450
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI OILADA MUVAFFAQIYATLI
TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Hasanova Shahzoda Zafarjon qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi birinchi kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15186078
Annotatsiya.
O‘zbek oilasidagi bola tarbiyasida mehnat va turmushdagi ijobiy milliy
an`analar katta rol o‘ynaydi.Uzoq tarixga ega bo‘lgan mehmondo‘stlik an`anasi keyingi
paytlarda ijtimoiy tushuncha va shakllar bilan boyib bormoqda. Yosh avlodni tarbiyalash -
murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada
muvaffaqiyatli tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari hamda ilmiy nazariy asoslari xususida
fikr-mulohaza bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta’lim, ma’naviy ehtiyoj, ta’lim-tarbiya, oila, ta’lim
muassasasi, pedagogic shart-sharoitlar.
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УСПЕШНОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ
ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА В СЕМЬЕ
Аннотация.
Положительные национальные традиции в труде и быту играют
большую роль в воспитании детей в узбекской семье. Давняя традиция гостеприимства в
последнее время обогатилась социальными концепциями и формами. Воспитание
подрастающего поколения – сложный и многогранный процесс. В статье дается обзор
педагогических возможностей и научно-теоретических основ успешного воспитания
детей дошкольного возраста в семье.
Ключевые слова:
дошкольное образование, духовная потребность, воспитание,
семья, образовательное учреждение, педагогические условия.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF SUCCESSFUL EDUCATION OF
PRESCHOOL CHILDREN IN THE FAMILY
Abstract.
Positive national traditions in work and life play a major role in the upbringing
of a child in an Uzbek family. The tradition of hospitality, which has a long history, has recently
been enriched with social concepts and forms. Raising the younger generation is a complex and
multifaceted process. This article provides feedback on the pedagogical possibilities and
scientific theoretical foundations of the successful upbringing of preschool children in the family.
Keywords:
preschool education, spiritual needs, education, family, educational
institution, pedagogical conditions.
451
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Kirish.
Darhaqiqat, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni har tomonlama, ham aqlan,
ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhum va
dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizni taqozosidir.
Inson va kalejak avlodning baxt-saodati haqida, uning ta’lim-tarbiyasi dolzarb masala
sanaladi.
Asosiy qism.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak? - degan savol
ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ko‘pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn
Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish
lozim, besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim
ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Aynan maktabgacha davrda bolaning kelajakdagi
barcha faoliyat turlarida va umuman hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beruvchi
umuminsoniy xislatlari shakllanadi.
Bularning barchasi bolaning muvaffaqiyatli tarbiya olishi, shaxsiy faolligi, oiladagi ijobiy
muhitda kattalarning qo‘llab-quvvatlashi orqali rang-barang faoliyatlarda rivojlanadi.
Maʼrifatparvar olim Abdurauf Fitrat bola tarbiyasida oila eng asosiy rol oʻynashiga
eʼtibor qaratadi va quyidagi fikrni keltiradi: “Bolalar suvga oʻxshaydilar. Suv qaysi rangdagi
idishda boʻlsa, oʻsha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda boʻlsalar, oʻsha
muhitning ham shunday odat va axloqini qabul qiladilar”.
Oila va maktabgacha taʼlim tashkiloti – ikki tarbiyaviy fenomen ularning har biri bolaga
ijtimoiy-madaniy tajribani beradi, lekin ular bir-biri bilan birga boʻlgandagina kichkina insonni
katta olamga kirib borishi uchun optimal pedagogik shart-sharoitlar yaratib beradi. Buning uchun
bu kuchlarni birlashtirish va oʻzaro hamkorlikni samarali tashkil etish muhim sanaladi. Oila
jamiyatning boshlangʻich boʻgʻini hisoblanadi. Bola tarbiyasida oilaning masʼuliyati yuqori
sanaladi. Bolalarni aqlan yetuk, jismonan sogʻlom etib tarbiyalash hamda mustaqil fikrlash
koʻnikmaga ega boʻlishida tarbiyachi va ota-onalarga muhim vazifalar yuklatiladi.
Oilada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga yaxshiroq ta`sir ko‘rsatish uchun
avvalambor ularni sevish va hurmat qilish lozim. Chunki kuzatishlardan ma`lum bo‘lishicha
bolalar ularni seva olgan hurmat qila olganlarning qadrlaydilar, bergan maslahat va yo‘l-
yo‘riqlarning, turli topshiriqlarni bajonidil ado etadilar. Zero, ota-onaning mehr-muhabati,
chinakam hurmati bolalarda eng go‘zal axloqiy tuyg‘ularni, ayniqsa qadryatni his qilishda
yordam beradi. Bu esa unda kattalar orasida ham kamyop bo‘lib qolgan insoniylik sifatlardan
hisoblanadi.
Bolaning kelajakda qanday inson bo‘lib yetishishi ko‘proq ota-onasi va o‘z oilasiga
hamda unda tarkib topgan muhitga bog‘liq. “Bola ota-onasidan qayerga ortib boradi” degan gap
ayni haqiqat. Demak, farzandlar ota-onalarini davomchilaridir.
452
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Yusuf Xos Xojib “oiladagi” eng ulug‘ fazilat ezgu qiliq va go‘zal hulqdir. Ikkinchisi
rostlik, uchinchisi hayot hisoblanadi. Mana shu uch fazilat birlashsa kishi baxtiyor bo‘ladi, qut
iqbol uning huzuriga bosh urib keladi. Chunki kishining xulqi go‘zal bo‘lsa uni barcha xalq
sevadi. “Xulqi yuz bo‘lgan kishiga to‘rdan joy tegadi” - degan edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada muvaffaqiyatli tarbiyalash xususida gapirilganda
yuqorida eslatib o‘tganimizdek, uning asosiy manbasi oiladagi muhabbat, ishonch, o‘zaro
hurmatni tashkil qiladi. Hech kimga sir emaski, oilaning ko‘rki ham totuvligi ham bekamu
ko‘stligi ham farzandlarning qobilu mo‘minligi ham, muvaffaqiyatli tarbiya berishga bog‘liq.
Oilda ota-onaning shu oiladagi kattalarni yurish turishidan tartib so‘z madaniyati,
kiyinishi, kishilar bilan muomalasi, xatto atrof-muhitga munosabati va shu singari oddiy bo‘lib
ko‘rinadigan xolatlar ham bola tarbiyasiga katta ta`sir qiladi. Hozirda maktabgacha ta’lim
yoshdagi bolalarni yetuk kishilar qilib tarbiyalash, tarbiya berish muhim vazifa sanaladi. Chunki,
millatimiz ertasi, jamiyatimizning kelgusi tarbiya qilayotgan maktabgacha ta’lim yoshdagi
bolalarimiz qo‘lida.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni axloqan pok, jismonan sog‘lom, yetuk kishilar
qilib tarbiyalash oilaning oldiga qo‘yilayotgan eng muhum talablardan biridir. Buning uchun har
bir ota-ona o‘z farzandining ezgu maqsadga intiluvchan, kattalarni e`zozlaygigan kichiklarga
muruvvatli, o‘qish va ishda matonatli qat`iy, tashabuskor, uyushqoq, qiyinchiliklardan
qo‘rqmaydigan kishilar qilib tarbiyalashlari lozim.
Ayniqsa oilada katta yoshli bolalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish juda muhim
ahamiyatga ega. Bola ulg‘aygan sari kattalar buyrug‘ini yoqtirmaydigan bo‘lib boradi.Bu buyruq
ko‘pincha qarshilik ko‘rsatish, xatto oqilona talablarni bajarishdan bosh tortish xolarlarini ham
keltirib chiqaradi. Shunday paytlarda bolaga muomala tarzini o‘rgatish lozim. Buyruq berish
o‘rniga ishontirish usulini qo‘llash kerak, toki ana shu bola shu ishni qilishni shartligini
tushinsin. Ana shunda bola har bir ishni ongli ravishda bajarishga tushunsin. Agar katta yoshdagi
bolaga pand-nasihat qilinaversa, uning g‘ashiga tegishi mumkin.
Oila balaning yuragiga yaqin tarbiyachidir. Bola ota-onasiga ishonadi. Shuning uchun
ham ma’lum davr mobaynida ota-ona bola uchun turmush haqida fikr yurituvchi kishilarga
axloqiy baho beruvchi yo‘lboshchi bo‘lib hizmat qiladi.
Har qanday tarbiya elementlari dastlab oilada, keyin maktabgacha ta’lim tashkilotida,
keyin maktabda tarkib topa boshlaydi.
Oilaviy hayot muammosi oila a’zolari o‘rtasida munosabat farzand tarbiyasi davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir. Ba’zan bolalarni yomon qiliqlarini, ota-onalarini hurmat
qilmaganliklarini ko‘rsak, odatda g‘azablanadi kishi.
453
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Bolalarni oilada to‘g‘ri tarbiyalashda butun oilaviy xo‘jalikni oqilona tashkil etilishi
bolalarni qo‘llaridan keladigan ishlarga jalb qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolani muayyan
mehnatni bajara olishga nechog‘lik o‘rgatilishi va uni kundalik mehnat qilishga odatlantirgan
bolada oilaning foydali a`zosi bo‘lish istagini oladigan axloq tarbiyasi vazifalarni ham shu qadar
muvaffaqiyatli hal qiladigan bo‘lib qoladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
. Hozirda ko‘plab psixodiagnostik vositalar testlar,
metodikalar, so‘rovnomalar mavjud bo‘lib ulardan keng foydalanilmoqda. Shunday tashxis
vositalaridan biri bu “Oila rasmi” nomi bilan keng tarqalgan proektiv testidir. Eston psixologi
G.Xomentaukas tomonidan ishlab chiqilgan mashxur «Oila rasmi» testi kattalarga dunyoni bola
ko‘zi bilan ko‘rishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning o‘z oilasiga bergan shaxsiy
bahosi haqida, oila a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlari, bola nimalarni idrok qila olmasligi,
nimalarni kuchli xayajon bilan his qilishi haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz
ravishda xavotirga solsa, xuddi shu narsalar bolalarning rasmlarida ifodalanadi. Oila rasmi bola
shaxsining psixologik portretidir. Bu testni 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash
mumkin. Psixologlar bu testdan bolaning oiladagi “Men”ini o‘rganish maqsadida foydalanadilar.
Bu testni o‘tkazish pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni
o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari psixologlari va hatto ota – onalar o‘tkazishlari mumkin.
Tadqiqotni o‘tkazish uchun 21 x 29 sm hajmidagi oq qog‘oz, o‘chirg‘ich kerak. Bolaga:
«Iltimos, o‘z oilang rasmini chizib ber” – deb aytiladi. Lekin «oila» nima ekanligi haqida
tushuntirilmaydi, chunki, test talabi shuni taqozo etadi. Agar, bolaga tushuncha berilsa tadqiqot
o‘tkazishning maqsadi o‘zgaradi. Bolaga rasm chizish topshiriq berilganda vaqt
chegaralanmaydi. Topshiriqni bola bajarayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: tarkiblarni
chizish ketma – ketligi, tarkiblarni o‘chirilishi, bolaning izohlarga, his – hayajonga berilishi va
h.k. Topshiriq bajarib bo‘lgandan so‘ng bolaga quyidagi savollar berilib suhbat o‘tkaziladi:
1) Aytchi, sen bu rasmda kimlarni chizding?
2) Ular qaerdalar?
3) Ular nima qilyaptilar?
4) Ular xursandmilar, yoki biron narsadan zerikkanmilar?
5) Ulardan qaysi biri baxtli? Nimaga?
6) Ulardan qaysi biri juda baxtsiz? Nimaga?
“Oila rasmi” metodikasi natijalarini tahlil qilishda bolaning yoshi, oila a’zolarining sonini
hamda aka, uka, opa, yoki singillarining yoshini bilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, bola
chizgan rasm tahlil qilinayotganda suhbatdagi ma’lumotlar va quyidagi shkalalariga e’tibor
qaratish lozim:
454
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
1) Bolaning haqiqiy oilasi uning chizgan oila rasmi bilan taqqoslanadi. Oiladagi o‘zaro
munosabatlar va undagi muhit ijobiy bo‘lsa, bola oiladagi barcha a’zolarning rasmini chizadi.
Agar rasmda oila a’zolarining birontasi chizilmagan bo‘lsa, demak oilaviy vaziyat
mukammal emas.
2) Agar, rasmda oilaga taalluqli bo‘lmagan odamlarning rasmi chizilgan bo‘lsa: a)
e’tiborsizlik, yolg‘izlanib qolish, b) kuchli xavotirlanish darajasi.
3) odatda bolalar oilaning qaysi bir a’zosi bilan nizoli muammo vujudga kelgan bo‘lsa,
shuni chizishni unutib qo‘yadilar. Ko‘p hollarda aka, uka yoki opa, singillarning rasmini
chizmaydilar. Bu bilan bola oilada o‘zining ustunligini, ota va onasining mehriga
to‘ymaganligini ifodalaydi. Masalan, bola o‘zini ota va onasining o‘rtasida chizib ko‘rsatgan,
kichik ukasi yoki singlisini esa umuman chizmagan.
4) Agar bola o‘z rasmini chizmagan bo‘lsa yoki oilasining o‘rniga faqat o‘zinigina chizsa,
demak bu holda oilada umumiy birlikning yo‘qligidan dalolat beradi. 5) Agar, oilasining o‘rniga
bola hayvonlar va qushlarni chizsa, demak bolaga e’tibor va hissiy muloyimlik yetishmaydi.
6) Agar bola oila a’zolarining rasmini qo‘llari tutashgan va bir qatorda chizgan bo‘lsa,
demak bu oiladagi psixologik iqlim yaxshi. Agar, unday bo‘lmasa, demak aksincha.
7) Agar, oila a’zolari guruh – guruh bo‘lib chizilgan bo‘lsa, demak, bu oilada kichik
guruhlar borligini bildiradi.
8) Oila a’zolarining kiyimlarida ko‘p tarkiblarning borligi, rangligi oilaviy
munosabatlarning ijobiyligini ko‘rsatadi va aksincha oilaviy munosabatlarda adovat bo‘lsa, oila
a’zolarining gavdalari to‘liq bo‘lmay, kiyimsiz yoki tugatilmay chiziladi.
9) Bolalar odatda otasi va onasini juda katta qilib chizadi. Demak, oiladagi munosabatlar
tenglik asosida, bola o‘zini oilada kattalardek xis qiladi.
10) Agar bolalar o‘zlarini otasi va onasidan ham katta qilib chizsa, demak bolani o‘z –
o‘zini baholash darajasi juda ham yuqori.
11) Agar bola o‘zini boshqa oila a’zolariga nisbatan juda kichik ota – onasi tomonidan
g‘amhurlik talab qiladi.
12) Agar bola o‘z rasmini qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda, barmoqlarini uzun qilib
chizgan bo‘lsa, bu uning tajovuzkorligidan xabar qiladi. Ba’zan bunday rasmlarni yuvosh bolalar
ham o‘zining atrofidagi odamlarga nisbatan tajavuzkorona ruhda ekanligi, lekin bu holat
yashirinligi ma’lum bo‘ladi hamda bola kuchli va o‘zgalar ustidan hukmron bo‘lish hohishi
borligini bildiradi.
13) Agar bola oila a’zolarining qo‘llarini mushtcha tugilgan holda, barmoqlari uzun
holatda chizsa, demak u shu oila a’zosining o‘ziga nisbatan tajovuzkorligini his qiladi.
455
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
14) Agar bola o‘zining tishlarini katta qilib chizgan bo‘lsa, demak unda tishlash,
baqirish, qo‘pollik qilishga moyillik kuchlidir. Agar bola boshqa oila a’zolarini shunday holatda
chizsa, ana shu oila a’zosiga nisbatan qo‘rquv va dushmanlikni his qiladi. Oila rasmi testi
bolaning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 3 – 4 yoshdagi bolalar odam gavdasini chiziqlar
bilan to‘liq bo‘lmagan holda chizadilar. 5 – 7 yoshli bolalarning rasmi esa ancha boyroq bo‘lib,
gavda tuzilishlari to‘liq, rasmlar tugallangan bo‘ladi.
XULOSA.
Oilani kinetik rasmi metodikasi faqat bugunni, o‘tmishni aks ettirib qolmay
shu bilan birga kelajakka qaratilgandir, chunki maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi rasm
chizishda vaziyatni tushunib olishga intiladi, rasmida ifodalangan oiladagi shaxslararo
munosabat va muvaffaqiytali tarbiya mezonlarini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi, oila haqidagi
tasavvurini namoyon etadi. Har bir rasmda bolaning tasavvuridagi “ota-ona” ijtimoiy rollari aks
etadi, oilaviy munosabatlar psixologiyasi ko‘rinadi.
Ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabat bola muvaffaqiyatli tarbiya mezonlari to‘g‘ri
shakllanishidagi yetakchi omildir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning oila haqidagi
tasavvurlarini o‘rganish, har bir bolaning oilaviy muhiti va ota-onasining bolaga munosabati
haqidagi ma’lumotlar tarbiyachi-pedagoglarga oila bilan hamkorlikda muhim manba sifatida
xizmat qiladi.
Bu esa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining
sifati va samaradorligini ta’minlaydi.
REFERENCES
1.
Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ
СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020.
– №. 5 (56).
2.
Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В
ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)
3.
Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом
воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. –
С. 48-49.
4.
Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ
НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы
междунар. науч. – 2016. – С. 118.
5.
Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей
дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39.
456
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
6.
Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы
педагогики. – 2020. – №. 6 (51).
7.
Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте
//Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 35
8.
Шарипова М. Б., Неьматова Ш. Н. Формирование эстетической культуры
воспитанников дошкольных образовательных учреждений //Вестник магистратуры. –
2020. – №. 3-3. – С. 113.
9.
Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности
формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных
учреждений.
Academy
, (5 (56)), 25-27.
10.
Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ
ДИАГНОСТИЧЕСКИХ
НАВЫКОВ
У
СТУДЕНТОВ
ДОШКОЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ.
Проблемы науки
, (4 (63)), 50-52.
11.
Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического
образования:
образование
дошкольников
с
помощью
педагогических
технологий.
Academy
, (12 (63)), 60-62.
12.
Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО
ОБРАЗОВАНИЯ:
ОБРАЗОВАНИЕ
ДОШКОЛЬНИКОВ
С
ПОМОЩЬЮ
ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.
Academy
, (12), 60-62.
13.
Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования.
Вестник науки и
образования
, (16-2 (119)), 86-88.
14.
Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
2
(2), 241-244.
15.
KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING
XUSUSIYATLARI.
News of the NUUz
,
1
(1.1), 83-86.
16.
Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK
MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV.
Inter education
& global study
, (5), 565-5574.
17.
Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик
Тарбия.
Miasto Przyszłości
,
42
, 330-333.
18.
Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.
Nю A. Maktabgacha talim
tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-
Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy
anjuman materiallarl. Buxoro
, 46-48.
457
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
19.
Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.
Nю A. Maktabgacha talim
tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-
Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy
anjuman materiallarl. Buxoro
, 46-48.
20.
Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda
integrativ yondashuv.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
21.
Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). Повышение экономической грамотности у
детей
дошкольного
возраста
с
помощью
развития
коммуникативных
компетенций.
Вестник науки и образования
, (8 (128)), 44-46.
22.
Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). КОМММУНИКАТИВНЫЕ
КОМПЕТЕНЦИИ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ.
Вестник науки и
образования
, (8 (128)), 47-50.
23.
Kamilova, G. A. Go’Zal Rajab Qizi Qurbonova (2021).
MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.
Scientific progress
,
2
(7), 1149-1153.
24.
Kamilova, G. A. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK
VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.
Scientific progress
,
2
(7), 1149-
1153.
25.
Камилова, Г. А., Султонова, М. И., & Бобожонова, М. А. (2023). ПРЕИМУЩЕСТВА
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В
ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Вестник науки и образования
, (5 (136)-2), 41-44.
26.
Safarova, S., & Kamilova, G. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING
ERKIN FIKIRLASHINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 504-507.
27.
Камилова, Г. А., Мухаммедова, М. М., & Жабборова, О. С. К. (2023). МЕТОДИКА
СИСТЕМАТИЧЕСКОГО ВКЛЮЧЕНИЯ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ ЧЕРЕЗ
ИГРЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Вестник науки
и образования
, (5 (136)-2), 38-41.
28.
Камилова, Г. А., & Кулиева, Х. Г. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Вестник науки и образования
, (4 (135)),
82-84.
29.
Jabbarov,
I.
A.
U.
(2022).
TYPOLOGY
AND
FUNCTIONS
OF
A
COMPLIMENT.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(6), 854-860.
458
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
30.
Alimovna, K. G., & Abduraufovna, B. A. (2025). INNOVATIVE APPROACHES TO
CREATING
A
DEVELOPMENTAL
ENVIRONMENT
FOR
PRESCHOOL
CHILDREN.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
3
(3), 1-5.
31.
Камилова, Г. А., & Тохирова, Ш. Б. К. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ОБУЧЕНИЯ ВТОРОМУ ЯЗЫКУ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО
ПОТЕНЦИАЛА
ДЕТЕЙ
В
ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
УЧРЕЖДЕНИЯХ.
Вестник науки и образования
, (4 (135)), 84-88.
32.
Kamilova, G. A., & Jo’rayeva, D. R. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli
maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyatlari,“.
Maktabgacha ta’lim-maktab-oliy ta’lim”
konsepsiyasi: muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari
.
33.
Rahmidinovna, Z. D. (2024). THE GOALS AND OBJECTIVES OF INTEGRATED
CLASSES IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES AND THE
IMPORTANCE
OF
INTERDISCIPLINARY
COMMUNICATION.
European
International Journal of Pedagogics
,
4
(11), 50-55.
