QUYOSH KONSENTRATORLARINING QULAYLIKLARI VA ULARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Annotasiya

O‘zbekistonda so‘ngi yillarda Quyosh energiyasidan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqildi va inson extioyojlariga xizmat qilishni boshladi. Ushbu maqolada quyosh konsentratorlarining qulayliklari va ulardan foydalanishning afzalliklari xususida so’z boradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Allayorova , D. (2024). QUYOSH KONSENTRATORLARINING QULAYLIKLARI VA ULARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(9), 280–283. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42483
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

O‘zbekistonda so‘ngi yillarda Quyosh energiyasidan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqildi va inson extioyojlariga xizmat qilishni boshladi. Ushbu maqolada quyosh konsentratorlarining qulayliklari va ulardan foydalanishning afzalliklari xususida so’z boradi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


280

QUYOSH KONSENTRATORLARINING QULAYLIKLARI VA ULARDAN

FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Allayorova Dilrabo Abdujamol qizi

Mirzaobod tumani 3-umumta’lim maktabining fizika fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13841518

Annotatsiya. O‘zbekistonda so‘ngi yillarda Quyosh energiyasidan foydalanishni

rivojlantirish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqildi va inson extioyojlariga xizmat qilishni boshladi.

Ushbu maqolada quyosh

konsentratorlarining qulayliklari va ulardan foydalanishning

afzalliklari xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Quyosh energiyasi, konsentrator, quyosh nuri, geliokonsentrator, quyosh

pechi.

ADVANTAGES OF USING SOLAR CONCENTRATORS

Abstract. In Uzbekistan, in recent years, decisions on the development of the use of solar

energy have been developed and it has begun to serve human needs. This article talks about the

convenience of solar concentrators and the benefits of using them.

Key words: Solar energy, concentrator, sunlight, helioconcentrator, solar oven.

ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОЛНЕЧНЫХ КОНЦЕНТРАТОРОВ

Аннотация. В последние годы в Узбекистане были разработаны решения по

развитию использования солнечной энергии и она стала служить потребностям

человечества. В этой статье рассказывается об удобстве солнечных концентраторов и

преимуществах их использования.

Ключевые слова:

Солнечная энергия, концентратор, солнечный свет,

гелиоконцентратор, солнечная печь.

Quyosh pechi — materiallarni quyosh nuri yordamida eritish va ularga quyosh nuri issiqligi

bilan ishlov berish uchun moʻljallangan qurilma hisoblanadi. Gelioqurilmaning bir necha turi

mavjud. Quyosh pechi qisqa fokusli geliokonsentrator, Quyosh nurini qabul qiluvchi qurilma

(pech) va quyosh harakatini kuzatib boruvchi avtomatik tizim (qurilma oʻqini doimo Quyoshga

qaraydigan qilib uzluksiz burib turadi). Qabul qilish qurilmasi geliokonsentrator fokusida

joylashgan boʻlib, yorugʻlik oʻtkazuvchi tuynukli kameradan iborat. Kamera ichida vakuum va

inert gazi atmosferasini yaratish mumkin. Koʻpgina Quyosh pechi Quyosh ketidan buriladigan

quyosh nurini geliokon-sentratorga yoʻnaltirib beruvchi yassi oyna bilan jihozlanadi. Katta quyosh

pechi Katta quyosh pechi Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan maxsus ilmiy inshoot


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


281

hisoblanadi. Tekin yonilgʻi hisoblangan quyosh energiyasidan foylananish texnologiyasi va katta

quyosh pechlari kabi texnologik inshootlarni qurish tarixidagi katta yangiliklar biri hisoblangan

Katta quyosh pechi Materialshunoslik institutini tadqiqotlarida va ilmiy jarayonlarida qoʻllanadi.

Qurilmaning umumiy quvvati 1000 KVt bo‘lib, qattiq jisimlarni sintezlash jarajonlari va quyosh

nuri orqali qizdirish va ishlov berish ishlarini olib borishga imkon beradi. Bunday turdagi pech

Fransiyada davlatida mavjud. Lekin Oʻzbekistondagi Katta quyosh pechi Fransiyadagidan bir

muncha farq qiladi. Qurilmani yuqori haroratlarda eriydigan oksidlarni ishlatish va sopol

buyumlarni sintezlash jarayonini avtomatik boshqarish va bir tizimda sifatili ishlash imkoniyatini

beradi. Katta quyosh pechidan foydalanish talablariga muofiq, undan foydalanishda radiatsion

qizdirish orqali amalga oshiriladi. Konsentratsiyalangan quyosh nurining oqimini markazga

fokuslash Quyosh pechini juda katta haroratgacha qizdirish imkonini beradi. Zamonaviy

texnologiyalardan samarali foydalanish va ularning foydalilik xususiyatlarini oshirish kabi muhim

omillar asosida ishlatiladigan Katta quyosh pechi juda katta samara beradi. Bu kabi samarali

ishlash uslublarini qoʻllash orqali geliomaterialshunoslikda yana yangi ilmiy yo‘nalishni

yaratishga olib keladi. Bunday zamnaviy uslublar asosida quyosh nurlarini konsentratsiyalash

orqali yangi haroratga chidamli kompazitsion materiallarni yaratish mumkin bo‘ladi.

Materialsozlik institutiga qarashli yana boshqa inshootlar Katta quyosh pechi atrofida joylashgan,

bular yaxlit bir majmua sifatida qurilgan. Elektr energiyasini tejash imkonini beradigan pech, hech

qanday miqdoda elektr energiyani iste‘mol qilmaydi, faqat quyosh nurlarini toʻgʻrida toʻgʻri

fokuslab yig‘ish hisobiga ishlaydi. Moddalarning radiatsion xossalarini va fizikaviy jihatlarini

oʻrganishda qurilmada juda katta imkoniyatlar mavjud .

Quyosh pechi orqali materiallarni qizdirish quyidagi afzalliklarni yaratadi:

Yuqori haroratga chidamli materiallar olinganda ular haroratga o‘ta chidamli va sifatli

boʻlgan oksidlarni olish imkonini beradi. Bu kabi oksidlar shishalar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Kichik diametrli Quyosh konsentratori yordamida o‘simlik urug‘larini impulsli

nurlantirish kabi ishlarda foydalanish mumkin.

Materillarga radiatsion ishlov berish asosida ularning chidamliligini yanada oshirish.

Quyoshdan kelayotgan energiyani konsentratsiyalash orqali issiqlik va elektr energiyasi

olish.

Vodorod sintezini amalga oshirish.

Quyoshdan qabul qilingan konsentratsiyalangan nurni lazer va infraqizil nurlarga

aylantirish.

Turli hil issiqlikda eriydigan bo‘laklardan iborat boʻlgan moddalarni sintez qilish


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


282

jarayonida yuqori quvvatdagi yorugʻlik energiyasini yoʻnaltirish imkonini beradi.

O‘ta yuqori haroratlarda moddalarning parlanishi natijasida ularni selektiv tozalanish

imkoniyatini beradi.

Ba‘zi turdagi amorf va metastabil moddalarni jadallik bilan isitish imkonini beradi.

Yuqori issiqlikka chidamli koʻp xususiyatlarga ega boʻlgan materiallarni yaratish.

Amaliyotda keng qoʻllaniladigan maxsus keramikalarni olish

Yuqori haroratli olovga bardosh beradigan kompazitsion materiallarni sintez qilish

tayyorlash.

Sanoatning turli yoʻnalishlari uchun yuqori issiqlik oʻtkazgich keramikalarni sintez

qilish, tayyorlash.

Sanoatning turli tarmoqlari uchun nanokukunlarni olish.

Katta quyosh pechini ishlash tizimini yosh yetishib chiqayotgan kadrlarga oʻrgatish va shu

sohadagi talabalarni ish jarayonlari bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida 2000-yilda Katta

quyosh pechi bazasida oʻquv markazi tashkil etildi va unga tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar,

oily o‘quv yurtining magistrlari jalb qilindi. Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi

materialsozlik sanoatida ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida juda ham muhim inshoot va qurilma

sifatida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Katta quyosh о‘chog‘i (KQО‘) O‘zR FA Fizika–quyosh ilmiy ishlab chiqarish

birlashmasining Materialshunoslik institutida joylashgan bo‘lib, nodir tajriba va sanoat ishlab

chiqarishlarni tashkil etadigan ilmiy tadqiqot markazi hisoblanadi. KQО‘ Toshkentdan 45 km da

Parkent tumanida, Tyan–Shan tog‘ etagida, dengiz satxidan 1050 m balandlikda joylashgan. Uning

quvvati 1000 kVt tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun qulay iqlim

sharoiti mavjud. Xususan, o‘rtacha xisobda quyoshli kunlar 300 kunni tashkil qiladi, 2980 – 3130

soat temperaturaning o‘rtacha mikdori 42o

+

C ni, kunning uzunligi 14 – 16 soatni tashkil qiladi.

Shularni xisobga olgan xolda xulosa qilib shuni aytish mumkinki quyosh energiyasi O‘zbekiston

kelajagida muqobil energiyalarning asosiy qismini tashkil qiladi.

O‘zbekiston gidromet markazi ma’lumotlariga asosan yiliga o‘rtacha xisobda cho‘l

xududlarida 9 tonna, ekin ekiladigan tumanlarda 0,1 − 1,2

𝑡𝑜𝑛𝑛𝑎

/

𝑦𝑖𝑙

chang tushadi. Shuning

uchun ulkan fotoelektrik stansiyalarni loyixalashtirishda (quvvati 1 MW dan yuqori) fotoelement

batareya sirtining ifloslanishini xisobga olish zarur.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


283

REFERENCES

1.

Boybo‘tayev Q.Murodov J., Usmonov Yu. Quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligida

foydalanish. –T.: 1964. 13. Гамбург П.Ю. Расчет солнечной радиации в строительстве.

Москва, Стройиздат, 1966.

2.

Флетчер К. Иычислительные методы в динамике жидкостей. В 2-х т.-М. Мир,

1991.-504с.

3.

Versteeg H.K., Malalasekera W.An introduction to computational fluid dynamics.

The finite volume method. England. Longman Group Ltd, 1995.-257p.

Bibliografik manbalar

Boybo‘tayev Q.Murodov J., Usmonov Yu. Quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish. –T.: 1964. 13. Гамбург П.Ю. Расчет солнечной радиации в строительстве. Москва, Стройиздат, 1966.

Флетчер К. Иычислительные методы в динамике жидкостей. В 2-х т.-М. Мир, 1991.-504с.

Versteeg H.K., Malalasekera W.An introduction to computational fluid dynamics. The finite volume method. England. Longman Group Ltd, 1995.-257p.