ЛЬГОТНЫЙ ПОРЯДОК КРЕДИТОВАНИЯ КОММЕРЧЕСКИМИ БАНКАМИ

Аннотация

В данной статье говорится о правовой основе предоставления льготных кредитов коммерческими банками Республики Узбекистан и практике предоставления льготных кредитов коммерческими банками и ее социальной значимости. По ходу статьи высказывались обоснованные мнения и комментарии.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье говорится о правовой основе предоставления льготных кредитов коммерческими банками Республики Узбекистан и практике предоставления льготных кредитов коммерческими банками и ее социальной значимости. По ходу статьи высказывались обоснованные мнения и комментарии.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


284

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN IMTIYOZLI KREDITLASH TARTIBI

Axrorqulov Akram Sherali o‘g‘li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti

Bank ishi va auditi yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13845826

Annotatsiya. Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan

imtiyozli kreditlar berishning huquqiy asoslari

va

tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar

berish amaliyoti hamda uning ijtimoiy ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli

fikr, mulohazalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar: imtiyozli kreditlar, tijorat banklari, huquqiy asoslari, jamg’arma resurslarini

oshirish.

PREFERENTIAL LENDING PROCEDURE BY COMMERCIAL BANKS

Abstract. This article talks about the legal basis of granting preferential loans by

commercial banks of the Republic of Uzbekistan and the practice of granting preferential loans by

commercial banks and its social importance. In the course of the article, reasonable opinions and

comments were given.

Key words: preferential loans, commercial banks, legal basis, increase of savings

resources.

ЛЬГОТНЫЙ ПОРЯДОК КРЕДИТОВАНИЯ КОММЕРЧЕСКИМИ БАНКАМИ

Аннотация. В данной статье говорится о правовой основе предоставления

льготных кредитов коммерческими банками Республики Узбекистан и практике

предоставления льготных кредитов коммерческими банками и ее социальной значимости.

По ходу статьи высказывались обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова: льготные кредиты, коммерческие банки, правовая основа,

увеличение ресурсов сбережений.

KIRISH

Respublikamizda tijorat banklari kreditlari bo’yicha tabaqalangan foiz stavkalarini

belgilash amaliyoti tahsinga sazavordir. Xususan, mamlakatda kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni hamda aholining kam ta’minlangan qatlamini moliyaviy qo’llab quvvatlash

maqsadida biznes uchun boshlang’ich kreditlarga va iste’mol kreditlarga Markaziy bankning qayta

moliyalash stavkasi darajasida imtiyozli kreditlar berish, ayrim kreditlar bo’yicha uning 50 foizi

darajasida belgilash tartibi joriy etildi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


285

Iqtisodiyotni real sektorini kreditlash uchun imtiyozli zaxiralarni shakllantirish jarayoni

milliy iqtisodiyotimizni o’ziga xosligidan dalolat beradi.

Tijorat banklarining kreditlash imkoniyatini oshirish maqsadida yil yakuni bo’yicha

olingan foydaning 25 foizgacha bo’lgan summasi miqdorida imiyozli kreditlash zaxiralarini

shakllantirish va ushbu zaxira summasini soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlash kabi pul-

kredit siyosatining noan’anaviy usullarini joriy etdi. O’zbekiston hukumati tomonidan o’z vaqtida

qabul qilingan qarorlar asosida va Markaziy bankning noan’anaviy pul-kredit siyosati natijasida

mamlakatimizda “so’nggi besh yilda kichik biznesni kreditlash hajmi qariyb 5 barobar ko’paydi”

1

.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektorini har tomonlama rivojlantirish,

ularning faoliyatini izchil taraqqiy etishi uchun davlat tomonidan barcha shart-sharoitlar

yaratilgan. Jumladan, tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga investitsiya

kiritilishi natijasida, iqtisodiy nochor korxonalarning faoliyatini qayta tiklash, moliyaviy

barqarorligini ta’minlash, xamda ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash imkonini

bermoqda.

So’nggi yillarda qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish

sur’ati pasayib, ishsizlik darajasi oshayotgan, ayrim davlatlar iqtisodiyoti esa defolt yoqasida

turgan bir paytda O’zbekistonda keng ko’lamli tarkibiy o’zgarishlar davom etmoqda.

Mamlakatimizning eksport salohiyati o’sib, jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi

ortmoqda. Bularning barchasi yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlarida o’z aksini topmoqda.

Mamlakatimiz bank tizimi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, strategik ahamiyatga ega

tarmoqlarni moliyalash va investitsion loyihalarni qo’llabquvvatlashda alohida o’rin

egallayotganini ta’kidlash joiz. Aynan shu maqsadda keyingi yillarda bank sektorining moliyaviy

barqarorligini mustahkamlash, investitsiya yo’nalishida uzoq muddatli resurs bazasini ko’paytirish

va bank kapitallashuv darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi paytda tijorat banklari tomonidan korxonalarni zamonaviy asbobuskunalar xamda

texnologik liniyalar bilan jihozlash, ularning negizida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab

chiqarishni tashkil etish va korxonalarni strategik investorlarga sotish bo’yicha choralar

ko’rilmoqda.

Tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan strategik ahamiyatga ega ob’ektlar qurildi,

1

Каримов И.А. “2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш,

модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий
тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор вазифамиз”. “Халқ сўзи” газетаси, 19 январ 2015 йил,
11сон.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


286

raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaydi, aholi bandligini

oshirish ta’minlandi.

Banklar faoliyatida bu yil ham investitsiya faoliyatiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Iqtisodiyotimizning real sektoriga tijorat banklari tomonidan investitsiya kiritishning

ahamiyati o’ta muhimdir. Chunki tijorat banklari iqtisodiyotning strategik tarmoqlarining,

shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ob’ektlarining investitsiya loyihalarini mablag’

bilan ta’minlash hamda ularga kredit ajratish ishiga o’zinig salmoqli hissa qo’shmoqda. Tijorat

banklarining investitsion faoliyati orqali iqtisodiyotning real sektor tarmog’ini modernizatsiya

qilish, uning faoliyatini yanada kengaytirish, texnik va texnologik qayta jihozlashga uzoq muddatli

investitsiya loyihalarini moliyalash xajmlarini oshirish va ularning resurs bazasini mustahkamlash

imkonini yaratadi.

MUHOKAMA

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik

muhiti va imtiyozlar ular salohiyatining mamlakatimiz YaIMdagi ulushining tobora oshib

borishida o’z aksini topmoqda.

2020 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mamlakatimiz YaIMdagi

ulushi 54,6 foizni, 2021 yilda bu ko’rsatkich 55,8 foizni, 2022 yilda 56,0 foizni tashkil etgan

bo’lsa, 2023 yilning yakuniga ko’ra 56,7 foizga etdi.

O’tgan yilda tadbirkorlarga tashqi bozorlarni o’rganish va o’zlarining eksport

salohiyatlarini yanada oshirish borasida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Bu borada

mamlakatimizdagi etakchi banklardan biri hisoblangan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining o’rni alohida e’tiborga molik.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni kengaytirishga

qaratilgan chora-tadbirlar, ularga ajratilayotgan kreditlar hajmini jadal sur’atlarda oshirish

imkonini bermoqda.

Xususan, 2021 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 9 158 mlrd.so’m

yoki 2022 yilga nisbatan 1,3 barobar ko’p kreditlar ajratilgan bo’lsa, 2023 yilda kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 12 112 mlrd.so’m, shu jumladan, 2 526 mlrd. so’m

miqdoridagi mikrokreditlar ajratildi va bu o’tgan yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyoddir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy jihatdan qo’llabquvatlashni

yanada kuchaytirish uchun:

-

qulay ishbilarmonlik hamda sof raqobat muhitini yaratishni davom ettirish;

-

kuchli huquqiy himoya va imtiyozlar ko’lamini yanada kengaytirish;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


287

-

mulkdorlarning o’rta sinfini shakllantirish;

-

tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy

jihatdan qo’llab-quvatlashni soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlardan imtiyozlar yordamida

rag’batlantirish lozim.

Tijorat banklarining resurs bazasini xususiy kapitalni jalb etish orqali mustahkamlash,

banklarning kreditlash va investitsiyalash imkoniyatini tubdan oshirishga, natijada bank aktivlari

hajmining oshishiga imkon yaratadi. Shu sababli tijorat banklari tomonidan aholi va xo’jalik

yurituvchi sub’ektlar uchun jozibador omonatlar va depozitlar ko’lamini kengaytirish har

tomonlama maqsadga muvofiq bo’ladi.

NATIJA

E’tiborga molik jihati, respublikamiz tijorat banklarining kredit portfeli va umumiy

aktivlarining yuqori o’sish sur’atlari asosan ichki zaxiralarni va manbalarni ko’proq jalb qilish

evaziga ta’minlanmoqda.

O’tgan yilda iqtisodiyotning real sektoriga ajratilgan kreditlarning 86,7 foizi ichki

manbalar hisobiga to’g’ri keldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi ”20112015 yillarda

respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori

xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” PQ-1438-sonli

Qarorining amaldagi ijrosi mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektori korxonalarini kreditlash

hajmini oshirish orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish imkoniyatini yaratmoqda.

Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsilash, texnik va texnologik jihatdan

qayta jihozlash maqsadida ajratilgan bank kreditlarining rolini yanada oshirish uchun:

-

xususiy kapitalni keng jalb qilgan holda tijorat banklari resurs bazasi hajmini, uning tarkibi

va sifat darajasini ta’minlash orqali oshirish;

-

mijozlarni kreditlash jarayonining tashkiliy bosqichi muddatlarini yanada kamaytirish

borasida dasturiy ta’minotlardan kengroq foydalanish va mijozlar moliyaviy ahvolini aniqlashning

kredit skoringi kabi zamonaviy usullaridan samarali foydalanish;

-

banklar faoliyatida zamonaviy bank xizmatlari turlari ko’lamini kengaytirish, zamonaviy

korporativ boshqaruv usullarini joriy etish va ularning samaradorligini oshirish orqali mijozlarga

keng qulayliklar yaratish lozim.

Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash hajmini

oshirish - korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning eksport salohiyatini

mustahkamlashni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


288

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar

xalqaro moliya tashkilotlarining reytinglarida o’zining ijobiy ifodasini topmoqda.

Jahon bankining ma’ruzasida O’zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun

ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o’nta

davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.

XULOSA

O’tgan yilning oktabr oyida Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini e’lon qildi. Ana shu

reytingda O’zbekiston faqat bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni egalladi.

«Yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo’yicha mamlakatimiz ayni

paytda jahonda 42-o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, iqtisodiy

nochor korxonalarga nisbatan qo’llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo’yicha 75-

o’rinni egallab turibdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan qulayliklar va imtiyozlar

jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

-kredit olish uchun arizalarni elektron tizim orqali qabul qilish amaliyoti yo’lga

qo’yilganligi va muddatlarining qisqartirilganligi;

-davlat byudjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni

to’lashda bank xizmatlari uchun to’lovlar undirish amaliyoti bekor qilinganligi va boshqalar.

Xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash

yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturini izchil amalga oshirish, iqtisodiyotda kichik

biznes sub’ektlari hissasining yildan-yilga ortishida muhim o’rin tutadi.

Bank tizimida yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ushbu maqsadlar uchun sarflanayotgan

mablag’lar hajmini keskin oshirish bo’yicha amalga oshirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar

natijasida 2022 yil davomida yosh tadbirkorlar, yosh hunarmandlar va yosh fermerlarning

loyihalarini moliyalashtirish uchun 330,2 mlrd. so’m, yosh oilalarga 234,8 mlrd. so’m miqdorida

ipoteka kreditlari, 74,4 mlrd. so’m miqdorida iste’mol kreditlari, shuningdek 68,0 mlrd. so’m

miqdorida ta’lim kreditlari ajratildi.

Iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o’sishi biz uchun

eng muhim ustuvor yo’nalish bo’lgan – aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar

kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.

Bu esa yoshlarimizning mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi hissalarining ortishiga

o’zining samarali ta’sirini ko’rsatadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


289

REFERENCES

1.

Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.

2.

Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.

3.

Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.

4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Кичик ва ўрта тадбиркорликни

ривожлантиришни рағбатлантиришга оид қўшимча чора - тадбирлар тўғрисида"ги

Фармони, (1997. 31 январь). Солиқ ва божхона хабарлари, 1997 й. 6 - 12 январ. 7 -

сон.

5.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Банк тизимини янада эркинлаштириш

ва ислоҳ қилиш борасидаги чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, Халқ сўзи. 2000

й. 21 март.

6.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Тадбиркорлик субъектларини

давлат рўйхатидан ўтказиш ва ҳисобга қўйиш тизимини такомиллаштириш

тўғрисида"ги қарори. Тошкент оқшоми. 2001 й. 24 август. 99 - сон.

Библиографические ссылки

Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.

Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.

Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Кичик ва ўрта тадбиркорликни ривожлантиришни рағбатлантиришга оид қўшимча чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, (1997. 31 январь). Солиқ ва божхона хабарлари, 1997 й. 6 - 12 январ. 7 - сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Банк тизимини янада эркинлаштириш ва ислоҳ қилиш борасидаги чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, Халқ сўзи. 2000 й. 21 март.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Тадбиркорлик субъектларини давлат рўйхатидан ўтказиш ва ҳисобга қўйиш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги қарори. Тошкент оқшоми. 2001 й. 24 август. 99 - сон.