SO’ROQ GAPLAR ENTNOLINGVISTIK BIRLIK ELEMENTI SIFATIDA

Аннотация

Horizgi kunda so‘roq gaplar tilshunoslikda muhim kommunikativ vosita sifatida xizmat qilib, nutq jarayonida axborot olish, suhbatdoshning munosabatini aniqlash, muloqotni samarali tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi. Entnolingvistik nuqtayi nazardan, so‘roq gaplar xalqning dunyoqarashi, milliy mentaliteti va til madaniyatini ifodalovchi muhim birlik hisoblanadi. Ular orqali insonning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari va ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabati aks etadi. So‘roq gaplar yordamida milliy an’ana, urf-odatlar va qadriyatlar nutqiy jarayonda namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada so‘roq gaplarning entnolingvistik birlik sifatidagi o‘rni, ularning til va madaniyat bog‘liqligini ifodalashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. So‘roq gaplar orqali shaxs yoki predmetning xususiyatlari, harakati yoki holati baholanib, xalqning ma’naviy olami va madaniy qadriyatlari ifodalanadi. Natijada, so‘roq gaplarning milliy tafakkurni ifodalashdagi roli yoritiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
632-370
101

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mamadaliyeva, Z. (2025). SO’ROQ GAPLAR ENTNOLINGVISTIK BIRLIK ELEMENTI SIFATIDA. Современная наука и исследования, 4(4), 632–370. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/79062
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Horizgi kunda so‘roq gaplar tilshunoslikda muhim kommunikativ vosita sifatida xizmat qilib, nutq jarayonida axborot olish, suhbatdoshning munosabatini aniqlash, muloqotni samarali tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi. Entnolingvistik nuqtayi nazardan, so‘roq gaplar xalqning dunyoqarashi, milliy mentaliteti va til madaniyatini ifodalovchi muhim birlik hisoblanadi. Ular orqali insonning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari va ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabati aks etadi. So‘roq gaplar yordamida milliy an’ana, urf-odatlar va qadriyatlar nutqiy jarayonda namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada so‘roq gaplarning entnolingvistik birlik sifatidagi o‘rni, ularning til va madaniyat bog‘liqligini ifodalashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. So‘roq gaplar orqali shaxs yoki predmetning xususiyatlari, harakati yoki holati baholanib, xalqning ma’naviy olami va madaniy qadriyatlari ifodalanadi. Natijada, so‘roq gaplarning milliy tafakkurni ifodalashdagi roli yoritiladi.


background image

362

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

SO’ROQ GAPLAR ENTNOLINGVISTIK BIRLIK ELEMENTI SIFATIDA

Zahro Mamadaliyeva

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15185652

Annotatsiya.

Horizgi kunda

so‘roq gaplar tilshunoslikda muhim kommunikativ vosita

sifatida xizmat qilib, nutq jarayonida axborot olish, suhbatdoshning munosabatini aniqlash,

muloqotni samarali tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi. Entnolingvistik nuqtayi nazardan,

so‘roq gaplar xalqning dunyoqarashi, milliy mentaliteti va til madaniyatini ifodalovchi muhim

birlik hisoblanadi. Ular orqali insonning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari va ijtimoiy muhitga

bo‘lgan munosabati aks etadi. So‘roq gaplar yordamida milliy an’ana, urf-odatlar va

qadriyatlar nutqiy jarayonda namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada so‘roq gaplarning

entnolingvistik birlik sifatidagi o‘rni, ularning til va madaniyat bog‘liqligini ifodalashdagi

ahamiyati tahlil qilinadi. So‘roq gaplar orqali shaxs yoki predmetning xususiyatlari, harakati

yoki holati baholanib, xalqning ma’naviy olami va madaniy qadriyatlari ifodalanadi. Natijada,

so‘roq gaplarning milliy tafakkurni ifodalashdagi roli yoritiladi.

Kirish so’zlar:

So‘roq gap, Entnolingvistika, Lingvomadaniyat, Kommunikativ vosita,

Til.

INTERROGATIVE STATEMENTS AS A MEANS OF EXPRESSING VERBAL

ADJECTIVES

Abstract.

Interrogative sentences serve as an important communicative tool in linguistics,

performing functions such as obtaining information in the speech process, determining the

interlocutor's attitude, and effectively organizing communication. From an ethnolinguistic point

of view, interrogative sentences are an important unit that expresses the worldview, national

mentality, and linguistic culture of the people. Through them, a person's inner experiences,

feelings, and attitude to the social environment are reflected. With the help of interrogative

sentences, national traditions, customs, and values are manifested in the speech process. This

article analyzes the role of interrogative sentences as an ethnolinguistic unit and their

importance in expressing the connection between language and culture. Through interrogative

sentences, the characteristics, actions, or state of a person or object are evaluated, and the

spiritual world and cultural values of the people are expressed. As a result, the role of

interrogative sentences in expressing national thinking is highlighted.

Keywords:

Interrogative sentence, Enthnolinguistics, Linguistic culture, Communicative

medium, Language.

ВОПРОСИТЕЛЬНЫЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ КАК СРЕДСТВО ВЫРАЖЕНИЯ

СВОЙСТВ ГЛАГОЛОВ


background image

363

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Аннотация.

Вопросительные предложения служат важным коммуникативным

инструментом в лингвистике, выполняя такие задачи, как получение информации,

определение отношения собеседника, а также эффективная организация общения в ходе

речевого процесса. С этнолингвистической точки зрения вопросительные предложения

являются важной единицей, отражающей мировоззрение, национальный менталитет и

языковую культуру народа. Через них отражаются внутренние переживания, чувства и

отношение человека к социальной среде. С помощью вопросительных предложений в

речевом процессе проявляются национальные традиции, обычаи и ценности. В данной

статье анализируется роль вопросительного предложения как этнолингвистической

единицы, их значение в выражении языка и культуры. Через вопросительные

предложения оцениваются характеристики, действие или состояние человека или

предмета, выражаются духовный мир и культурные ценности народа. В результате

выделяется роль вопросительных предложений в выражении национального мышления.

Ключевые

слова:

Вопросительное

предложение,

Этнолингвистика,

Лингвистическая культура, Коммуникативный инструмент, Язык.

Kirish

Til insonlarning fikr va hissiyotlarini ifodalash, axborot almashish va muloqot o‘rnatish

uchun eng muhim vosita hisoblanadi. Har bir xalqning tili uning madaniyati, dunyoqarashi, urf-

odatlari, shuningdek, tarixiy, ijtimoiy va falsafiy qadriyatlarini aks ettiradi. Til orqali odamlar

o‘z tajribalari, sezgilarini, fikrlarini boshqa kishilar bilan baham ko‘rishadi va shu orqali bir-

birlarini tushunishga, uyg‘un muloqotga erishishadi. Shu ma’noda, so‘roq gaplar tilshunoslikda

alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali nafaqat axborot olish, balki insonning ichki olami,

hissiyotlari, niyatlari va dunyoqarashi ham ifodalanadi. -So‘roq gaplar, aniqroq aytganda,

so‘roqlarning entnolingvistik birlik sifatida o‘rni, tilda o‘zgacha bir yondashuvni talab qiladi.

Entnolingvistika — til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganuvchi ilmiy soha

bo‘lib, unda til yordamida jamiyatning milliy va etnik xususiyatlari, urf-odatlari, qadriyatlari va

dunyoqarashlari aks ettiriladi. So‘roq gaplar bu jarayonda milliy tafakkur va til madaniyatining

ajralmas qismi sifatida xalqning o‘ziga xosligini va ijtimoiy hayotini tasvirlaydi. Masalan, bir

xalqning savol berish uslubi boshqa xalqlardan farq qilishi mumkin, bu esa uning tilidagi

strukturalar va kommunikatib maqsadlarning qanday shakllanishiga ta’sir qiladi.

So‘roq gaplarning tilda o‘rni, shuningdek, ular orqali ifodalangan ma’lumot va hissiyotlar

milliy tilshunoslikning markaziy jihatlaridan biridir. Ular nafaqat ma’lumot olish uchun, balki

shaxslar o‘rtasida muloqotni tashkil etishda, bir-birining fikrini aniqlashda, his-tuyg‘ularni izhor

qilishda va hatto jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatishda muhim vosita bo‘lib xizmat


background image

364

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

qiladi. Aynan shu nuqtai nazardan, so‘roq gaplar entnolingvistik birlik sifatida tilshunoslikda

o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Bu maqolada so‘roq gaplarning entnolingvistik birlik sifatidagi

ahamiyati, ularning milliy tafakkur va madaniyatni aks ettirishdagi roli, shuningdek, so‘roq

gaplar yordamida tilning etnik va milliy xususiyatlari qanday namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi.

So‘roq gaplar faqat nutqiy vosita sifatida emas, balki tilning ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini

aks ettiruvchi asbob sifatida o‘rganiladi. Bu yondashuv tilshunoslikda so‘roq gaplarning

kommunikativ funksiyalarini kengroq tushunish imkonini beradi.

Adabiyotlar tahlili va metod

So‘roq gaplar muloqotning hamda uning vositasi bo‘lgan tilning eng qadimiy davrlaridan

boshlab mavjud bo‘lgan lingvomadaniy birlik sifatida o‘zida juda katta etnomadaniy

xususiyatlarni jamlaydi.

Salomlashish, suhbatlashish, xayrlashishdan boshlab turli urf-odatlar va marosimlarda

so‘roq gaplardan foydalaniladi. Bu har bir xalqqa tegishli turli etnolingvistik odatlarni farqlashda

muhim asos bo‘ladi. Masalan, o‘zbeklarda salomlashilgandan so‘ng

Uydagilar yaxshimi? Bola-

chaqalar eson-omonmi?

deb so‘raladi. Bunda yosh, jins hamda boshqa ijtimoiy jihatlar hisobga

olinadi.

Bundan tashqari urf-odat, marosim va jarayonlarning o‘ziga xos etnik xususiyatlari

mavjud. Masalan, farzand tug‘ilganda uning jinsi haqida bilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri

o‘g‘ilmi

qizmi

deb so‘ralmaydi; uning mazmuni Oshmi, shavlami? Bo‘rimi, tulkimi? yoki Qandmi,

holvami? ba’zi shevalarda Mehmonmi, mezbonmi tarzidagi savollar orqali ifodalanadi.

Beshik yasatilib kelgan kechada yoshi ulug‘ ayollar to‘planib, beshik tuzashadi va

ulardan eng ulug‘i chaqaloqni qo‘liga olib “

mana bunday yotqizaymi?

” deb atayin beshikka

noto‘g‘ri holatni ko‘rsatadi, boshqa ayollar baravariga “

yo‘q

” deyishadi, u ayol yana boshqa

holatda “

bunday yotqizaymi?

” deb so‘raydi, ayollar yana “

yo‘q, yo‘q

” deyishadi. Uch-to‘rt marta

takrorlangandan so‘ng beshikka to‘g‘ri holatda “

mana bundaymi?

” deb so‘raydi, shundagina

haa

” deyishadi va chaqaloqni beshikka solib belashadi. Bu odat qadimda yovuz ruhlarni

chalg‘itish va bolaning hayotda o‘rnini to‘g‘ri topishiga ishora bo‘lgan.

So‘roqlar lingvomadaniy mazmun anglashilishida katta o‘rin tutadi. Masalan, o‘zbeklarda

biror xursandchilik xabar yoki yangilik bo ‘lganda, undan xabar topganlik va xursandchilikka

sheriklik mazmunida

Bu yog‘i oshmi endi? / Qachon osh qilib berasiz? / Oshga qachon eriysiz? /

Qachon yuvamiz?

(erkaklarda) tarzida tabrik jumlasi aytiladi. Bu jumlaga

Bitta osh sizdan

aylansin / Siz borgan kuni uyda osh / Aytganingizda tizza bo‘yi osh

deb javob beriladi.

So‘roqlar xursandchilik kunlar bilan bir qatorda xafachilik, azadorlik va motam

marosimlarida ham faol qo‘llaniladi. Ta’ziya bo‘lgan xonadon egalaridan “xafa bo‘lmay

o‘tiribsizlarmi?”, “charchamay kuzatib oldilaringizmi?” deb hol so‘raladi.


background image

365

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Agar kichik yoshli go‘dak olamdan o‘tgan bo‘lsa, uning onasidan “qo‘lingiz bo‘shab

qoldimi?”, “ovunchog‘ingizni yo‘qotib qo‘ydib xafa bo‘lmadingizmi?” deb hol so‘raladi. Janoza

payti va dafn marosimida “bu odam qanaqa edi?” deb so‘raladi. Mayit chiqqan xonadon egalari

uning yaqin tanishlaridan “otam yoki onam yaxshimidi, yomonmidi?” deb so‘raydilar. Shunda

tanishlari u odam haqida eslashib, uning hurmati uchun “otangiz yoki onangiz juda yaxshi odam

edi” deb sifatlaridan eslashadi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarida ham Alp Er To‘nga marsiyasi

keltirilgan. Marsiyada

Alp Er To‘nga o‘ldimi

Yuksak tog‘lar past bo‘ldimi

Endi yurak yirtilur

kabi misralar aytilgan.

Hozirgi kunda ham motam bilan bog‘liq marosimlarda ayollar baland tog‘lar past

bo‘ldimi?, o‘lganingiz rost bo‘ldimi? yoki qaro yerlar qattiqmikan?, yonboshingiz botdimikan?

tarzida so‘roq mazmunli jumlalar ishlatiladi.

So‘roq gaplar nikoh bilan bog‘liq marosimlarda ham muhim etnomadaniy ifoda hosil

qiladi. Sovchilikka borib kelgan kishilardan qiz tomon to‘yga rozi bo‘lganmi yo‘qliginimi “bo‘ri

bo‘ldingizmi yoki tulkimi?” deb so‘rashadi. Kelin-kuyovni birinchi nikoh kechasida katta yoshli

onaxonlar ko‘zgu ko‘rsatib “kunmi, oymi?” deb so‘rashadi. Shunda kuyov kun deb aytsa kelin

oy deb aytadi.

Nikoh o‘qish jarayonida ham so‘roq gaplar alohida o‘rin tutadi. Unda yigitdan kelinning

ismini otaismi bilan qo‘shib aytib, (uni)

tan mahramlikka qabul qildingizmi?

deb bir marta

so‘raladi. Qizdan esa yigitning ismini otaismiga qo‘shib (uni)

tan mahramlikka qabul

qildingizmi?

deb uch marta yoki undan ko‘p marta toki “

ha, qabul qildim

” degunigacha sabr

bilan so‘raladi. Masalan,

SUVON. Xo‘sh, Qo‘chqorbek Abdusattor o‘g‘li...

QO‘CHQOR (o‘rnidan turib). Labbay, taqsir?

SUVON. E, o‘tiring! Qo‘chqorbek Abdusattor o‘g‘li, siz Alomat Olimjon qizini o‘z inon-

ixtiyoringiz ila hasmingizga qabul etasizmi?

QO‘CHQOR. Hali tushuntirdim-ku, taqsir...

SUVON. «Ha» deng!

QO‘CHQOR. Ha! (Tomoq qirib qo‘yib.) Uch marta so‘ramaysizmi, taqsir?

SUVON. Nimangizdan uch marta so‘rayman, o‘lib turibsiz-ku? Mana, kelin bo‘lmishdan

uch bor so‘rasak arziydi. (Alomatga.) Siz, Alomat Olimjon qizi, Qo‘chqorbek Abdusattor

o‘g‘liga o‘zingizni tan mahramlikka bag‘ishladingizmi?


background image

366

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

(Alomat nigohini bir nuqtaga qadaganicha o‘tiraveradi.) Taqdiringizni bu kishiga o‘z

inon-ixtiyoringiz bilan qo‘shmoqqa rozimisiz? Alomat Olimjon qizi, o‘zingizni mana shu odamga

tan mahramlikka bag‘ishladingizmi?

Alomat yana indamaydi.

QO‘CHQOR. Uch marta bo‘ldi, Alomatxon...

SUVON. Iye, Qo‘chqorbek, bu yog‘i pishmaganmidi hali?

QO‘CHQOR. Hozir, taqsir... esingizdami?

Alomat hamon o‘sha ko‘yi qimirlamay o‘tirardi. Qo‘chqor nima qilishni bilmay, uning

atrofida aylanadi, sekingina boshqaruv blokini urib ko‘radi.

Suvon hayron.

(Sh.Boshbekov, Temir xotin)

Misolda nikoh o‘qish marosimi odatlari yumor asosida aks ettirilgan. So‘roqlar nikoh

marosimining asosiy mazmunini ifoda etadi. Berilgan so‘roqqa rozilik javobi nikoh o‘qilishiga

asos bo‘ladi.

O‘zbek lingvomadaniyatida ayniqsa, bo‘y yetgan qizlarda sevgi, muhabbat masalasida

o‘ziga xos hayo-ibo, nikohga rozi emasligini aytish me’yor sanaladi. Bunda so‘roqlar ba’zan

o‘zgartirilgan holda ham aytiladi. Masalan, yangi unashilgan qiz yoki yigitga “qalliq muborak

bo‘lsin” deb emas, balki “do‘ppngiz qutlig‘ bo‘lsin” deb tabrik aytiladi. Bu o‘zbeklarning o‘ziga

xos milliy belgisi – lingvokulturemasi sanaladi.

O‘zbek lingvomadaniyatida so‘roq gaplarning alohida genderologik farqlari bor.

Masalan, erkaklar nutqida

Qittay-qittay otamizmi?, Anavindan ketadimi?

kabi jumlalar

ishlatilsa bu shakllar ayollar nutqida qo‘llanilmaydi. Ayollar nutqida

Xo‘jayiningiz, bolalaringiz

yaxshimi?, Yengillab oldingizmi?

kabi savollar uchraydi.

Umuman olganda so‘roqlar lingvomadaniy jihatdan muhim element sanaladi. Buning

siyosiy, kasbiy, ijtimoiy va iqtisodiy asoslari ham mavjud. Bu jihatlar so‘roqlarning vazifaviy

tomonini ochib beradi. So‘roqlar muloqotda turli vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Ular:

1.

Ma’lumot olish uchun xizmat qiladigan sof so‘roqlar. Ular muloqotda biror

axborotga ega bo‘lish, biror ma’lumotni olish uchun qo‘llaniladi. Masalan,

Ismingiz nima?

Qayerda yashaysiz? Nima ish bilan shug‘ullanasiz?

kabi savollar yangi ma’lumot olish uchun

ishlatiladi va so‘roqlarning asosiy vazifaviy turini hosil qiladi.

2.

Imtiyoz beruvchi va vaziyatga moslashtiruvchi (adaptatsiya qiluvchi) savollar. Bu

savollar odatda yangi ma’lumot olish uchun berilmaydi, balki so‘zlovchiga avvaldan ma’lum

bo‘lgan va tinglovchini to‘g‘ri javob berishida ko‘p qiyinchilik tug‘dirmaydigan savollardan

iborat bo‘ladi. So‘roqlarning bu vazifaviy turi maqsadli suhbat va jarayonlarning samarali

kechishiga xizmat qiladi va odatda professional uslub uchun xos bo‘ladi. Masalan,

Ismingiz Shuhrat-a?


background image

367

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

– Ha.

– Yangi hayot ko‘chasida turasiz, shundaymi?

Shunday.

Sizga bir-ikki savolim bor edi.

bu kabi savollar yangi ma’lumot bermaydi, balki muloqotni boshlab olishga yordam

beradi. So‘roqlarning bu turidan ichki ishlar xodimlari surishtiruv isharini olib borishda

foydalanadilar. Dars mashg‘ulotlarida ham bu turning vazifaviy imkoniyatlari qo‘l keladi.

O‘qituvchi o‘quvchilardan

Bugun nechanchi sana?, o‘tgan darsi mavzusi nima bo‘lgan edi?,

Uyga qanday vazifa berilgandi?

deb so‘rash bilan o‘quvchilardagi faollikni oshiradi. Mazkur

savollarga osonlik bilan javob beradigan o‘quvchida keyingi savollarga ham javob berish

ishtiyoqi paydo bo‘ladi.

3.

Sinash, tekshirib ko‘rish uchun xizmat qiladigan savollar. Bu savol turlari

o‘qitishda, tergov jarayonlarida hamda ma’lumotlarni aniqlash, nomzodlarni tanlash paytida ko‘p

qo‘llaniladi. Psixologik tanlovlarda ham shu turdagi savollar orqali kishilar tabiatiga xos ayrim

muhim jihatlar tekshiriladi.

— Giyohvandlarning surati bormi?

Hamdam koʻkrak choʻntagidan beshta surat chiqarib, ikkitasini ajratdi:

— Mana bular. Koʻrsatdim, tanimadi.

— Bu yerga qachon kelishgan ekan?

— Uch kun oldin.

Zohid suratni olib, iziga qaytdi.

— Mana bularga diqqat bilan qarang. Shoshilmang. Birontasi uyingizga kelganmi?

Ayol sinchiklab qarab, bosh chayqadi.

— Yaxshilab eslang. Balki birontasi uch kun oldin kelib eringizga uchrashgandir?

— Kelsa bilardim. Adasiga uchrashishlari mumkin emas. Uch kun oldin u kishi

Yerevanda edilar.

— Qachon keldilar?

— Kecha ertalab kelib, choy-poy ichib keyin ishga ketdilar.

— Bu yerga notanish odamlar kelib turisharmidi, masalan, bir narsa soʻrabmi?

— Yoʻq, odam kam boʻladi uyimizda. U kishi doim ish bilan bandlar. Bekordan-bekorga

gaplashib oʻtirishni yoqtirmaydilar.

— Musallas soʻrab kelishmaydimi?

— Qoʻni-qoʻshnilar chiqib turishadi.

Dahlizga oq xalatli ayol kirib, Hamdamga nimadir dedi. Hamdam ichkari kirib

Zohidning qulogʻiga shivirladi:


background image

368

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

— Qonidan qoradori topilgan.

Zohid oʻrnidan turib dahliz tomon boshladi.

— Giyohvand yigitlaringiz qayerda?

— Oʻzimizda.

— Yuring, ular bilan gaplashishim kerak. — Zohid shunday deb tashqariga yoʻnaldi.

Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, koʻzlari chaqchaygan, ikkinchisining

qarashlari sovuq, oʻng yuzida uzun tirtiq bor edi. — Bilagingni koʻrsat, — dedi Zohid tirtiqqa. U

«shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, koʻylagining yengini shimardi. Labi

osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha

qolmadi.

— Kukunni qayerdan olardilaring? — deb soʻradi Zohid.

— Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, — dedi labi osilgan yigit.

— Menga ham ayt.

— Lola koʻchasida... oʻn... yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.

— Ikkoving birga borganmisan?

— Bir xil paytda man borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza

borardik.

Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni choʻntagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-

da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.

— Qara, Sharif akang qaysi biri? Yigit oʻrdakka oʻxshab lapanglab kelib

suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini koʻrsatdi. — Joyingga oʻtir, — Zohid shunday deb

suratlarning joyini almashtirdi-da, tirtiqni chaqirdi. U boshqa suratni koʻrsatdi.

— Oxirgi marta qachon boruvdilaring? — deb soʻradi Zohid.

— Uch kun boʻldi.

— Balki toʻrt kundir?

— Vey bratan, man oʻzim borganman. Soqqa yoʻgʻidi, qarzga bergan. Nishtyak odam u.

Oʻzini laboratoriyasi bor. Ayn moment tayyorlab beradi.

— Laboratoriyasiga kirganmisan?

— Kirganman-de. Shundoq chap tomonda.

— Ayvondan oʻtgandami?

— Ha-de, bilib turib soʻruvrasizmi? Zohid «bu yogʻiga nima deysiz?» deb Hamdamga

qaradi.

— Ayvonning oldi rommi?

Labi osilgan yigit oʻylanib qoldi.

— Rom boʻlsa kerak, — dedi ikkilangan holda.


background image

369

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

— Yolgʻon gapirma! — dedi Hamdam baqirib.

— Bratan, aldavotganim yoʻq.

Hamdam unga yaqinlashib, yoqasini changallab oʻrnidan turgʻizdi.

— Yolgʻon gapirma, xunasa, uyida boʻlmagansan. Ayvoni yoʻq uning.

Labi tirtiq birdan tutqanogʻi tutgan odamdek baqirib yubordi:

— Qoʻyvoring! Men kechasi borganman. Ayvoniga qarabmanmi, oʻzi zoʻrgʻa turuvdim.

— Borganmisan?!

— Ha, borganman!

— Uch kun oldinmi?

— Ha, uch kun oldin.

— Juda yaxshi! — Hamdam uni qoʻyib yubordi. — Menga shu kerak edi. Yozib qoʻying,

oʻrtoq prokuror. Borganini tan oldi. Endi bilib qoʻylaring: uch kun oldin u uyida oʻldirilgan!

Ikkala yigit avvaliga «xato eshitmadikmi?» degandek qarab oldi. Soʻng xuddi kelishib

olishganday Hamdamga baravariga dahshat bilan boqishdi.

— Yoʻq! — dedi tirtiq jon holatda.

— Nima yoʻq? — dedi Hamdam gʻolib kishining muloyim ovozida.

— Bormaganmiz.

— Oʻrtoq prokuror, bunisiga nima deysiz?

— Soqchini chaqiring, olib ketsin.

(T.Malik, Shaytanat)

Misolda keltirilgan savollar so‘roq qilinuvchi shaxsning ko‘rsatmalari qanchalik haqiqat

ekanini tekshirish uchun berilgan. Soha mutaxassisi savollardan kalit sifatida foydalanib, undan

haqiatni oydinlashtirishga, ya’ni giyohvand yigitning bu manzilga (Sharifning uyiga) bordim deb

aldamoqchi, tuhmat qilmoqchi bo‘layotganini aniqlagan. Tergovchi nutqidagi

Laboratoriyasiga

kirganmisan? Ayvondan oʻtgandami? Ayvonning oldi rommi?

kabi so‘roqlar aslida qarmoqqa

tushiruvchi savollar bo‘lib, so‘zlovchining rost yoki yolg‘on guvohlik berayotganini aniqlab

berishga xizmat qiladi.

Xulosa

So‘roq gaplar til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi va milliy xususiyatlarni aks

ettiruvchi muhim lingvomadaniy birliklar sifatida o‘rganiladi. Ular nafaqat axborot olish, balki

ijtimoiy munosabatlarni, his-tuyg‘ularni ifodalash, muloqotni tashkil etish va milliy tafakkurni

namoyon etishda katta rol o‘ynaydi. So‘roq gaplar yordamida xalqning madaniy qadriyatlari, urf-

odatlari va an’analari, shuningdek, til va madaniyatdagi o‘ziga xosliklar ko‘rsatiladi.

Har bir xalqning so‘roq berish uslubi, bu jarayondagi maqsadlar va yondashuvlar

tilshunoslikda alohida tahlil qilinadi.


background image

370

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

So‘roq gaplarning kommunikativ vazifalari ijtimoiy hayotda va muloqot jarayonida

qanday ahamiyatga ega bo‘lishi, til va madaniyatning o‘ziga xosligini o‘rganishda yordam

beradi. Ushbu tahlil so‘roq gaplarning milliy mentalitet va til madaniyatini ifodalashdagi o‘rnini

yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi.

REFERENCES

1.

"

O'zbek tili sintaksisi" - S.A. Azizxonov

2.

"O'zbek tilshunosligining asoslari" - A. Karimov

3.

"Tilshunoslikka kirish" - Sh. Sodiqova

4.

"O'zbek tili" - M.S. Yuldashev

Библиографические ссылки

"O'zbek tili sintaksisi" - S.A. Azizxonov

"O'zbek tilshunosligining asoslari" - A. Karimov

"Tilshunoslikka kirish" - Sh. Sodiqova

"O'zbek tili" - M.S. Yuldashev