ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1254
YASHIRIN IQTISODIYOTNI LEGALLASHTIRISHDA SOLIQ TIZIMINI
RAQAMLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Shodiyev Elyor Ulug'bekovich
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi
Biznes va Tadbirkorlik Oliy maktabi magistiri.
elyor.87dc@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15279262
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiy tizimidagi yashirin iqtisodiyotning
mavjud holati, uning salbiy oqibatlari va byudjetga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi.
Xususan, soliq tizimini raqamlashtirish orqali yashirin faoliyatni legallashtirish imkoniyatlari
o‘rganiladi. Mavjud elektron soliq platformalari, masalan, my.soliq.uz, E-KKM, E-faktura, E-
Hisob kabi tizimlarning amaliy samaradorligi, ularning soliqqa tortish bazasini
kengaytirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada, shuningdek, raqamli texnologiyalarni yanada
takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning raqamli savodxonligini oshirish, elektron tizimlarning
integratsiyasini kuchaytirish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish bo‘yicha amaliy
takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish va davlat
byudjetining barqaror daromad manbalarini kengaytirishda raqamlashtirish muhim vosita
ekanini isbotlaydi.
Kalit so‘zlar:
Yashirin iqtisodiyot, soliq tizimi, raqamlashtirish, soliq ma’muriyatchiligi,
elektron hisob-faktura, fiskal nazorat, soliq islohotlari, soliq to‘lovchi, legallashtirish, raqamli
texnologiyalar.
MASTER OF THE HIGHER SCHOOL OF BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP
UNDER THE CABINET OF MINISTERS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract
. This article analyzes the current state of the shadow economy in the economic
system of Uzbekistan, its negative consequences and its impact on the budget. In particular, the
possibilities of legalizing shadow activity through the digitalization of the tax system are studied.
The practical effectiveness of existing electronic tax platforms, such as my.soliq.uz, E-KKM, E-
invoice, E-Hisob, and their role in expanding the tax base are highlighted. The article also
develops practical proposals for further improving digital technologies, increasing the digital
literacy of taxpayers, and reducing the share of the shadow economy by strengthening the
integration of electronic systems.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1255
The results of the study prove that digitalization is an important tool in reducing the size
of the shadow economy and expanding sustainable sources of income for the state budget.
Keywords:
Shadow economy, tax system, digitalization, tax administration, electronic
invoicing, fiscal control, tax reforms, taxpayer, legalization, digital technologies.
ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЦИФРОВИЗАЦИИ НАЛОГОВОЙ
СИСТЕМЫ В УСЛОВИЯХ ЛЕГАЛИЗАЦИИ ТЕНЕВОЙ ЭКОНОМИКИ
Аннотация.
В статье анализируется современное состояние теневой экономики в
экономической системе Узбекистана, ее негативные последствия и влияние на бюджет.
В частности, будут изучены возможности легализации подпольной деятельности
посредством цифровизации налоговой системы. Освещена практическая эффективность
существующих электронных налоговых платформ, таких как my.soliq.uz, E-KKM, E-
faktura, E-Hisob, и их роль в расширении налоговой базы. В статье также
разрабатываются практические предложения по сокращению доли теневой экономики за
счет дальнейшего совершенствования цифровых технологий, повышения цифровой
грамотности налогоплательщиков и усиления интеграции электронных систем.
Результаты исследования доказывают, что цифровизация является важным
инструментом сокращения масштабов теневой экономики и расширения устойчивых
источников доходов государственного бюджета.
Ключевые слова:
Скрытая экономика, налоговая система, цифровизация,
налоговое администрирование, электронное выставление счетов, фискальный контроль,
налоговые реформы, налогоплательщик, легализация, цифровые технологии.
Kirish
Bugungi kunda dunyo miqyosida yashirin iqtisodiyot muammosi davlatlar iqtisodiy
siyosatida dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Yashirin iqtisodiy faoliyat
soliqlardan bo‘yin tovlash, noqonuniy ishchi kuchidan foydalanish, rasmiy statistikaga
kirmaydigan daromadlarni shakllantirish orqali davlat byudjetiga sezilarli zarar yetkazadi.
Bunday faoliyatning keng miqyosda mavjudligi iqtisodiy barqarorlik, investitsiyaviy
muhit va ijtimoiy adolat tamoyillariga jiddiy tahdid soladi.
O‘zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotni tubdan isloh qilish va soliq yuki adolatli
taqsimotini ta’minlash yo‘lida soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish bo‘yicha tizimli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1256
Bu islohotlarning asosiy maqsadi – soliq tushumlarini oshirish bilan bir qatorda, yashirin
iqtisodiyot ulushini kamaytirish, iqtisodiy faoliyatning ochiqligini va shaffofligini ta’minlashdan
iboratdir.
Soliq tizimining raqamlashtirilishi — bu oddiy texnik jarayon emas, balki davlat va
jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlovchi strategik islohotdir. Elektron hisob-fakturalar,
fiskal nazorat tizimlari, onlayn soliq deklaratsiyasi kabi vositalar orqali soliqqa tortish bazasi
kengaytirilmoqda, soliq to‘lovchilar faoliyatini kuzatish imkoniyati oshmoqda.
Ushbu maqolada aynan shu yo‘nalish — yashirin iqtisodiyotni legallashtirishda
raqamlashtirish vositalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi, mavjud muammolar hamda
ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
Yashirin iqtisodiyotni aniqlash, uni legallashtirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish
masalalari bo‘yicha jahon miqyosida keng qamrovli tadqiqotlar olib borilgan. Ularning asosiy
e’tibori iqtisodiyotni rasmiylashtirish vositalari, soliq siyosatini isloh qilish va raqamli
texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan e’lon qilingan
hisobotlarda yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari, ularni kamaytirish uchun raqamli
texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi tahlil qilingan. Jumladan, “Digital Solutions for Tax
Administration” (IMF, 2023) nomli hisobotda rivojlanayotgan davlatlar uchun elektron soliq
platformalari orqali soliqqa tortish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
OECD (2021) tomonidan tayyorlangan “Tax Administration 3.0” konsepsiyasida raqamli
soliq boshqaruvining yangi bosqichi — sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data),
va real vaqt rejimidagi monitoring imkoniyatlarining soliq tushumlariga ta’siri batafsil bayon
etilgan.
O‘zbekistonda esa so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ–5177-sonli qarori (2021-yil 15-iyun) asosida soliq tizimini
raqamlashtirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu hujjatda
“my.soliq.uz”, “E-KKM”, “E-faktura”, “Soliq mobil ilovasi” kabi raqamli platformalar orqali
iqtisodiy faoliyatni legallashtirish, xususan kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini soliq tizimiga
jalb etish mexanizmlari ko‘zda tutilgan.
Xudoyberganov B. va boshqa mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda
soliq boshqaruvini avtomatlashtirishning huquqiy va texnik asoslari, elektron tizimlar orqali
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1257
nazoratni kuchaytirish usullari tahlil etilgan. Xususan, “Soliq ma’muriyatchiligini
raqamlashtirish sharoitida byudjet daromadlarini oshirish omillari” nomli maqolada raqamli
texnologiyalarni joriy etish orqali yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish mexanizmlari taklif
qilingan.
Shuningdek, Deloitte, KPMG va PwC kabi xalqaro audit kompaniyalarining yillik tahliliy
hisobotlarida raqamli soliq boshqaruvi tendensiyalari, ularning foydalanuvchilar uchun
afzalliklari, hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ahamiyati ko‘rsatilgan.
Umuman olganda, adabiyotlar sharhi shuni ko‘rsatadiki, yashirin iqtisodiyotni
legallashtirishda raqamlashtirishning roli beqiyos bo‘lib, bu yo‘nalishda innovatsion
yondashuvlar va texnologik infratuzilmani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot metodologiyasi
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida yashirin iqtisodiyotning mavjudligi nafaqat
davlat byudjeti barqarorligiga, balki umumiy iqtisodiy siyosatning samaradorligiga ham jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, bunday salbiy holatlarning oldini olish, iqtisodiy faoliyatni
rasmiylashtirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur tadqiqot aynan shunday masalaga — yashirin iqtisodiyotni
legallashtirishda soliq tizimini raqamlashtirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bir
qator zamonaviy metodologik yondashuvlarga tayanadi.
Avvalo, tizimli yondashuv asosida yashirin iqtisodiy faoliyat va soliq tizimi o‘rtasidagi
uzviy aloqalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari chuqur tahlil qilindi. Bunda
soliq infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar, fiskal nazorat vositalari, elektron deklaratsiya
tizimlari va soliq to‘lovchilarning raqamli savodxonlik darajasi bir butun tizim sifatida ko‘rib
chiqildi.
Shuningdek, tadqiqot jarayonida taqqoslash usuli keng qo‘llanildi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasining soliq raqamlashtirish sohasida erishgan yutuqlari Gruziya, Estoniya va
Hindiston kabi davlatlarning tajribalari bilan qiyoslab o‘rganildi. Bu orqali ilg‘or tajribalar
asosida mamlakatimizda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan mexanizmlar aniqlab olindi.
Empirik tahlil usuli orqali esa amaliy ma’lumotlar asosida statistik o‘zgarishlar va
tendensiyalar o‘rganildi. 2020–2024 yillarga oid SQ ma’lumotlari, Jahon banki va XVJ
tomonidan e’lon qilingan tahliliy ma’lumotlar asosida soliq tizimining raqamlashtirish darajasi
hamda uning yashirin iqtisodiyot hajmiga bo‘lgan ta’siri o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilindi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1258
Bundan tashqari, kontent tahlili orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari,
Soliq kodeksi, davlat soliq qo‘mitasi hujjatlari va ilmiy maqolalar asosida qonunchilikning
rivojlanish yo‘nalishlari, elektron tizimlarga oid yondashuvlar o‘rganildi. Bu esa soliq
ma’muriyatchiligining huquqiy asoslari haqida batafsil tasavvur shakllantirish imkonini berdi.
Agar amaliyot tajribasiga tayanilsa, ekspert so‘rovlari ham tadqiqotning muhim qismiga
aylandi. Bunda soliq tizimi bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar — soliq inspeksiyasi
xodimlari, kichik va o‘rta biznes egalari, elektron platformalardan foydalanuvchilar fikrlari
asosida tizimdagi mavjud kamchiliklar, foydalanishdagi qulayliklar va mavjud to‘siqlar
aniqlashtirildi.
Tadqiqot davomida “my.soliq.uz”, “E-KKM”, “E-faktura”, “E-Hisob”, “Soliq mobil
ilovasi” kabi axborot tizimlarining amaliy faoliyati, joriy etilgan sanalari, ularning qamrov
doirasi va u orqali aniqlangan yashirin iqtisodiy faoliyat holatlari o‘rganildi. Ushbu tizimlarning
iqtisodiyotni legallashtirishga qo‘shgan hissasi statistik asosda tahlil qilindi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur metodologik yondashuvlar nafaqat mavjud muammolarni
aniqlash, balki ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ham muhim asos bo‘lib
xizmat qildi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston soliq tizimini yanada takomillashtirish, yashirin
iqtisodiyotni qisqartirish va rasmiy faoliyatni kengaytirishga xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar
Yashirin iqtisodiyotning yuqori ulushi davlat byudjetiga tushumlarning kamayishiga,
ijtimoiy tengsizlikning ortishiga va iqtisodiy barqarorlikka tahdid tug‘diradi. O‘zbekiston
Respublikasida so‘nggi yillarda soliq tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qabul qilingan islohotlar,
ayniqsa, “my.soliq.uz” platformasining ishga tushirilishi, “E-KKM”, “E-faktura”, “Soliq mobil
ilovasi” kabi elektron tizimlarning joriy etilishi orqali yashirin iqtisodiyotni aniqlash va
legallashtirishda muhim ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
Soliq tizimini raqamlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy platformalar va ularning
vazifalari
Tizim nomi
Joriy etilgan yil
Asosiy vazifasi
my.soliq.uz
2019
Yuridik va jismoniy shaxlarni
soliq hisobotlarni elktroniy
jo’natish
E-KKM
2020
Elektron nazorat-kassa
mashinalari orqali savdoni
qayd etish
E-faktura
2020
Tovar va xizmatlar bo‘yicha
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1259
hisob-fakturalarni
rasmiylashtirish
E-Hisob
2021
Elektron hisobotlarni
shakllantirish va yuborish
Soliq mobil ilovasi
2022
Jismoniy shaxslar uchun
mobil soliq xizmatlari
Manba://www.soliq.uz/
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020–2024 yillar davomida respublikada raqamlashtirish
sur’ati sezilarli darajada oshgan. Xususan:
2020 yilda 40 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar elektron hisob-faktura
tizimiga o‘tkazilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024 yilga kelib 180 mingga yetgan;
2021 yilda soliq deklaratsiyalarining 72% qismi onlayn ravishda taqdim etilgan bo‘lsa,
2023 yilda bu ko‘rsatkich 93% ga yetgan;
Soliq organlari tomonidan “E-KKM” ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan tahlil
natijasida 2022–2024 yillar oralig‘ida 100 mingdan ortiq yashirin daromadlar aniqlanib,
rasmiylashtirilgan va soliqqa tortilgan.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali xodimlarni rasmiylashtirmasdan ishga qabul
qilish holatlari, naqd pul aylanmasini yashirish, bir nechta firma orqali daromadni sun’iy
kamaytirish kabi sxemalar aniqlangan va ularga nisbatan huquqiy chora ko‘rilgan. Soliq
organlarining tahliliy imkoniyatlari kengaygani sababli korxonalarning o‘zini o‘zi
rasmiylashtirishga bo‘lgan qiziqishi ham ortgan.
So‘rovnoma asosida o‘tkazilgan ekspert baholashlariga ko‘ra, kichik tadbirkorlarning 68
foizi raqamli soliq tizimlari ularning ish faoliyatini yengillashtirganini bildirgan. Biroq, 32 foiz
respondent raqamli tizimlarning ba’zan murakkab interfeysga ega ekanini va texnik yordam
xizmatlarining zaifligini qayd etgan.
Boshqa davlatlar tajribasi bilan qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, Estoniya, Gruziya va
Hindiston tajribasida soliq raqamlashtirish bilan birga raqamli savodxonlikni oshirish, huquqiy
bazani moslashtirish va moliyaviy rag‘batlantirish tizimlari uyg‘un holda amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda bu yondashuvlar ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, ammo elektron
tizimlarning uzluksiz ishlashi va aholining raqamli infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasi
hali ham muammoli bo‘lib qolmoqda.
Yashirin iqtisodiyotni kamaytirishda soliq tizimini raqamlashtirish ko‘rsatkichlari
(2020–2024 yillar)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1260
Yil
Yangi raqamli soliq
tizimiga o‘tgan
korxonalar soni
(mingta)
Elektron deklaratsiya
topshirgan soliq
to‘lovchilar (%)
Aniqlangan yashirin
daromadlar (mlrd
so‘m)
Byudjetga
qo‘shimcha
tushum (mlrd
so‘m)
2020
40
72
1100
850
2021
75
84
1580
1240
2022
120
89
1910
1660
2023
150
91
2380
1980
2024
180
93
2760
2215
Manba://www.soliq.uz
Yuqoridagi tahlillar asosida aytish mumkinki, O‘zbekistonda soliq tizimini
raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyotni legallashtirishda sezilarli natijalarga erishilgan
bo‘lib, bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish davlat iqtisodiyotining
ochiqligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Muhokama
Yashirin
iqtisodiyot
har
qanday
mamlakatda
rasmiy
iqtisodiy
faoliyatning
samaradorligiga, davlat moliyasining barqarorligiga va ijtimoiy adolat tamoyillariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ayniqsa, soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash holatlari, naqd pul muomalasining
cheklovsizligi
va
mehnat
munosabatlarining
rasmiylashtirilmagan
shakllari
yashirin
iqtisodiyotning asosiy belgilaridir. O‘zbekiston tajribasida ushbu salbiy holatlarni bartaraf
etishda soliq tizimini raqamlashtirish muhim strategik vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda elektron soliq
platformalarining joriy etilishi orqali iqtisodiy faoliyatning ochiqligi sezilarli darajada oshgan.
“my.soliq.uz”, “E-KKM”, “E-faktura”, “E-Hisob” kabi tizimlar orqali xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning operatsiyalari ustidan real vaqt rejimida nazorat olib borish imkoni yaratildi.
Natijada ko‘plab yashirin faoliyat shakllari aniqlanib, qonuniy maydonga chiqarildi.
Shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari fuqarolar va tadbirkorlar uchun soliq hisob-
kitoblarida aniqlik va qulaylik yaratdi. Onlayn xizmatlar yordamida soliq deklaratsiyalarini
topshirish, hisob-faktura rasmiylashtirish, KKM orqali savdo operatsiyalarini qayd etish
jarayonlari soddalashtirildi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy muhitda shaffoflikni
ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, raqamlashtirish orqali aniqlanayotgan moliyaviy operatsiyalarning
ko‘pligi soliq organlariga qo‘shimcha tahliliy yuklamani keltirib chiqarmoqda. Bu esa inson
resurslari va axborot texnologiyalarining uyg‘unligini talab etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1261
Shuningdek, xodimlarni doimiy ravishda o‘qitish, dasturlarni yangilash va
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish dolzarb ahamiyatga ega.
Xalqaro tajriba, xususan Estoniya va Gruziya misolida ko‘rish mumkinki, raqamli soliq
boshqaruvi faqatgina texnologik vositalar bilan emas, balki kuchli institutsional yondashuv,
samarali qonunchilik bazasi va aholining faol ishtiroki orqali muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda sezilarli taraqqiyot kuzatilayotgan bo‘lsa-da, tizimga
ishonchni mustahkamlash, texnik barqarorlikni ta’minlash va soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish
kabi masalalar ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Shunday qilib, soliq tizimini raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot bilan samarali
kurashish imkoniyati mavjud. Ammo bu jarayonni uzluksiz monitoring qilish, tizimni
takomillashtirish va inson omilini hisobga olgan holda olib borish zarur.
Xulosa
Yashirin iqtisodiyot – bu davlat iqtisodiy xavfsizligiga, byudjet barqarorligiga va sog‘lom
raqobat muhitiga tahdid soluvchi muhim muammolardan biridir. Uni legallashtirish yo‘llarini
izlashda soliq tizimini raqamlashtirish eng samarali vositalardan biri sifatida namoyon
bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan
islohotlar, xususan “my.soliq.uz”, “E-KKM”, “E-faktura”, “E-Hisob” kabi raqamli
platformalarning joriy etilishi, ijobiy natijalar bermoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonda soliq tizimining raqamlashtirilishi orqali yashirin
iqtisodiyotning ulushi sezilarli darajada qisqarayotgani kuzatilmoqda. Kelgusida bu
yo‘nalishdagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, raqamli infratuzilmani kengaytirish, aholining
raqamli savodxonligini oshirish va ishonch muhitini mustahkamlash orqali yanada katta
natijalarga erishish mumkin.
REFERENCES
1.
International Monetary Fund (2023).
Digital Solutions for Tax Administration
. IMF
Working Paper. [online] Available at:
2.
OECD (2021).
Tax Administration 3.0: The Digital Transformation of Tax Administration
.
OECD Publishing. [online] Available at:
3.
World Bank (2022).
Shadow Economy: Measuring the Hidden Sector in Developing
Countries
. World Bank Report. [online] Available at:
[Accessed 9 Apr. 2025].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1262
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2021).
Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida
PQ-5177-son qarori. [online] Available at:
[Accessed 11 Apr. 2025].
5.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2020).
Yangi tahrir
. Toshkent: Adliya vazirligi
nashriyoti.
6.
Deloitte (2023).
Global Tax Administration Trends 2023
. [online] Available at:
7.
KPMG (2022).
Digital Tax Maturity in Emerging Markets
. [online] Available at:
8.
Xudoyberganov, B. (2022).
Soliq tizimida raqamlashtirish jarayonining samaradorligi
.
TDIU Ilmiy jurnali, 2(1), pp.45–52.
9.
Tadjibaeva, S. (2023).
Elektron soliq xizmatlarining afzalliklari va muammolari
. Ilmiy-
amaliy jurnal “Moliya”, 3(4), pp.37–41.
10.
PwC (2023).
Tax Function of the Future: Rethinking digital compliance
. [online] Available
11.
UNESCAP (2022).
Digitalization of Tax Administration in Asia-Pacific
. United Nations
Economic and Social Commission for Asia and the Pacific. [online] Available at:
12.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (2024).
Raqamlashtirish bo‘yicha amalga
oshirilgan ishlar yakuni
13.
Estonian Tax and Customs Board (2022).
e-Taxation and Transparency: The Estonian
Experience
14.
Azizov, S. (2023).
Yashirin iqtisodiyot va raqamli boshqaruv: muammolar va yechimlar
.
“Iqtisodiyot va innovatsiya” jurnali, 1(3), pp.66–70.
