960
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
MEHNAT RESURSLARINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA MOSLASHTIRISH
Ibodullayeva Mohira Ahmad qizi
IRB-15 guruh 1-bosqich magistranti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
mohiraibodullayeva03@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15466576
Annotatsiya. Ushbu maqolada mehnat resurslarini raqamli transformatsiyaga
moslashtirish jarayonining mohiyati, dolzarbligi hamda mehnat bozorida yuzaga kelayotgan
yangi
talablar
tahlil
qilinadi.
Raqamli
iqtisodiyot
sharoitida
inson
kapitalining
raqobatbardoshligini oshirish, xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasbiy qayta
tayyorlash va malaka oshirish dasturlarining samaradorligini ta’minlash zarurati asoslab
beriladi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali mehnat unumdorligini
oshirish hamda raqamli muhitga integratsiyalashgan mehnat bozorini shakllantirish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.
Kalit so’zlar: raqamli transformatsiya, mehnat resurslari, inson kapitali, raqamli
ko‘nikmalar, innovatsion texnologiyalar, kasbiy qayta tayyorlash, mehnat bozori, raqamli
iqtisodiyot.
ADAPTING LABOR RESOURCES TO DIGITAL TRANSFORMATION
Abstract. This article explores the essence and relevance of adapting labor resources to
digital transformation and analyzes the emerging demands of the labor market in the digital
economy. It substantiates the need to enhance the competitiveness of human capital, develop
employees’ digital skills, and improve the effectiveness of retraining and professional
development programs. The paper also provides recommendations on increasing labor
productivity through the implementation of innovative technologies and forming a labor market
integrated into the digital environment.
Keywords: digital transformation, labor resources, human capital, digital skills,
innovative technologies, professional retraining, labor market, digital economy.
АДАПТАЦИЯ ТРУДОВЫХ РЕСУРСОВ К ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ
Аннотация. В данной статье рассматривается сущность и актуальность
адаптации трудовых ресурсов к цифровой трансформации, а также анализируются
новые требования, возникающие на рынке труда в условиях цифровой экономики.
Обоснована необходимость повышения конкурентоспособности человеческого
капитала, развития цифровых навыков сотрудников и повышения эффективности
программ переподготовки и повышения квалификации. Также даны рекомендации по
повышению производительности труда за счёт внедрения инновационных технологий и
формированию рынка труда, интегрированного в цифровую среду.
Ключевые слова: цифровая трансформация, трудовые ресурсы, человеческий
капитал,
цифровые
навыки,
инновационные
технологии,
профессиональная
переподготовка, рынок труда, цифровая экономика.
KIRISH
Global raqamli transformatsiya jarayonlari zamonaviy mehnat bozoriga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida ishlab
chiqarish, boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat resurslariga qo‘yilayotgan talablar
tubdan o‘zgarib bormoqda.
961
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Endilikda nafaqat texnik bilimga, balki raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik,
innovatsion fikrlash va uzluksiz o‘rganish qobiliyatiga ega kadrlar muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shu sababli, mehnat resurslarini zamonaviy iqtisodiyot talablari asosida raqamli
transformatsiyaga moslashtirish dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada
raqamli transformatsiya sharoitida mehnat resurslarining roli, ularga qo‘yilayotgan yangi
talablar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda raqamli transformatsiya global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga
chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, mehnat bozorida texnologik o‘zgarishlar ishchi kuchi
oldiga yangi talablarga moslash muammosini qo‘ymoqda. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi besh yil
ichida chop etilgan ilmiy adabiyotlar ushbu masalaning turli jihatlarini yoritgan.
2020-yilda V.Bahriddinov [1] tomonidan olib borilgan tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning
mehnat bozoriga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganilib, ayniqsa yangi raqamli kasblarning paydo bo‘lishi
va mavjud ish o‘rinlarining transformatsiyasi haqida tahliliy mulohazalar bildirilgan.
Mustafaev N. (2021) [2] o‘z ishida raqamli transformatsiyaning iqtisodiy rivojlanishga
ijobiy ta’sirini tahlil qilgan holda, bu jarayonda mehnat resurslarini tayyorlash tizimini
zamonaviylashtirish zarurligini ta’kidlagan.
2022-yilda I.Xodjayev [3] tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishda raqamli texnologiyalarni
mehnat bozorida qo‘llash samaradorligi o‘rganilib, raqamli ko‘nikmalar darajasining ishga
joylashishga bevosita ta’sir qilishi asoslab berilgan.
J.Husanov va A.Davlatov (2020) [4] mehnat bozoridagi yangi shakllarni, jumladan
masofaviy ish, onlayn platformalarda faoliyat yuritish kabi formatlarni o‘rganib, ularni mehnat
resurslari uchun yangi imkoniyat deb baholagan.
F.Bazarov (2021) [5] O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o‘tishidagi muammolar va
imkoniyatlarni tahlil qilib, ayniqsa hududiy tengsizliklar va malaka darajasidagi farqlar
masalasini ko‘tarib chiqqan.
R.Shodiev (2023) [6] raqamli ko‘nikmalar va mehnat bozori o‘rtasidagi bog‘liqlikni
chuqur o‘rganib, ishchi kuchining zamonaviy texnologiyalarga tayyor emasligi muammosiga
e’tibor qaratgan.
S.Akhmedov (2022) [7] raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim tizimida olib
borilayotgan islohotlarni tahlil qilib, ularni ishchi kuchi sifatini oshirish vositasi sifatida
baholagan.
T.Soliev va M.Ergashev (2021) [8] raqamli ta’lim bilan mehnat bozori talablari
o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganib, ularni muvofiqlashtirish zarurligini asoslagan.
2020-yilda U.Rakhmonov [9] raqamli iqtisodiyotning bandlik tizimiga ta’sirini tahlil
qilib, yangi ish shakllari — masofaviy ish, onlayn xizmatlar va freelancing rivojini ko‘rsatgan.
2024-yilda Z.Jumaev [10] tomonidan yozilgan eng so‘nggi ishlardan biri mehnat
resurslarini raqamli iqtisodiyotga tayyorlash, ya’ni qayta tayyorlash, malaka oshirish va raqamli
savodxonlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.
Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mehnat resurslarini raqamli
transformatsiyaga
moslashtirish
zamonaviy
dunyoda
ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon davlat siyosati, ta’lim tizimi va ishchi kuchining
o‘zini rivojlantirishga tayyorligi bilan bevosita bog‘liqdir.
METODOLOGIYA
962
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Mazkur tadqiqotda mehnat resurslarini raqamli transformatsiyaga moslashtirish
jarayonlari chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi tizimli, kompleks va empirik
yondashuvlar asosida shakllantirildi. Birinchi navbatda, tizimli tahlil usuli orqali mehnat bozori
va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, mavjud muammolar va rivojlanish
tendensiyalari o‘rganildi. Komparativ tahlil yordamida O‘zbekiston tajribasi rivojlangan
davlatlar (AQSh, Germaniya) hamda mintaqaviy davlatlar (Rossiya, Qozog‘iston) bilan
solishtirildi. Tadqiqotda mavjud statistik ma’lumotlar va xalqaro tashkilotlar (Jahon Iqtisodiy
Forumi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, UNDP, OECD) hisobotlari asosida empirik tahlil amalga
oshirildi. Bu orqali ishchi kuchining raqamli savodxonligi, malaka darajasi va moslashuvchanligi
baholandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston mehnat bozorining raqamli transformatsiyaga
tayyorgarligi SWOT-tahlil orqali kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlar hamda tahdidlar nuqtai
nazaridan tahlil qilindi.
Tadqiqotda asosiy manba sifatida ilmiy maqolalar, milliy strategik hujjatlar (masalan,
“Raqamli O‘zbekiston – 2030”), Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, sohaviy tahliliy
hisobotlar hamda xalqaro ilmiy adabiyotlar foydalanildi. Tadqiqot obyekti sifatida mehnat
bozori tizimi, predmeti esa – mehnat resurslarini raqamli transformatsiyaga moslashtirish
mexanizmlari belgilandi. Ushbu yondashuvlar asosida tadqiqot nazariy va amaliy jihatdan
asoslangan, ishonchli natijalar olishga xizmat qildi. Shuningdek, taklif va tavsiyalarni ishlab
chiqishda hududiy va sektorlararo farqlar ham inobatga olindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston va dunyo mehnat bozorlarida raqamli transformatsiya tendensiyalari chuqur
o‘rganilganda, bir qancha asosiy yo‘nalishlar va muammolar aniqlanadi:
Birinchidan, Ishchi kuchining raqamli ko‘nikmalar darajasi pastligi. Masalan, UNDP
Uzbekistan (2023) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022-yil yakunida ishchi kuchining atigi 28
foizi raqamli asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan (kompyuterda ishlash, onlayn xizmatlar, elektron
hujjatlar). Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 43%, Polshada 58%, Germaniyada
78% ni tashkil qilgan. Ikkinchidan, yoshlar eng tayyor qatlam bo‘lsa-da, ular orasida ham
nomutanosiblik mavjud. 15–34 yoshdagi yoshlarda raqamli savodxonlik darajasi boshqa
guruhlarga nisbatan yuqori bo‘lsa-da, hududlar kesimida tafovut mavjud.
Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalar darajasi 2–3 barobar farq
qiladi. Masalan, Toshkentda bu ko‘rsatkich 45% bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda 19% atrofida.
Uchinchidan, yangi ish o‘rinlari – eski kasblarning yo‘qolishi. McKinsey (2021) tahliliga
ko‘ra, 2030-yilgacha O‘zbekistonda 1 millionga yaqin ishchi o‘z kasbini o‘zgartirishga majbur
bo‘ladi, ayniqsa transport, chakana savdo, bank xizmatlari, davlat xizmatlari sohalarida.
Shu bilan birga, IT, texnik xizmatlar, masofaviy ta’lim, elektron savdo sohalarida yangi
ish o‘rinlarining soni tez sur’atda o‘smoqda.
O’zbekistonda raqamli texnologiyalarning SWOT-tahlil natijalari
Kuchli tomonlari
Yoshlar sonining ko’pligi (O’zbekistonda 15-29
yoshdagilar soni 9,3 mln) davlat dasturlari
(Masalan, “Raqamli O’zbekiston–2030”)
Zaif tomonlari
Ta’lim tizimida IT fanlarining kamligi,
o’qituvchilar malakasi pastligi, hududiy
nomutanosiblik
Imkoniyatlar
Masofaviy ta’lim imkoniyatlari, xalqaro
grantlar, texnoparklar va IT parklar
Tahdidlar
Ish o’rinlarining avtomatlashtirilishi,
malakasiz ishchilarning bandligidan
chiqib qolishi
963
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
O‘zbekiston bo‘yicha 2020–2024 yillar oralig‘ida raqamli savodxonlik darajasining
o‘sish dinamikasi tahlil qilinar ekan, mazkur ko‘rsatkich yildan-yilga barqaror ravishda ortib
borayotganini ko‘rish mumkin. Jumladan, 2020-yilda aholining faqat 19 foizi raqamli asosiy
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu raqam 2021-yilda 23 foizga, 2022-yilda 28 foizga, 2023-
yilda esa 33 foizga yetgan. 2024-yil uchun prognoz ko‘rsatkichi esa 39 foizni tashkil etadi.
Bu o‘sish har yili o‘rtacha 5 foiz punkt atrofida ro‘y berayotganini bildiradi. Raqamli
savodxonlik darajasidagi ijobiy tendensiyalar asosan "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi,
"One Million Uzbek Coders", "IT Bilim", "Raqamli ayollar" kabi dastur va loyihalarning faol
amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Xususan, yoshlar va ayollar o‘rtasida raqamli ta’lim dasturlariga
qiziqish ortib bormoqda.
Shu bilan birga, mavjud o‘sish sur’atlariga qaramay, aholi raqamli savodxonligining
umumiy darajasi hanuz pastligicha qolmoqda. 2024-yil prognoz ko‘rsatkichi 39 foiz bo‘lishi
kutilmoqda, ya’ni aholining yarmidan ko‘pi hali raqamli ko‘nikmalarga to‘liq ega emas. Bu esa
mehnat bozori ehtiyojlariga moslashishda muayyan to‘siqlarni yuzaga keltiradi.
Xalqaro tajriba bilan taqqoslaganda, masalan, Germaniyada raqamli savodxonlik darajasi
78 foiz, Janubiy Koreyada 85 foiz, Estoniyada esa 70 foiz atrofida ekani kuzatiladi. Bu
O‘zbekistonning hali bu borada jadal rivojlanishga muhtojligini anglatadi.
Demakki, kelgusi yillarda qisqa muddatli raqamli kurslar sonini ko‘paytirish, ta’lim
tizimini raqamlashtirish, hududiy tenglikni ta’minlash va barcha ijtimoiy guruhlar, xususan,
ayollar va qishloq yoshlari uchun imkoniyatlar yaratish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda.
XULOSA
Raqamli transformatsiya jarayoni dunyo bo‘ylab mehnat bozorining tuzilmasini tubdan
o‘zgartirmoqda. O‘zbekiston misolida olib qaralganda, oxirgi yillarda raqamli savodxonlik
darajasi bosqichma-bosqich oshib bormoqda va mehnat resurslarini zamonaviy iqtisodiyot
talablariga moslashtirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlanmoqda. Davlat siyosati, xalqaro
loyihalar, texnologik infratuzilmaning rivojlanishi va yoshlarning faolligi bu yo‘nalishdagi ijobiy
o‘zgarishlarga turtki bermoqda.
964
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Shu bilan birga, mavjud o‘sish sur’atlari hali yetarli emas. Aholining yarmidan ko‘pi hali
raqamli ko‘nikmalarga ega emasligi, hududlar o‘rtasidagi nomutanosiblik, ta’lim tizimidagi
kamchiliklar va past malakali ishchi kuchining yuqori ulushi raqamli transformatsiya jarayonida
asosiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda.
Shu sababli, mehnat resurslarini raqamli transformatsiyaga moslashtirishda quyidagilar
muhim ahamiyatga ega:
•
raqamli ta’limni maktabgacha va oliy ta’limdan boshlab kuchaytirish;
•
qisqa muddatli kasbga qayta tayyorlov dasturlarini kengaytirish;
•
ayollar va chekka hudud yoshlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish;
•
ish beruvchilar bilan hamkorlikda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
O‘zbekiston mehnat resurslarini raqamli transformatsiyaga samarali moslashtirishi uchun
strategik yondashuv, uzluksiz ta’lim va inklyuziv rivojlanish tamoyillarini ustuvor yo‘nalish
sifatida belgilashi lozim.
REFERENCES
1.
V.Bahriddinov “Raqamli iqtisodiyot va uning mehnat bozoriga ta’siri” – Toshkent: TDYU
nashriyoti. 2020-y
2.
N.Mustafaev “Raqamli transformatsiya: iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va O‘zbekiston
sharoitida qo‘llanilishi” “Iqtisodiyot va innovatsiyalar” jurnali, №3. 2021-y
3.
I.Xodjayev “Mehnat bozorida raqamli texnologiyalarni qo‘llash va uning samaradorligi.” –
“Milliy iqtisodiyot” jurnali, №2. 2022-y
4.
J.Husanov, A.Davlatov “Raqamli transformatsiya va mehnat resurslarining yangi
shakllari” Iqtisodiy tadqiqotlar markazi. 2020-y
5.
F.Bazarov “Raqamli iqtisodiyotga o‘tish: imkoniyatlar va cheklovlar” – “Yosh
iqtisodchilar” to‘plami, №4. 2021-y
6.
R.Shodiev “Raqamli ko‘nikmalar va mehnat bozori: O‘zbekiston tajribasi” – “Ilm va
taraqqiyot” jurnali, №1. 2023-y
7.
S.Akhmedov “Ta’lim tizimida raqamli kompetensiyalarni shakllantirish.” – O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi nashri. 2022-y
8.
T.Soliev, M.Ergashev “Raqamli ta’lim va mehnat bozorining integratsiyasi” – “Pedagogik
innovatsiyalar” jurnali, №5. 2021-y
9.
U.Rakhmonov “Bandlik tizimida raqamli ish shakllari rivoji” – “Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil”
jurnali, №2. 2020-y
10.
Z.Jumaev “Mehnat resurslarini raqamli iqtisodiyotga tayyorlash: muammolar va
yechimlar” – Toshkent: “Ilm ziyo” nashriyoti. 2024-y
