JAMIYAT TARAQQIYOTIDA YOSHLARNING ILMIY-TEXNIK SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING FALSAFIY JIHATLARI

Annotasiya

Mazkur maqolada jamiyatning barqaror rivojlanishi jarayonida yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanishning samarador usullari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va fan-texnika sohasidagi yutuqlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati yoritib beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
396-399
40

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Aliyev, N. (2025). JAMIYAT TARAQQIYOTIDA YOSHLARNING ILMIY-TEXNIK SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING FALSAFIY JIHATLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(2), 396–399. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/65849
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada jamiyatning barqaror rivojlanishi jarayonida yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanishning samarador usullari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va fan-texnika sohasidagi yutuqlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati yoritib beriladi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

396


JAMIYAT TARAQQIYOTIDA YOSHLARNING ILMIY-TEXNIK SALOHIYATIDAN

FOYDALANISHNING FALSAFIY JIHATLARI

Aliyev Nozimjon Nurullajon o’g’li

Toshkent davlat transport universiteti

Ijtimoiy falsafa ixtisosligi 2-bosqich doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14855129

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jamiyatning barqaror rivojlanishi jarayonida yoshlarning

ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanishning samarador usullari va imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va fan-texnika sohasidagi yutuqlari jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, ilmiy-texnik salohiyat, innovatsiya, texnologiya, ijtimoiy

rivojlanish, innovatsion g‘oya, fan va texnika, texnologik taraqqiyot.

Аннотация.

В данной статье анализируются эффективные методы и

возможности использования научно-технического потенциала молодежи в процессе
устойчивого развития общества. Освещается значение инновационных идей и
достижений молодежи в области науки и техники в обеспечении социально-
экономического развития общества.

Ключевые слова:

молодежь, научно-технический потенциал, инновации,

Технологии, Социальное развитие, инновационная идея, наука и техника, технический
прогресс.

Annotation.

This article analyzes the effective methods and possibilities of using the

scientific and technical potential of young people in the process of sustainable development of
society. Young people's innovative ideas and achievements in the field of Science and technology
highlight the importance of society in ensuring socio-economic development.

Keywords:

youth, scientific and technical potential, innovation, technology, social

development, innovative idea, science and technology, technological progress.

Kirish.

Zamonaviy jamiyat taraqqiyotining tezkor kechayotgan jarayonlarida yoshlarning

ilmiy-texnik salohiyati alohida o‘rin tutishi tobora kuchayib bormoqda. Inson kapitaliga
asoslangan iqtisodiyot modelida, xususan, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, yuqori
texnologiyali ishlab chiqarish sohalari va ilm-fan integratsiyasi sharoitida yosh avlodning
salohiyatini ro‘yobga chiqarish jamiyatni rivojlantirishning hal qiluvchi omiliga aylandi. Mazkur
maqolada jamiyat rivojlanishida yoshlar ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari
ijtimoiy-falsafiy tahlil qilinadi. G‘arb va Sharq faylasuflarining ilm, texnologiya hamda avlodlar
almashinuvi borasidagi fikrlariga murojaat qilinib, ularning mazkur masala yuzasidan ilgari surgan
mulohazalari hamda polemik jihatlari yoritiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

. Ilmiy-texnik salohiyat tushunchasi yoshlarning ilm-fan,

innovatsion texnologiyalar hamda tadqiqot faoliyatidagi bilimi, malakasi, ijodiy qobiliyatini
ifodalaydi. Inson har bir davrda texnik rivojlanish jarayonida asosiy subyekt sifatida maydonga
chiqsa ham, bugungi davrda aynan yoshlar yetakchi kuchga aylanib bormoqda. Chunki zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ta’lim platformalari, onlayn resurslar orqali
yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan erta shug‘ullanish, global tarmoq orqali ilg‘or tajribalarni
o‘rganish imkoniga ega bo‘lib qolishdi. Martin Haydegger texnologiyani inson borliqni anglash


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

397


va shakllantirish vositasi sifatida talqin etar ekan, insonning bu jarayondagi roli aslo passiv
bo‘lolmasligini, aksincha, faol ijodkor subyekt sifatida doimiy ravishda yangilikka intilishini
ta’kidlaydi [1,45]. Demak, yoshlar ilmiy-texnik salohiyatining kuchayishi – jamiyatdagi borliqni
yangilash jarayonining ayrim hollarda eng qudratli kuchlaridan biridir.

Ilm va texnika sohasida yoshlar roliga doir G‘arb faylasuflari o‘rtasida ham yirik

munozaralar kuzatiladi. Immanuil Kant aql-idrokni hayotiy tajribadan yuqori qo‘ygan, ya’ni inson
aqlining o‘zidan mustaqil bo‘lgan ideal mezonlari ishongan holda, jamiyatdagi ilm-fan
taraqqiyotini inson aqlining tabiiy mahsuli, yoshlarni esa shu jarayonning mushtarak ishtirokchisi
sifatida ko‘rgan edi [2,87]. Bunga javoban, Fridrix Nitshe individual ijodkorlik va hayotiy tajriba
(eksperimental ruh) masalasiga e’tibor qaratib, ijtimoiy konvensiyalardan qochish, ulug‘vorlikka
intilish yoshlarning tub mohiyatida borligini uqtiradi [3,54]. Nitshecha yondashuvda yosh avlod
texnik yangiliklarni ijtimoiy cheklovlarsiz tatbiq qilishga moyil bo‘lib, jamiyatda ba’zan
kelishmovchiliklar ham keltirib chiqarishi mumkin. Demak, bu ikki faylasufning qarashlarida ham
yoshlar va ilm-fan integratsiyasiga oid polemika mavjud: Kant ma’rifatli jamiyat qurish uchun
ilmiy bilishning ustunligi va yoshlarning aqlan yetuk bo‘lishini e’tirof etsa, Nitshe yoshlarning
yanada “tajovuzkor” fikr yuritishlari, qulay muhitni buzishga, ijodiy qiyofani shakllantirishga
intilishlarini tan oladi.

Sharq falsafasida esa – Al-Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida ilm bilan axloqning

tutashuvi, shaxsning yetukligini ta’minlash uchun jamiyatda muhitning qulay bo‘lishi zarurligini
qayd qiladi [4,71]. Bunda ilm-fan bilan shug‘ullanish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida, doimiy ravishda
ma’naviy tarbiya bilan uyg‘un kechishi lozim. Uningcha, agar ushbu uyg‘unlik buzilsa, ilm-fan
progressi o‘ta individual manfaatlarga bo‘ysunib, ijtimoiy nizolar paydo qiladi. Ko‘rinadiki,
G‘arbda texnik yangiliklar va yoshlar erkin fikriga urg‘u baland bo‘lsa, Sharqda axloqiy omilga
asoslangan chegaralanish tamoyili ustunroq ko‘rinish olgan. Ammo har ikkala maktab ham yosh
avlodni jamiyatning taraqqiyotini belgilovchi omil sifatida ko‘radi.

Tadqiqot metodologiyasi

. Yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish,

avvalo, ta’lim sifatiga va undagi innovatsion metodlarga bog‘liq. Jon Devey o‘zining “Democracy
and Education” asarida shaxsda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish kabi
ko‘nikmalarni shakllantirishda amaliy metodlarga, tajribaga tayanuvchi ta’lim uslubiga e’tibor
qaratadi [5,143]. Ushbu yondashuv zamirida yoshlarning o‘z tajribasi orqali “ilm-fan tili”ni anglab
yetishlari, real muammolarga yechim topishlari va shu orqali texnik salohiyatlarini
rivojlantirishlari ko‘zda tutiladi. Bundan ko‘rinadiki, Devey modeli – ijtimoiy faoliyatga
asoslangan pedagogik yondashuv – aynan yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qulay
imkoniyat yaratadi.

Jamiyat taraqqiyotida yoshlar ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanish faqat individual sa’y-

harakatlar bilan cheklanmasligi zarur. Bunda davlat siyosati, ijtimoiy institutlar – ilm markazlari,
tadqiqot institutlari, texnoparklar, grant dasturlari orqali muhim infratuzilma yaratish lozim.
Yurgen Habermas “The Theory of Communicative Action” asarida jamoaviy fikrni
shakllantirishda demokratik institutlar va ijtimoiy platformalar roli haqidagi fikrlarini bayon
etarkan, aynan yoshlarning faolligi ham siyosiy, ham iqtisodiy jarayonlarga yangilik kiritishi
mumkinligini ta’kidlaydi [6,122]. Bunda yoshlar jamiyat oldida paydo bo‘layotgan innovatsion
loyihalarda, ijtimoiy muammolarni texnik yondashuvlar bilan hal etish jarayonlarida yetakchi


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

398


mavqega ega bo‘lishi kerak. Shu tarzda, siyosiy dastur va ijtimoiy institutlarning holati yoshlar
salohiyatidan foydalanish darajasini belgilab beradi.

Alohida e’tibor berish kerak bo‘lgan masala – bu madaniy mentalitet hamda an’anaviy

qadriyatlarga egalik omilidir. Ayrim jamiyatlarda oilaviy, an’anaviy qadriyatlar jihatidan
yoshlarga o‘ta nazorat bilan qaralishi, “katta yoshlar” so‘zining ustuvorligi, ierarxik tuzilma hali
ham sezilarli darajada. Bunday muhitda yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ilmiy-texnik takliflari
to‘liq ro‘yobga chiqmasligi, passivlik yoki ijodiy potensialning so‘nishiga olib kelishi mumkin.
Konfutsiy “Lun Yuy” (“Analects”) asarida avlodlar o‘rtasidagi hamkorlikni tarbiyalashda,
shubhasiz, hurmat va odob tamoyillari muhimligini, ammo yoshlarga imkon berish, ularning
yangicha qarashlarini inkor etmaslik ham zarurligini eslatadi [7,39]. Shunday qilib, madaniy
mentalitetda an’ana va innovatsiyani uyg‘unlashtirish, yoshlar salohiyatiga zid kelmaydigan
jihatlarni ilgari surish ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi.

Tahlil va natijalar

. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, startap loyihalar, AKT (axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari) sektori yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini keng namoyon
etishlari mumkin bo‘lgan strategik maydon hisoblanadi. Yosh dasturchilar, muhandislar,
dizaynerlar hamda tadbirkorlar yangi onlayn platformalar, raqamli xizmatlar, ilovalarni yaratish
orqali iqtisodiyotning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqdalar. Ayniqsa, sun’iy intellekt, “Big
data” sohalarida yoshlar yangiliklar kashf etish yo‘lida avj pallaga chiqqanlari kuzatiladi. Agar
davlat va jamiyat bu sohadagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlasa, jahon bozorida raqobatbardosh
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish tizimlarini ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, tibbiyot, biotexnologiya, energetika yoki

nanotexnologiyalar kabi murakkab sohalarda ham yoshlar ilmiy-texnik salohiyati beqiyosdir.
Shubhasiz, yoshlarning ijodiy fikrlashi, tavakkal qilishga tayyorligi, yetarli bilim bazasi
mavjudligi ularga fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarda ilg‘or yondashuvlarni joriy etish
imkonini beradi. Ammo bu jarayon uchun zarur infratuzilma – laboratoriyalar, grant dasturlari,
yetakchi olimlar bilan hamkorlik tarmog‘i va ilmiy hamjamiyat ko‘magi – albatta ta’minlanishi
shart. Shu munosabat bilan, jamiyatda ilm-fan va amaliyot integratsiyasi kuchayishiga zarurat
ortib bormoqda.

Faol yoshlar nafaqat sof texnik kashfiyotlar yaratishda, balki ijtimoiy innovatsiyalar –

ta’lim uslublari, atrof-muhit muhofazasi, jamiyatdagi tenglik va adolatni kuchaytirishga qaratilgan
platformalar, davlat boshqaruvida onlayn-monitoring xizmatlarini joriy etishda ham katta rol
o‘ynashlari mumkin. Faloniy ijtimoiy muammo doirasida texnik echimlarni taklif etish, mahalla,
tuman va shahar miqyosidagi ijtimoiy loyihalarda ilg‘or texnologiyadan foydalanish – bularning
barchasi jamiyatda integratsion o‘zgarishlar qilishga hissa qo‘shadi. Mamlakatlar kesimida yosh
olimlar, mutaxassislar jamiyatdagi muammolarni hal qilishda texnik innovatsiyalardan
foydalanishlari orqali o‘zlarining yetukligini namoyon etmoqdalar. Shu tariqa ijtimoiy progressga
ham hissa qo‘shish imkoniyati vujudga keladi.

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagi tahlil shuni ko‘rsatadiki, jamiyat rivojlanishida

yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari keng ko‘lamli ijtimoiy-falsafiy
mazmunga ega. Birinchidan, yosh avlod texnika va ilm-fan sohasida tabiiy ravishda erkin fikr va
ijodkorlikka ega bo‘lib, jamiyatdagi mavjud cheklovlarni bartaraf etishga intiladi. Ikkinchidan,
Sharq falsafasidagi axloqiy tamoyillar va G‘arb falsafasidagi individning erkin izlanish huquqiga
urg‘u berish konsepsiyalari o‘zaro uyg‘unlashsa, yoshlar faoliyatida ijtimoiy mas’uliyat va ijodiy


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

399


fidoyilik o‘sishi mumkin. Uchinchidan, yoshlarning ilmiy-texnik salohiyati ijtimoiy institutlar,
davlat siyosati va madaniy muhit bilan mustahkam bog‘liq. Shu boisdan, har qanday jamiyat
yoshlar bilan birga o‘zining kelajak dasturini tuzishi, ularni ilmiy tadqiqotlar, innovatsion
loyihalar, raqamli iqtisodiyot, ijtimoiy islohotlar jarayoniga faol jalb etishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Heidegger, Martin. “The Question Concerning Technology and Other Essays.” Harper &
Row, 1977, pp. 45.

2.

Kant, Immanuel. “Critique of Pure Reason.” Cambridge University Press, 1998, pp. 87.

3.

Nietzsche, Friedrich. “Thus Spoke Zarathustra.” Penguin Classics, 1969, pp. 54.

4.

Al-Farabi. “The Virtuous City (Al-Madina Al-Fadila).” Oxford University Press, 1985, pp.
71.

5.

Dewey, John. “Democracy and Education.” Macmillan, 1916, pp. 143.

6.

Habermas, Jürgen. “The Theory of Communicative Action, Vol.1.” Beacon Press, 1984,
pp. 122.

7.

Confucius. “The Analects.” Oxford University Press, 1979, pp. 39.

Bibliografik manbalar

Heidegger, Martin. “The Question Concerning Technology and Other Essays.” Harper & Row, 1977, pp. 45.

Kant, Immanuel. “Critique of Pure Reason.” Cambridge University Press, 1998, pp. 87.

Nietzsche, Friedrich. “Thus Spoke Zarathustra.” Penguin Classics, 1969, pp. 54.

Al-Farabi. “The Virtuous City (Al-Madina Al-Fadila).” Oxford University Press, 1985, pp. 71.

Dewey, John. “Democracy and Education.” Macmillan, 1916, pp. 143.

Habermas, Jürgen. “The Theory of Communicative Action, Vol.1.” Beacon Press, 1984, pp. 122.

Confucius. “The Analects.” Oxford University Press, 1979, pp. 39.