MANG‘ITLAR DAVRIDAGI IJTIMOIY- IQTISODIY AHVOL

Abstract

Ushbu tezisda Mang‘itlar sulolasining o‘z zamonidagi ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, Mang‘itlar davrida aholining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, bozorlardagi ahvol, hunarmandlar va davlat ishchilarining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli haqida batafsil ma’lumot keltirib o‘tilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
f
353-355
8607

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu tezisda Mang‘itlar sulolasining o‘z zamonidagi ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, Mang‘itlar davrida aholining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, bozorlardagi ahvol, hunarmandlar va davlat ishchilarining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli haqida batafsil ma’lumot keltirib o‘tilgan.


background image


Oktabr, 2024-Yil

353

MANG‘ITLAR DAVRIDAGI IJTIMOIY- IQTISODIY AHVOL

Rahmonov Oybek Ravshan o‘g‘li

Romitan tumani 18- maktab o‘qituvchisi

E-

Pochta:

buxara152@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925833

Annotatsiya.

Ushbu tezisda Mang‘itlar sulolasining o‘z zamonidagi ijtimoiy- iqtisodiy

ahvoli, Mang‘itlar davrida aholining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli, bozorlardagi ahvol, hunarmandlar

va davlat ishchilarining ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli haqida batafsil ma’lumot keltirib o‘tilgan.

Kalit so`zlar:

Mang‘itlar sulolasi, mang‘itlar davrida ijtimoiy- iqtisodiy ahvol, aholining

iqtisodiy ahvoli, mamalakat iqtisodi.

СОТСИАЛНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СИТУАТСИЯ В ПЕРИОД ДОВЕРИЯ

Аннотацияю

В данной диссертатсионной работе даются подробные сведения о

сотсиално-экономическом положении мангитской династии в свое время, сотсиално-

экономическом положении населения в мангитский период, положении на рынках,

сотсиално-экономическом положении ремесленников. и государственные служащие.

Ключевые слова:

Мангитская династия, сотсиално-экономическое Оположение в

эпоху Мангита, экономическое положение населения, экономика страны.

XIX asrda amirlik chegarasi Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo viloyati Tojikistonnining

Panjikent Hisor vodiysi,Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari, Zarafshon daryosining yuqori oqimi

hududlarini, hozirgi Afg‘onistonning bir qismi, Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan

qismi, Qozog‘istonning Turkmanistongacha bo‘lgan barcha hududlarini o‘z ichiga oladi va 200

ming kmni tashkil etadi. Binobarin, amirlik hududi Ashtarxoniylar davridagiga nisbatan bir necha

martaga kengayadi. XVIII asrning ikkinchi yarimdan boshlab amirlik iqtisodiyotida rivojlanish

yuz berganligi, o‘z navbatida, aholi sonining oshishiga sabab bo‘ldi.XIX asrning birinchi yarmida

amirlik aholisi 2 million kishidan iborat edi. Aholing aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil etgan.

Amrlikda o‘zbeklardan tashqari tojik, turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, fors,

arab,yahudiy va boshqa xalqlar yashashgan. Aholining katta qismi o‘troq hayot kechirgan.

Aholining ijtimoiy tarkibini hukumron zodagonlar, ulamolar, diniy va dunyoviy muassasalar

xizmatchilari, savdogarlar, hunarmand va dehqonlar tashkil etgan. Amirlik iqtisodiyotida qishloq

xo‘jaligi yetakchi tarmoq edi. 90 foiz aholi shu tarmoqda mehnat qilardi. Sug‘oriladigan yerlarning

75 foiziga paxta ekilgan. Qolgan yerlarda bog‘, poliz va sabzavot mahsulotlari tog‘larda esa butun

Osiyoda mashhur tog‘ pistasi yetishtirilgan. Chorvachilik ham juda rivojlangan.Uning asosini


background image


Oktabr, 2024-Yil

354

qo‘ychilik tashkil etgan. Mavlakat yaylovlarida 12 million qo‘y boqilar edi. Ayniqsa, husundor

jingalak, qimmqtbaho teri beradigan qorako‘l qo‘ychiligi nihoyatda rivojlangan edi. “Qorako‘l

qo‘ylari” deb ataladigan qo‘yning vatani Qorako‘l bekligi bo‘lgan.

O‘rta Osiyo sharoitida hamma zamonlarda sun’iy sug‘orishlarsiz qishloq xo‘jaligini

rivojlantirib bo‘lmagan.Umuman olganda barcha sulolalarda qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orishga

asoslangan. Mang‘itlar davrida mehnat qurollari nihoyatda sodda bo‘lgan. Omoch asosiy

dehqonchilik quroli hisoblangan. Ot, ho‘kiz, tuya, eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan.

Amirlikda yer egaligining davlat, mulk, vaqf shakllari saqlanib qolgan. Yerlarning suvsiz dasht

yerlari ko‘chmanchi aholiga bo‘lib berilgan bo‘lib ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun

davlatga malum miqdorda soliq to‘lagan. Davlat yerlaring boshqa bir qismi hukumron sulola

a’zolariga davlat oldidagi xizmatlari uchun suyurg‘ol tarzida bo‘lib berilgan. Lekin mang‘itlar

hukumronligi davrida suyurg‘ol egalari Ashtarxoniylar davridagidek mavqedan mahrum etildi.

Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukumdorning chaqirig‘iga ko‘ra,

zarur holatlarda o‘z qoracherigi bilan ishtirok etishi lozim edi.Mang‘itlar davrida tanho in’om etish

kuchaydi. Tanhodor yerga emas, mansabining darajasiga qarab shu yerdan olinadigan soliqning

ma’lum qismiga egalik qilar edi. Xazinaga eng ko‘p soliq ham shu yerdan tushar edi.Vaqf

yerlarimasjid, madrasa, xonaqoh, maktabxona va maqbaralar uchun ajratiladigan yerlar edi. Bu

yerlar musodara qilingan davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga

vujudga kelar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf xarajatlari, shuningdek talaba,

mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan

daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavvali tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan edi.

Mang‘itlar davrida soliqlar nihoyatda ko‘payib ketganidan, mamlakat aholisi qiyin va og‘ir

hayot kechirardi. Hatto aholi qish uchun ham don dun to‘plashga qiynalar edi. Ammo xalq

benohoya katta kuch bilan ishlardi. Buning sababi esa soliqlarni to‘lash uchun pul jamlash edi.

Afsuski bu kabi og‘ir soliqlar xalqning tinka madorini quritdi. Shuning uchun ham bir qancha

qo‘zga‘alonlar amalga oshirildi oddiy xalq tarafidan. Bulardan biri 1821—25- yillarda amir

Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko’targan Miyonqol qo’zg’oloni edi. Bu

qo‘zg‘olonni juda katta qiyinchilik bilan bostirdilar.

To‘g‘ri sulola davrida aholining ijtimoiy ahvoli yaxshi bo‘lmagan ammo, amir Haydar

davrida ilm- fanga bo‘lgan e’tibor nihoyatda yuqorilab, aholiga ta’lim berishga katta e’tibor

qaratilgan.

Ahmad Donishning yozishicha, Haydar hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan,

xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangan. Haydar madrasalarda tahsil olib borish uchun Istanbul,


background image


Oktabr, 2024-Yil

355

Qobul va boshqa shaharlardan ko’plab qo’lyozma kitoblarni oldirgan. Uning o’zi muntazam

ravishda saboq bergan, madrasalarda dars o’tgan. Haydar «al-Fa-void al-alfiya» nomli fiqhning

xanafiya mazhabiga oid asar ham yozgan.

Uning hukmronligi davrida Buxoroda Chor minor va Xalifa Nyayozqul madrasasi (1807),

masjidlar, xonaqohlar, hammomlar qurilgan, Xalfa Xudoydod majmuasi qurilishi davom

ettirilgan. Buxoroda Haydar onasiga atab maxsus Madrasa, Qarshida Ali madrasasi va Mir

Muhammad madrasasini ham qurdirgan.

Mang‘itlar sulolasi nafaqatta’lim sohasida balki adabiyot sohasida ham bir qator

yangiliklar qilgan va adabiyotni rivojlantirgandir. Mang‘itlar davrida tarix va adabiyot sohasida

juda mashxur asarlar yozib qoldirilgan, hatto amirlar orasidan ham adabiyot bilan

shug‘ullanganlari mavjud bo‘lgan.

1

Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligi Mang‘itlar sulolasi davrida ijtimoiy- iqtisodiy

jihatdan anchayin og‘ir ahvolga tushdi. Xalqning soliqlardan qiynalishi, savdo- sotiqning rivoji va

shu bilan birga soliqlarning yanada oshishi xalq noroziliklariga ham sabab bo‘ldi. Shuning bilan

bir qatorda mamlakatda ta’lim, adabiyot va san’atga ham katta e’tibor qaratildi, amir Haydar

davrida o‘z cho‘qqisiga yetdi.

REFERENCES

1.

Raxmatov M. Mang‘itlar urug‘i tarixidan.// O‘zbekiston tarixi ѐsh tadqiqotchilar nigohida.

T.: ―O’zbekiston.2010.27-bet.

2.

Маджлисов А.Аграрные отношения в Восточной Бухаре XIX-нач. XX в. Душанбе-

Алма-Ата: Ирфон.1967. С-53.

3.

Rajabov K. Xasanov F. Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi (XIX

asr o‘rtalari-1917 yil fevral). O‘zME. 12-jild. 159-164-betlar.

4.

Кисляков Н. А Патриархально-феодальные отнашения среди оседлого сельского

населения Бухарского ханства в конце Х1Х-начале XX вв. - М.-Л.: Изд-во АН СССР,

1962. - С. 43

5.

A.Donish Navodirul vaqoe. T: «Fan», 1964, 232-233-betlar.

1

А.Donish Nvodir- ul vaqoye. T: 1964,232-233- betlar.

References

Raxmatov M. Mang‘itlar urug‘i tarixidan.// O‘zbekiston tarixi ѐsh tadqiqotchilar nigohida. T.: ―O’zbekiston.2010.27-bet.

Маджлисов А.Аграрные отношения в Восточной Бухаре XIX-нач. XX в. Душанбе-Алма-Ата: Ирфон.1967. С-53.

Rajabov K. Xasanov F. Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi (XIX asr o‘rtalari-1917 yil fevral). O‘zME. 12-jild. 159-164-betlar.

Кисляков Н. А Патриархально-феодальные отнашения среди оседлого сельского населения Бухарского ханства в конце Х1Х-начале XX вв. - М.-Л.: Изд-во АН СССР, 1962. - С. 43

A.Donish Navodirul vaqoe. T: «Fan», 1964, 232-233-betlar.