Oktabr, 2024-Yil
356
AMIRLIKNING MANG‘ITLAR DAVRIDA XONLIKLAR BILAN O‘ZARO
ALOQALARI VA TASHQI SIYOSATI
Rahmonov Oybek Ravshan o‘g‘li
Romitan tumani 18- maktab o‘qituvchisi
E-
Pochta:
https://doi.org/10.5281/zenodo.13925835
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Mang‘itlar sulolasining Qo‘qon xonligi, Xiva xonligi, Rossiya
va boshqa chet mamalakatlar bilan tashqi aloqalari va o‘zaro siyosiy aloqalari haqida bir qancha
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so`zlar:
Qo‘qon xonligi bilan o‘zaro aloqalar, Xiva xonligi bilan o‘zaro aloqalar,
Rossiya bilan aloqalar, Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro aloqalar.
ОТНОШЕНИЯ И ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА ЭМИРАТОВ С ХАНЬЯМИ В
ПРОБЛЕМНЫЙ ПЕРИОД
Аннотация.
В данной диссертации приводятся некоторые сведения о внешних
связях и взаимополитических связях династии Мангит с Кокандским ханством, Хивинским
ханством, Россией и другими зарубежными странами.
Ключевые слова:
Oтношения с Коканским ханством, отношения с Хивинским
ханством, отношения с Россией, отношения с европейскими странами.
XIX asrda Buxoro davlatchiligi tarixi mang‘itlarining navbatdagi hukmdori Amir Haydar
(1800-1825) podshohligi bilan boshlandi. U o‘z sulolasidan bo‘lgan boshqa tojdorlarga nisbatan
ko‘p jihatlari bilan o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida sezilarli iz qoldirgan, mang‘itlar
hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qator
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga erishgan. Bu hol, ayniqsa, uning tashqi siyosatida o‘z davridagi
g‘oyat murakkab xalqaro munosabatlarni to‘g‘irlab ola bilishida yorqin namoyon bo‘ldi. Amir
Haydar hukmronligining dastlabki o‘n yili ichida Buxoro davlati olib borgan tashqi siyosiy
diplomatik munosabatlarning ayrim qirralari haqida haqqoniy va yangi ma’lumotlar beruvchi
safarnomalar bugungi kunda davlatchilik tarixi masalalarini yanada chuqurroq tadqiq etishga
imkon tug‘diradi.
1805-yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasining boshlig‘i knyaz Adam
Charteriyskiy ko‘rsatmasiga binoan maxsus karvonda savdogar qiyofasida Orenburgdan
Buxoroga rus konfidentlaridan biri Habibulla Abdulov (bundan oldin ham bir necha maxfiy
topshiriq bilan bu yerga kelib ketgan) yuboriladi. U bu yerda rasman soxta pul yasashda ayblangan
Oktabr, 2024-Yil
357
va Buxoroga qochib kelgan rus fuqarolari teptyar-totorlarni Rossiyaga topshirish haqida
muzokaralar yuritadi, ammo aslida unga yuklatilgan asosiy vazifa Nodirshohning Buxoroda
yashashi taxmin etilgan nevarasini rus imperatori panohiga olib ketish va undan Rossiyaning O‘rta
Sharqdagi mustamlakachilik siyosatida foydalanish bo‘lgan. Ayni vaqtda unga “buxoroliklarning
Xiva va Eron bilan bo‘lgan munosabatlarining darajasi haqida xufya ma’lumotlar yig‘ish, bu
ishlarga boshqa Yevropalik davlat vakillari aralashayotani yo‘qmi, degan masalani ham aniqlash”
yuklatilgan edi. 1809-yilda Rossiyadan Buxoroga maxfiy suratda yana bir konfident poruchik
Adilnosir Subhonqulov yuboriladi. Savdo karvoni bilan kelgan bu “vakil” ham Buxoroning ichki
va tashqi ahvoli haqida, uning harbiy quvvati to‘g‘risida batafsil materiallar to‘playdi va bu
ma’lumotlar tartibga solinib, Orenburg gubernatori tomonidan Peturburgga jo‘natiladi.
1812-yilda Ost-Indiya kompaniyasi Peshovardan Afg‘oniston orqali Buxoroga o‘z vakili
Hofiz Muhammad Fozilxon ismli kimsan elchi sifatida Amir Haydar huzuriga yo‘llaydi. O‘sha
yili u Buxoroga kelib uning hukmdori qabulida bo‘ladi va amirga kompaniya rahbariyati hamda
Buxoroga Kashmir orqali inglizlar yuborgan asosiy elchi – Mir Izzatulloh nomidan bitilgan
nomalarni topshiradi. Hofiz Fozilxon o‘z taassurotalrini fors tilida bitilgan “Buxoro manzillari
tarixi” safarnomasida bayon qilgan. Xuddi shu yili yana Ost-Indiya kompaniyasi Hofiz
Fozilxondan keyin Buxoroga o‘zlarining asosiy elchilarini safarga otlantiradi. Bu elchilikka Said
Mir Izzatulloh boshchilik qiladi. Ular Kashmirdan o‘tib, sharqiy sarhadlardan Buxoro amirligi
tuprog‘iga kirib keladilar. Izzatulloh Buxoro amiri bilan ko‘rishgach, bu yerdan Markaziy
Osiyoning boshqa shaharlariga ham safar qiladi. U ham Fozilxon singari barcha taassurotlarini
maxsus hisobot tarzida yakunlab, Ost-Indiya rahbarlariga topshiradi. Ammo Said Mir
Izzatullohning safar esdaliklari Fozilxonning “Buxoro manzillari tarixi” asaridan farqli o‘laroq,
oradan sal fursat o‘tgach qisqartirilgan holda avval fransuz, so‘ngra to‘la ravishda ingliz tillariga
tarjima qilinib, kitob holida chop etiladi.
O‘tgan asrning dastlaki o‘n yili ichida Buxoro amirligiga kelib ketgan ana shu
“sayyohlar”ning qoldirgan safar taassurotlari mazmuni shuni ko‘rsatadiki, bu o‘zbek xonligi o‘sha
yillarda nafaqat O‘rta Sharq mintaqasida, balki jahon miqyosida ko‘tarilgan muhim xalqaro
muammolar bilan aloqador bo‘lgan.
Podsho Rossiyasi bosqinidan oldin O‘rta Osiyo hududidagi xoniklar, xususan, Buxoro
amirligi O‘rta Osiyodagi eng boy va qudratli davlatlardan biri hisoblanar, uning davlat qurilishi
hamda diplomatiyasi qo‘shni davlatar siyosatiga yuqori darajada ta’sir o‘tkazib kelar edi. Shu bois
ham ayni kunda bu davrdagi diplomatik munosabatlar, elchilik bordi-keldilariga oid nodir
Oktabr, 2024-Yil
358
qo‘lyozmalarni tadqiq etish – xalqimizga o‘zining haqiqiy o‘tmishini qaytarib berish muhim
vazifalarimizdan biridir.
Tariximizning o‘qilmagan sahifalariga ko‘z yuritish natijasida shunga amin bo‘lish
mumkin: 1860-yilda Buxoro taxtiga Amir Muzaffarning o‘tirishi bilan amirlikning xalqaro
aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Chunki xudi shu davrda Rossiya imperiyasining Turkiston
sarhadlariga tajovuz xavfi yanada ortdi. Aynan 1860 yildan boshlab Qo‘qon xonligi tasarrufidagi
Oqmachit (hozirgi Qizil O‘rda), Pishpek (Bishkek), Avliyo ota (Jambul), Turkiston shaharlarini
birin-ketin bosi olina boshladi. Ana shunday keskin bir vaziyatda Amir Muzaffarxon
markazlashgan Buxoro davlati hamda butun Turkiston hududini dushmanlardan saqlab qolish
uchun Angliya, Fransiya, Italiya va Turkiya sultonligi kabi eng qudratli davlatlar bilan o‘zining
ochiq va maxfiy dipomatik aloqalarini o‘rnatdi. Amirlik o‘z elchilari orqali Angliyaning
Hindistondagi vakillari va Turkiya sultonligi, shuningdek, Fransiya hamda Italiyaga harbiyo-
siyosiy aloqalari o‘rnatish takliflari bitilgan diplomatik nomalarni jo‘natdi. Bu haqda tarixchi
Hamid ibn Baqo Xo‘janing (O‘zFAning Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida
saqlanayotgan) “Tanzil al-amsol fikri-zikri bayon ul-ahvol” asarida to‘la ma’lumot beriladi. Asar
muallifi amirning Qo‘qon xonligi bilan birgalikda Vatan himoyasiga otlanish maqsadida amalga
oshirilgan diplomatik ustamonligi xususida shunday yozadi: “Biz va sizning o‘rtangizda do‘stlik
yuqori darajada bo‘lganligi uchun hech qachon sizlarga nisbatan dushmanlkni ravo ko‘rmaganmiz
va ko‘rmaymiz ham.
Bugun biz tomonidan yozilayotgan xat qaroriga asosan Sayxun daryosi ichki tomoni
bizniki, tashqi tarafi sizning mulkingizdir...”. “Shuningdek, Amir Muzaffar ikki davlat o‘rtasida
tijorat bordi-keldisini yo‘lga qo‘yish masalasini ham ko‘tardi” deydi muallif.
1
Albatta bu
harakatlar ortida harbiy texnik jihatdan kuchli salohiyatga ega g‘arb davlatlari orasidan ishonchli
ham siyosiy, ham harbiy ittifoqchi topish maqsadi yotganini yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu
harakatlar bilan amir Xo‘jandni o‘z himoyasiga olishga erishadi. Ma’lumki, bunga qadar Buxoro
va Angliya o‘rtasida yaxshi diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Masalan, ikki
mamlakat o‘rtasidagi bir yillik savdo hajmi 170 ming funt sterlingni tashkil etar, bu aloqalar esa
o‘z navbatida yildan-yilga rivojlanib borar edi. Shu sababdan ham amir Muzaffar iqtisodiy-siyosiy
hamkori – Angliyaning Hindistondagi general-gubernatori ser Jon Lourensga harbiy ko‘mak
so‘rab murojaat etadi. Elchi Muhammad Porsoxo‘ja orqali Kalkuttaga keladi va Buxoroning
1
Hamid ibn Baqo Xo‘janing (O‘zFAning Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan) “Tanzil al-
amsol fikri-zikri bayon ul-ahvol” asari
Oktabr, 2024-Yil
359
Angliyaga sodiqligini bildirib, inglizlardan harbiy ko‘mak – qurol-yarog‘, to‘plar, moliyaviy
yordam va imkoni bo‘lsa qo‘shin so‘raydi. General-gubernator esa aniq javob bermay, elchini
ortiga qaytarib yuboradi. Shu o‘rinda Muhammad Porsoxo‘ja to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak. U
kishi Buxoroda qozikalon (bosh sudya) lavozimida xizmat qilgan Inoyatullo Xojaning o‘g‘li
bo‘lib, unga amir Muzaffar davrida “Muftiy askariya” unvoni berilgan. Qonunshunoslik, tib va
boshqa ilmlar bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan elchi badiyatda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib,
ancha ma’noli she’rlar yozgan.
Buxoroda shuningdek, amir Abdul Ahad (1885-1910) hukmronlik qilgan yillarida tashqi
diplomatik va savdo-sotiq aloqalri ham ancha rivojlantirilgan edi. Ayniqsa, ushbu davrda ko‘proq
Rossiya bilan diplomatik aloqalarning amalga oshirilgnaligini manbalardan ko‘rishimiz mumkin.
Buxoro hukmdorining Peterburgga qilgan safarlari hisoboti sifatida “Ro‘znomai safari Fitirburx”
nomli ikki me’muar asar yozilgan bo‘lib, asar Buxoro amiri Abdul Ahad tilidan yozilgan va uning
1892-1893 yillarda Peterburgga qilgan safari kundaligi hisoblanadi. Uni Rossiya – Buxoro
munosabatlari tarixiga oid manba sifatida baholash mumkin. Ikkinchi asar “Ro‘znomai safari
chahorum ... ba Fitirburx” deb nomlanib, amir Abdul Ahadning 1906-yilda Peterburgga qilgan
safari tafsilotlarini o‘z ichiga oladi
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoq lozimki, Buxoro amirligi O‘rta Osiyo xonliklari, Xitoy,
jumladan Sharqiy Turkiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan
savdo-iqtisodiy aloqalari o‘rnatgan. Buxoro amirligi ayniqsa, Xitoy, jumladan, Koshg‘ar bilan
yaqin savdo munosabatlariga kirishgan. Buxoro Koshg‘ar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilishdan
tashqari Xitoyning O‘rta Osiyo xonliklari, Hindiston, Eron va Rossiya bilan savdo aloqalarida
vositachi rolini ham bajargan. Buxoro karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshg‘ar, Quqon
xonligi va Xiva xonligi, Afg‘oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar to‘plangan. Mazkur savdo
aloqalarida Buxoroning tashki savdo aloqalarida, uning ko‘shnilari Marv va Hirot aholisi alohida
rol o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil rus tovarlarini olib kelganligini alohida
ta’kidlanishi lozim. Bu ma’lumotlarni biz o‘sha davrda yashagan sayyoh-tarixchilar tomonidan
yozib qoldirilgan manbaalar va asarlar orqali o‘rganamiz. Bunday asarlarning mavjudligi bizga
tariximizni yanada yaqindan o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu asarlar nafaqat o‘zbek balki rus
hamda ingiliz tarixchilarining asarlaridir.
Oktabr, 2024-Yil
360
REFERENCES
1.
Амиров Г. Странствование Габайдуллы Амирова по Азии //Азиатский вестник.
СПб., 1825. № 1-6. С.110.
2.
Амиров Г. Ўша асар. 249 б.
3.
Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.: Наука, 1975. С.100.
4.
Ханыков Н.В. Описание Бухарского ханства. СПб., 1843. С.88-89.
5.
Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.: Наука, 1975. С.42.
6.
Мейендорф Е.К. Ўша асар. 130 б.
7.
Мейендорф Е.К. Ўша асар. 98 б.
8.
Эверсман Э. Рeисe вoн Oрeнбург нacҳ Буcҳaрa. Бeрлин. 1823.
9.
Будрин. Русские в Бухаре в 1820 году (Записка очевидца) //Туркестанский сборник.
Т.239. СПб., 1880. C..32.
10.
Новейшее описание Великой Бухарии //Азиатский вестник. СПб., 1825. № 1-6.
