SARATON (RAK) KASALLIKLARI HAQIDA

Аннотация

Ushbu maqolada saraton butun dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘limning asosiy sabablaridan biridir va bu holatlar bir-biri bilan tubdan bog‘liq ekanligi haqida so’z yuritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yunusova, K. ., & Rabbimqulov, S. . (2024). SARATON (RAK) KASALLIKLARI HAQIDA. Современная наука и исследования, 3(11), 74–76. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47460
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada saraton butun dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘limning asosiy sabablaridan biridir va bu holatlar bir-biri bilan tubdan bog‘liq ekanligi haqida so’z yuritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

74

SARATON (RAK) KASALLIKLARI HAQIDA

Kamola Alijonovna Yunusova

Toshkent tibbiyot akademiyasi katta o’qituvchisi.

Shahzod Sherzod o’g’li Rabbimqulov

Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14048749

Annotatsiya. U s h b u m a q o l a d a saraton butun dunyo bo‘ylab kasallanish va

o‘limning asosiy sabablaridan biridir va bu holatlar bir-biri bilan tubdan bog‘liq ekanligi
haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar: Saraton, yomon sifatli o'sma, destruksiya, kompressiya, intoksikatsiya,

o'smasimon hosilalar.

ABOUT CANCER DISEASES

Abstract. This article states that cancer is one of the main causes of morbidity and mortality

worldwide, and that these conditions are largely related to each other.

Key words: cancer, malignant tumor, destruction, compression, intoxication, tumor

formations.

О РАКОВЫХ ЗАБОЛЕВАНИЯХ

Аннотация. В этой статье говорится, что рак является одной из основных причин

заболеваемости и смертности во всем мире, и что эти состояния в значительной степени
связаны друг с другом.

Ключевые слова: рак, злокачественная опухоль, деструкция, компрессия,

интоксикация, опухолевые образования.

Saraton – organizmdagi har qanday aʼzo va toʻqimalarni zararlashi mumkin boʻlgan

kasallikni anglatuvchi umumiy atama hisoblanadi. Namoyon boʻladigan saraton belgilari ham
qaysi aʼzo va toʻqimani zararlaganiga koʻra turli xildir.

Saraton atamasiga sinonim boʻlgan tibbiy atama – bu “yomon sifatli oʻsma”dir. Bu holat

patologiyasida hujayralar DNKsida oʻzgarish roʻy berishi va biologik informatsiyaning buzilishi,
natijasida hujayralarning tartibsiz boʻlinib koʻpayishi va toʻqimalar hosil boʻlishi, yaʼni oʻsma
oʻsishi bilan namoyon boʻladi.

Yomon sifatli oʻsma – bu hujayralarning avtonom ravishda tartibsiz boʻlinib koʻpayishi

natijasida qoʻshni toʻqimalarga oʻsib kirish xususiyatiga ega boʻlgan hosiladir. Oʻsma oʻzida
hujayralar saqlashi bilan birgalikda qon tomirlar va maxsus qobiqqa ham ega boʻladi. Har qanday
oʻsma uni tashkil etuvchi hujayralar tipiga qarab, yaʼni gistologik tuzilishiga asosan
klassifikatsiyalanadi:

1. Saraton yoki karsinoma – epiteliy toʻqimasidan;

2.

Sarkoma – yogʻ, biriktiruvchi, suyak, mushak, limfa hamda qon tomirlaridan oʻsgan

hosila;

3. Leykoz

qon yaratuvchi hujayralardan oʻsuvchi;

4.

Miyeloma – suyak koʻmigidan oʻsuvchi;

5.

Limfoma – limfa toʻqimalaridan oʻsuvchi.

6.

Asosiy patologik oʻsmalar – saraton yoki karsinomaga toʻgʻri keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

75

Yomon sifatli oʻsma ikki bosqichda rivojlanadi: klinikagacha boʻlgan davr hamda klinik

belgilar yuzaga chiqish davri. Kasallikning asosiy kechishi klinik belgilargacha davrda boʻladi.

Bunda bemorni hech qanday simptomlar bezovta qilmaydi.
Saraton belgilari turlicha namoyon boʻladi, ayrim kasallikda ham yuzaga chiqishi mumkin

boʻlgan belgilar saraton hosil boʻlishidan ham darak berishi mumkin. Ammo, aynan saraton
kasalligiga xos boʻlgan ayrim belgilar mavjud, ular quyidagilar: obturatsiya, destruksiya,
kompressiya, intoksikatsiya, oʻsma o'sishi.

Obturatsiya.

Bu holat kovak aʼzolar boʻshligʻiga oʻsmaning oʻsishi natijasida kovak

aʼzolarda berkilish yaʼni tutilish belgilari namoyon boʻlishi bilan oʻziga xosdir. Obturatsiya
belgilari turli aʼzolarda turlicha kechadi:

- Qiziloʻngachda obturatsiya boʻlishi – yutinish qiyinlashuvi;
- Yoʻgʻon ichak chap yonbosh sohasi qismlarida oʻsma boʻlishi – ich kelishining buzilishi

,

qorin dam boʻlishi

, qorinda spazmatik ogʻrqlar boʻlishi

, koʻngil aynish belgilari

;

- Oshqozonning oʻn ikki barmoq ichakka oʻtish sohasida oʻsma hosil boʻlishi –

ovqatlangandan keyin oshqozonda ogʻirlik hissi boʻlishi, spazmatik ogʻriqlar, koʻngil aynishi kabi
belgilar;

- Siydik ayiruv aʼzolari ichida oʻsma oʻsishi – oʻtkir peshob tutilishiga olib keladi;
- Oʻt yoʻllarida yoki oʻt qopida oʻsma boʻlishi – oʻt dimlanishi va mexanik sariqlikka sabab

boʻladi.

Kovak aʼzolarda oʻsma hosil boʻlishida yuzaga keladigan belgilar sekin astalik bilan

rivojlanib boradi. Ayrim holatlarda oʻsmaning parchalanishi natijasida obturatsiya belgilari
kamayishi ham mumkin, ammo uning asorati jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Destruksiya.

Aʼzoning parchalanishi oʻsma toʻqimasining aʼzo ichiga oʻsib kirishi

natijasida roʻy beradi. Saratonning aʼzo ichiga oʻsib kirishi va biror bir mexanik taʼsir oqibatida
oʻsmani qon bilan taʼminlovchi tomirlar yoriladi va qon ketish roʻy beradi. Bu holat

esa anemiyaga

sabab boʻladi va quyidagi belgilar bilan namoyon boʻladi:

- Teri qoplamasining rangpar boʻlishi;

- Bosh aylanishi;

- Arterial bosimning pasayishi;
- Pulsning ipsimon boʻlishi;
- Yurak tonlari boʻgʻiqlashuvi. Destruksiya belgilari quyidagilardir:
- Toʻgʻri ichak va yoʻgʻon ichakda oʻsma oʻsishi ich kelganda qon kelishi;
- Qiziloʻngach va oshqozondagi oʻsmadan qon ketganda qusuq massasida qon hujayralari

aniqlanishi;

- Oʻpkada oʻsmadan qon ketishi balgʻamda qon ajralishi;
- Bachadonda oʻsmadan qon ketishi qindan qonli ajralamlar kelishi;
- Siydik qopidagi oʻsmadan qon ketishi esa peshobda qon kelishi bilan oʻziga xosdir.

Kompressiya.

Saraton toʻqimalarining aʼzodan oʻtuvchi nerv tolasi, qon tomirlarini ezib

qoʻyishi bilan kechadigan holat. Ikki xil patologiya bilan namoyon boʻladi:

- Ogʻriq;
- Aʼzo ish faoliyatining buzilishi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

76

Oʻsmaning aʼzolarni ezib qoʻyishi natijasida nerv tolalari ham siqiladi bu esa ogʻriq hissini

tugʻdiradi. Ogʻriq boshlanishi oʻsma oʻlchami katta boʻlganda boshlanadi. Avvaliga ogʻriq kuchi
boʻlmaydi, simillovchi, toʻmtoq xarakterda, keyinchalik esa kuchayib boradi va oxir oqibat chidab
boʻlmas darajada ogʻriq hissi seziladi. Turli aʼzolarda ogʻriq xususiyati ham turlicha koʻrinishda
namoyon boʻladi:

- Buyrak, oshqozon, jigar, oshqozon osti bezi, suyak sarkomasida ogʻriq sindromi

kasallikning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi;

- Qiziloʻngach va oʻpkalarda hosil boʻlgan saraton kuchsiz boʻlgan ogʻriq bilan namoyon

boʻladi;

- Tashqi aʼzolardagi oʻsmalar esa ogʻriq sindromisiz kechadi.

Intoksikatsiya

. Saraton natijasida organizmda moddalar almashinuvi buzilishi ham

kuzatiladi – oqsil, uglevod, yogʻ va mineral tuzlar almashinuvi izdan chiqadi. Bu esa ishtahaning
pasayishi, ozib ketish, umumiy holsizlik belgilari bilan namoyon boʻladi. Saratonning toksik
xususiyati koʻpincha jigar, oshqozon osti bezi, oshqozon oʻsmalarida kuchli namoyon boʻladi,
boshqacha qilib aytganda hazm qilish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan aʼzolar tizimi faoliyatiga
salbiy taʼsir etadi.

Oshqozonda paydo boʻlgan oʻsma intoksikatsiya belgilari bosqichma bosqich kuchayib

boradi. Avvaliga ishtaha pasayishi, ozib ketish, keyinchalik esa hazm jarayoning buzilishi,
ovqatlangandan soʻng oshqozon sohasida noqulaylik sezish, ovqatlanishdan butkul bosh tortish
kabi holatlar ham yuzaga keladi.

Oʻsmasimon hosilalar.

Oʻsmaning koʻrinishi yoki qoʻl bilan palpatsiya qilinganda

sezilishi onkologik jarayon boshlanganidan darak beradi. Lab va terida hosil boʻladigan oʻsma tubi
boʻladi va mexanik taʼsir natijasida qonaydi. Koʻkrak bezida esa yumaloq shakldagi qattiq hosil
aniqlanadi. Odatda oʻsma harakatchan boʻladi, yon atrof toʻqimalari bilan birgalikda
harakatlanadi, agar oʻsma aʼzo ichiga oʻsib kirgan boʻlsa yoki suyaklarda hosil boʻlsa
harakatlanmaydi.

Xalqaro ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan o’tkazilgan labaratoriya tahlilari asosida

shu narsa aniq bo’ldiki, saraton kasalligiga olib keluvchi sabablardan biri bu organizmda kislorod
yetishmasligidir.

REFERENCES

1.

Samieva G. U., Abdirashidova G. A., Sobirova Sh B. Prognostic value of cytokine
spectrum and their changes in primary and recurrent laryngotracheitis in children
Innovative research: problems of implementation of results and directions of
development. – 2017.

2.

Самиева Гульноза, Абдирашидова Гульноза, Курбанов Голиб Патогенетические
аспекты эндогенной интоксикации и ее влияние на течение различных форм
стенотического ларинготрахеита у детей Обозрение европейской науки. 2018.

3.

Utkurovna S. G., Bahtiyarovna S. S., Gulnoz A. Integrated Approaches to The
Diagnosis, Treatment, And Prevention of Stenosing Laryngotracheitis In Children
European Journal of Molecular & Clinical Medicine. – 2020.

Библиографические ссылки

Samieva G. U., Abdirashidova G. A., Sobirova Sh B. Prognostic value of cytokine spectrum and their changes in primary and recurrent laryngotracheitis in children Innovative research: problems of implementation of results and directions of development. – 2017.

Самиева Гульноза, Абдирашидова Гульноза, Курбанов Голиб Патогенетические аспекты эндогенной интоксикации и ее влияние на течение различных форм стенотического ларинготрахеита у детей Обозрение европейской науки. 2018.

Utkurovna S. G., Bahtiyarovna S. S., Gulnoz A. Integrated Approaches to The Diagnosis, Treatment, And Prevention of Stenosing Laryngotracheitis In Children European Journal of Molecular & Clinical Medicine. – 2020.