48
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
PRAGMATIK LINGVISTIKA VA UNING FRAZEOLOGIYAGA TADBIQI
Ibodullayeva Farangiza Shokir qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti 1-kurs magistranti
ibodullayevafarangiza09@gmail.com
Ilmiy rahbar: PhD
U.A.Jabborov
Annotatsiya.
Ushbu maqolada pragmatik lingvistika va frazeologiyaning
tutashgan nuqtalari tahlil qilinadi. Frazeologik birliklar faqat semantik yoki
strukturaviy birlik sifatida emas, balki real kommunikativ kontekstda faol
ishlatiladigan pragmatik vosita sifatida qaraladi. Maqolada J.L. Ostin, J. Searle, H.P.
Grice kabi pragmatika nazariyotchilari tomonidan ilgari surilgan nutq aktlari,
implikatura, presuppozitsiya, deiksis kabi tushunchalar asosida frazeologik
birliklarning ishlatilish xususiyatlari yoritilgan. Ingliz va
o‘zbek
tillaridagi ayrim
frazeologik misollar orqali ularning kontekstual
ma’nosi,
stilistik va emotsional
yuklamasi, madaniy konnotatsiyasi hamda kommunikativ funksiya jihatidan farqlari
ko‘rsatib
berilgan. Tadqiqot natijalari frazeologizmlarni
o‘rganishda
pragmatik
yondashuv muhimligini asoslab beradi va ularni tarjima, til
o‘qitish,
madaniyatlararo
muloqot kabi sohalarda
to‘g‘ri
talqin qilish uchun ilmiy asos yaratadi.
Kalit
so‘zlar:
frazeologiya, pragmatika, nutq akti, kontekst, implikatura,
stilistika, madaniyatlararo muloqot, kommunikativ funksiya
Abstract.
This article explores the intersection between pragmatic linguistics
and phraseology. Phraseological units are analyzed not merely as semantic or
structural constructs, but as pragmatic tools functioning within real communicative
contexts. Based on theoretical frameworks proposed by J.L. Austin, J. Searle, and
H.P. Grice - such as speech acts, implicature, presupposition, and deixis - the article
examines the ways in which phraseological expressions convey meaning in context.
Through comparative examples from English and Uzbek, the study highlights
variations in contextual meaning, stylistic and emotional load, cultural connotations,
and communicative function. The results demonstrate the significance of a pragmatic
approach to phraseology, providing a scientific basis for its application in translation,
language teaching, and intercultural communication.
Keywords:
phraseology, pragmatics, speech act, context, implicature, stylistics,
intercultural communication, communicative function.
49
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Kirish.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikda nutq jarayonida til
birliklarining
qo‘llanishiga,
ya’ni
tilning kommunikativ funksiyasiga
e’tibor
kuchaydi. Ayniqsa, tilning kontekstga
bog‘liq
holda qanday ishlashi,
ma’no
hosil
qilishi va tinglovchiga qanday
ta’sir
ko‘rsatishi
masalalari alohida
yo‘nalish
-
pragmatik lingvistika doirasida
o‘rganila
boshlandi. Pragmatika
–
til birliklarining
qo‘llanishidagi
maqsadlilik, kontekstual
bog‘liqlik,
gapiruvchi va tinglovchi
o‘rtasidagi
muloqot tamoyillarini
o‘rganadigan
lingvistika sohasi
bo‘lib,
uning
shakllanishida J.L. Ostin, J. Searle, H.P. Grice kabi olimlarning nutq aktlari
nazariyasi, maxfiy
ma’no
(implikatura), presuppozitsiya, deiksis kabi tushunchalari
muhim
o‘rin
tutadi.
Tilshunoslikning yana bir muhim sohalaridan biri bu - frazeologiya
bo‘lib,
unda
tilning ifodaviy vositalaridan biri
bo‘lgan
frazeologik birliklar - barqaror iboralar,
maqollar, matallar, idiomalar va boshqa
ko‘p
so‘zli
birliklar tahlil qilinadi.
Frazeologik birliklar tildagi obrazlilik, emotsionallik, milliy madaniyat aks etgan
noyob vositalar sifatida
o‘rganiladi.
Biroq bu birliklarning muloqotda qanday
maqsadda, qanday konnotatsiyada, qanday kommunikativ niyat bilan ishlatilishi
ko‘p
hollarda chuqur tahlil qilinmaydi.
Shu bois, ushbu maqolada tilshunoslikdagi ikki mustaqil
yo‘nalish
- pragmatika
va frazeologiyaning tutashgan nuqtalarini aniqlash,
ya’ni
frazeologik birliklarga
pragmatik yondashuv asosida baho berish, ularning kontekstda qanday kommunikativ
vazifani bajarishini
o‘rganish
maqsad qilib
qo‘yiladi.
Chunki frazeologizmlar nafaqat
leksik, balki konnotativ, stilistik, emotsional va pragmatik yuklamaga ega
bo‘lgan
birliklardir. Ularning real muloqotdagi ishlatilishi
ko‘pincha
ma’lum
bir ijtimoiy-
madaniy kontekstga, nutq egasining niyatiga, tinglovchi bilan
o‘zaro
munosabatga
bog‘liq
bo‘ladi.
Tadqiqotning maqsadi:
Frazeologik birliklarning pragmatik jihatdan
ishlatilishini,
ya’ni
ularning kommunikativ kontekstda tutgan
o‘rni,
maqsadi va
semantik
o‘zgarishini
tahlil qilish.
Tadqiqot obyekti:
Ingliz va
o‘zbek
tillaridagi frazeologik birliklar.
Tadqiqot predmeti:
Mazkur frazeologik birliklarning pragmatik kontekstda
ishlatilish xususiyatlari,
ya’ni
kommunikativ niyatga
ko‘ra
ma’no,
uslub va
ta’sirchanlikdagi
o‘zgarishlari.
Maqolaning dolzarbligi:
Zamonaviy tilshunoslikda frazeologizmlarning faqat
semantik yoki strukturaviy emas, balki pragmatik jihatdan ham
o‘rganilishi
zarur.
Chunki zamonaviy kommunikatsiyada idiomatik ifodalar tinglovchiga
ta’sir
ko‘rsatish,
kinoya, istehzo, iltimos, inkor,
e’tiroz,
ijobiy yoki salbiy baho bildirish
50
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kabi nozik
ma’nolarni
yetkazishda muhim vosita
bo‘lib
xizmat qilmoqda. Bu esa til
o‘rganish,
tarjima, madaniyatlararo muloqot va til
o‘qitish
jarayonida ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Nazariy asoslar va adabiyotlar sharhi
Pragmatik lingvistika tilshunoslikning eng zamonaviy va dinamik
rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri
bo‘lib,
u tilning faqat strukturaviy tomonlarini
emas, balki kommunikativ aspektlarini chuqur tahlil etishga
yo‘naltirilgan.
Ushbu
yondashuv til birliklarini real nutq jarayonida qanday
qo‘llanilishi,
gapiruvchining
niyati, tinglovchining bu niyatni qanday tushunishi, kontekst, madaniy muhit,
ijtimoiy rollar va kommunikativ strategiyalar kabi
ko‘plab
omillarni hisobga oladi.
Pragmatika nazariy jihatdan ilk bor XX asr
o‘rtalarida
shakllana boshlagan
bo‘lsa
-da,
uning asoslari klassik falsafiy tafakkurda, xususan, Aristotelning mantiqiy
tafakkurida, shuningdek, stoiklar va antik falsafa
an’analarida
ko‘zga
tashlanadi.
Biroq zamonaviy lingvistik pragmatikaning nazariy poydevorini J.L. Ostin, J. Searle,
H.P. Grice, D. Kaplan, P. Strawson kabi tilshunos-falsafachilar yaratganlar.
Pragmatika fanining shakllanishiga eng katta
ta’sir
ko‘rsatgan
nazariyalardan
biri bu - Ostinning
“nutq
aktlari
nazariyasi”dir.
J.L. Ostin
o‘zining
mashhur
“How
to
Do Things with
Words”
(So‘zlar
orqali qanday ish qilinadi) nomli
ma’ruza
turkumida
til orqali faqatgina axborot uzatilmasligi, balki turli xil harakatlar, ijtimoiy va
psixologik
ta’sirlar
amalga oshirilishini isbotlaydi. U
“locutionary”
(so‘zlash),
“illocutionary”
(maqsad), va
“perlocutionary”
(ta’sir)
aktlar farqlanishini ilgari
surgan
Keyinchalik Ostinning izdoshi sifatida John Searle nutq aktlari nazariyasini
yanada chuqurlashtirib,
“direct”
va
“indirect
speech
acts”,
ya’ni
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
va
bilvosita nutq aktlari orasidagi farqni izohladi. Bu ayniqsa frazeologik birliklarning
nutqdagi
qo‘llanilishi
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
hollarda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Masalan,
“Mening
choyim sovib
ketdi”
degan ibora oddiy bayon emas, balki
bilvosita iltimos (Yana issiq choy bering)
bo‘lishi
mumkin. Bu kabi pragmatik
o‘zgarishlar
aynan frazeologik birliklar vositasida sodir
bo‘ladi
H.P. Grice tomonidan ishlab chiqilgan
“kooperativ
tamoyil”
esa pragmatikaning
muhim nazariy asoslaridan biri hisoblanadi. Grice fikriga
ko‘ra,
muloqot
ishtirokchilari axborotni yetkazishda muayyan hamkorlikka intiladi va bu jarayonda
to‘rt
prinsip: miqdor (qisqa va
lo‘nda
bo‘lish),
sifat
(rostgo‘ylik),
munosabatlilik
(mavzuga aloqadorlik), va uslub (aniqlik) tamoyillari amal qiladi. Grice tomonidan
8
Ostin J. L. So‘zlar bilan nima qilish mumkin. –
M.: Progress, 1986.
–
256 b.
9
Searle J.R. Expression and Meaning: Studies in the Theory of Speech Acts.
–
Cambridge: CUP, 1979.
–
178 p.
51
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ilgari surilgan "implikatura" (bilvosita
ma’no)
tushunchasi ayniqsa frazeologik
birliklar tahlilida dolzarbdir, chunki bu birliklar
ko‘pincha
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
emas,
balki bilvosita,
ko‘p
qatlamli
ma’nolarni
anglatadi
Frazeologiya esa XX asr
o‘rtalarida
mustaqil soha sifatida shakllandi. Sovet
tilshunosligida A.I. Smirnitskiy, V.V. Vinogradov, A.V. Kunin kabi olimlar
frazeologizmlarning strukturaviy va semantik xususiyatlarini chuqur tahlil qilganlar.
Ular frazeologizmlarni tildagi barqaror
so‘z
birikmalari sifatida qarab, ularning ichki
formasi, tashqi shakli va semantik yaxlitligi bilan ajralib turishini
ko‘rsatganlar.
V.V.
Vinogradov frazeologik birliklarni uch turga
bo‘lib
o‘rgangan:
frazeologik
birikmalar, frazeologik birliklar va frazeologik
bog‘lamlar
A.V. Kunin esa frazeologiyaning lingvomadaniy va stilistik jihatlarini
o‘rganib,
uning leksik-semantik, grammatik va funksional xususiyatlariga chuqur
urg‘u
bergan.
Aynan Kunin frazeologiyani tilning ifodaviy resursi sifatida tahlil qilishda nutq
vaziyatini, kommunikatsiya ishtirokchilarining niyatlarini hisobga olish lozimligini
ta’kidlagan
O‘zbek
tilshunosligida ham frazeologiya masalalari chuqur
o‘rganilgan.
Xususan, N. Mahmudov, S.
G‘anieva,
U. Normatov, G. Sattorov, O.
Yo‘ldoshev
kabi
olimlar
o‘zbek
tilidagi frazeologizmlarning lingvistik, stilistik, semantik jihatlarini
chuqur yoritganlar. N. Mahmudov va S.
G‘anieva
frazeologik birliklarning tasnifi,
ularning tilda va nutqda tutgan
o‘rni,
leksik-semantik tizimi, ekspressiv-emotsional
imkoniyatlarini
ko‘rsatgan
Shu bilan birga, keyingi yillarda tilshunoslar frazeologizmlarni pragmatik
nuqtayi nazardan tahlil qilishga alohida
e’tibor
qaratmoqdalar. Masalan, G. Sattorov
o‘zining
maqolalarida frazeologizmlarning kontekstga
bog‘liqligi,
muloqotdagi
psixologik yuklamasi va stilistik rang-barangligi haqida
so‘z
yuritadi. Uning fikricha,
frazeologik birliklar aynan pragmatik muhitda,
ya’ni
real nutq kontekstida
o‘zining
to‘liq
semantik va kommunikativ salohiyatini namoyon qiladi
Shuningdek, ingliz tilshunosligida frazeologiyaning pragmatik talqini bilan
shug‘ullangan
olimlar qatoriga A. Wierzbicka, P. Cowie, R. Moon, J. Sinclair kabi
tadqiqotchilar kiradi. Ular frazeologizmlarni kontekstual
o‘rganish,
ularning
funksional-pragmatik imkoniyatlarini yoritish orqali bu birliklarning semantik
10
Grice H.P. Logic and Conversation // Cole P., Morgan J. (eds.) Syntax and Semantics.
–
Vol. 3.
–
New York:
Academic Press, 1975.
–
P. 41
–
58
11
Виноградов
В
.
В
.
Русский
язык
.
Грамматическое учение о слове. –
М.: Наука, 1972. –
456 с.
12
Kunin A.V. Курс фразеологии современного английского языка. –
М.: Высшая школа, 1984. –
320 с.
13
Mahmudov N., G‘anieva S. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –
T.: O‘qituvchi, 2005. –
336 b.
14
Sattorov G. Frazeologik birliklarning kontekstdagi ma’no o‘zgarishi // Filologiya masalalari. –
2017.
–
№2. –
B. 91
–
95
52
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
chegaralari qanday kengayishini tahlil qilganlar. Ayniqsa A. Wierzbicka tomonidan
ishlab chiqilgan
“semantik
primes”
(semantik ildizlar) nazariyasi frazeologik
birliklarning universalligi va madaniyatlararo pragmatik farqlanishini aniqlashda
samarali vosita
bo‘lib
xizmat qilmoqda
Umuman olganda, zamonaviy tilshunoslikda frazeologik birliklarning nafaqat
strukturaviy yoki semantik, balki pragmatik funksiyasi ham muhim
o‘rin
tutadi.
Chunki frazeologizmlar
ko‘pincha
kontekstsiz tushunilmaydi, ularning asl
ma’nosi
va
ta’siri
gapiruvchining niyati, tinglovchining ijtimoiy-madaniy bilimi, umumiy
muloqot foniga
bog‘liq
bo‘ladi.
Shunday ekan, pragmatik yondashuv orqali
frazeologik birliklarni
o‘rganish,
ularning asl kommunikativ salohiyatini aniqlashga,
ularni kontekstdagi
o‘rnini
to‘g‘ri
tushunishga yordam beradi. Bu esa tarjima
amaliyoti, chet tilini
o‘qitish,
madaniyatlararo muloqot, stilistik tahlil va boshqa
ko‘plab
sohalarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy qism. Pragmatik yondashuvda frazeologizmlarning tahlili
Frazeologik birliklar til tizimining eng murakkab va
ko‘p
qatlamli
bo‘limlaridan
biri hisoblanadi. Ular tildagi barqaror tuzilishga ega
bo‘lishi,
ko‘p
hollarda semantik
yaxlitlik xususiyatiga egaligi, konnotativ va emotsional-psixologik yuklamalarga
boyligi bilan ajralib turadi. Biroq frazeologizmlarning eng muhim xususiyatlaridan
biri ularning kommunikativ kontekstda real
ma’no
va funksiya kasb etishidir. Shu
nuqtayi nazardan ularni pragmatik yondashuv asosida tahlil qilish
o‘z
-
o‘zidan
dolzarb
masalaga aylanadi. Zero, frazeologik birliklar odatiy strukturaviy-semiyotik talqin
bilan cheklanmaydi - ular muloqot davomida gapiruvchining maqsadi, tinglovchining
ijtimoiy-madaniy tajribasi, nutq vaziyati va boshqa pragmatik omillar bilan
chambarchas
bog‘liq.
Pragmatik lingvistika nuqtayi nazaridan qaralganda, frazeologizmlar
ko‘plab
kommunikativ vazifalarni bajaradi: ular muloqotda baho berish, hissiy holatni
ifodalash, ijtimoiy masofa yoki yaqinlikni
ko‘rsatish,
kinoya, istehzo, iltimos, rad
etish, tahdid, maslahat, tanqid kabi murakkab nutq aktlarini amalga oshirishda xizmat
qiladi. Bu jihatdan frazeologizmlar
ba’zan
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri,
ba’zan
esa bilvosita
ma’no
orqali ishlatiladi. Masalan,
“Burni
osmondan
keladi”
iborasi oddiy semantik
tahlil doirasida ifoda qilinganida, obrazli tarzda kimningdir
mag‘rurligini
bildiradi.
Ammo bu iboraning pragmatik vazifasi nutq vaziyatiga
ko‘ra
o‘zgarishi
mumkin:
kinoya qilish, tanqid qilish, noqulay holatni yumshatish yoki ishora bilan baho berish
15
Wierzbicka A. Semantics, Culture and Cognition: Universal Human Concepts in Culture-Specific Configurations.
–
Oxford: Oxford University Press, 1992.
–
480 p.
53
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
bo‘lishi
ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun frazeologizmlar nafaqat til tizimidagi
statik birliklar, balki muloqotning dinamik elementlari sifatida talqin etilishi lozim.
Pragmatika nazariyasida, xususan, Searle va Grice tomonidan ilgari surilgan
bilvosita nutq aktlari va implikatura tushunchalari frazeologik birliklarni tahlil
qilishda alohida ahamiyatga ega. Searle
ta’kidlaganidek,
bilvosita nutq aktlari,
odatda, aniq bayon qilinmagan, lekin
ma’lum
pragmatik signal orqali tushuniladigan
harakatlardir
. Bu holat frazeologik birliklarda juda
ko‘p
kuzatiladi. Masalan,
“O‘zi
bilgancha
qilsin”
iborasi
ko‘pincha
yuzaki mazmunda erkinlik bildirsada, aslida
norozilik, befarqlik yoki istehzo
bo‘lishi
mumkin. Bu iboradagi semantik yukni
anglash uchun nafaqat leksik
ma’no,
balki kontekst, gapiruvchi ohangi, muomala
uslubi ham hisobga olinishi shart.
Shuningdek, frazeologizmlar
ko‘pincha
presuppozitsiya (old shartli
ma’no)
hosil
qilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Masalan,
“Boshiga
yetganini
ko‘rmadi”
degan
ibora orqali gapiruvchi shaxs
ko‘ribdiki,
kimdir
og‘ir
oqibatlarga duch kelgan, lekin
bu holat bevosita aytilmaydi. Ushbu ibora presuppozitiv xarakterga ega
bo‘lib,
real
holatni bevosita emas, bilvosita ifodalaydi. Grice
ta’riflaganidek,
bunday holatlar
ko‘pincha
“implikatura”
–
ya’ni
bilvosita
ma’no
shaklida ifodalanadi
Frazeologizmlarning pragmatik tahlilida yana bir muhim aspekt - bu ularning
deiktik funksiyasidir. Deiksis - bu nutqda faqat kontekstga
bog‘liq
holda
ma’no
kasb
etuvchi birliklardir. Frazeologik birliklar
ba’zan
aniq kontekstsiz mutlaqo noaniq
yoki tushunarsiz
bo‘lishi
mumkin. Masalan,
“Yelkamda
yuk
ko‘tarib
yuribman”
iborasi oddiy semantik darajada jismoniy harakatni bildiradi, lekin real nutq
kontekstida bu ibora
ko‘pincha
psixologik
zo‘riqish,
tashvish, muammo va ichki
ruhiy bosimni anglatadi.
So‘zlovchining
holati, suhbat mavzusi va auditoriya bu
iboraning
to‘g‘ri
talqin qilinishida muhim rol
o‘ynaydi.
Frazeologik birliklarning kommunikativ strategiyalar tarkibida
qo‘llanilishi
ham
e’tibordan
chetda qolmasligi kerak. Til egasi
o‘z
fikrini kuchliroq
ta’sirchanlik
bilan
yetkazish uchun frazeologik birliklardan foydalanadi. Bu jarayonda frazeologizmlar
“stilistik
qurol”
sifatida xizmat qiladi: ular orqali ekspressivlik, intensifikatsiya,
kinoya, obrazlilik kabi stilistik effektlar yaratiladi. Ayniqsa ijtimoiy-siyosiy nutq,
publitsistik matnlar, reklama va badiiy adabiyotda frazeologizmlarning
ko‘p
ishlatilishi aynan ularning pragmatik kuchi bilan
bog‘liq.
U. Normatov qayd
etganidek, frazeologizmlar xalqona, tanish, obrazli va emotsional tusda
bo‘lgani
16
Searle J.R. Expression and Meaning: Studies in the Theory of Speech Acts.
–
Cambridge: CUP, 1979.
–
178 p.
17
Grice H.P. Logic and Conversation // Cole P., Morgan J. (eds.) Syntax and Semantics.
–
Vol. 3.
–
New York:
Academic Press, 1975.
–
P. 41
–
58
54
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
sababli ularning muloqotda ishlatilishi
o‘quvchi
yoki tinglovchining
e’tiborini
jalb
qiladi, axborot yetkazish tezligini va samaradorligini oshiradi
O‘zbek
va ingliz tillarini qiyosiy tahlil qilish jarayonida ham
frazeologizmlarning pragmatik qiymati
e’tiborga
olinadi. Masalan,
o‘zbek
tilida
“Yuziga
qaray
olmayman”
iborasi
o‘zini
aybdor, pushaymon yoki noqulay his
qilishni anglatadi. Ingliz tilida bunga yaqin frazeologizm
“I
can’t
face
him/her”
bo‘lib,
bu ham aynan shunday psixologik holatni bildiradi. Biroq ularning
qo‘llanish
konteksti, emotsional intensivligi va stilistik
o‘rnida
farqlar mavjud. Ingliz tilida bu
ibora
ko‘proq
rasmiy yoki kundalik muloqotda ishlatilsa,
o‘zbek
tilida esa bu ibora
madaniy, diniy va axloqiy konnotatsiyalarni ham
o‘z
ichiga oladi. Bu holat
frazeologizmlarning pragmatik tahlilida madaniy kontekst muhimligini tasdiqlaydi
Frazeologizmlarning kommunikativ imperativ (gapiruvchining xatti-harakatga
da’vati)
sifatida ishlatilishi ham diqqatga sazovordir. Masalan,
“Og‘ziga
qarab
o‘tirma”
iborasi faqatgina
“og‘ziga
qaramaslik”
degan
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
ma’noni
bildirmaydi. Aslida bu ibora mustaqil fikrlashga undov,
o‘z
pozitsiyasini himoya
qilishga
da’vatdir.
Shunday qilib, frazeologizm pragmatik jihatdan emotsional
zo‘r
berish, baho, ijtimoiy pozitsiya va boshqa kommunikativ elementlarni
o‘zida
mujassam etadi. Bu holat tilshunoslikdagi illokutsion kuch tushunchasi bilan
bog‘liqdir
-
ya’ni
nutq akti orqali biror amaliy maqsadga erishish kuchi.
Xulosa qilib aytganda, frazeologik birliklar til tizimining estetik va semantik
jihatdan boy unsurlari
bo‘lishi
bilan birga, ayni vaqtda ular kommunikativ strategiya
vositasi hamdir. Ular nutq jarayonida obrazlilik, aniqlik, emotsionallik, axborot
uzatish samaradorligi va auditoriyaga
ta’sir
qilish qudratini oshiradi. Frazeologik
birliklarning pragmatik tahlili esa ularni nafaqat lingvistik birlik, balki
sotsiolingvistik, stilistik, kommunikativ resurs sifatida baholash imkonini beradi.
Ushbu yondashuv, ayniqsa, tarjima, xorijiy tilni
o‘qitish,
madaniyatlararo
kommunikatsiya, badiiy matn tahlili kabi sohalarda katta amaliy natijalar berishi
mumkin. Demak, frazeologik birliklarning pragmatik tahlili tilshunoslik fanining
bugungi zamonaviy
yo‘nalishlaridan
biri sifatida shakllanmoqda va uning nazariy
hamda amaliy imkoniyatlari hali
to‘liq
o‘rganilib
bo‘lingan
emas.
Natijalar va xulosa
Zamonaviy tilshunoslikda frazeologik birliklar nafaqat leksik birliklar tizimining
murakkab tuzilmasi sifatida, balki muloqot jarayonining semantik va pragmatik
samaradorligini
ta’minlaydigan
vosita sifatida ham
o‘rganilmoqda.
Ular
o‘zining
18
Normatov U. O‘zbek tilining frazeologik boyligi. –
T.: Fan, 2000.
–
240 b.
19
Wierzbicka A. Understanding Cultures Through Their Key Words.
–
Oxford: Oxford University Press, 1997.
–
368 p
55
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
mazmun boyligi, obrazlilik darajasi, emotsional va ekspressiv imkoniyatlari bilan
tilning milliy-madaniy ifoda vositalari qatorida ajralib turadi. Maqolada olib borilgan
tahlillar shuni
ko‘rsatadiki,
frazeologik birliklar strukturaviy va semantik chegaradan
tashqariga chiqib, real kommunikatsiyada faol pragmatik vosita sifatida harakat
qiladi. Ayniqsa, nutq aktlari, kontekst, presuppozitsiya, deiksis, implikatura va
stilistik intensifikatsiya kabi pragmatik omillar bilan bevosita
bog‘liq
ravishda
ularning ishlatilishidagi turli xildagi
ma’no
siljishlari, maqsadli
ta’sirlar,
madaniy
o‘ziga
xosliklar
ko‘zga
tashlanadi.
Pragmatik yondashuvning frazeologiyaga tadbiqi shuni
ko‘rsatadiki,
har bir
frazeologik birlik faqatgina semantik qobiq bilan chegaralanmagan. Ular aynan
kommunikativ kontekstda yangi
ma’no,
yangi yuklama va yangicha talqin kasb etadi.
Masalan,
“Ko‘zini
yumdi”
iborasi doiraviy jihatdan birovning vafot etganini bildirsa-
da, ayrim kontekstlarda bu ibora befarqlik,
bo‘ysunish,
ixtiyoriy chekinish yoki
sabrning tugagan holatini bildirishi mumkin. Bunday kontekstual moslashuv aynan
pragmatik talqin doirasida
to‘g‘ri
anglanadi. Demak, frazeologizmlar
o‘z
mohiyatida
kontekstuallik, madaniy konnotatsiya, gapiruvchi niyati va tinglovchi dunyoqarashiga
asoslangan dinamik birliklar hisoblanadi.
Yana bir muhim jihat shundaki, frazeologik birliklar yordamida yuzaga
keladigan bilvosita nutq aktlari muloqotda odatiy bevosita gapirishdan
ko‘ra
samaraliroq va ijtimoiy jihatdan maqbulroq hisoblanadi. Bu holat Searle tomonidan
bayon etilgan
“indirect
speech
acts”
nazariyasi bilan bevosita
bog‘liqdir.
Gapiruvchi
ko‘p
hollarda ochiq aytishga
jur’at
qilmaydigan fikrni frazeologizm vositasida
e’tirozsiz,
hatto kulgili yoki yumshoq uslubda yetkazishga urinadi. Masalan,
“Qop
-
qora bulutlar ustimizdan
o‘tdi”
degan frazeologizm orqali
og‘ir
hayotiy sinov,
tashvishli holat yoki noxush voqealar ifodalanadi. Bu ibora real voqelikni
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
bayon qilmasdan, bilvosita, obrazli usulda bildiradi, bu esa tinglovchida kuchli
ta’sir
uyg‘otadi.
Bu holatda frazeologik birlik
“illokutsion
kuch”
kasb etib,
muloqotda gapiruvchining istagini tinglovchiga uzatadi.
Pragmatik tahlillar shuni
ko‘rsatmoqdaki,
har bir frazeologizm - bu nafaqat
lug‘aviy
birlik, balki bir vaqtning
o‘zida
kommunikativ strategiya vositasi, madaniy
kod, psixologik izoh, emotsional baho va ijtimoiy ishora hamdir. Til egasi
frazeologizmdan foydalanganda, u nafaqat tilning ifodaviy imkoniyatini kengaytiradi,
balki
o‘zining
ichki holatini, munosabatini va madaniy identifikatsiyasini ham
bildiradi. Masalan,
“Kiyikdek
hushyor”
iborasi orqali nafaqat hushyorlik, balki
ehtiyotkorlik, ayollikka xos noziklik, sipo yurish, qochishga tayyorlik kabi madaniy
anglanmalar ham ifodalanadi. Ushbu iboraning pragmatik qiymati uning semantikdan
56
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tashqari
bo‘lgan
kontekstual va stilistik yuklamalarida namoyon
bo‘ladi.
Shu bois,
frazeologizmlarni pragmatik yondashuv asosida tahlil qilish, ularning asl funktsional
mohiyatini ochib berish imkonini beradi.
Frazeologik birliklarning pragmatik jihatdan chuqur
o‘rganilishi
tarjima
nazariyasi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir frazeologik birlik
boshqa tilda aynan strukturaviy yoki semantik jihatdan tarjima qilinmasligi mumkin.
Biroq uning kommunikativ maqsadi va pragmatik yuklamasi boshqa til vositalari
orqali ifodalanadi. Masalan, ingliz tilidagi
“He
kicked the
bucket”
iborasi
o‘zbek
tiliga
so‘zma
-
so‘z
tarjima qilinganda,
“u
chelakni
tepdi”
degan
ma’noni
beradi, lekin
bu iboraning asl pragmatik mazmuni
–
vafot etmoqdir.
O‘zbek
tilida esa
“Ko‘z
yumdi”,
“Olamdan
o‘tdi”,
“boqiy
dunyoga rixlat
qildi”
kabi iboralar mavjud. Bu
holatda tilshunoslikdagi funksional ekvivalentlik tamoyili ustuvor
bo‘ladi
Bundan tashqari, frazeologizmlarning pragmatik tahlili xorijiy tilni
o‘rgatishda
ham katta yordam beradi.
O‘rganuvchilar
faqat grammatik struktura va asosiy
so‘z
boyligini emas, balki muloqot davomida ishlatiladigan barqaror iboralarni, ularning
kontekstdagi ifoda kuchini, madaniy konnotatsiyalarini ham chuqur anglashlari
kerak. Shunda ular tilni
“o‘lik”
strukturaviy birliklar
to‘plami
sifatida emas, balki
“tirik”
kommunikativ vosita sifatida qabul qiladilar. Bu yondashuv kommunikativ
kompetensiyani shakllantirishda muhim rol
o‘ynaydi.
A.V. Kunin ham frazeologiyani
til
o‘rganishda
kontekstual yondashuv orqali
o‘rganish
kerakligini
ta’kidlagan
edi.
Shuningdek, frazeologizmlarning muloqotdagi sotsiopragmatik rolini ham
alohida
ta’kidlash
lozim.
Ba’zi
iboralar faqat
ma’lum
sotsiokultural muhitda,
muayyan ijtimoiy rolga ega shaxslar
o‘rtasida
ishlatiladi. Masalan,
o‘zbek
tilida
“Qo‘shni
haqini bilmagan, iymonni
bilmas”
degan ibora
o‘zbek
xalqining qadriyatlar
sistemasi, sotsiokultural odatlari bilan chambarchas
bog‘liq.
Bu ibora
ko‘p
hollarda
ijtimoiy tartibni, axloqiy
me’yorlarni
eslatish, tanbeh berish yoki madaniyatga
asoslangan murojaatni bildiradi. Bu kabi iboralarni faqat semantik yoki grammatik
jihatdan emas, balki pragmatik va sotsiolingvistik kontekstda tahlil etish orqali
ularning chin mohiyatini ochish mumkin.
Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish
mumkin:
Birinchidan, frazeologik birliklar real nutq jarayonida qatnashuvchi pragmatik
birliklardir. Ular kontekstdan tashqarida mavjud
bo‘lmaydi
va faqat kommunikativ
vaziyatda
o‘z
semantik va emotsional yuklamasini ochib beradi.
20
Newmark P. A Textbook of Translation.
–
New York: Prentice Hall, 1988.
–
292 p.
57
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ikkinchidan, frazeologizmlarning muloqotdagi
ma’nosi
ko‘pincha
bilvosita
(implitsit) tarzda ifodalanadi. Bu ularning nutq akti sifatidagi samaradorligini
oshiradi.
Uchinchidan, har bir frazeologizm ijtimoiy, madaniy, psixologik va
kommunikativ omillar asosida shakllangan
bo‘lib,
uning
to‘liq
tahlili aynan
pragmatik yondashuv asosida mumkin
bo‘ladi.
To‘rtinchidan,
tilshunoslikda frazeologik birliklarning faqat leksik yoki
grammatik emas, balki kommunikativ, stilistik va madaniy aspektlarini ham chuqur
o‘rganish
dolzarb vazifa sifatida maydonga chiqmoqda.
Shunday qilib, frazeologik birliklarning pragmatik tahlili tilshunoslikda yangi
yondashuvlar, uslublar va istiqbolli izlanishlar uchun
yo‘l
ochmoqda. Bu
yo‘nalish
tarjima, til
o‘qitish,
madaniyatlararo muloqot, stilistika, semiotika va
kommunikatsiya
nazariyasida
keng
qo‘llanilishi
mumkin.
Kelgusida
frazeologizmlarning korpus lingvistikasi asosidagi pragmatik modellari,
sun’iy
intellekt tizimlarida ishlatilishi, avtomatik tarjimada
o‘rni,
shuningdek
sotsiopragmatik tahlillar orqali til va jamiyat
o‘rtasidagi
murakkab
bog‘liqliklar
ochib
borilishi zarur. Demak, frazeologiya va pragmatikaning tutashgan nuqtalarini tadqiq
etish orqali biz tilning real ishlatilishi, inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy
munosabatlari haqidagi chuqur tasavvurga ega
bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Grice H.P. Logic and Conversation // Cole P., Morgan J. (eds.). Syntax
and Semantics.
–
Vol. 3.
–
New York: Academic Press, 1975.
–
P. 41
–
58.
2.
Kunin A.V.
Курс
фразеологии
современного
английского
языка.
–
М.:
Высшая
школа,
1984.
–
320
с.
3.
Mahmudov N., G
‘
anieva S. Hozirgi o
‘
zbek adabiy tili.
–
T.: O
‘
qituvchi,
2005.
–
336 b.
4.
Newmark P. A Textbook of Translation.
–
New York: Prentice Hall,
1988.
–
292 p.
5.
Normatov U.
O‘zbek
tilining frazeologik boyligi.
–
T.: Fan, 2000.
–
240
b.
6.
Остин
Дж.
Л.
Как
совершать
действия
с
помощью
слов.
–
М.:
Прогресс,
1986.
–
256
с.
7.
Sattorov G. Frazeologik birliklarning kontekstdagi
ma’no
o‘zgarishi
//
Filologiya masalalari.
–
2017.
–
№2.
–
B. 91
–
95.
58
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
8.
Searle J.R. Expression and Meaning: Studies in the Theory of Speech
Acts.
–
Cambridge: Cambridge University Press, 1979.
–
178 p.
9.
Виноградов
В.В.
Русский
язык.
Грамматическое
учение
о
слове.
–
М.:
Наука,
1972.
–
456
с.
10.
Wierzbicka A. Semantics, Culture and Cognition: Universal Human
Concepts in Culture-Specific Configurations.
–
Oxford: Oxford University Press,
1992.
–
480 p.
11.
Wierzbicka A. Understanding Cultures Through Their Key Words.
–
Oxford: Oxford University Press, 1997.
–
368 p.
