TURLI O‘QITISH METODIKASI VA YONDASHUVLARNING SAMARADORLIGI

Аннотация

Ushbu maqolada ta`lim jarayonida zamonaviy innovatsion hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, metodologik asoslari hamda imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Azimova, N. (2024). TURLI O‘QITISH METODIKASI VA YONDASHUVLARNING SAMARADORLIGI. Современная наука и исследования, 3(10), 4–8. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/43587
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ta`lim jarayonida zamonaviy innovatsion hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, metodologik asoslari hamda imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

4

TURLI O‘QITISH METODIKASI VA YONDASHUVLARNING SAMARADORLIGI

Azimova Nasiba Umar qizi

Boyovut tumani 55- umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13894855

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta`lim jarayonida zamonaviy innovatsion hamda pedagogik

texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, metodologik asoslari hamda imkoniyatlari ko`rib

chiqiladi.

Kalit so‘zlar: Ta`lim, innovatsiya, pedagogik texnologiya, metod, o`qitish.

EFFECTIVENESS OF DIFFERENT TEACHING METHODS AND APPROACHES

Abstract. This article examines the advantages, methodological bases and possibilities of

using modern innovative and pedagogical technologies in the educational process.

Key words: Education, innovation, pedagogical technology, method, teaching.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗЛИЧНЫХ МЕТОДОВ И ПОДХОДОВ ОБУЧЕНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматриваются преимущества, методические

основы и возможности использования современных инновационных и педагогических

технологий в образовательном процессе.

Ключевые слова: Образование, инновация, педагогическая технология, метод,

обучение.

KIRISH

Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni

qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday qiziqishgaasosiy sabab, shu vaqtgacha

an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyorbilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy

texnologiyalarda esa,ularni bilimni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlilqilishlariga,

hatto xulosalarni o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi. Pedagog bujarayonda o‘quvchi shaxsining

rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish vatarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda

boshqaruvchilik,yo‘naltiruvchilik funksiyasini ham bajaradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, asosiy ko‘rsatkich: o‘quvchi o‘rinlari sonining normativga

mosligi; texnik vositalarning mavjudligi, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, laboratoriya va amaliy

mashg‘ulotlarni bajarish uchun tarqatma materiallar tashkil etadi. Pedagogik mahorat jarayoni

tashkillashtirish metodlarga, maqsad va vazifalarni ifodalashga, maqsadga muvofiq metod va

shakllarni tanlashga, o‘quv-texnik vositalarni tanlay bilishga, rejalarning ilmiyligiga asoslanadi.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

5

Pedagogik mahoratning ayrim maqsad va vazifalarni aniqlaydigan metodlarni ko‘ramiz.

Bu metodlar faoliyatni tashkil etgani uchun tashkiliy va ilmiy nazariya bilan uzviy bog‘liq.

Darsga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi o‘ziga kerakli ta’lim

vositalarini tanlaydi.

Ma’lumki, maqsadni amalga oshiradigan vositalar tarkibiga o‘qitish mazmuni, o‘qitish

metodlari, o‘qitishning tashkiliy shakllari, sinf jamoasi va o‘qituvchiga ta’sir etish metodi, o‘quv

texnik vositalari kiradi. O‘quv materialining asosini darslik va rejalashtirish tashkil etganligidan,

o‘qituvchi uning tarkibiga o‘qitish shartlarini bilgan holda o‘zgartirish va to‘ldirish kiritadi. Metod

so‘zi maqsadga erishishni bildiradi. O‘qitishning muhim tomonlaridan biri bu – o‘quvchi va

o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro uzviyligidir. Bu jarayonning asosiy funksiyasi, jumladan,

o‘quvchilarni o‘qitishda rivojlantirish va tarbiyalashda yagona metoddan iboratligi hisoblanadi.

O‘qitish metodlari – bu o‘quv-tarbiyaviy masalalar yechimiga qaratilgan o‘quvchi va

o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini yo‘lga qo‘yish demakdir. O‘qitish metodi ta’sirini

oshirishda har bir holat uchun turkumlash turini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi

zamonda o‘qitish metodlari turkumining turli-tumanligi bizga ma’lum. Bular: bilim manbalari

bo‘yicha, o‘quv masalalari bo‘yicha, o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘yicha, o‘quvchining

bilish faoliyati bo‘yicha, binar turkumlash va boshqalar. Bular zarur bo‘lganda o‘qituvchi didaktik

materiallardan foydalanishi mumkin. Nuqtai nazarimizda o‘qituvchi o‘qitish metodlarini qancha

ko‘p bilsa, shuncha darslari qiziqarli o‘tadi, chunki har bir metodning o‘ziga xos ijobiy va salbiy

tomonlari mavjud. Bunday ijobiy va salbiy tomonlar aniq shartlar bo‘yicha katta yoki kichik

darajali tomonlarni o‘zida aks ettiradi [3].

O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘ra turib, suhbat yoki hikoya, yozma yoki og‘zaki mashq

bajarish metodlarini tanlaydi. Ammo bunday tanlov o‘quvchining o‘quv faoliyati haqida

tushuncha bermaydi. Faraz etaylik o‘qituvchi suhbat metodini tanladi. Suhbat metodi xuddi hikoya

metodik, tayyor bilimlarni o‘zlashtirishni aniqlaydi. Bu nomlanishi bo‘yicha o‘qitish metodlari,

bilim faoliyatiga imkon beradi. Shunday qilib, o‘quvchidagi o‘qishni o‘rganishni rivojlantirish

darajasi bilim manbalari bo‘yicha tasniflash metodlari, o‘qitish metodlarini tanlash uchun yetarli

emas. Bu yetishmovchilikni bartaraf etish uchun o‘quvchilar bilish faoliyati tavsifi bo‘yicha

tavsiflashdan foydalanish mumkin. Bunda metodlar ikki guruhga bo‘linadi: reproduktiv va

produktiv. Birinchi guruhga quyidagi metodlar kiradi: ko‘rgazmali – tushuntirish (axborot-

retseptiv) va reproduktiv.

Ikkinchi guruhga qisman izlanish va tadqiqot. Muammoli bayon ikkala guruh orasidagiga

kiradi, chunki, harakat usullari va izlanish hamda tayyor axborotni o‘zlashtirishni afzal ko‘radi.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

6

Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish,

o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol uslublardan foydalanish ta’lim maqsadini

samarali amalga oshirishga yordam beradi [2].

Bugungi kunda ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konsepsiyasi — zamonaviy

innovatsion ta’lim texnologiyalarning turli xil (interfaol metodlar, strategiyalar, grafik organeyzer,

modulli kredit tizimi) ko‘rinishlarini qo‘llash juda yaxshi samara bermoqda.

Ta’lim tizimida intelektual faol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan innovatsion usullardan biri

Case study (keys stadi) metodi bo‘lib, unda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni

ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan

aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga

asoslanadigan ta’lim uslubidir [3,4].

Keys-stadi - ta’lim axborotlar kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim

maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish

jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda

ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan

ta’lim texnologiyasidir.

1-jadval

An’anaviy metodlar va keys metodi asosida dars o‘tishning farqlovchi xususiyatlari

Farqlovchi

ko‘rsatkichlar

O‘qitish metodlari

An’anaviy metodlar

asosida o‘qilgan

ma’ruza

Keys metodi asosida o‘tilgan dars

Maqsad

Bilim berish

- fikrlash;

-

muammoni xal etish ko‘nikmalarini hosil

qilish;

-

kashfiyotlarga intilish hamkorlikka tayyor

bo‘lish sifatlarini rag‘batlantirish;

O‘qituvchining vazifasi

O‘z fanining mazmunini

bilish

-O‘z fani mazmunini bilish;

-Muhokama jarayonini boshqara bilishi


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

7

O‘qituvchi – talaba

munosabatlari

O‘qituvchining o‘quvchi

– talaba ustidan

hukmronligi

Sheriklik va hamkorlik

Talabalarning o‘z – o‘zini

va bir – birini o‘qitish

jarayonida ishtiroki

Sust

Faol talabalar o‘qituvchining vazifasi

hisoblanuvchi muhokama rejasini tuzish asosiy

maqsadni aniqlash mustaqil muhokama qilishga

qodir bo‘ladilar

XULOSA VA MUNOZARA

Berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabaning tegishli fan bo‘yicha o‘zlashtirgan

bilimlari yanada kengayadi mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi hamda unda egallagan

bilimlarini nostandart vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi.

Xulosa qilib aytganimizda, oliy ta’lim sohasining ta’lim jarayonida innavatsion

ta’limtexnologiyalari bo‘lmish pedagagok va axborot texnologiyalaridan optimal foydalanish

ta’limsamaradorligini oshirishning muxim omili bo‘lib hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoev. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda

amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. № PQ-3775 05.06.2018 y.

2.

Ahmadaliev A.M., Qosimov A.X. Innovatsion faoliyat va ilg‘or pedagogik texnologiyalar.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016. -67 b.

3.

Klarin M.V. O'qitishdagi innovatsiyalar: metafora va modellar: Xorijiy tajribani tahlil qilish.

M., Nauka, 2017, 223 b.

4.

Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy

usullari. T. 2012.

5.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2010. -73 b.

6.

Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving)

in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

8

7.

Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on

Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

8.

Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL

PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL

THINKING. Science and innovation, 3(B5), 178-182.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoev. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. № PQ-3775 05.06.2018 y.

Ahmadaliev A.M., Qosimov A.X. Innovatsion faoliyat va ilg‘or pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016. -67 b.

Klarin M.V. O'qitishdagi innovatsiyalar: metafora va modellar: Xorijiy tajribani tahlil qilish. M., Nauka, 2017, 223 b.

Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. T. 2012.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2010. -73 b.

Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving) in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88.

Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Science and innovation, 3(B5), 178-182.