2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
722
YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISH YO‘LLARI
Mahmudova Gulnoza Ikromjon qizi
Fargʻona davlat universiteti, Ijtimoiy ish yoʻnalishi talabasi.
gulimaxmudova076@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15319182
Annotatsiya
. Mazkur maqolada yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirishning ahamiyati, bu
boradagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritilgan. Unda yoshlarning jamiyat hayotidagi
o‘rni, ijtimoiy faollik darajasi va uni rivojlantirishga qaratilgan amaliy choralar haqida fikr
yuritilgan. Shu bilan birga, mavjud to‘siqlar, ularni bartaraf etish mexanizmlari hamda davlat va
jamoat tashkilotlarining bu boradagi sa’y-harakatlari o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy faollik, jarayon, islohot, yoshlar, ijtimoiy rivojlanish.
WAYS TO INCREASE SOCIAL ACTIVITY AMONG YOUTH
Abstract.
This article highlights the importance of increasing social activity among young
people, the problems in this regard and ways to solve them. It discusses the role of young people in
society, the level of social activity and practical measures aimed at its development. At the same
time, existing obstacles, mechanisms for their elimination, and the efforts of state and public
organizations in this regard are studied.
Keywords:
social activity, process, reform, youth, social development.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ МОЛОДЕЖИ
Аннотация.
В статье подчеркивается важность повышения социальной
активности молодежи, проблемы в этой связи и пути их решения. В нем обсуждается роль
молодежи в обществе, уровень социальной активности и практические меры, направленные
на ее развитие. При этом изучались существующие препятствия, механизмы их
преодоления, а также усилия государственных и общественных организаций в этом
направлении.
Ключевые слова:
социальный активизм, процесс, реформа, молодежь, социальное
развитие.
Kirish.
Bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining muhim
omillaridan biri bu — yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligidir. Ijtimoiy faollik yoshlarga nafaqat
o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish, balki jamiyatning muhim masalalarida faol ishtirok etish
imkonini ham yaratadi. Shu bois, yosh avlodni ijtimoiy jarayonlarga keng jalb etish, ularning
fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish dolzarb
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
723
vazifalardan biridir. Ushbu mavzu doirasida yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirishning
ahamiyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.
Asosiy qism.
Yoshlar ijtimoiy hayotning eng faol va harakatchan qatlamidir. Ularda mavjud
bo‘lgan bilim olishga chanqoqlik, mehnatga intilish, yangilik yaratish kabi fazilatlar jamiyat
taraqqiyotining asosiy omillaridandir. Bu borada faqat davlat siyosati emas, balki diniy manbalar —
Qur’oni karim, hadislar va islomiy meros ham yoshlarning faolligini rag‘batlantiradi.
Yoshlar faoliayti deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda
namoyon bo’lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy
ifodasi bo’lib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko’rsatkichidir. Demak
ijtimoiy faollik shaxsning muxim sifatidir. Yoshlar faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan,
bog’liq bo’lgan va qadriyatlarining namoyon bo’lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson
shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak qadriyatidagi ehtiyojlarini qondirish
usuli va sifat ko’rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati keng va kichik doirada o’rganiladi.
1
Ijtimoiy faollik — bu individning yoki guruhning jamiyatdagi o'zgarishlar, rivojlanishlar
yoki muammolarni hal qilishda faol ishtirok etishidir. Bu faoliyat turli shakllarda bo'lishi mumkin:
siyosiy, ijtimoiy, madaniy yoki iqtisodiy sohalarda. Ijtimoiy faollikning maqsadi jamiyatni
yaxshilash, adolatni ta'minlash, hamda turli ijtimoiy muammolarni hal qilishdir.
Bugungi kunda yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirish dolzarb masalalardan biridir.
Ijtimoiy faol yosh — bu o‘z jamiyatida sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmagan, o‘z
fikrini ochiq bildiradigan, tashabbus ko‘rsatadigan va amaliy harakat qiladigan shaxsdir.
Yoshlarning bunday faolligi jamiyat taraqqiyotining muhim omili sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishni davlat siyosatining
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Bu boradagi asosiy huquqiy asos — bu “Yoshlarga
oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-8 moddalarida keltirib o’tilgan.
Mazkur qonunga binoan, davlat tomonidan yoshlar faolligini oshirish uchun quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi:
-
Davlat yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari, ijtimoiy loyihalari, volontyorlik va
jamoatchilik ishlarida ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.
-
Mahalla va ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari, o‘quvchi va talabalar kengashlari
faoliyati rag‘batlantiriladi. Bu ularni qaror qabul qilishda ishtirok etishga undaydi.
-
Davlat yoshlar tashkilotlariga moliyaviy, axborot, metodik va tashkiliy ko‘mak beradi. Bu
esa ularning ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdagi rolini kuchaytiradi.
1
‘Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari’ Ismailov Berdiyor Rashidovich, O’ZMU Ijtimoiy ish
kafedrasi 2- kurs magistri
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
724
-
Yoshlar mukofotlari, stipendiyalar, faxriy yorliqlar orqali faol yoshlar moddiy va ma’naviy
jihatdan rag‘batlantiriladi.
-
Turli forumlar, “Yoshlar kuni”, “Yoshlar haftaligi” kabi tadbirlar orqali yoshlar o‘z fikrini
erkin bildiradi, bu esa ularning jamiyatdagi faolligini oshiradi.
Bu tashkilot yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi muhim tuzilma bo‘lib, yoshlar faolligini
oshirishga qaratilgan minglab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, “Yoshlar daftari”,
“Yoshlar klublari”, “Yoshlar balansi” kabi dasturlar faoliyatning real ifodasidir. Yoshlarning
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi faolligini oshirish — qonun bilan belgilangan
ustuvor vazifadir. Bu orqali jamiyatda faol, mas’uliyatli va tashabbuskor avlodni shakllantirish
ko‘zda tutiladi.
Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday
xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo yoshlarning jamiyatda tutgan mavqeining to’liq
shakllanmaganligi bilan bog’liq. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya'ni ijtimoiylashuv
jarayonini boshdan kechiradilar. Ijtimoiy faoliyatning har bir soxasida yoshlarning ijtimoiy faolligi
o'ziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yo'nalishlarda: iqtisodiy ta'lim,
ijtimoiy himoya ma'naviy-axloqiy xayot soxalarida o'rganish lozim. Ijtimoiy faollik deganda kishi
qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga
hissa qoʻshishga, zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu
jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy
munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday
bo‘lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday
qobiliyat bo‘la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir
alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi. Ijtimoiy
faollik murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi.
2
Xulosa.
Yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirish — bu jamiyatni rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan masala. Ular nafaqat o‘zlarining shaxsiy taraqqiyotiga, balki atrofdagi
jamiyatning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy sohalaridagi o‘zgarishlarga ham katta ta’sir
ko‘rsatadilar. Ijtimoiy faollikni oshirish uchun ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarni turli
ijtimoiy loyihalar va tadbirlarga jalb etish, ularga o‘z fikrini bildirish imkoniyatlarini yaratish, va
yoshlar liderlarini qo‘llab-quvvatlash zarur. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy mas’uliyat,
qadriyatlar va etika ta’limini kuchaytirish ham muhimdir.
2
https://cyberleninka.ru/article/n/yoshlarda-ijtimoiy-faollik-holati-va-amalga-oshirish-shakllari
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
725
Natijada, faollikning oshishi yoshlar o‘rtasida o‘zgaruvchan dunyoga moslashish,
yangiliklarga ochiqlik va jamiyatni yanada barqarorlashtirishga yordam beradi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining ‘Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida’gi Qonun.
2.
X.Vohidov – Din va jamiyat. Oila mustahkamligi yo’lida, Toshkent Islom Universiteti
nashriyoti 2021.
3.
“Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor
Rashidovich, O’ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2- kurs magistri
4.
https://cyberleninka.ru/article/n/yoshlarda-ijtimoiy-faollik-holati-va-amalga-oshirish-
shakllari
