27
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
HOZIRGI ZAMONNING EKOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNI INSON
HUQUQLARIGA TA
’
SIRI
MODERN ECOLOGICAL PROBLEMS AND THEIR IMPACT ON HUMAN
RIGHTS.
ZAMANAVIY
EKOLOJİK
SORUNLAR VE ONLARIN
İNSAN
HAKLARINA
ETKİSİ
Otakova Mahbuba Alisherovna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti magistrati
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kundagi eng dolzarb ekologik
muammolar, ularning sabablari va inson hayotiga
ta’siri
yoritilgan. Shuningdek, bu
muammolarni bartaraf etish
yo‘llari
va xalqaro hamkorlik masalalariga ham
e’tibor
qaratilgan.
Annotasyon:
Bu makale,
günümüzün
en
önemli
çevresel
sorunlarını,
bunların
nedenlerini ve insan
yaşamına
etkisini ele
almaktadır.
Bu
sorunların
çözüm
yollarına
ve
uluslararası
işbirliği
konularına
da dikkat edildi.
Abstract:
This article covers the most pressing environmental problems today,
their causes, and impact on human life. Attention was also paid to ways to eliminate
these problems and issues of international cooperation.
Kalit
so‘zlar:
ekologiya, iqlim
o‘zgarishi,
chiqindilar, suv tanqisligi, biologik
xilma-xillik, atrof-muhit muhofazasi, Orol muammosi, atmosfera ifloslanishi,
ekologik tizim buzilishi,
cho‘llanish
va tuproq eroziyasi
Anahtar kelimeler:
ekoloji, iklim
değişikliği,
atıklar,
su
kıtlığı,
biyolojik
çeşitlilik,
çevre
koruma, Aral
Gölü
sorunu, atmosferin kirlenmesi, ekolojik sistemin
bozulması,
çölleşme
ve toprak erozyonu
Keywords:
ecology, climate change, waste, water scarcity, biodiversity,
environmental protection, Aral Sea problem, atmospheric pollution, disruption of the
ecological system, desertification and soil erosion.
So‘nggi
o‘n
yilliklarda ekologik muammolar butun dunyo miqyosida insoniyat
oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Texnologik taraqqiyot,
sanoatning rivojlanishi va urbanizatsiya natijasida tabiatda muvozanat buzilib,
insoniyat yashashi uchun xavf
tug‘dira
boshladi. Shu kabi ekologik muammolardan
qoʽyidagilarni
sanab
oʽtsak
maqsadga muvofiq
boʽladi.
28
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
•
Iqlim
o‘zgarishi:
Global haroratning ortib borishi, muzliklarning erishi, dengiz
sathining
ko‘tarilishi
va haddan tashqari ob-havo hodisalari
(qurg‘oqchilik,
toshqinlar)
–
bularning barchasi iqlim
o‘zgarishining
salbiy oqibatlaridandir. Bu holat
asosiy issiqxona gazlari,
ya’ni
karbonat angidrid
(CO₂),
metan
(CH₄)
va azot oksidi
(N₂O)
miqdorining ortishi bilan
bog‘liq.
•
Atmosfera ifloslanishi: Atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar, chang va
boshqa moddalarning
ko‘payishi
nafaqat tabiatga, balki inson salomatligiga ham
jiddiy xavf
tug‘dirmoqda.
Xususan, yirik shaharlar hududida havo sifati keskin
yomonlashmoqda.
•
Chiqindilar va ularni boshqarish muammosi: Plastik chiqindilarning
ko‘payishi,
ularni qayta ishlash tizimining yetarlicha samarali ishlamasligi, zaharli
sanoat chiqindilari ekologik muhitga katta zarar yetkazmoqda. Ayni paytda,
chiqindilarni qayta ishlash, kompostlash va ekologik toza mahsulotlardan foydalanish
bo‘yicha
tizimli ishlar olib borilmoqda, biroq bu yetarli emas.
•
Suv tanqisligi va ifloslanishi: Toza ichimlik suvi resurslarining kamayishi va
daryolar,
ko‘llarning
ifloslanishi
dunyo
miqyosida
ekologik
inqirozni
kuchaytirmoqda. Suv tanqisligi nafaqat
qurg‘oqchil
mintaqalarda, balki rivojlangan
davlatlarda ham sezilmoqda.
•
Biologik xilma-xillikning kamayishi
O‘rmonlarning
kesilishi, yovvoyi
hayvonlar yashash joylarining qisqarishi, pestitsid va kimyoviy
o‘g‘itlarning
haddan
tashqari ishlatilishi hayvonot va
o‘simliklar
dunyosining keskin kamayishiga olib
kelmoqda.
Bu kabi dunyo miqyosidagi ekologik muammolardan tashqari vatanimizda ham
juda
koʽplab
ekologik muammolar mavjudligi, hech birimizga sir emas.
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy Osiyoning ekologik jihatdan nozik
mintaqasida joylashgan
bo‘lib,
bu hududda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar
nafaqat mamlakat, balki butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga
ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Mustaqillikdan
so‘ng
ekologik muammolarni hal qilish
bo‘yicha
qator
islohotlar amalga oshirilgan
bo‘lsada,
muammolar hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
Birgina: Orol fojiasi muammosi -
O‘zbekiston
va butun dunyo ekologlari
e’tiboridagi
eng yirik ekologik muammolardan biridir. Bugungi kunda dengizning
butun qismi qurib ketgan, bu esa ekologik tizim buzilishi, iqlimning keskin issib
ketishi,
cho‘llanish
va chang
bo‘ronlarining
ortishiga sabab
bo‘lmoqda.
Shu hududda
1
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof
-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy sayti –
https://eco.gov.uz
29
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
istiqomat qiluvchi aholi,
qoʽshni
hududlarda istiqomat qiluvchi aholining
salomatligiga, qishloq
xoʽjalik
sohasiga katta zarar keltirmoqda, Orol hududida tez
–
tez sodir
boʽlivchi
“tuz
boʽron”lari
koʽplab
qishloq
xoʽjalik
ekinlarini va
oʽsimliklarni
nobud
boʽlishiga
sabab
boʽlmoqda.
Bu kabi holatlarni bartaraf qilish
borasida
Oʽzbekiston
va
Qoraqolpogʽiston
respublikalari
koʽplab
amaliy tadbirlarni
tashkil qilmoqda.
Zero,
Oʽzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 49 - moddasida keltirib
oʽtilganidek,
“Davlat
barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni
yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash
bo‘yicha
chora-
tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat
Orolbo‘yi
mintaqasining ekologik tizimini
muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish
yuzasidan choralar
ko‘radi”
Cho‘llanish
va tuproq eroziyasi kabi muammolar ham
Oʽzbekiston
hududidagi
katta ekologik muammo hisoblanib, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va
Qoraqalpog‘iston
hududlarida yerlarning
cho‘llanishi
keng
ko‘lamda
kuzatilmoqda.
Sug‘oriladigan
yerlarda
sho‘rlanish
va eroziya tufayli qishloq
xo‘jaligi
samaradorligi
pasaymoqda. Prezidentimiz tashabussi bilan qabul qilinayotgan normativ - huquqiy
hujjatlarda bu kabi muammolarni bartaraf qilish borasidagi chora tadbirlar davlat
organlariga muddatli topshiriq shaklida etkazilayotgani bu sohadagi muammolarni
qanchalik dolzarb ekanligini anglatadi. Ekologik muammolarni eng
koʽp
zarar berish
sohasi insonlarning salomatligi va qishloq
xoʽjalik
sohasi
boʽlib,
zero bu ikkita soha
bir biri bilan chambarchas
bogʽliqdir.
Masalan: ekologik muammolardan yana biri
bu: Suv resurslari tanqisligi va sifati
boʽlib,
O‘zbekistonning
eng dolzarb ekologik
muammolaridan biridir. Suvdan samarasiz foydalanish, eskirgan irrigatsiya tizimlari,
aholi sonining
o‘sishi
bu muammoni yanada kuchaytirmoqda, aholining ekologik
madaniyatini rivojlanmaganligi bu kabi muammolarni kelib chiqishiga sabab
boʽlayotganligi
sir emas. Shuningdek, sanoat chiqindilarining ochiq suv havzalariga
tashlanishi suv sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda. Bu kabi ekologik
muammolarni hal qilish borasida
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
28.01.2022 yildagi PF-60-sonli
“2022
-2026 yillarga
moʽljallangan
Yangi
Oʽzbekistonning
taraqqiyot strategiyasi
toʽgʽrisida”
Farmonining 80-maqsadi:
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni
yaxshilash,
“Yashil
makon”
umummilliy loyihasini amalga oshirish - deb nomlanib
unda
qoʽyidagi
ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir). 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi
referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. (//
30
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
•
“Yashil
makon”
umummilliy loyihasi doirasida har yil kamida 200 million tup
daraxt ekish.
“Yashil
makon”
umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda
respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini
yo‘lga
qo‘yish.
•
Maishiy chiqindilarni
yig‘ishni
100 foizga, ularni qayta ishlash darajasini
2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga yetkazish.
•
Respublika
bo‘yicha
51 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik
daryolar va tabiiy
ko‘llar)ning
sanitariya-muhofaza zonalari va sohil
bo‘yi
mintaqalarini belgilash ishlarini yakunlash.
•
Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha
imkoniyatlar mavjud
bo‘lgan
hududga aylantirish,
ko‘kalamzorlashtirish
darajasini
30 foizga yetkazish.
•
Orol dengizining qurigan tubida
qo‘shimcha
500 ming gektar yashil
maydonlarni barpo etib, 2026-yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmini 2,5
million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish.
•
Orolbo‘yida
xalqaro
“Yashil
iqlim”
va Global ekologik
jamg‘armalarning
bioxilma-xillik, iqlim
o‘zgarishi
va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan
dasturlari asosida 300 million AQSh dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish.
•
Shahar va tuman markazlarida har 50
—
100 ming aholi uchun
“jamoat
parklari”ni
tashkil etish.
•
Orolbo‘yi
mintaqasida yashovchi aholini ijtimoiy jihatdan
qo‘llab
-quvvatlashni
yanada kuchaytirish
Yuqoridagi vazifalarning katta qismi 2022-2025 yillar davomida amalga
oshirildi, amalga oshirilmagan ishlar va vazifalar yuzasidan
qoʽshimcha
topshiriqlar
berilmoqda,
Oʽzbekiston
ekologik muammolarga ziddiy
eʽtibor
qaratayorganligi hech
birimizga sir emas.
Har bir inson, ekologik toza hududda yashash huquqiga ega
boʽlib,
Atmosfera
havosining ifloslanishi mavjud hududda yashashga majbur emas.
Oʽzbekistonda
keyingi yillardagi vujudga kelgan dolzarb muammolardan yana biri
“Atmosfera
havosining
ifloslanishi”
muammosidir. Bunga sabablar esa yirik sanoat markazlari
–
Toshkent, Olmaliq, Navoiy va Angrendagi ishlab chiqarish korxonalari havo
ifloslanishining asosiy manbalaridir. Transport vositalarining
ko‘payishi
ham
atmosferaning holatiga salbiy
ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari aholi sonining
o‘sishi
va
iste’mol
darajasining ortishi bilan birga maishiy chiqindilar hajmi ham
3
«O‘zbekiston —
2030» strategiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF
-158-
son Farmoni, (
31
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ortmoqda. Qayta ishlash tizimining yetarli emasligi bu chiqindilarning atrof-muhitga
zararini oshirmoqda.
Oʽzbekiston
Respublikasida bu ekologik muammoni bartaraf
qilish masalasini
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-
158-sonli
“Oʽzbekiston
-
2030”
strategiyasida keltirib
oʽtilgan
boʽlib,
aynan
strategiyaning 62 -bandidan to 73 - bandigacha ekologik muammolarni, atrof muhitni
asrab avaylashga, suv resurslaridan unimli foydalanishga, atrof muhitni
ifloslanishidan himoya qilishga, iqlim
o‘zgarishi
salbiy
ta’sirining
oldini olishga,
qattiq maishiy chiqindilarni
to‘plash
va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilashga
va biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini
ta’minlash
eʽtibor
berilganligi bizning
davlatimiz tomonidan bu kabi globol muammolarni bartaraf qilishga alohida
eʽtibor
qaratilganligi biz yoshlarni juda xursand qilganligi aytib
oʽtmasak
xató
boʽladi
deb
oʽylayman.
Zero, har bir davlat kelajak avlodga ekologik muammolardan xoli
boʽlgan
zaminni, musaffo atrof - muhitga ega vatanni meros
qoldirmogʽi
insoniyat
oldidagi eng muhim vazifasidir.
Maqolada ilgari surilgan ekologik muammolarni bartaraf qilishga doir
koʽplab
chora tadbirlar amalga oshirilayotgani quvonarli holat
toʽgʽri,
biroq bu sohaga doir
yanada
koʽproq
chora tadbirlarni amalga oshirishimiz kerakligi hech kimga sir emas.
Shu jarayonlardan kelib chiqib
O‘zbekiston
Respublikasida mavjud ekologik
muammolarni samarali hal qilish va ekologik barqarorlikni
ta’minlash
uchun
quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
•
Suv resurslaridan oqilona foydalanish: Zamonaviy, suv tejovchi
texnologiyalarni (tomchilatib va
yomg‘irlatib
sug‘orish)
joriy etish; Eskirgan
irrigatsiya tizimlarini bosqichma-bosqich yangilash; Aholi va fermerlar
o‘rtasida
suvdan foydalanish madaniyatini oshirish
bo‘yicha
ma’rifiy
ishlarni kuchaytirish.
•
Orolbo‘yi
hududini ekologik reabilitatsiya qilish: Qurgan Orol dengizi tubida
cho‘lga
chidamli
o‘simliklar
(saksovul, tamarisk va boshqalar) ekish ishlarini yanada
kengaytirish;
Orolbo‘yi
aholisini ekologik inqirozdan himoyalash
bo‘yicha
sog‘liqni
saqlash va ijtimoiy loyihalarni yanada rivojlantirish; Eko-turizm va barqaror iqtisodiy
faoliyat turlarini
koʽproq
rag‘batlantirish.
•
Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish: Sanoat korxonalarida
zamonaviy filtrlovchi uskunalarni
o‘rnatishni
majburiy qilish, nazorat qilish
jarayonini kuchaytirish; Transport vositalaridan chiqayotgan gazlarni nazorat qilish
tizimini kuchaytirish, zararsiz
yoqilgʽi
ishlab chiqarish tarmoqlarini
yoʽlga
qoʽyish;
•
Elektr transportini ommalashtirish, jamoat transporti tizimini takomillashtirish
va avtamobilsiz.
32
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4. Chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash:
Chiqindilarni saralash tizimini
yo‘lga
qo‘yish;
Qayta ishlash zavodlarini tashkil etish uchun xususiy sektorni jalb etish;
Maishiy chiqindilarni ekologik toza usullar bilan utilizatsiya qilish.
5. Ekologik
ta’lim
va jamoatchilik ishtiroki:
Maktab va oliy
o‘quv
yurtlarida ekologiya fanining sifatli
o‘qitilishini
ta’minlash;
Aholi
o‘rtasida
ekologik ong va madaniyatni shakllantirish
bo‘yicha
targ‘ibot
ishlarini kengaytirish;
Mahalliy jamoalarning ekologik loyihalarda ishtirokini
qo‘llab
-quvvatlash.
6. Qonunchilikni takomillashtirish va monitoring tizimini kuchaytirish:
Atrof-muhitga zarar yetkazganlarga nisbatan javobgarlik choralarini
kuchaytirish;
Ekologik monitoring tizimini raqamlashtirish va doimiy nazorat qilishni
yo‘lga
qo‘yish,
hamda Xalqaro tashkilotlar bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish.
Xulosa
Ekologik muammolarni hal etish uchun hukumatlar, nodavlat tashkilotlari,
jamoatchilik va har bir inson birgalikda harakat qilishi zarur.
Ta’lim
va
targ‘ibot
ishlari, ekologik qonunchilikni kuchaytirish, yashil texnologiyalarni joriy etish bu
boradagi asosiy
yo‘nalishlar
bo‘lishi
kerak. Insoniyat tabiat bilan
uyg‘unlikda
yashashni
o‘rganmasa,
bu muammolar yanada chuqurlashishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar:
1. 1.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir). 2023 yil 30 aprel
kuni
o‘tkazilgan
O‘zbekiston
Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir). 2023 yil 30 aprel kuni
o‘tkazilgan
O‘zbekiston
Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali
2.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
«Inson
huquqlari
bo‘yicha
O‘zbekiston
Respublikasining Milliy
strategiyasi»ni
tasdiqlash
to‘g‘risida»gi
2020 yil
22 iyundagi PF-6012-son Farmoni.;
3.
«O‘zbekiston
—
2030»
strategiyasi
to‘g‘risidagi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
11.09.2023
yildagi
PF-158-son
Farmoni,
33
Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
“2022
-2026 yillarga
moʽljallangan
Yangi
O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi
to‘ǵrisida”
Farmoni. PF-60-son
28.01.2022
yilda
qabul
qilingan//[Elektron
manba]
URL:https://lex.uz/uz/docs/5841063
6.
“Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish
va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 31.05.2023 yildagi PF-81-sonli Farmoni
7.
“Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
tizimini takomillashtirish
bo‘yicha
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”
2018-yil
3-oktabrdagi PQ-3956-son qarori
8. IPCC (2023). Climate Change 2023: Synthesis Report. https://www.ipcc.ch
9. World Health Organization (WHO), Air pollution data and statistics.
https://www.who.int
10. United Nations Environment Programme (UNEP). Global Environment
Outlook 6.
11. Karimov, R. (2021). Atrof-muhit muhofazasi: nazariya va amaliyot.
Toshkent:
O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi.
12. Xabibullayev, A. (2020). Ekologiya asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti.
13..
O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va
iqlim
o‘zgarishi
vazirligi rasmiy sayti
–
https://eco.gov.uz
