BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro ilg‘or tajribalarga tayanib, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga bilim berishda STEAM ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishni tashkil etish zarurligi, yangicha oʻqitish metodikasi, ko‘rgazmalilik, ko‘rsatmalilik va uzviyligi mujassamlashgan noan’anaviylikni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish jihatlari to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
343-349
85

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Tayirov, M. (2025). BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. Современная наука и исследования, 4(3), 343–349. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/71877
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro ilg‘or tajribalarga tayanib, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga bilim berishda STEAM ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishni tashkil etish zarurligi, yangicha oʻqitish metodikasi, ko‘rgazmalilik, ko‘rsatmalilik va uzviyligi mujassamlashgan noan’anaviylikni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish jihatlari to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan.


background image

343

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI STEAM TA’LIM

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Tayirov Mansur Anorboyevich

Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi.

+99899 552-65-09.

mtayirov.86@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15002514

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalqaro ilg‘or tajribalarga tayanib, boshlang‘ich ta’lim

o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga bilim berishda STEAM ta’lim texnologiyalari asosida

o‘qitishni tashkil etish zarurligi, yangicha oʻqitish metodikasi, ko‘rgazmalilik, ko‘rsatmalilik va

uzviyligi mujassamlashgan noan’anaviylikni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish jihatlari

to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

STEAM ta’limi, texnologiya, o‘qituvchi, o‘quvchi, mashg‘ulot, taraqqiyot,

innovatsiya, metod, integratsiya, ijodkorlik, ko‘nikma, malaka.

ADVANTAGES OF USING STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGIES BY PRIMARY

EDUCATION TEACHERS

Abstract.

In this article, relying on international best practices, primary education

teachers need to organize education based on STEAM educational technologies, new teaching

methodology, demonstrativeness, instructiveness, and ideas about the aspects of studying and

applying non-conventionalism embodied in unity are stated.

Keywords:

STEAM education, technology, teacher, student, training, development,

innovation, method, integration, creativity, skill, competence.

ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

STEAM ДЛЯ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В статье на основе передового международного опыта излагаются

идеи о необходимости организации учителями начальной школы обучения на основе

образовательных технологий STEAM при предоставлении знаний учащимся, а также об

аспектах изучения и применения нетрадиционных методов, к которым относятся новые

методы обучения, демонстрация, обучение и преемственность.

Ключевые слова:

STEAM-образование, технология, учитель, ученик, обучение,

развитие, инновация, метод, интеграция, креативность, навыки, компетентность.

KIRISH.

Bugungi kunda raqamli jamiyat va iqtisodiyotda kasblar bilan bog‘liq yuqori

texnologiyalarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda: jumladan, dasturchilar, tizim

muhandislari, IT mutaxassislari, biotexnologlar, loyiha rahbarlari va boshqalar.


background image

344

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Shu munosabat bilan, umumta’lim maktablarida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim

o‘qituvchilarining bugungi zamon talablaridan kelib chiqib maktab sub’ektlarini zamonaviy

texnologiyalar foydalanish bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi sezilmoqda.

Predmetlar, balki fanlararo bilim, ko‘nikma va malakalar ham shakllanishi uzoq davom

etadigan jarayondir. Umumta’lim maktablarda boshlangan va faqat an’anaviy usullardan

foydalangan holda olib borish ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda umumta’lim ta’lim muassasalarida STEAM ta’limi

texnologiyalaridan

foydalangan

holda

boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tomonidan

o‘quvchilarga ta’lim berishda global tendensiyalar va amaliyot bo‘yicha ko‘nikmalarga ega

bo‘lishi bu albatta, o‘quvchilarning dars jarayonlarida fanlarni o‘zlashtirishi va bilim, ko‘nikma,

malakalarni hosil qilishidan sezilmoqda.

STEAM ta’lim texnologiyalari asosan AQShda dastlab XX-asr oxirlarida ishlab chiqilgan

bo‘lib, umumta’lim maktablarining bitiruvchilarini keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar,

texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi va

dastlab, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimini ishlab chiqgan.

Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shib STEAM ta’limini oxirigacha shakllantirdi.

Boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’limning vazifasi o‘quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga

bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Ta’limda o‘quvchilarni bajaradigan ishini sevib

bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

STEAM ta’lim texnologiyalari asosida yondashish bu o‘quvchilarda muammoni keng

qamrovli tushunishda quyidagi muhim xususiyatlari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam

beradi.


background image

345

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

STEAM ta’lim asosida muammolarni keng qamrovli tushunish

Umumta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga

xalqaro tajribalar va jalb etilgan xalqaro konsultantlarning tavsiyalarini inobatga olib zamonaviy

texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim berishni, o‘qituvchilarni o‘quvchilarga ta’lim

berishda asosan STEAM texnologiyalari asosida yondashib ta’limni tashkil etish zarurligini

taqozo etmoqda.

Adabiyotlar tahlili.

Xalqaro adabiyotlardan “The Case for Use STEAM in Education”

nomli

maqola,

STEAM

yondashuvining

ta’limdagi

afzalliklari

“https://www.edutopia.org/article/case-using-steam-education”.

“The Essential Elements of STEAM Education” nomli kitob, STEAM darslarini

loyihalash uchun zarur bo‘lgan asoslar, “https://www.routledge.com/The-Essential-Elements-of-

STEAM-Education/Augustine/p/book/9781138559478”.

“STEAM Education: A Review of the Literature” nomli tadqiqot hamda STEAM

ta’limining faoliyati va dasturi “https://www.researchgate.net/publication STEAM Education A

Review of the Literature” (https://www.researchgate.net/publication STEAM Education A

Review of the Literature).

Shuningdek, yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida

belgilangan maqsad va vazifalar ijrosi yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish

bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli Farmoni, 2019-yilning 26-

noyabrdagi “Zamonaviy maktablar'ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son

qarorida umumta’lim maktablarini, shu jumladan, o‘quv sinflarini yangi shart-sharoitlarga mos

va qulay mebellar bilan jihozlash, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash,

o‘quvchilar uchun darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuterlar va multimedia texnikasi,

videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish,

innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu

jarayonning samaradorligini oshirishni nazarda tutgan holda muassasa rahbari va pedagogik

xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan. [1, 2,

3].

Tadqiqot metodologiyasi.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun STEAM (fanlarning

integratsiyasi: Science, Technology, Engineering, Art va Mathematics) ta’lim texnologiyalardan

foydalanish ta’limda qulay afzalliklarni taqdim etadi.


background image

346

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

STEAM ta’limi texnologiyalari usuli, ta’lim jarayonida fanlar orasida bog‘lanishni

ta’minlash, samarali o‘qitish, muammolarni yechish kabi muhim maqsadlarga erishishga yordam

beradi.

Bunda

birinchidan

, STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish texnologik va

innovatsion usullarni o‘rgatishga yordam beradi.

STEAM ta’limi texnologiyalari, o‘quvchilar nutqi rivojlanishi, dasturlash, robototexnika,

o‘z-o‘ziga tasniflash kabi yangi texnologiyalarni o‘rgatishga qulayliklar yaratadi.

Ikkinchidan

, STEAM ta’lim texnologiyalari asosida qo‘shma fanlar va integratsiya

yordamida bo‘limlar orasida ishlaganlikni yaxshilaydi. Bu usulda, o‘qituvchilar va o‘quvchilar

o‘rtasida ilm fanlarining integratsiyasi yordamida o‘qishni ko‘proq ma’noli hal qilishga olib

chiqadi.

Uchunchidan

, STEAM ta’lim texnologiyasi asosida usul muammolarni yechish uchun

yordam beradi. STEAM ta’limi, o‘quvchilarga yangi halqa ko‘rinishida savollarga qarshi yurish,

o‘z-o‘ziga tasnif usullari, oqibatga yo‘naltirish va izlanishning amaliy muammolarini

yechishlarini o‘rgatishda yordam beradi.

STEAM ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish usuli, ta’lim jarayonida yangi innovatsion

texnologiyalardan foydalangan holda, qo‘shma fanlar integratsiyasi va muammolarni yechishda

amaliy yordam beradi, bu esa o‘quvchilariga ilmiy fanlar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatib boradi.

Muhokama va natijalar.

Respublikamizning barcha hududlarida iqtidorli yoshlarni

aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochildi va faoliyat ko‘rsatib kelinmoqda.

Ular STEAM fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ldi.

STEAM ta’limi — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy

o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi.

U o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida (STEAM) ta’lim texnologiyasi:

Science (tabiiy fanlar),

Technology (texnologiya),

Engineering (muhandislik),

Art (san’at) va

Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan.

Bunda, o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq

oladilar.

STEAM ta’lim texnologiyalari asosida yondashganda o‘quvchilarda bir qancha quyidagi

qobiliyatlarni rivojlantirishda yordam beradi.


background image

347

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

STEAM ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantiriluvchi qobiliyatlar.

Boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’limdan foydalanish bu o‘quvchilarda tabiiy va texnik

fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishda, bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini

rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. [4, 21].

Yurtimizda bugungi kunda yosh avlodni yetuk barkamol avlod qilib tarbiyalash eng

muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifalarni bajarish, albatta pedagoglarga bog‘liqligi, shu

maqsadda yoshlarga bilim berishga katta e’tibor qaratish lozim.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, yoshlarni erkin fikrlash va mustaqil hayotga

yo‘naltirishimiz kerak. Bu borada umumta’lim maktablarida STEAM ta’lim texnologiyasi bizga

qo‘l keladi. STEAM — tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini

uyg‘unlikda o‘qitish uslubidir. STEAM ta’lim texnologiyasida nazariy va amaliy bilimlar

uyg‘unligiga e’tibor qaratiladi. STEAM ta’limi muhitida o‘quvchilar bilimga ega bo‘ladilar va

darhol undan foydalanishni o‘rganadilar. Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan 1-2 sinflarning

ona tili va o‘qish savodxonligi, tabiiy, matematika darsliklarida berilgan mavzularga STEAM

ta’lim texnologiyasi asosida yondashib, darslar tashkil etsa bo‘ladi. Xususan, tabiiy fanlarda har

bir mavzu nazariy ham amaliy tarzda berilgan.

Jumladan, 2-sinf tabiiy fanida Yer-sayyora mavzusi berilgan. Bu mavzuni o‘rganishda

o‘quvchilar nazariy bilim bilan birga amaliy mashg‘ulot ham o‘tkazishadi. O‘quvchilar yer shari,

quyosh modelini yasashadi. Bu bilan ular yer shari quyosh atrofida aylanishini amaliy bilib

oladilar shu bilan birga yer sharining global muammolarini bartaraf etish choralarini o‘ylab

topishadi. Biz shu mavzu asosida o‘quvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga,

ijodkorlikka undashimiz mumkin. Nafaqat darslarda balki sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham

STEAM ta’limi texnologiyasidan oqilona foydalanish kerak.


background image

348

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Mashg‘ulotlarni tashkil etishda kasb-hunar egalari taklif etilsa, ular o‘z kasblari haqida

nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘rsatib bersa, bu bolalarda yaxshi

XULOSA VA TAKLIFLAR:

STEAM ta’limi umumta’lim maktablarida boshlang‘ich

ta’lim o‘qituvchilari faoliyatini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar asosida

yondashuvni taklif etadi. Bu yondashuv ta’limni aralash turda olib borish va o‘quvchilarning

dars mashg‘ulotlarida egallagan nazariy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olish imkoniyatini

beradi. STEAM ta’lim texnologiyalari quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga

yordam beradi:

1.Fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitish: STEAM ta’limi orqali o‘quvchilar tabiiy

fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini bir-biri bilan bog‘liq holda

o‘rganishadi. Bu ularning fanlararo aloqani tushunishini oshiradi.

2. Amaliy qobiliyatlarini rivojlantirish: STEAM ta’limi o‘quvchilarda amaliy bilimlarni

qo‘llash, muammolarni hal qilish va ijodiy yondashuvlarni rivojlantirishga yordam beradi.

3.Ijodkorlik va innovatsion fikrlash: STEAM ta’limi o‘quvchilarda yangi g‘oyalar

yaratish, loyihalar ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini oshiradi.

4.O‘qituvchilarning

kompetensiyalarini oshirish: STEAM ta’lim texnologiyalari

boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini takomillashtirishga yordam

beradi. Bu esa ularning zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va o‘quvchilarga samarali

ta’lim berish qobiliyatini oshiradi.

5.Qiziqishlarni

kuchaytirish: STEAM

ta’limi o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan

qiziqishlarini oshirib, ularni bilim olishga rag‘batlantiradi. Bu esa o‘quvchilarning bilimlarni

yodda saqlashini mustahkamlaydi.

6.Ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalar: STEAM ta’limi o‘quvchilarning guruhda

ishlash, muloqot qilish va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish qobiliyatini oshiradi.

TAKLIFLAR:

1.STEAM ta’limini keng joriy etish: Umumta’lim maktablarida STEAM ta’lim

texnologiyalarini keng qo‘llash zarur. Bu borada o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga

zamonaviy usullar bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tashkil etish lozim.

2.O‘quv materiallarini yangilash: STEAM ta’limiga moslashtirilgan darsliklar, o‘quv

qo‘llanmalar va laboratoriya uskunalarini ta’minlash kerak.

3.O‘qituvchilarni qayta tayyorlash: Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini STEAM ta’lim

texnologiyalari bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning kompetensiyalarini oshirish zarur.

4.Amaliy

loyihalarni

rag‘batlantirish: O‘quvchilarni

amaliy

loyihalar

bilan

shug‘ullanishga undash va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish kerak.


background image

349

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

5.Xalqaro tajribalardan foydalanish: Rivojlangan mamlakatlarning STEAM ta’limi

bo‘yicha tajribalarini o‘rganish va ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish orqali ta’lim sifatini

oshirish mumkin.

STEAM ta’lim texnologiyalari zamonaviy ta’limning eng samarali usullaridan biri

hisoblanadi. U o‘quvchilarni nafaqat bilim bilan, balki amaliy qobiliyatlar, ijodkorlik va

innovatsion fikrlash bilan ham ta’minlaydi. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun STEAM

ta’limini qo‘llash orqali ular o‘quvchilarni kelajakdagi kasblar va hayotiy vaziyatlarga tayyorlash

imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu sababli, STEAM ta’limini keng joriy etish va uni rivojlantirish

zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-

637-son. https://lex.uz/uz/docs/-5013007

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta’limini boshqarish

tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5538-sonli

Farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 26-noyabrdagi “Zamonaviy

maktablar'ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son qarori.

4.

2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi.

5.

“The Case for Use STEAM in Education” nomli maqola, STEAM yondashuvining

ta’limdagi afzalliklari. https://www.edutopia.org/article/case-using-steam-education

6.

“The Essential Elements of STEAM Education” nomli kitob, STEAM darslarini loyihalash

uchun zarur bo‘lgan asoslar. https://www.routledge.com/The-Essential-Elements-of-

STEAM-Education/Augustine/p/book/9781138559478

7.

“STEAM Education: A Review of the Literature” nomli tadqiqot hamda STEAM

ta’limining

faoliyati

va

dasturi.

https://www.researchgate.net/publication/

STEAM_Education_A_Review_of_the_Literature

8.

“STEAM ta’lim tizimi nima?” https://www.integer.uz/steam

9.

“STEAM education for English learners” http://exclusive.multibriefs.com/ content/steam-

education-for-english-learners/

10.

“English Teachers: How You Can Use STEAM in Your Classroom” by Jennifer Gunn.

https://resilienteducator.com/classroom-resources/steam-lessons-english-classroom/

11.

Pedagoglar.uz jurnali. https://www.pedagoglar.uz/index.php/ped/issue/ view/48

12.

Tayirov M. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatiga qo‘yilgan talablar.

Journal of

Pedagogy and Psychology in Modern Education

, 2021, № 3.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. https://lex.uz/uz/docs/-5013007

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5538-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktablar'ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son qarori.

2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi.

“The Case for Use STEAM in Education” nomli maqola, STEAM yondashuvining ta’limdagi afzalliklari. https://www.edutopia.org/article/case-using-steam-education

“The Essential Elements of STEAM Education” nomli kitob, STEAM darslarini loyihalash uchun zarur bo‘lgan asoslar. https://www.routledge.com/The-Essential-Elements-of-STEAM-Education/Augustine/p/book/9781138559478

“STEAM Education: A Review of the Literature” nomli tadqiqot hamda STEAM ta’limining faoliyati va dasturi. https://www.researchgate.net/publication/ STEAM_Education_A_Review_of_the_Literature

“STEAM ta’lim tizimi nima?” https://www.integer.uz/steam

“STEAM education for English learners” http://exclusive.multibriefs.com/ content/steam-education-for-english-learners/

“English Teachers: How You Can Use STEAM in Your Classroom” by Jennifer Gunn. https://resilienteducator.com/classroom-resources/steam-lessons-english-classroom/

Pedagoglar.uz jurnali. https://www.pedagoglar.uz/index.php/ped/issue/ view/48

Tayirov M. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatiga qo‘yilgan talablar. Journal of Pedagogy and Psychology in Modern Education, 2021, № 3.