30-Sentabr, 2024-Yil
170
FOLKLOR JANRLARINING ADABIYOT BILAN O’ZARO MUNOSABATLARIDAGI
MUSHTARAKLIKLAR
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti,
Umumta’lim fanlar kafedrasi dotsenti.
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jabborova Durdona Nosir qizi
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti
O ‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13835164
Annotatsiya.
Ushbu maqolada folklor va adabiy tur, janr va janriy xilma-xillik
tushunchalarning mushararakligi, o’zlarigagina xos tuzilish, g`oyaviy-badiiy xususiyatlar,
qo’llanish o’rni haqida fikr-mulohaza bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
Folklor, yozma adabiyot,badiiy asar,syujetlar, obrazlar, motivlar, uslub va
tasviriy vositalar, kishilik ma’naviyati, so’z san’ati.
COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH
LITERATURE
Abstract. This article expresses an opinion about the folklore literary type, the concepts of
genre and genre diversity, their unique structure, ideological and artistic features, and place of
use.
Key words: folklore, written literature, work of art, plots, images, motives, style and visual
means, personal spirituality, speech art.
ОБЩИЕ СВЯЗИ ФОЛЬКЛОРНЫХ ЖАНРОВ С ЛИТЕРАТУРОЙ
Аннотация. В данной статье высказывается мнение о фольклорно-литературном
типе, понятиях жанра и жанрового многообразия, их своеобразной структуре, идейно-
художественных особенностях, месте использования.
Ключевые
слова:
фольклор,
письменная
литература,
художественное
произведение, сюжеты, образы, мотивы, стиль и изобразительные средства, духовность
личности, речевое искусство.
Azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan
ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Bu borada folklorning o‘rni ham beqiyosdir.
30-Sentabr, 2024-Yil
171
Folklor asarlari ham, barcha san’at asarlarida bo’lganidek, o’zlarigagina xos tuzilish,
g`oyaviy-badiiy xususiyatlar, qo’llanish o’rni va bajaradigan vazifalariga ega va shu fazilatlariga
ko’ra muayyan guruhlarni tashkil etadilar. Bunday guruhlanishni ifodalash uchun
folklorshunoslikda ham, adabiyotshunoslikda keng qo’llanuvchi bir qator tushuncha va
istilohlardan foydalaniladi.
Adabiy tur, janr va janriy xilma-xillik tushunchalari shunday hodisalardan bo’lib, ular
hayotni badiiy tasvirlash usul va shakllari sifatida uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan
barqarorlikka ega bo’lib, juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. Tur, janr va janriy xilma-xillikni
farqlash asar ijrochilari uchungina emas, balki ularni tinglovchilar uchun ham, xalq og`zaki ijodini
tadqiq etuvchilar uchun ham ahamiyatli bo’lib, bu o’sha hodisalarning shakllanishi, almashinuvi,
so’nishi kabi jarayonlarni kuzatish asosida adabiyot va folklorga xos qonuniyatlarni, tarixiy
jarayonlarni o’rganish va umumlashtirish imkonini beradi. Demak, tur va janrlarning paydo
bo’lishi, taraqqiyoti, o’rin almashishi va inqirozi folklor va adabiyot taraqqiyotida asosiy jarayon
hisoblanadi.
Folklorshunoslikda gohi-gohida turlararo yoki janrlararo chatishmalar hosilasi tarzida liro-
epik qo’shiq yoki ertak, afsona singari hodisalar tilga olinsa-da, aslida bu hodisa folklor uchun
umumiy emas. Shu sababli ularni folklor janrlari tasnifi doirasiga kiritib bo’lmaydi.
Chunki bunday qo’shilma yoki oraliq janrlar hech qachon qat’iy turg`unlikka ega emas va
folklordagi tarixiy taraqqiyot jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Turlar va janrlar
taraqqiyotini turlar va janrlarning oraliq namunalarini yoki qo’shilmalarini emas, balki yangi
badiiy shakllarning yuzaga kelishi va eskilarining so’nishi belgilaydi.
Folklor janrlarining yuzaga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotidagi muhim omillardan biri
ijtimoiy ehtiyoj zaruriyatidir. Chunki voqelikning o’zi xilma-xil obrazlarga boy bo’lib, xalq
ijodiyoti oldiga uni g`oyaviy - tarbiyaviy hamda estetik mohiyatini idrok etgan holda qay bir
shaklda ifodalashni zaruriyatga aylantiradi. Aytaylik, uzoq ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi
kurashi afsonalar yoki qahramonlik dostonlarini yuzaga keltirgan bo’lsa, tabiat kuchlari oldidagi
ojizliklari so’z magiyasiga sig`inish asosidagi janrlarning bunyodga kelishini ta’minlagan. Demak,
voqelik tabiati ifoda shaklini yuzaga keltirishga xizmat qilgan, bundan kelib chiqadigan xulosa
shuki, ijtimoiy hayot (voqelik)dagi turli-tuman, yanayam aniqrog`i, tasvirlanishi ko’zlangan
voqelikdagi xilma-xillik janrlar rang-barangligini ta’min etadi.
Xalq badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasi ham u yoki bu janrning yuzaga kelishida
muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Chunonchi, inson o’z ma’naviy taraqqiyotining ilk bosqichida
murakkab shakllarni bunyodga keltirishga qodir emas edi, shu sababli dastavval oddiy va kichik
30-Sentabr, 2024-Yil
172
shakllar yuzaga kelgan, keyin esa ularning takomillashuvi zamirida katta va murakkab janrlar
paydo bo’lgan. Shu tariqa janrlarning qaror topishi qonuniy hol bo’lib, bu jarayon ham ijtimoiy
tarixiy omillar, ham folklorning ichki taraqqiyot qonunlariga muvofiq kechadi. Ayonlashayotirki,
folklorda janr hodisasi yozma adabiyotdagi janr hodisasiga aynan teng emas. Ular farqli
xususiyatlarga ega. Masalan, yozma adabiyotda janr hodisasi ikki jihatga ko’ra:
a) o’ziga xos hayotiy qamrovga egaligi
b) yaxlit badiiy tizimda namoyon bo’lishi bilangina belgilanadi.
Folklorda esa, janr hodisasi, V.Ya.Propp qayd etganidek, to’rt belgisiga:
a) yaxlit adabiy tizim tarzida namoyon bo’lishi;
b) maishiy mohiyatga yo’nalganligi yohud maxsus vazifadorligi;
v) o’ziga xos ijro shakliga egaligi
g) musiqa bilan uzviy aloqadorligiga qarab belgilanadi.
1
Yozma adabiyot janrlarida maishiy yo’nalganlik va ijro o’rni bo’lmaydi. Aytaylik, qissa
yo romanni to’yda o’qib bo’lmaganidek, azada hikoya o’qish ham ajablanarlidir, biroq to’yni yor-
yorsiz, azani esa yig`i va yo’qlovsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
O’zbek folklorining janrlar tarkibi g`oyat boy va xilma-xil bo’lib, boshqa xalqlar
folklorining janrlar tarkibidan farq qiladi. Shuningdek, unda hamma xalqlar folklorida uchrovchi
umumfolklor janrlari-ertak, maqol va topishmoq mavjudligiga qaramay, ruslardagi bilina,
skandinaviyaliklardagi saga, oytoyliklardagi qaylardan farq qiluvchi doston janri ham bor. Lof va
askiya kabilar, asosan, o’zbek folkloriga xos janrlardir. Bunday o’ziga xos janrlar boshqa xalqlar
folklorida ham mavjud. Chunonchi, ukrain folklorida duma va kolomiykalar, polyak folklorida
krakovyaklar, qoraqalpoqlardagi to’lg`ov, qozoqlardagi aytis shu xildagi o’ziga xos janrlardir.
Shuningdek, ukrain va belorus folklorida kolyadkalar keng tarqalgan bo’lsa, rus folklorida
rasteykalar, o’zbek hamda tojik folklorida yo ramazon va hayitliklar shunday xususiyatga ega. Bir
necha xalqlardagi bir-biriga o’xshash janrlar ham ma’lum xususiyatlariga ko’ra o’zaro farq
qiladilar. Bu holat, avvalo, har bir xalqning tarixiy urf-odati, maishati, orzu-umidlari,
dunyoqarashi, ijtimoiy-estetik munosabatlari va turmush tarzining in’ikosiga aylangan
folklorining o’ziga xosligi bilan izohlanadi.
O’zbek folklori janrlari ijodkorlar faoliyati bilan ham chambarchas bog`liq. Topishmoq va
maqol singari janrlar ommaviy ijroga mo’ljallangan bo’lsa, doston, og`zaki drama, askiya ijrosi
1
Пропп В.Я. Принципы классификации фольклорных жанров // Фольклор и действительность. М.,1976, с.
34-45.
30-Sentabr, 2024-Yil
173
professional tayyorgarlikni taqozo etadi. Shu sababli o’zbek folklorida ijodkorlarning
professionallashuvi nihoyat rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar,
laparchilar, dorbozlar ijrochiligi rivojlangan professional san’at hisoblanadi. Bunday ijodkorlar
maxsus tayyorgarlik ko’rish, muayyan ustozdan ta’lim olish asosida voyaga etib, profesional xalq
san’atkori darajasiga ko’tariladilar.
O’zbek folklori janrlari ijro usullari, ya’ni, yakka ijro, jamoa (kollektiv) ijrosi, sozli va
sozsiz ijro (sozli ijroda musiqa asboblari turi va soni)ga ko’ra ham farqlanadilar. Ertak, afsona va
rivoyat aytilsa, hikoya qilinsa, doston ham kuylash, ham aytishga mo’ljallangan. Lapar kuylab va
raqsga tushib ijro etilsa, og`zaki drama so’z (ba’zida hatto kuy) va harakat omuxtaligi zamirida
ko’rsatishga, namoyon qilishga mo’ljallangan. Latifa va lof yakka ijroda aytilsa, qo’shiqning
shunday turlari borki, yakka ijroda (masalan, lirik qo’shiqlarning aksariyati, tarixiy qo’shiqlar),
qolganlari yor-yorlar, o’lanlar va boshqalar jamoa (kollektiv) ijrosida kuylanadi. Askiya, lof,
qo’g`irchoq o’yin ham jamoa ijrosiga mo’ljallangan.
O’zbek folklorida mavjud barcha janrlarning majmui tarixan vujudga kelgan yagona badiiy
tizim (sistema) bo’lib xilma-xil tipdagi asarlarning murakkab va o’zigagina xos aloqalari hamda
o’zaro ta’siri zamirida bunyod topgan. Janrlar tizimining shakllanishi va mavjudligi folklor
taraqqiyotining eng muhim qonuniyatlaridan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib ayatganda
,
ulardagi g`oyaviy badiiy prinstiplar umumiyligi; ularning tarixan
taraqqiy
etgan o’zaro munosabatlariga; janrlar tarixiy taqdiridagi umumiylikka
(mushtarakliklarga) bog`liq holda vujudga kelgan.
I.
Janrlardagi g`oyaviy-badiiy oyin (prinstip
)
lar umumiyligi (mushtarakligi)
har bir janr
mohiyatini belgilovchi farqli xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay, ularni mushtarak etuvchi
tomonlar ham mavjudki, yana shu umumiylik ularni yagona tizim (sistema)ga bo’ysundiradi.
Bular tubandagilardan iborat:
a)
O’zbek xalq og`zaki poetik ijodiyotidagi barcha janrlar g`oyaviy mohiyatiga ko’ra
o’zaro mushtarakdirlar.
Ularning barchasida ham xalq hayoti, uning psixologiyasi, orzusi va
intilishlari, tashvish va kulfatlari ifodalangan. Ana shuning o’ziyoq ularni yagona maksadga
yo’naltirgan g`oyaviy-badiiy tizimga birlashtiradi;
b)
folklor
janrlari orasidagi o’zaro aloqa ularning voqelikni tiklashdagi ko’p qirrali
vazifalarining mushtarakligida ham ko’rinadi
: har bir janr o’zining alohida bir vazifasiga
hayotning biror tomonini ifodalashdan iborat bo’lgan vazifaga ega. Ma’lum bir guruhga oid
janrlardagi asarlar xalq tarixini ifoda etadi. Doston, tarixiy qo’shiq, rivoyat, afsona kabi janrlar ana
shunday vazifaga ega. Boshqa bir guruh janrlar xalq turmushi va mehnatini ifodalashni ko’zlaydi:
30-Sentabr, 2024-Yil
174
mehnat qo’shiqlari, marosim qo’shiqlari ana shunday xususiyatga ega. Yana bir guruh janrlar,
chunonchi, oilaviy va muhabbat qo’shiqlari shaxsiy insoniy tuyg`ularni aks ettirsa, maqollar va
naqllar xalqning axloqiy qarashlari va turmush tarjibalaridan tug`ilgan saboqlarini ifoda etadi. Shu
zaylda barcha janrlar bir bo’lib, xalqning turmushi, mehnati tarixi, odamlarning o’zaro ijtimoiy va
shaxsiy munosabatlarini yaxlitlashgan holda aks ettiradi. Xuddi hayot hodisalarining o’zi har
tomondan bir-biri bilan shu xilda boglanib, yagona g`oyaviy-badiiy tizimni vujudga keltiradi;
v)
folklor janrlari g`oyaviy mohiyatining mushtarakligi, shuningdek, voqelikni
ifodalashdagi vazifasining mushtarakligi ularda mavzu, syujet va qahramon o’xshashligi,
umumiyligini yuzaga keltirgan
. Maqol va ertaklarda ko’rinuvchi axloqiy aqidalar
mushtarakligidan topishmoq va ertaklardagi predmetlar umumiyligigacha, shuningdek, tarixiy
qo’shiq va tarixiy rivoyatlardagi mavzu, syujet va obrazlar o’xshashligigacha – hammasida folklor
hayot materialini umumlashtirib, yagona tizimga aylanadi. Bu holda tabiat hodisalari manzaralari,
jasorat va kurash lavhalari va hatto qahramon tiplari o’xshashligini yuzaga keltirgan;
g) folklor janrlari uchun xalq estetik oyin (prinstip)lari ham umumiydir:
soddalik, qisqalik,
ixchamlik, syujetlilik, tabiatni poetiklashtirish qahramonlar axloqiy bahosining aniqligi (ijobiy va
salbiy)ni ta’minlagan;
d
) xalq og`zaki ijodi janrlari badiiy tasviriy vositalar tizimining umumiyligi bilan o’zaro
aloqadordir:
kompozistion o’ziga xosligi (leytmotiv, mavzu birligi, zanjirsimon bog`lanish, takror
tiplari), ramzlari. majoziyligi, sifatlashdagi o’zgachaliklari muayyan tizimni tashkil etadi.
REFERENCES
1.
Шарипова, М. Б. (2020). Неьматова ШН ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЫ
ВОСПИТАННИКОВ
ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
УЧРЕЖДЕНИЙ.
Вестник магистратуры
, (3-3), 102.
2.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.
BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
2
(2), 146-152.
3.
Sharipova, M. B., & Jalolova, S. Z. Q. (2021). HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z
O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1114-1119.
4.
Sharipova, M. (2023). РОЛЬ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА В ОБОГАЩЕНИИ
ЖЕНСКОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
31
(31).
30-Sentabr, 2024-Yil
175
5.
Sharipova, M. (2022). ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО
ВОСПИТАНИЯ,
ВЕДУЩИЙ
ПОКОЛЕНИЕ
К
СОВЕРШЕНСТВУ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
12
(12).
6.
Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
, (7).
7.
Sharipova,
M.
B.
(2021).
Xursand
Nuriddinovna
Mirzayeva
XALQIMIZ
MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
, (7).
8.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
9.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ
O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 168-168.
10.
Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK
FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1426-1430.
11.
Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Проблемы
педагогики
, (6 (51)), 58-60.
12.
Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning
ahamiyati.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
13.
Sharipova, M. B. (2023). A Comparison of The Imagery of Ceremonies and Customs In
Versions of the Epic “Alpomish”.
Central Asian Journal of Literature, Philosophy and
Culture
,
4
(9), 125-127.
14.
Шарипова, М. Б. НАЦИОНАЛЬНЫЕ ТРАДИЦИИ НА ПРИМЕРЕ ЭПОСА
«АЛПОМИШ».
ББК 74.48 Р 76
, 253.
15.
Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM
TIZIMIDA
ETNIK
MADANIY
TA’LIM
VA
UNING
TARIXIY
ILDIZLARI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 163-163.
16.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O
‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
35
(35).
30-Sentabr, 2024-Yil
176
17.
Шарипова, М. (2023). МАКТАБГАЧА ЙОШДАГИ БОЛАЛАРДА ИФОДАЛИ
НУТКНИНГ
ИЖТИМОЙ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ
ФУНКЦИЯЛАРИ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.uz)
,
32
(32).
18.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI
TASVIRI VA TALQINI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
19.
Sharipova, M. (2023). АYOLLАRNING OILА VА JАMIYATDАGI MАVQEYINI
YUKSАLTIRISH HАMDА MА’NАVIY-RUHIY DUNIYOSINI BOYITISHDА
QАHRАMONLIK EPOSINING OʼRNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
30
(30).
20.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA
TARBIYACHI
NUTQI
NAMUNA-O’RNAK
VOSITASI SIFATIDA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1288-1292.
21.
Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1130-1134.
22.
Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING
O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1139-
1144.
23.
Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1145-1148.
24.
Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI
O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.
Scientific progress
,
2
(7), 1102-1108.
25.
Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR
O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.
Scientific progress
,
2
(7), 1109-1113.
26.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
27.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
28.
Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
,
2
(7), 1135-1138.
29.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi
("Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
30-Sentabr, 2024-Yil
177
30.
Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
31.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
32.
Шарипова,
М.
Б.,
&
Хусаинова,
З.
Х.
ВЕСТНИК
НАУКИ
И
ОБРАЗОВАНИЯ.
ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп
, 106-
108.
