2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
331
BUXGALTERIYA TIZIMLARINI AVTOMATLASHTIRISH:
SUN'IY INTELLEKT VA DASTURIY TA'MINOTNING AHAMIYATI
Shodiyev Kamoliddin
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti,
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
E-mail:
shodiyevkamoliddin91@gmail.com
Jumanazarov Ro‘zimurod
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali,
Buxgalteriya hisobi va auditi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi.
rozimurodjumanazarovv@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15089505
Annotatsiya.
Mazkur maqolada buxgalteriya tizimlarini avtomatlashtirish jarayonida
sun’iy intellekt va dasturiy ta’minotning ahamiyati tahlil qilinadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar
moliyaviy jarayonlarni tezkor, aniq va samarali boshqarishni ta’minlab, inson omili bilan bog‘liq
xatoliklarni kamaytiradi. Maqolada zamonaviy buxgalteriya dasturlari va sun’iy intellekt
texnologiyalarining qo‘llanilishi, ular orqali vaqt va resurslarni tejash usullari yoritiladi.
Shuningdek, ushbu texnologiyalarning kelajakda buxgalteriya sohasidagi rivojlanishiga ta’siri
ham muhokama qilinadi. Tadqiqotda real hayotiy misollar va mavjud dasturiy yechimlar tahlil
qilinib, ularning afzallik va cheklovlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, chatbotlar, Machine
Learning, buxgalteriya, bulutli texnologiyalari, ma’lumotlar bazasi, axborot texnologiyalari.
Kirish.
Bugungi kunda buxgalteriya va sun’iy intellekt (AI) o‘rtasidagi bog’liqlik katta
ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intelekt texnologiyalari buxgalteriya jarayonlarini
avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tez va aniq tahlil qilish, xatoliklarni aniqlash va moliyaviy
prognozlar qilishda qo‘llanilmoqda. Masalan, sun'iy intellekt yordamida buxgalteriya hisobotlari
avtomatik tarzda tayyorlanadi, auditorlik jarayonlari samarali o‘tkaziladi va risklar aniq bashorat
qilinadi. Shuningdek, AI buxgalteriya dasturlarini optimallashtirish va foydalanuvchilar uchun
qulay interfeyslar yaratishda yordam beradi. Natijada, sun'iy intellekt buxgalteriya sohasida
samaradorlikni oshiradi va xatoliklarni kamaytiradi.
Buxgalteriya tizimini avtomatlashtirish
– buxgalteriya jarayonlarini maxsus dasturiy
ta’minot va texnologiyalar yordamida avtomatik boshqarishga yo‘naltirilgan jarayon. Bu
yondashuv moliyaviy operatsiyalarni tezkor, aniq va samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
1.
Hisobotlarni tayyorlash, hisob-kitoblar va ma’lumotlarni qayta ishlash tezlashadi. Oddiy
qo‘lda bajariladigan ishlar avtomatlashtiriladi.
2.
Inson omili sabab yuzaga keladigan xatoliklar sun’iy intellekt yoki dasturiy tizimlar orqali
sezilarli darajada kamayadi.
3.
Zamonaviy tizimlar moliyaviy ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish va kompaniya faoliyati
bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
4.
Kadrlar va boshqa resurslarga bo‘lgan talab kamayadi, bu esa korxonalarga xarajatlarni
kamaytirishga yordam beradi.
5.
Avtomatlashtirilgan tizimlar orqali korxonalar moliyaviy holatni real vaqt rejimida
kuzatishlari va nazorat qilishlari mumkin
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
332
6.
Avtomatlashtirish orqali moliyaviy jarayonlar me’yoriy hujjatlarga muvofiq tarzda olib
boriladi, bu esa qonunbuzarliklarning oldini oladi
7.
Normativ hujjatlardagi oʻzgarishlarga, hisobot shakllariga, hisob-kitob qoidalariga va
hokazolarga qarab, dasturiy mahsulotlarni oʻz vaqtida yangilashni oʻz ichiga olgan
kompleks xizmat.
8.
Axborotni himoya qilish.
9.
Dasturiy ta’minot narxi
Bugungi kunda buxgalteriya dasturlarini etkazib berishda etakchi kompaniya 1C firmasi
hisoblanadi. Firma maxsuloti “1C:BUXGALTERIYA HISOBI” tashkilotning oʻziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda buxgalteriya siyosatining parametrlarini sozlash, dastlabki
hujjatlarni yaratish, hisobotlarni tuzish, tashkilotlarda buxgalteriya hisobi talablariga muvofiq
kataloglarni sozlash imkonini beradi .
Sun’iy intellekt va dasturiy ta'minot turlari: Buxgalteriyaga aloqadorligi va misollar.
Sun’iy intellekt (AI) va buxgalteriya o‘rtasidagi bog‘liqlik so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshdi,
chunki AI buxgalteriya sohasida avtomatlashtirish, tahlil va aniqlikni yangi darajaga olib chiqdi.
Asosan hisoblash va qaror qabul qilish tizimlarida ishlatiladigan jarayonlarni avtomatlashtirishni
o‘z ichiga oladi. Bir necha xil sun’iy intelekt turlari mavjud bo‘lib va ularning o‘ziga xos vazifalari
mavjud:
1.
Mashinaviy o‘qitish (Machine Learning).Ma’lumotlarni tahlil qilish va kelajakdagi
moliyaviy oqimlarni prognozlash uchun ishlatiladi.
Ushbu AI asosan moliyaviy xisobotlarning xatoliklarini aniqlash va xarajatlarni bashorat
qilish uchun foydalaniladi.
2.
Raqamli yordamchilar va chatbotlar. Mijozlarga hisob-kitoblar yoki to‘lovlar bo‘yicha
yordam beradi. Asosan Xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sun'iy intellekt.Bank to‘lovlari
bo‘yicha chatbotlarni ham misol tarzida aytishimiz mumkin
Dasturiy ta'minot va buxgalteriya o‘rtasidagi bog‘liqlik bugungi raqamli iqtisodiyotda juda
muhim ahamiyatga ega. Dasturiy ta'minot buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish,
xatoliklarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishda muhim vositadir.
1.
Buxgalteriya avtomatlashtirish dasturlari. Hisob-kitoblarni, ma’lumotlarni
kiritishni va hisobotlarni tayyorlashni avtomatlashtiradi.
2.
Bulutli buxgalteriya dasturlari.Ma’lumotlarni saqlash, ulashish va real vaqt
rejimida ularga kirishni ta’minlaydi.Qog‘oz hujjatlarga ehtiyoj kamayadi, ma’lumotlarni izlash va
boshqarish osonlashadi
3.
Tahliliy va audit dasturlari. Moliyaviy jarayonlar tahlili va qonunchilikka
muvofiqlikni tekshirishni osonlashtiradi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
333
XULOSA
Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda buxgalteriya sohasini tubdan o‘zgartirib,
buxgalterlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Zamonaviy buxgalteriya
jarayonlari tezkorlik, aniqlik va avtomatlashtirish bilan ajralib turib, hisob-kitoblarni samarali
integratsiyalashga innovatsion yondashuvlarni joriy etmoqda. Shaxsiy kompyuterlar, maxsus
buxgalteriya dasturlari va sun’iy intellekt (AI) yordamida qog‘ozga asoslangan ish jarayonlari
avtomatlashtirilgan tizimlar bilan almashtirildi. Bu nafaqat buxgalterlarning mehnat yukini
kamaytirdi, balki ish natijalarining sifatini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi.
Hozirgi kunda buxgalteriya faoliyatiga maxsus Internet-xizmatlar va sun’iy intellekt
texnologiyalari tatbiq etilmoqda. Ushbu xizmatlar onlayn operatsiyalarni, bank xizmatlarini va
axborot texnologiyalari portfellarini boshqarish uchun zarur vositalarni taqdim etadi. Bulutli
texnologiyalar, ya’ni ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun Internetda joy ijarasi xizmati,
buxgalteriya hisobini yanada soddalashtirish va samarali tashkil qilishda katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, uzluksiz Internet aloqasi kabi kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, bu
texnologiyalarni tatbiq etishda hal qilinishi zarur bo‘lgan muhim masaladir.
Sun’iy intellektning foydali jihatlari buxgalteriya jarayonlarini yangi bosqichga olib
chiqmoqda. Sun’iy intellekt yordamida:
Moliyaviy xatoliklar avtomatik aniqlanadi va tuzatish tavsiya etiladi.
Hisob-kitoblar va ma'lumotlar real vaqt rejimida tahlil qilinadi, bu esa tezkor qarorlar qabul
qilishga yordam beradi.
Firibgarlikni aniqlash tizimlari moliyaviy xavfsizlikni oshiradi.
Moliyaviy prognozlash orqali kelajakdagi xarajat va daromadlar bashorat qilinadi.
Bulutli texnologiyalarning afzalliklarini kengaytirish va uzluksiz Internet aloqasi
muammosini hal qilish lozim. Sun’iy intellektdan nafaqat ma’lumot tahliliga, balki strategik
rejalashtirish va xavflarni boshqarishga ham kengroq foydalanish kerak. Bundan tashqari,
buxgalterlar uchun zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus treninglar tashkil
qilish va milliy qonunchilikka mos dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish zarur. Ma’lumotlar
xavfsizligini oshirish uchun esa ilg‘or kiberxavfsizlik protokollarini joriy etish talab etiladi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
334
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning roli va
ahamiyati” - Teshaboyev Jamshidbek, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Buxgalteriya
hisobi va bank ishi kafedrasi asissenti
2.
Шамина, Е. В. Перспективы внедрения автоматизированных технологий в
бухгалтерский учет / Е. В. Шамина, А. А. Филимонов // Актуальные направления
научных исследований XXI века: теория и практика. — 2018. — № 2 (38). — С. 129-
132.
3.
Kunduzova, K. I. (2020). Ways to attract investment and improve its accounting.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 216-221.
4.
Qudbiyev, Nodir Tohirovich. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga oʻtish
dolzarbligi - Relevance of the transition to international financial accounting standards. SJ
international journal of theoretical and practical research, 1(2), 56–64.
5.
Shodiev, T., Turayey, B., & Shodiyev, K. (2021). ICT and Economic Growth Nexus: Case
of Central Asian Countries. Procedia of Social Sciences and Humanities, 1, 155-167.
https://doi.org/10.21070/pssh.v1i.37
6.
Shodiev, K. (2021). The entrepreneurship development on the basis of government–private
partnership and clustering in the touristic sphere. ResearchJet Journal of Analysis and
Inventions, 2(04), 177-183.
7.
Shodiyev, K. (2021). Optimization of production activity of the tourist
enterprise. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 6, 106-114.
8.
Mardonov, B., & Zikiryayev, S. (2024). BA’ZI GEOMETRIYA MASALALARINI
YECHISH USULLARI.
Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences
,
3
(7), 183-186.
9.
Axmadovich, M. B. (2020). Sfera sirtida joylashgan uchburchaklarni yechishning ba'zi
usullari.
Science and Education
,
1
(2), 23-27.
10.
Usarov, S., Zikiryaev, S., Mardonov, B., & Namazov, G. (2024, May). Numerical analysis
of the process of heat transfer in inhomogeneous media. In
AIP Conference
Proceedings
(Vol. 3147, No. 1). AIP Publishing.
11.
Aхмадович М. Б. . (2024). Интерактивные Веб-Технологии Для Развития
Логического Мышления Инженеров Будущего В Условиях Цифровой
Трансформации Образования.
Miasto Przyszłości
,
52
, 755–761. Retrieved from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4713
12.
Mardonov Baxodir Axmadovich. (2024). KELAJAKDAGI MUHANDISLARNI
RAQAMLI TA’LIM ASOSIDA O‘QITISH, SAMARALI VEB-KONTENT YARATISH
METODOLOGIYASI.
IJTIMOIY
FANLARDA
INNOVATSIYA
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
4
(9),
42–45.
Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/11916
