YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING IJTIMOIY-SIYOSIY, HUQUQIY ASOSLARI

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil qilinadi. Yangi Oʻzbekiston konsepsiyasi doirasida qabul qilingan qonunlar, davlat siyosati hamda inson huquqlarini ta’minlashning innovatsion mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan jamiyatni demokratlashtirish, ochiqlik va oshkoralik, gender tengligi, inson qadri kabi tushunchalarning mazmun mohiyati yoritib berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Shokirov, M., & Ergasheva, I. (2025). YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING IJTIMOIY-SIYOSIY, HUQUQIY ASOSLARI. Современная наука и исследования, 4(2), 183–186. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/65295
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil qilinadi. Yangi Oʻzbekiston konsepsiyasi doirasida qabul qilingan qonunlar, davlat siyosati hamda inson huquqlarini ta’minlashning innovatsion mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan jamiyatni demokratlashtirish, ochiqlik va oshkoralik, gender tengligi, inson qadri kabi tushunchalarning mazmun mohiyati yoritib berilgan.


background image

183

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING

IJTIMOIY-SIYOSIY, HUQUQIY ASOSLARI

Shokirov Mubin Rustamovich

f.f.f.d (PhD) dotsent, Buxoro davlat pedagogika instituti

Ergasheva Iroda Qosimovna

Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

Telefon: +998(93) 624 42 07

ergasevairoda87@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14822944

Annotatsiya. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va

amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy

asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil qilinadi. Yangi Oʻzbekiston konsepsiyasi

doirasida qabul qilingan qonunlar, davlat siyosati hamda inson huquqlarini ta’minlashning

innovatsion mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya

qilishga qaratilgan jamiyatni demokratlashtirish, ochiqlik va oshkoralik, gender tengligi, inson

qadri kabi tushunchalarning mazmun mohiyati yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: Yangi Oʻzbekiston, inson huquqlari, demokratizatsiya, NNT, ommaviy

axborot vositalari, xalqaro huquq, adolatli sudlovni kafolatlash, haqqoniylik va adolat, inson

shaʼni, itimoiy tenglik.

СОЦИАЛЬНО-ПОЛИТИЧЕСКИЕ И ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ РЕАЛИЗАЦИИ ПРАВ

ЧЕЛОВЕКА В НОВОМ УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

В данной статье анализируются реформы в области защиты и

реализации прав человека в Новом Узбекистане, их социально-политические и правовые

основы, их соответствие международным стандартам. Изучены законы, принятые в

рамках концепции нового Узбекистана, государственная политика и инновационные

механизмы обеспечения прав человека.

Также разъяснен смысл таких понятий, как демократизация общества,

открытость и прозрачность, гендерное равенство, человеческое достоинство,

направленных на защиту прав человека в нашей стране.

Ключевые слова:

Новый Узбекистан, права человека, демократизация, НПО,

средства массовой информации, обеспечение справедливого суда, честности и

справедливости, человеческого достоинства, социального равенства.

SOCIO-POLITICAL AND LEGAL BASIS OF IMPLEMENTATION OF HUMAN

RIGHTS IN THE NEW UZBEKISTAN


background image

184

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Abstract.

This article analyzes the reforms in the protection and implementation of

human rights in New Uzbekistan, their socio-political and legal foundations, and their compliance

with international standards. Laws adopted within the framework of the concept of new

Uzbekistan, state policy and innovative mechanisms for ensuring human rights are studied.

Also, the meaning of concepts such as democratization of society, openness and

transparency, gender equality, human dignity, aimed at protecting human rights in our country,

has been explained.

Key words:

New Uzbekistan, human rights, democratization, NGOs, mass media,

employers, ensuring fair trial, honesty and justice, human dignity, social equality.

Kirish

Yangi Oʻzbekiston deb ataluvchi taraqqiyot bosqichida inson huquqlarini ta'minlash va

amalga oshirish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon qadimiy

tarix va milliy anʼanalarni chuqur oʻrganish, ulardan ilhomlanish orqali shakllanmoqda. Shu

jumladan, qadimgi Avesto asari inson huquqlari masalasini chuqur o‘rganishda muhim manba

sifatida xizmat qiladi.

"Avesto"

– Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, qadimgi O‘zbekiston hududida

shakllangan dunyoqarash, huquqiy va axloqiy me’yorlarni oʻzida mujassam etadi. Unda insonning

erkinligi, haqqoniylik va adolat tamoyillari ulugʻlanadi.

Masalan: Haqqoniylik va adolat: Avestoda adolat asosiy tamoyil sifatida talqin qilinadi.

Har bir insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati va huquqlari muhim ekanligi taʼkidlanadi.

Tabiat va inson munosabatlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ekologik huquqlar haqida

o‘sha davrda ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatiga ega, ya’ni Avestoda

inson va tabiat bir butun hisoblanib, tabiiy resurslarni saqlash zarurligi targ‘ib etiladi.

Shuningdek, Avestoda insonning shaxsiy huquq va erkinliklariga alohida e’tibor berilgan

bo‘lib, unda har bir insonning o‘z hayotini, e’tiqodini erkin tanlash huquqi qadrlanadi.

Mazkur kitobda

ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash, shu bilan

birga erkak va ayol o‘rtasidagi muvozanat g‘oyalari alohida belgilab berilgan.

Demak, Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda Avesto

go‘alari muhim ustivor ahamiyatga ega.

Mamlakatimiz taraqqiyoti va inson huquqlarini ta'minlashda

Qurʼoni Karim

ning

o‘rni

beqiyos. Qurʼoni Karimda inson huquqlari va erkinliklari masalasi ulkan ahamiyatga ega boʻlib,

ular adolat, tenglik, hurmat, va masʼuliyat kabi tamoyillar orqali ifodalangan.

Qurʼonda adolatni barqaror qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Allohning kalomida

aytiladi:


background image

185

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

"Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o‘z egalariga topshirishni va odamlar o‘rtasida hukm

qilganingizda adolat bilan hukm qilishni amr etadi" (Niso surasi, 58-oyat). Yangi Oʻzbekistonda

ham adolatli jamiyat barpo qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va inson huquqlarini qaror

toptirishda ushbu mezonlarga alohida e’tibor berilgan.

Xususan, Qurʼoni Karimda ilm olish barchaning burchi ekanligi, Zumar surasining 9-

oyatida "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladimi?"

1

deb ta’kidlanganligi Yangi

Oʻzbekiston taʼlim sohasida aholining bilim olishiga alohida eʼtiborni qaratish lozimligini

ta’kidlaydi.

Bugungi kunda Qurʼoni Karimdagi inson huquqlariga oid tamoyillar Yangi Oʻzbekistonda

amalga oshirilayotgan islohotlarga maʼnaviy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Bu esa mamlakatning barqaror va adolatli rivojlanishiga zamin yaratadi.

Oʻzbekiston bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlash borasida muayyan ishlar

amalga oshirikdi. So‘nggi yillarda “Yangi Oʻzbekiston” kontseptsiyasi doirasida inson huquqlarini

kafolatlash bo‘yicha tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada Oʻzbekistonda inson

huquqlari himoyasi sohasidagi davlat siyosati, qabul qilingan qonunlar va xalqaro maydondagi

hamkorlik masalalari tahlil qilinadi.

Bugungi kunda jamiyatimizda inson huquqlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda

Yangi Oʻzbekiston konsepsiyasi va huquqiy islohotlar, davlat rahbariyati tomonidan inson

huquqlari bo‘yicha qabul qilingan strategik hujjatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV ning

inson huquqlarini himoya qilishda olib borilayotgan ishlari alohida ahamiyatga ega.

Yurtimizda inson huquqlari himoya qilish, adolat va erkinlikni qaror topdirishda

quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarning o‘rni beqiyos.

1.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2.O‘zbekiston Respublikasining “Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi”;

3. O‘zbekiston Respublikasining “Ombudsman to‘g‘risida”gi qonuni;

4. Mehnat, gender tenglik va so‘z erkinligi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va boshqa

qonun osti hujjatlar.

Mazkur huquqiy hujjatlar xalqaro inson huquqlari bo‘yicha standartlarga mos bo‘lib,

bular xalqaro hamkorlik va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni, Oʻzbekistonning

BMTning inson huquqlari bo‘yicha organlari

2

bilan hamkorligini, Yevropa Ittifoqi, YXHT va

boshqa xalqaro tashkilotlar

bilan o‘zaro hamkorlikni, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro

konvensiyalar va O‘zbekistonning ulardagi ishtirokini ta’minlaydi.

1

Qarang1

Shayx Abdulaziz Mansur

Qurʼoni Karim

. Toshkent 2021-yil. “Sano-Standart” Zumar surasi 9-oyat.

2

Qarang2

BMTning inson huquqlari qo‘mitasining O‘zbekistonga doir hisobotlari (

https://www.ohchr.org/

)


background image

186

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Ayni damda yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga quyidagi

muammo va kamchiliklar ham ko‘zga tashlanmoqda.

1. Sud-huquq tizimidagi kamchiliklar;

2. Korrupsiya muammosi;

3. OAV va so‘z erkinligi masalasi.

Xulosa

qilib aytganda Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini amalga oshirishning

ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarini ta’minlashda so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va

xalqaro hamkorlik doirasida inson huquqlari borasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, hali

bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud.

Kelajakda davlat va fuqarolik jamiyati o‘zaro hamkorlikda inson huquqlari himoyasini

yanada mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilishlari lozim.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – 8-dekabr, 1992-yil (2023-yilgi tahrir).

2.

A.Saidov. “Inson huquqlari xalqaro huquqning tarkibiy qismi sifatida”, T.: Adolat, 2019.

3.

A.Jo‘rayev A. “Demokratik jamiyat va inson huquqlari”, T.: Fan, 2020-yil.

4.

Q.Xudoyberganov. “Inson huquqlari va ularning himoya mexanizmlari”, T.: O‘zbekiston,

2021-yil. 63-bet.

5.

G‘.Qosimova. “Yangi Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar va inson huquqlari”, T.: Huquq,

2022-yil.

6.

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan e’lon qilingan

Oʻzbekistonda inson huquqlari bo‘yicha ma’ruzalar.

Internet saytlari

7.

BMT

Inson

huquqlari

qoʻmitasining

Oʻzbekistonga

doir

hisobotlari

(

https://www.ohchr.org/

)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Ombudsmanining yillik hisobotlari (

https://ombudsman.uz/

).

9.

Freedom

House

tashkilotining

O‘zbekiston

bo‘yicha

hisobotlari

(

https://freedomhouse.org/

).

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – 8-dekabr, 1992-yil (2023-yilgi tahrir).

A.Saidov. “Inson huquqlari xalqaro huquqning tarkibiy qismi sifatida”, T.: Adolat, 2019.

A.Jo‘rayev A. “Demokratik jamiyat va inson huquqlari”, T.: Fan, 2020-yil.

Q.Xudoyberganov. “Inson huquqlari va ularning himoya mexanizmlari”, T.: O‘zbekiston, 2021-yil. 63-bet.

G‘.Qosimova. “Yangi Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar va inson huquqlari”, T.: Huquq, 2022-yil.

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan e’lon qilingan Oʻzbekistonda inson huquqlari bo‘yicha ma’ruzalar.

Internet saytlari

BMT Inson huquqlari qoʻmitasining Oʻzbekistonga doir hisobotlari (https://www.ohchr.org/)

O‘zbekiston Respublikasi Ombudsmanining yillik hisobotlari (https://ombudsman.uz/).

Freedom House tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha hisobotlari (https://freedomhouse.org/).