Authors

  • Sevinch Xasanboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63531

Keywords:

LegalTech raqamli yuridik xizmatlar platformasi xorijiy huquqiy adabiyotalar milliy huquqiy adabiyotlar chet el va milliy qonunchilik.

Abstract

Ushbu maqola bugungi kunda O‘zbekiston LegalTech sohasida yuridik xizmatlar platformasi mavzusining tahlili keng shaklda yoritilgan hamda unda hozir foydalanilayotgan platformalarimiz haqida ma’lumotlar keltirildi. Shu bilan birga yagona huquqiy xizmatlar paltformasini yaratish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. Xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribalari izchil o‘rganib tahlil qilindi. Milliy hamda chet el huquqiy adabiyotlari ham o‘rganib tahlil qilindi. Mavjud muammolar ko‘rib chiqilib yechim topishga haratkat qilindi. Shuningdek, ushbu mavzu yuzasidan muhokamalar hamda natijalar ham yoritib o‘tildi. So‘ngida qonunchilikka beriladigan takliflarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

711

O‘ZBEKISTONDA LEGALTECH SOHASIDA MILLIY RAQAMLI YURIDIK

XIZMATLAR PLATFORMASI

Xasanboyeva Sevinch Azizbek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs V potok 1-guruh talabasi.

sevinchxasanboyeva2006@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14739229

Annotatsiya

. Ushbu maqola bugungi kunda O‘zbekiston LegalTech sohasida yuridik

xizmatlar platformasi mavzusining tahlili keng shaklda yoritilgan hamda unda hozir

foydalanilayotgan platformalarimiz haqida ma’lumotlar keltirildi. Shu bilan birga yagona

huquqiy xizmatlar paltformasini yaratish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. Xorijiy mamlakatlarning

ushbu sohadagi tajribalari izchil o‘rganib tahlil qilindi. Milliy hamda chet el huquqiy adabiyotlari

ham o‘rganib tahlil qilindi. Mavjud muammolar ko‘rib chiqilib yechim topishga haratkat qilindi.

Shuningdek, ushbu mavzu yuzasidan muhokamalar hamda natijalar ham yoritib o‘tildi. So‘ngida

qonunchilikka beriladigan takliflarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar

: LegalTech, raqamli yuridik xizmatlar platformasi, xorijiy huquqiy

adabiyotalar, milliy huquqiy adabiyotlar, chet el va milliy qonunchilik.

NATIONAL DIGITAL LEGAL SERVICES PLATFORM IN THE LEGALTECH

SECTOR IN UZBEKISTAN

Abstract.

This article provides a comprehensive analysis of the topic of the legal services

platform in the LegalTech sector of Uzbekistan today, and provides information about the

platforms currently used. At the same time, a study was conducted to create a single legal services

platform. The experience of foreign countries in this area was consistently studied and analyzed.

National and foreign legal literature was also studied and analyzed. Existing problems were

considered and efforts were made to find solutions. Discussions and results on this topic were also

covered. Finally, proposals for legislation were also touched upon.

Keywords:

LegalTech, digital legal services platform, foreign legal literature, national

legal literature, foreign and national legislation.

НАЦИОНАЛЬНАЯ ПЛАТФОРМА ЦИФРОВЫХ ЮРИДИЧЕСКИХ УСЛУГ В

СФЕРЕ LEGALTECH В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье в широкой форме рассмотрен анализ темы

платформ юридических услуг в сфере LegalTech Узбекистана и представлена информация


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

712

об используемых нами в настоящее время платформах. Одновременно проводилось

исследование по созданию единой платформы юридических услуг. Последовательно

изучался и анализировался опыт зарубежных стран в этой сфере. Также была изучена и

проанализирована отечественная и зарубежная юридическая литература, рассмотрены

существующие проблемы и предприняты усилия по поиску решения. Также освещены

дискуссии и результаты, связанные с данной темой. В завершение также были обсуждены

предложения по законодательству.

Ключевые слова:

LegalTech, платформа цифровых юридических услуг, зарубежная

юридическая литература, национальная юридическая литература, зарубежное и

национальное законодательство.

KIRISH

O‘zbekistonda LegalTech sohasida milliy raqamli yuridik xizmatlar platformasi

huquqiy xizmat ko‘rsatishning muhim tarkibiy bo‘lagi hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat huquqiy

xizmatlar ko‘rsatish natijadorligini keskin oshiradi, balki fuqarolar tadbirkorlarning odil

sudlovga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda ahamiyatli o‘rin egallaydi.Shu

jumladan takidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida ham oxirgi yillarda “Raqamli

O‘zbekiston- 2030” strategiyasi ko‘lamida islohotlar amalga oshirilmoqda, shu vaqtgacha bir

qancha foydali yuridik xizmatlar platformalari mavjudligiga qaramay, biroq yuridik xizmatlar

sohasida yagona milliy raqamli platforma mavjud emas.Mamlakatimizda yuridik xizmatlar

bozorining hozirgi holati quyidagi muammoli vaziyatlarni ko‘rsatmoqda:

1.Huquqiy xizmatlar sifatini baholash tizimining yo‘qligi hamda

2.Huquqiy ma’lumotlarning tarqoqligi, yuridik hujjatlarni avtomatlashtirish

darajasining sust ekanligini keltirishimiz mumkin.

Ushbu mavzu yuzasidan bir qancha huquqiy adabyotlar va tadqiqotlarga to‘xtaladigan

bo‘lsak, Yakubov S.ning “O‘zbekistonda yuridik xizmatlarni raqamlashtirish: huquqiy asoslar

va istiqbollar”(2023) ilmiy maqolasi,Karimov B.”Elektron huquqiy xizmatlar platformalarini

rivojlantirish masalalari” TDYU axborotnomasi, (2022) shuningdek, Xodjayev B.ning

“O‘zbekistonda elektron huquqiy xizmatlar platformasi” nomli monografiyasida shu jumladan

xorijiy adabiyotlardan Richard Susskind “Tomorow’s Lawyers:An Introduction to Your

Future”(2023) Michele DeStefano “Legal Upheaval: A Guide to Creativity, Collaboration, and

Innovation in Law”(2022) bu masalaning huquqiy jihatlariga e’tibor qaratgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

713

Biroq, hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda yagona milliy raqamli yuridik xiizmatlar

platformasini yaratish borasida uning huquqiy oqibatlari yetarlicha o‘rganilmagan deb ayta

olish mumkin.Ushbu tadqiqotni maqsadi O‘zbekistonda mavjud milliy raqamli yuridik

xizmatlar platformalarini ko‘rib chiqqan holda izchil tahlil qilish hamda yagona raqamli yuridik

xizmatlar platfirmasini yaratish yo‘llarini ko‘rib chiqishdir. Maqsadga erishish uchun hal

qilinadigan aniq vazifalar shulardan iborat:

1.Raqamli yuridik xizmat ko‘rsatishning mavjud holatini tahlil qilish

2.Mavjud qonunchilikni xalqaro standartlar bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqish.

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqot LegalTech sohasida milliy raqamli yuridik xizmatlar platformasini

yaratish metodlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.Tadqiqotda ham miqdoriy, ham sifat

ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish uchun aralash metodlar yondashuvidan foydalanildi.

Bu yondashuv orqali:

LegalTech sohasidagi muammollar yanada kengroq o‘rganildi, bugungi kunda

platformaga bo‘lgan ehtiyoj darajasi aniqlandi, kerakli xalqaro tajribalar sifat borasida tahlil

qilib o‘rganildi.

Maqsad:

O‘zbekistonning

LegalTech sohasidamilliy raqamli yuridik xizmatlar

platformasini mukammal versiyasini yaratish va uni xorijiy tajribalardan foydalangan holda

takomillashtirib amaliyotga tadbiq qilish.

Vazifalar:

-

LegalTech sohasida hozirda mavjud bo‘lgan va foydalanilayotgan yuridik xizmatlar

paltformalarini vazifalaridan kelib chiqib tahlil qilish hamda ularga tayangan holda yangi

loyhaning tarkibini yaratish.

-

Milliy hamda xorijiy tajribalardan kelib chiqib,ularni amaliyotda qo‘llash choralarini

ko‘rish.

-

Bundan kelib chiqib ba’zi qonun hujjjatlarini joriy etish va mavjudlariga zarur bo‘lsa

qo’shimchalar kiritish.

Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud raqamli yuridik hizmatlar platformalari sifatida

quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

-

Lex.uz

-

Regulation.gov.uz

-

Norma.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

714

-

E-qaror

-

Advice.uz

-

Yurxizmat.uz

-

Public.sud.uz

-

My.sud.uz

-

AI.soliq

Lex.uz- huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasidagi davlatning asosiy huquqiy

axborot resursi bo‘lib, O‘zbekiston respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini

e’lon qiladigan yagona rasmiy manbadir

1

Regulation.uz-normativ-huquqiy hujjat loyhalari

muhokama qilinadi.

Norma.uz- qabul qilingan noramativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyhalari

tahlili,tadbirkorlik, buxgalteriya, yurisprudensiya va boshqa sohalar bo’yicha mualliflik

materiallari, elektron mahsulotlar hamda seminarlar anonslari har kuni chop etiladi.E-qaror-

2021-yil 1-iyuldan “e-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqilgan hokim qarorlariga

avtomatik tarzda raqam beriladi. Tizimda e’lon qilinadi.

Advice.uz- huquqiy axborot portalida jismoniy va oilaviy tadbirkorlik, ijtimoiy

masalalar, sog‘liqni saqlash kabi huquqiy masalalar, shu jumladan, fuqorolarni qiziqtirgan

masalalar bo‘yicha ma’lumot beradi.

Yurxizmat.uz- hozir O‘zbekiston Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy

axborot markazi tomonidan Legal Tech tizimi ishga tushirilgan.Tizimda 1226ta hujjat va

shartnoma mavjud.Public.sud.uz-sud hokimyatining rasmiy portali va O‘zbekistonda sud tizimi

ochiq va shaffof qilish, fuqaarolarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida

yaratilgan.

My.sud.uz- bu fuqarolar va tashkilotlar uchun sud xizmatlaridan masofadan foydalanish

imkonini beruvchi yagona elektron platforma.AI.soliq.uz- soliq qo‘mitasi sun’iy intellektga

asoslangan DavrOn nomli virtual yordamchi ishga tushirdi.U soliq to‘lovchilarga tegishli

ma’lumotlar va soliqqa tortish masalalar berishi mumkin.

2

Sanab o‘tilgan axborot tizimilarining yaratilishi foydalanuvchilar ortiqcha sarson

bo‘lishining oldini olishga, ularning vaqti va mablag‘ini tejashga, shuningdek, aholining

huquqiy bilimlarini oshirishga imkoniyat yaratib beradi.

1

Tojiyev F.O‘zbekistonda LegalTech sohasining ahamiyati//Huquq va burch-2023.

2

Tojiyev F.O‘zbekistonda LegalTech sohasining ahamiyati//Huquq va burch-2023.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

715

Xorijiy tajribalarga misollar

Buyuk Britaniya (Rocket Lawyer)

1.Oylik obuna asosida ishlaydi.

2.Yuridik hujjatlarni yaratish va saqlashni bajaradi.

3.Video-konferensiya orqali yuristlar bilan aloqaga chiqish.

4.Hujjatlarni elektron shaklda imzolash xizmati ham mavjud.

5.Mobil ilova yordamida xizmatlardan erkin foydalanish.

Niderlandiya (Law&More)

1.Huquqiy xizmatlarni standartlashtirish.

2.Ko‘plab sohalarda huquqshunosalarni birlashtirgan platforma

3.Avtomatik narx qo‘yish tizimi

4.Haqiqiy vaqt rejimida muloqot qilish.

Singapur (Themis)

1.Sun’iy intelekt vositalaridan yuqori darajada foydalanish.

2.Yuridik hujjatlarni tahlilni keng tahlil qilish.

3.Risk tahlili

4.Ko‘p bosqichli tekshiruv tizimi mavjud.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida quyidagi asosiy natijalar aniqlandi:

mamlakatda yuridik xiztamlarni

raqamalshtirish darajalari

,

bugungi kunda yuridik xizmatlarning 35% ni raqamli ko‘rinishda

taqdim etmoqda.

O'zbekistonda legal tech xizmatlarining joriy holati tahlili

Tadqiqot davomida O'zbekistonda legal tech sohasining hozirgi holati o'rganildi.

Natijalar quyidagilarni ko'rsatdi:mavjud raqamli yuridik xizmatlar infratuzilmasi,E-sud

tizimi orqali 2023-yilda 1.2 million fuqarolik ishlari ko'rib chiqilgan, notarial xizmatlarning

65% elektron shaklda amalga oshirilmoqda, Legal tech startaplar soni 2022-yilga nisbatan 40%

o'sgan, yuridik maslahat beruvchi chatbotlar 15 ta mavjud.

Asosiy muammolar va kamchiliklar: turli davlat organlarining yuridik ma'lumotlar

bazalari o'rtasida integratsiya mavjud emas, yuridik xizmatlarning 70% hamon an'anaviy usulda

ko'rsatilmoqda, Legal tech sohasida malakali kadrlar yetishmovchiligi (talab 2000 ta, taklif 500

ta mutaxassis), xavfsizlik va ma'lumotlar himoyasi bo'yicha yagona standartlar ishlab

chiqilmagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

716

Milliy va xorijiy qonunchilikdagi aksi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining”Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

to‘g‘risidagi Farmoni (PF-6079,2020)ga binoan ushbu sohaning rivojlanishi sabab bo‘luvchi

keng miqyosdagi islohotlar amalga oshirilagan. Xususan, elektron hukumat tizimini

takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini

yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek,

sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni

amalga oshirish boshlangan.

3

”Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunda elektron

hujjatlarda raqamli imzodan foydalanish tartibini aniq belgilangan

4

.”Elektron hukumat

to‘g‘risida”gi qonunda esa elektron davlat xizmat ko‘rsatish tartibi, yagona interaktiv davlat

xizmatlari portali faoliyatini tartibga soladi.

5

Xorijiy qonunchilik hujjatlariga yuzlanadigan bo‘sak,Singapurda “Legal Profession

(Law Practice Entities) Rules”- yuridik xizmatlarni raqamlashtirish va texnologik yechimlardan

foydalanishni tartibga soladi hamda onlayn yuridik xizmat ko‘rsatish standartlarini

belgilaydi.Shuningdek Buyuk Britaniyada esa "Legal Services Act 2007" - yuridik xizmatlar

bozorini liberallashtirish va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan."Courts and Legal Services

Act 1990" - elektron sud tizimini rivojlantirish asoslarini belgilaydi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida esa "Electronic Signatures in Global and National

Commerce Act (ESIGN)" - elektron imzolar va hujjatlarning yuridik kuchini tartibga soladi.Har

bir shtat o'zining onlayn yuridik xizmatlar ko'rsatish bo'yicha qonunlariga ega.

Evropa Ittifoqi:"eIDAS Regulation" (910/2014) - elektron identifikatsiya va

tranzaksiyalar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha yagona standartlarni o'rnatadi.

Janubiy Koreya: "Framework Act on Informatization Promotion" davlat xizmatlarini

raqamlashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish asoslarini belgilaydi"Digital Signature

Act" - elektron imzolardan foydalanish tartibini belgilaydi.

Milliy huquqiy hamda chet el huquqiy adabiyotlari

O‘zbek ilmiy maqolalaridan Yakubov S.”O‘zbekistonda yuridik xizmatlarni

raqamlashrish: huquqiy asoslar va istiqbollar” (Huquq va burch,2023)ni, Karimov B. “Elektron

huquqiy xizmatlar platformalarini rivojlantirish masalalari”(TDYU axborotnomasi, 2022) ni

3

“RAQAMLI O‘ZBEKISTON—2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA UNI SAMARALI AMALGA

OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

4

O‘RQ-793-сон 12.10.2022. Elektron raqamli imzo to‘g‘risida

5

O‘RQ-395-сон 09.12.2015. Elektron hukumat to‘g‘risida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

717

keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.Shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti

izlanuvchisi Furqat Tojiyevning “O‘zbekistonda “LegalTech”ni qo‘nishning ahamiyati”nomli

ilmiy maqolasini ushbu mavzuda ahamyatli jihatlari juda ko‘p.Bu borada Abdiraimov A.ning

“Elektron hukumat va xizmatlar sohasini raqamalashtirish xususiyatlari” ilmiy maqolasida

davlat organlarining samaradorlik koyeffitsientini oshirish, elektron hukumatni rivijlantirish

masalalari hamda hududlarni raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni

joriy etish ochib berish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar keltirilgan. Shu jumladan, xalq ta’limi,

davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida raqamlashtirishga doir nazariy va qarashlar

tahlil etilib, uning elementlari to‘liq yoritib berilgan.

Xorijiy huquqiy adabiyotlarga ingliz tilidagi kitoblarni Richard Susskind “Tomorrow’s

Lawyers:An Introduction to Your Future” (2023), Michele DeStefano “Legal Upheaval: A

Guide to Creativity, Collaboration, and Innovation in Law” (2022) va Mark Cohenning “Legal

Mosiac: Essays on Legal Technology and Innovation” (2023) kabi adabiyotlarni ushbu

mavzuga doir ahamiyatli ma’lumotlar keltirilgan deb ta’kidlashimiz joiz.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari ko'rsatishicha, O'zbekistonda milliy raqamli yuridik platforma

yaratish quyidagi ijobiy o'zgarishlarga olib keladi:

1. Iqtisodiy samara: yuridik xizmatlar bozorining hajmi 2025-yilga kelib 3 barobarga

o'sishi, yangi ish o'rinlari yaratilishi (taxminan 5000 ta), yuridik xizmatlar eksporti imkoniyati

paydo bo'lishi.

2. Ijtimoiy samara: aholining barcha qatlamlari uchun yuridik xizmatlar mavjudligining

oshishi, huquqiy savodxonlikning yuksalishi, korrupsiya xavfining kamayishi.

3.Texnologik samara: IT-industriyaning rivojlanishiga turtki, yuridik soha

raqamlashtirish darajasining oshishi, innovatsion yechimlarning joriy etilishi.

Biroq, platformani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi jihatlarga alohida

e'tibor qaratish lozim: qonunchilik bazasini takomillashtirish, xavfsizlik va shaxsiy ma'lumotlar

himoyasini ta'minlash, malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish.

Xalqaro tajribani inobatga olish Milliy raqamli yuridik xizmatlar platformasini

rivojlantirish uchun quyidagi qonunchilik tavsiyalari ishlab chiqildi:

1. “Elektron yuridik xizmatlar to'g'risida” qonun qabul qilish: Platformaning huquqiy

maqomini belgilash, xizmat ko'rsatuvchi sub'ektlarning huquq va majburiyatlarini aniq


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

718

belgilash, elektron shartnomalar va hujjatlarning yuridik kuchini ta'minlash, ma'lumotlar

xavfsizligi va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish talablarini o'rnatish.

2. "Elektron advokatlik faoliyati to'g'risida"gi nizomni ishlab chiqish: Masofaviy

yuridik maslahatlar berish tartibini belgilash, online format orqali mijozlar bilan ishlash

mexanizmlarini yaratish, elektron hujjat aylanishi standartlarini joriy etish

3.” Advokatlik faoliyati to'g'risida”gi qonunga o'zgartishlar kiritish: Online yuridik

xizmatlarni ko'rsatish imkoniyatini nazarda tutish, masofaviy ish shakllarini qonuniylashtirish,

elektron dalillar va hujjatlardan foydalanish tartibini belgilash

4.” Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida”gi qonunga qo'shimchalar kiritish: Davlat

organlari bilan elektron muloqot qilish tartibini belgilash, elektron hujjatlarni qabul qilish va

ko'rib chiqish muddatlarini o'rnatish

5. Fuqarolik protsessual kodeksiga o'zgartishlar kiritish: Online sud majlislarini

o'tkazish tartibini belgilash, elektron dalillarni taqdim etish va baholash qoidalarini ishlab

chiqish.

XULOSA

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, O'zbekistonda milliy raqamli yuridik xizmatlar

platformasini yaratish nafaqat huquqiy xizmatlar bozorini modernizatsiya qilishga, balki butun

huquqiy tizimni raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, aholining huquqiy himoyasini

kuchaytirish va mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonini tezlashtirishga xizmat

qiladi.Kelajakda ushbu yo'nalishda tadqiqotlarni davom ettirish, xususan, sunʼiy intellekt

texnologiyalarining yuridik sohadagi amaliy qo'llanilishi, ma'lumotlar xavfsizligi va

platformaning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini chuqurroq o'rganish tavsiya

etiladi.

T/R

Muammolar

Taklif va yechimlar

1

Yuridik xizmatlarni

raqamlashtirish sohasi tartibga

soluvchi qonun ishlab

chiqilmagani

“Elektron yuridik xizmatlar

to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish.

2

Fuqarolik kodeksida elektron

shartnoma tuzish shartlari

kiritilmagani

FKning 27-bobiga 364-moddaga

qo‘shimcha qilib elektron shartnoma

tuzish shartlari va tartibini kiritish.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

719

3

Yagona milliy raqamli yuridik

xizmatlar platformasi

yaratilmaganligi

Platformani yaratish va joriy etish

bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab

chiqish.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasining "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi Qonuni. 2004 yil

29 aprel, №611-II.

2.

O'zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonuni. 2015 yil 22 may,

№385.

3.

Richard Susskind. (2019). Online Courts and the Future of Justice. Oxford University

Press. ISBN: 978-0198838364

4.

Katsh, E., & Rabinovich-Einy, O. (2017). Digital Justice: Technology and the Internet of

Disputes. Oxford University Press. ISBN: 978-0190675631

5.

Barton, B. H. (2020). "Digital Age Legal Practice: Technology and the Standard of Care."

Oklahoma Law Review, 73(1), 101-148.

6.

Xalqaro tajriba: Singapur "Tech-ready" yuridik xizmatlar dasturi (2019-2023).

7.

European Commission. (2020). "2021-2027 Digital Europe Programme."

8.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasi

to'g'risidagi Farmoni. 2020 yil 5 oktyabr, №PF-6079.

9.

Ashley, K. D. (2017). Artificial Intelligence and Legal Analytics: New Tools for Law

Practice in the Digital Age. Cambridge University Press. ISBN: 978-1316622810

10.

Smith, R. (2019). "Digital Delivery of Legal Services to People on Low Incomes." The

Legal Education Foundation Research Report.

References

O'zbekiston Respublikasining "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi Qonuni. 2004 yil 29 aprel, №611-II.

O'zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonuni. 2015 yil 22 may, №385.

Richard Susskind. (2019). Online Courts and the Future of Justice. Oxford University Press. ISBN: 978-0198838364

Katsh, E., & Rabinovich-Einy, O. (2017). Digital Justice: Technology and the Internet of Disputes. Oxford University Press. ISBN: 978-0190675631

Barton, B. H. (2020). "Digital Age Legal Practice: Technology and the Standard of Care." Oklahoma Law Review, 73(1), 101-148.

Xalqaro tajriba: Singapur "Tech-ready" yuridik xizmatlar dasturi (2019-2023).

European Commission. (2020). "2021-2027 Digital Europe Programme."

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasi to'g'risidagi Farmoni. 2020 yil 5 oktyabr, №PF-6079.

Ashley, K. D. (2017). Artificial Intelligence and Legal Analytics: New Tools for Law Practice in the Digital Age. Cambridge University Press. ISBN: 978-1316622810

Smith, R. (2019). "Digital Delivery of Legal Services to People on Low Incomes." The Legal Education Foundation Research Report.