18
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
OLIY MAJLIS SENATI QONUN IJODKORLIGI FAOLIYATINING
KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
Mirzayusupov Shohrux Shavkatovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani o’qituvchisi.
Tel: 93-871-93-33
https://doi.org/10.5281/zenodo.14594256
Annotatsiya. Mazkur maqolada Oliy Majlis Senati qonun ijodkorligi faoliyatining
konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar: Konstitutsiyaviy qonunlar, normativ huquqiy hujjatlar, qonun ijodkorligi,
parlament, qonun loyihasi, qo‘mita.
CONSTITUTIONAL AND LEGAL FOUNDATIONS OF THE LAW-MAKING
ACTIVITIES OF THE SENATE OF THE OLIY MAJLIS
Abstract. This article discusses the constitutional and legal foundations of the law-making
activities of the Senate of the Oliy Majlis.
Keywords: Constitutional laws, regulatory legal acts, law-making, parliament, draft law,
committee.
КОНСТИТУЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ПРАВОТВОРЧЕСКОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СЕНАТА ОЛИЙ МАЖЛИСА
Аннотация. В данной статье рассматриваются конституционно-правовые
основы правотворческой деятельности Сената Олий Мажлиса.
Ключевые слова: Конституционные законы, нормативные правовые документы,
правотворчество, парламент, законопроект, комитет.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarining qabul qilinishi
normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Birinchidan bu, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik Palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati reglamenti to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi reglamenti to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar
loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
kiritish tartibi to‘g‘risida” qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamentini tasdmqlash to‘g‘risida” qarori kabi normativ
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
19
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
O‘zbekiston Respublikasida qonunlarni qabul qilish jarayoni yuqorida ko‘rib chiqqan
ko‘pchilik ikki palatali Parlament tizimidagi davlatlardan farq qilmaydi. Shunday ekan, qonun
ijodkorligi jarayonidagi Oliy Majlis yuqori palatasining roli ham ko‘p ham farq qilmaydi.
Qonun loyihasini tayorlash tartibi, qonun loyixasiga ilova qilinadigan hujjatlar, matniga
va matnning shakliga qo‘yilgan talablar, qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va Qonunchilik
palatisiga kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasigakiritish tartibi to‘g‘risida”
qonuni
1
da belilab qo‘yilgan. Qonun loyixasi Qonunchilik Palatasiga kiritilgandan so‘ng, qonun
loyihasi quyi palata tomonidan uch o‘qishda ko‘rib chiqiladi. Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi
muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga qo‘yiladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan
palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Shu yerda, kichik bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ikkita atama “Qonun
loyihasi” va “Qonun” ya’ni qachon biz qonun loyihasi atamasini va qachon qonun atamasini
qo‘llaymiz. Yuqorida keltirib o‘tilgan normativ huquqiy hujjatlarni tahlil qilish orqali, ushbu ikki
atamani qo‘llashda quyidagicha xulosaga keldik, qonunchilik tashabbusi sub’etlari tomonidan
tayorlangan normativ huquqiy hujjat loyixachi, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan
ma’qullangunga qadar “qonun loyihasi” atamasini ishlatamiz, Qonunchilik Palatasi tomonidan
ma’qullangandan boshlab qonun loyixasi esa “qonun” termini bilan ataladi. Ba’zi
konstitutsiyalarda, shu jumladan Rossiya qonunlarida, quyi palatadan qabul qilingan va yuqori
palataga yuborilgan qonun loyihasi qonun deb nomlangan. Rossiya Konstitutsiyasining 105-
moddasida: "Federal qonunlar Davlat Dumasi (quyi palata)tomonidan qabul qilinadi". Rus
huquqshunos olimi V.Ye. Chirkin bu fikrni rad etadi: Matn yuqori palatada ma’qullanganidan
keyin qonunga aylanadi, agar yuqori palataning veto qo‘ymaslik sharti bilan (agar shunday bo‘lsa,
unda quyi palataning qabul qilgan hujjatini qonun sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq emas)
2
.
Biz ham bu fikrga qo‘shilgan holda, qonun deb mamlakat Prezidenti tomonidan
imzolangandan keyin nomlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Demak, Qonun Oliy Majlis
Qonunchilik Palatasi qabul qilinganidan so‘ng, yuqori Palata Senatga kiritiladi. Senatga kelib
tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni dastlabki tarzda ko‘rib
chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo‘mitaga topshiriladi.
Senat qo‘mitalarining qonun muhokamasiga bag‘ishlangan majlislari ochiq o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun aytishimiz mumkin-ki, 2020 yil 28 fevral kuni Oliy Maljis Senatining
ikkinchi yalpi majlisida bir guruh yoshlar ham, bevosita, kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning
1
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 41-son, 406-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 11.05.2019 y., 03/19/536/3114-son
2
Chirkin V.Ye. Verxnyaya palata sovremennogo parlamenta: sravnitelno-pravovoe issledovanie. – M.:2015 g.,
https://studref.com/422333/pravo/verhnyaya_palata_sovremennogo_parlamenta_sravnitelno-pravovoe_issledovanie
20
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
muhokamasini kuzptish imkoniga ega bo‘lishdi. Zarurat bo‘lganda Senat qo‘mitalari yopiq majlis
o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilikka ko‘ra, qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning namoyandalari, mutaxassislar va olimlar, matbuot
organlari, televidenie, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi
mumkin.
Kelib tushgan takliflarni mas’ul qo‘mita qonun yuzasidan xulosa tayyorlayotganda
umumlashtiradi. Mas’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi
tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul
qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat
majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish ma’ruzachining mas’ul qo‘mita xulosasini
o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi
tartibida senatorlar so‘zga chiqishlari mumkin.
Muhokama natijalari asosida Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror
qabul qiladi. Shakllantirish jarayoni va faoliyati siyosiy kurashlardan holi bo‘lgan Senat siyosiy
partiyalar o‘rtasidagi raqobat maydoni hisoblanadigan bir palatali Oliy Majlis yoki Qonunchilik
palatasidan farqli ravishda populizmdan holi bo‘ladi. Shu sababli Senat ma’qullash yoki rad etish
orqali qonun siyosiy kurash vositasiga aylanib qolishining oldini oladi, ya’ni “qonunlar chiqarish
jarayonida uchraydigan populizm, lobbizm va yengil-yelpi, tor doiradagi manfaatlarga qarshi
turuvchi filtr sifatida ish tutadi”
3
.
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi.
Ammo O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori
bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi kerak.
Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurligi
to‘g‘risidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
3
Ameller M. Parlamentы (Per. s ang.). – M.: Progress. 1967.- 38-39-b.
21
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Xalqaro tijorat
arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni senatorlarga ko‘rib chiqish uchun
yuborildi. Oliy Majlis Senatining tashkil etilganidan buyon senatorlar tomonidan qonunlarni rad
etish tajribasi juda kam kuzatilgan, bu esa senatning qonun ijodkorligi jarayonida Senatning
ishtiroki yetarlicha emasligidan dalolat beradi. Ammo yuqorida nomi keltirib o‘tilgan qonun
senatorlar tomonidan rad etildi. Senatorlar ta’kidlaganidek, Qonunda qator konseptual
kamchiliklar mavjud. Masalan, Qonunning 3-moddasida uning qo‘llanilish sohasi belgilangan
bo‘lsa-da, xalqaro tijorat arbitraji tushunchasi va tamoyillari ochib berilmagan. Shuningdek, 6-
moddada Qonunning qo‘llanilish sohasini batafsil izohlash o‘rniga hal qilish uchun xalqaro tijorat
arbitrajiga topshirilishi mumkin bo‘lgan nizolar sanab o‘tilgan. Senatorlarning fikricha, ushbu
normada xalqaro tijorat arbitraji ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan nizo predmeti to‘liq yoritilmagan.
Bu va boshqa kamchiliklar tufayli Qonunni jiddiy takomiliga yetkazish zarurligi
ta’kidlandi
4
.
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan
kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari
orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Senatda kelishuv komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek
Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi
mumkin. Oliy Majlisining Cenati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan yuzaga kelgan
kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
kelishuv komissiyasini (bundan buyon matnda kelishuv komissiyasi deb yuritiladi) tuzish va uning
faoliyatini tashkil etish tartibi Oliy Majlis Palatalari tomonidan qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining Kelishuv komissiyasini tuzish va uning
faoliyatini tashkil etish Tartibi” bilan tartibga solinadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik
ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini
ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv
komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan senatorlar va Qonunchilik palatasi
deputatlarining alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har
bir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan
hisoblanadi. Kelishuv komissiyasi o‘z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qiladi.
Xulosaga qonunga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
4
El. Resurs: http://senat.uz/uz/lists/view/1142
22
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Xulosa Senat va Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari
tomonidan imzolanib, tegishincha Senat va Qonunchilik palatasiga topshiriladi.
Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik
palatasi tomonidan odatdagi tartibda qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Xorij tajribasi ko‘rsatishicha,
qonun mukammal bo‘lishi uchun birgalikda olib boriladigan harakatlar, palatalar orasidagi
hamkorlikning eng samarali vositasidir
5
. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan
taqdirda Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata tomonidan
ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma’qullamasa, u rad etilgan qonun
sifatida Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak.
Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilgan taqdirda,
qonun Senatga ma’qullash uchun zarur materiallar ilova qilingan holda besh kun ichida yuboriladi.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi uni
kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi
qaroriga rozi emasligini bildirsa, qonun ilgari qabul qilingan tahrirda ovozga qo‘yiladi. Agar
Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi
bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan hisoblanadi va imzolanishi hamda e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan o‘n kun ichida yuboriladi.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasida ilgari qabul qilingan
tahrirda ovozga qo‘yilganda ushbu qonun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismining
ovozini ololmasa, ko‘rib chiqilayotgan qonun qabul qilinmagan hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan
qonun bo‘yicha Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingandan keyin
kelishuv komissiyasi Qonunchilik palatasi va Senatning tegishli qarorlariga binoan tugatiladi.
Yuqorida biz, O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlariga asoslangan holda,
Oliy Majlis Senatining qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokining hozirgi holatini ko‘rdik.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aynan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlis Senatning qonun ijodkorligi jarayoni bilan bog‘liq bir qator masalalar xalq muhokamasiga
qo‘yilgan edi. Bular jumlasiga,
- senatorlarni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari qatoriga kiritish;
5
Gnezdilov M.Z. Zarubejnыy opыt organizatsii vzaimodeystviya palat parlamentov v zakonodatelnom protsesse //
Aktualnыe problemы gosudarstvennogo stroitelstva. Analiticheskiy vestnik № 34 (190), M., 2002, S.52-55
23
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
- Senatga kelib tushgan qonunning joylardagi muhokamasini tashkil etishning aniq
mexanizmini belgilash;
- Oliy Majlis Senatiga Qonunchilik palatasidan qabul qilingan qonunlarga tegishli
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish vakolatini berish masalalarini ilg‘or xorijiy tajribaga asosan
chuqur tahlil qilish va aniq takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi
6
.
Ushbu masalalar yuzasidan, xalq muhokamasi davomida, dasturda keltirib o‘tilgan bandlar
bo‘yicha ham ijobiy ham salbiy fikrlar bo‘ldi. Xususan, “dunyodagi ikki palatali parlamentga ega
bo‘lgan deyarli barcha davlatlarda yuqori palataga quyi palata qabul qilgan qonunlarni faqat
ma’qullash yoki ma’qullamasdan qaytarib yuborish vakolati berilgan, unga o‘zgartirish yoki
qo‘shimcha kiritolmaydi. Yuqori palatada qabul qilingan qonunlarga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha
kiritish vakolatining bo‘lishi jahon parlamentarizmi an’analariga, parlamentarizm nazariyasiga
ziddir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 41-son, 406-modda; Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019 y., 03/19/536/3114-son
2.
Chirkin V.Ye. Verxnyaya palata sovremennogo parlamenta: sravnitelno-pravovoe
issledovanie.
–
M.:2015
g.,
https://studref.com/422333/pravo/verhnyaya_palata_sovremennogo_parlamenta_sravnitel
no-pravovoe_issledovanie
3.
Ameller M. Parlamentы (Per. s ang.). – M.: Progress. 1967.- 38-39-b.
4.
El. Resurs: http://senat.uz/uz/lists/view/1142
5.
Gnezdilov M.Z. Zarubejnыy opыt organizatsii vzaimodeystviya palat parlamentov v
zakonodatelnom protsesse // Aktualnыe problemы gosudarstvennogo stroitelstva.
Analiticheskiy vestnik № 34 (190), M., 2002, S.52-55
6.
El. Resurs: https://regulation.gov.uz/uz/document/13624
6
El. Resurs: https://regulation.gov.uz/uz/document/13624
