva H. O’zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati: Filol.fanl.nomz…diss. –Samarqand, 2001. –B.39.

Rahmatullayev SH. Hurmat formasi // O’zbek tili va adabiyoti. –T., 1973. № -1.-B.28-30.

Zikrillayev G’. Fe’lning shaxs, son va hurmat kategoriyasi sistemasi. –T.: Fan, 1990. –B.111

Швейцер А.Д. Современная социолингвистика. Теория, проблемы, методы. – М.: Наука, 1976. –С.176.