MATN USTIDA ISHLASH VA TUSHUNISHNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARNING XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLANISHDAGI AHAMIYATI

Annotasiya

Maqolada PISA baholash dasturi bo‘yicha matnni tushunish va uning ustida ishlashni nazarda tutuvchi metodlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan bajariladigan namunaviy topshiriqlar va ularni ishlash usullari, shuningdek, javoblari taqim etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ismadiyorova , N. (2024). MATN USTIDA ISHLASH VA TUSHUNISHNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARNING XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLANISHDAGI AHAMIYATI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(9), 141–147. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42240
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada PISA baholash dasturi bo‘yicha matnni tushunish va uning ustida ishlashni nazarda tutuvchi metodlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan bajariladigan namunaviy topshiriqlar va ularni ishlash usullari, shuningdek, javoblari taqim etilgan.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

141

MATN USTIDA ISHLASH VA TUSHUNISHNI RIVOJLANTIRUVCHI

METODLARNING XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLANISHDAGI

AHAMIYATI

Ismadiyorova Nafisaxon Ibroximjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi,

Andijon shahar, Do‘stlik ko‘chasi 4-uy.

E-mail:

anddupimanaviyat@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.13831691

Annotatsiya. Maqolada PISA baholash dasturi bo‘yicha matnni tushunish va uning ustida

ishlashni nazarda tutuvchi metodlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, tadqiqotlarda

o‘quvchilar tomonidan bajariladigan namunaviy topshiriqlar va ularni ishlash usullari,

shuningdek, javoblari taqim etilgan.

Kalit so‘z: PISA, 3T, YS2O‘Y, “Panja” texnologiyalari, yaxlit matn va yaxlit bo‘lmagan

matn, matn ustida ishlash, darajali topshiriqlar.

THE IMPORTANCE OF WORKING ON THE TEXT AND METHODS THAT

DEVELOP UNDERSTANDING IN PREPARING FOR INTERNATIONAL STUDIES

Abstract. The article provides information on methods for understanding the text and

working on it according to the PISA assessment program. Also, in the research, sample tasks

performed by students and methods of their work, as well as answers, are presented.

Key words: PISA, 3T, YS2O'Y, "Panja" technologies, integrated text and non-integrated

text, work on the text, graded tasks.

ВАЖНОСТЬ РАБОТЫ НАД ТЕКСТОМ И МЕТОДАМИ, РАЗВИВАЮЩИМ

ПОНИМАНИЕ ПРИ ПОДГОТОВКЕ К МЕЖДУНАРОДНОМУ ОБУЧЕНИЮ

Аннотация. В статье представлена информация о методах понимания текста и

работы над ним по программе оценивания PISA. Также в исследовании представлены

примеры заданий, выполняемых студентами, и методы их работы, а также ответы.

Ключевые слова: PISA, 3T, YS2O'Y, технологии «Панджа», интегрированный текст

и неинтегрированный текст, работа над текстом, оцениваемые задания.

O‘qish savodxonligini ovoz bilan o‘qish emas, balki o‘qigan ma’lumotlarini tushunish,

izohlash, qiyoslash, zidlash va mulohaza yuritish orqali muayyan qarorlarni qabul qilishga, xulosa

chiqarishga undovchi empirik jarayon deb hisoblash mumkin. O‘qish savodxonligini

rivojlantirishga xizmat qiluvchi quyidagi texnologiyalar taqdim etiladi.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

142

3T texnologiyasi: tarkib, taxmin va tasnif. Albatta, matnlar ichki tuzilishidan kelib chiqib

bir necha satrlardan iborat bo‘ladi. Aynan matnni to‘la o‘qishdan oldin har bir satr boshida

keltirilgan birinchi gaplarni o‘qish talab etiladi. Shundan so‘ng matnning mazmuni yoki davomi

haqida taxminiy mulohaza yuriting va shu yerda to‘xtash kerak. Taxminiy fikrlarni yakunlab,

matnni qunt bilan to‘la o‘qish lozim. Endi oldindan taxmin qilgan fikringiz haqiqiy matn bilan

qanchalar aloqador, solishtirib ko‘ring. Keyingi qadamda matnni o‘qib bo‘lgach, mavzu yuzasidan

savollar tuziladi va savollarga javob topiladi. Har qanday matndan tushunchalar zanjirini hosil

qilish mumkin, aynan shu jarayon oxirgi qadam bo‘lib, bunda qo‘shimcha ravishda “tushunchalar

zanjiri” texnologiyalardan foydalanish mumkin.

“Suyaklarning tuzilishida suyak to‘qimasi muhim ahamiyatga ega. U metalldek qattiqlikka

ega bo‘lib, molekular massasi 1,93 (suvdan 2 barobar ko'p). Tirik suyak to‘qimada yoki yangi

ajratilgan suyakda 50% suv, 28,15% oiganik moddalar, jumladan, 15,75% yog‘ va 21,85%

noorganik moddalar bor. Yog‘sizlantirib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein,

xitin, muguz modda), 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa ohak orta fosfati

—51,04%, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar

suyakni qattiq va pishiq qilsa, organik moddalar uning elastikligim ta’minlaydi.

Suyaklarda vitamin yetishmasligi kasalliklarga sabab bo‘ladi. Agar D vitamini yetishmasa,

suyakning mineral tarkibi buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. A vitamini yetishmasa, suyaklar

yo‘g‘onlashib, suyak bo‘shliqlari va kanalchalari kattalashib ketadi”

1

. Ushbu matnga mos

tushunchalar zanjiridan namuna taqdim etamiz.

1

Odam anatomiyasi A. G‘ Ahmedov Toshkent “Iqtisod-moliya” 2007. 17- bet, 321 b.

Suyak

to'qimasi

Organik

modda

Noorganik

modda

Elastlik

Molekular

massa


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

143

O‘qish savodxonligini oshirishda “Panja” texnologiyasi ham juda qiziqarli va foydali

metod. Ushbu metod 5 bosqichdan iborat. Bular parchalash, savol tuzish, gaplarni va so‘zlarni

soddalashtirish, yana ma’lumotlarni to‘plash, shuningdek, tushunganini aytib berish bo‘lib, bu

bosqichlar navbatma-navbat amalga oshirilsa, yaxshi samara beradi. Ushbu metodning yana bir

ahamiyatli jihati shundaki, bu metod orqali o‘quvchilar matnni ham o‘qib tushunish, ham og‘zaki

nutqni rivojlantirish mumkin bo‘ladi. Bunda matnni qismlarga bo‘lish, savollar bilan ishlash,

matnni sodda holda qayta bayon etish va shu asosida ma’lumotlarni kengaytirib aytib bera olishni

nazarda tutadi. Bunda birinchi bosqish matndagi qiyin, murakkab va uzun gaplar o‘z

tushunchalarini saqlagan holda sodda gaplarga aylantiriladi. Ikkinchi bosqich, gaplar

qisqartirilayotganda qaysi ma’lumotga qarab bo‘lingani bo‘yicha o‘zaro savol beriladi. Savolga

javoblar ayni vaqtda berib boriladi. Bilamizki, matnlar turlariga yoki mavzusiga ko‘ra qiyin

so‘zlardan ham iborat bo‘ladi. Aynan mana shu ma’nosi qiyin, tushunilishi uchun izoh talab

etiladigan so‘zlarni oson va barcha uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarga almashtirish kerak bo‘ladi.

Bu bosqich o‘qib tushunishni osonlashtiradi. Oxirgi bosqich shuki, yuqoridagi

bosqichlardan kelib chiqib matn to‘la va kengaygan holda qayta bayon etiladi. Kengaytirilgan

matn boshqa o‘quvchilarga qara aytib beriladi. Ushbu jarayon jonli holda amalga oshirilsa,

samaradorligi ortadi.

“Energiya”

Elektr ham energiyaning bir turi bo‘lib, sim orqali o‘tkaziladi. Sim orqali o‘tgan quvvat

elektr tokidir. Elektrdan issiqlik, nur, tovush va ish-harakat ishlab chiqarilish uchun foydalaniladi.

Shuningdek, u mashinalarning barcha turini ishlata oladi. Uni batareyalarda saqlash mumkin.

Mahalliy kichik stansiyalarda kuchlanish 220 voltga qadar pasaytiriladi va uni turar joylar,

do‘konlar hamda ofislarga uzatishadi.

Chaqmoqning bir lahzalik yog‘dusi – bu o‘zgaruvchan tokning lahzalik razryadidir.

Chaqmoq chaqqanda elektr toki havo bo‘ylab bulutdan bulutga yoki pastga qarab

harakatlanadi”

2

.

Bunda murakkab gaplar soddalashtiriladi. Elekt energiyaning bir turi. Mahalliy

stansiyalarda kuchlanish 220 voltga qadar pasaytiriladi. Uni turar joylar, do‘konlar hamda

ofislarga uzatishadi, kabi. Keyingi bosqichda savollar tuziladi: elektr nima maqsadlarda

ishlatiladi?, elektrni to‘plash mumkinmi? So‘ngra, tovush – ovoz, qadar – -gacha, turar joy – uy,

2

Siz bilgan, bilmagan dunyo. “Sharq” Toshkent 2007 120 bet, 25-b


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

144

lahzalik – qisqa shaklida so‘zlarni oddiylashtiramiz. Oxirgi bosqichda matn kengaytirilgan holda

so‘zlab beriladi.

Ushbu metodning oxirgi bosqichida matn kengaygan holda to‘la aytib berilishi kerak

bo‘ladi.

Bundan tashqari o‘qib tushunishni rivojlantiruvchi Y(yo‘l), S(savol), 2O‘(o‘qish va

o‘rganish) va Y(yod aytish), ya’ni YS2O‘Y metodini taklif etamiz. Bunda o‘quvchilar berilgan

matn bilan tanishib chiqadilar. Matn yuzasidan o‘zi muhim hisoblagan ma’lumotlar asosida

savollar tuzadilar. Matn shu asosda yana bir bor o‘qib chiqiladi. Bunda diqqat jamlanib, o‘zlari

tuzgan savollarning javoblarini ham nazardan qochirmaydilar. Keyingi qadam matn yuzasidan

o‘quvchilar o‘zlarining shaxsiy munosabatlarini berishlari kerak, ya`ni matndan olgan

ma`lumotlar qanchalik muhim va kerakli kabi fikrlashga undovchi masalalarga izoh yozadilar.

Ushu ta’lim texnologiyasining oxirgi bosqichi o‘sha matnni butun holatda yoddan aytib

berishlari kerak bo‘ladi. Ushbu metod o‘qib tushunish ko‘nikmasini oshirishga xizmat qiladi.

1-rasm. O‘qish texnologiyasining mohiyati.

“Yulduzlar — Quyosh singari yorug‘lik sochuvchi osmon jismlari; asosan, qaynoq

plazmadan tarkib topgan, Gravitatsiya (tortishish) kuchlari ta’sirida gaz-chang muhiti

(asosan, vodorod va geliy)dan hosil bo‘ladi. Yulduzlar markazida yuqori zichlik va yuqori

temperatura (chamasi 10-12 million K) vujudga kelganda elementlarining sintezlanish

termoyadro reaksiyasi sodir bo‘ladi. Quyosh yerdan taxminan 150 million kilometr uzoqda,

Galaktikamizdagi Yulduzlar esa unga qaraganda ming, hatto million marta uzoqda

joylashgan. Eng yaqin yulduzlargacha bo‘lgan masofa yerdan Quyoshgacha bo‘lgan

masofadan 66 ming barobar katta. Quyosh Yerga yaqin bo‘lgani uchun yulduzlardan katta

Yo‘l

Muammo

O‘qish

O‘rganish

Qayta

yaratish


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

145

bo‘lib ko‘rinadi. Yorug‘lik Quyoshdan Yerga 8,3 minutda, bizgacha eng yaqin bo‘lgan

Sentavrning yorug‘lik 4 yil-u 3 oyda yetib keladi. Shuning uchun Yulduzlar bizga (katta

teleskoplarda ham) hamma vaqt yorug‘ nuqta bo‘lib ko‘rinadi. Teleskopsiz osmon sferasida

ko‘pi bilan olti ming, kichik teleskopda bir necha o‘n ming, katta teleskopda esa bir necha

yuz million Yulduzlarni ko‘rish mumkin. Bizning Galaktikamizda hammasi bo‘lib, taxminan

120 milliard Yulduzlar bor. Yulduzlarni o‘rganish insonlarning moddiy hayot ehtiyoji

(kalendar tuzish, aniq vaqtni belgilash, sayohat vaqtida Yulduzlarga qarab yo‘nalishni

aniqlash va boshqalar) taqozo qilgan”.

3

Ushbu matn o‘quvchilar tomonidan ko‘zdan kechirilgach, muhim deb hisoblangan nima

uchun yulduzlar doimo yorqin ko‘rinadi?, insoniyat qadimdan nega yulduzlar ilmini o‘rganishga

intilganlar?

kabi savollar tuzishlari mumkin. Savollarga yozma javob beriladi va o‘quvchilardan

matn yuzasidan qo‘shimcha fikrlarini daftarlariga yozishlari so‘raladi. So‘ng ushbu matn o‘quvchi

tilidan qayta bayon qilinadi.

“Ekologik xavf bugungi kunda tobora keng tus olib, er yuzidagi barcha mamlakatlarni bu

haqida chuqurroq o‘ylashga majbur etmoqda. Jahon yovvoyi tabiat (WWF), Global Footprint

Network jamg‘armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda o‘tkazgan

tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1970-yildan buyon dunyoda yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43

ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foiz (havo va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi

76 foiz, yer usti va suvda kun kechiradiganlar soni 39 foiz) qisqargan. Har yili 11 million gektar

tropik o‘rmon kesilmoqda. Yo‘qotishlar o‘rmonlarni tiklash ishlariga nisbatan 10 barobar ko‘pdir.

Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilishi dunyo

okeanidagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Havo tarkibida karbonat angidridning

oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona

effekti hosil bo‘lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik

muammo — global iqlim o‘zgarishi yuzaga keldi. Shuningdek, ozon qatlamining yemirilishi,

dunyo okeanining ifloslanishi, tuproq unumdor qatlamining yo‘qolib borishi, tropik o‘rmonlarning

kesilishi, cho‘llanish, chuchuk suv manbalari va bioxilmaxillikning kamayishi, maishiy

chiqindilarning ko‘payishi allaqachon bir davlat chegarasidan chiqib, tom ma’noda global

ekologik muammolarga, kimyoviy va toksik moddalarni zararsizlantirish kabi ekologik inqirozlar

aylandi”

4

.

2-va 3-darajali topshiriq:

3

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

4

Igitov F. Ilmiy izlanishlar – global ekologik muammolar yechimi. Yangi O‘zbekiston 5-noyabr 2020.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

146

1.

O‘rmonlar kesilishi oqibatidagi yo‘qotishlarni qayta tiklash ishlari qoplaydimi? Javob:

yo‘q.

2.

Issiqxona effekti paydo bo‘lishining sababini aniqlang. Javob: Havo tarkibida karbonat

angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi.

3.

Dunyo okeanidagi suv sathining ko‘tarilishi sababini aniq ko‘rsating.

A.

Kuniga atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilishi.

B.

Ozon qatlamining yildan yilga yemirilib borishi.

C.

Dunyo okeanining ifloslanishi, muzliklarning erib, suv sathiga qo‘shilishi.

D.

Tropik o‘rmonlarning kesilishi natijasida ocean suvi haroratining ko‘tarilishi.

Ushbu topshiriqlardan foydalanish orqali kutiladigan ta’limiy maqsadlar quyidagicha:

-

O‘quvchilar amaliy jarayonlarda mulohaza yuritib, qaror qabul qila olishdek muhim

ko‘nikmaga ega bo‘ladi.

-

Yuzaga kelayotgan muammolarning yoki biror vaziyatning sababi haqida mustaqil fikr

yuritib, uni aniqlay oladi.

-

Matn ichida kelgan yoki umuman axborotlar orasidan eng to‘g‘risini tanlab, uni amaliy

jarayonlarga tadbiq eta olishni shakllantiradi.

Matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini egallagan o‘quvchigina boshqa fanlardagi

topshiriqlarni bajara olishi mumkin. Bunday muhitni shakllantirish esa yangi ta’lim

texnologiyalarni darslarda qo‘llashni taqozo etadi. Shuni inobatga olgan holda, keltirilgan

metodlardan unumli foydalanish, yangilarini ishlab chiqish pedagoglar oldidagi asosiy

vazifalardan biridir. Har bir dars o‘quvchilarda o‘qib tushunish, gapirish, yozish ko‘nikmalarini

rivojlantirishga xizmat qila oladigan saviyada tashkil etilishi lozim. 2022-yil nashr etilgan 6-7-

sinf ona tili darsliklarining mazmuni ham o‘quvchilarni hayotga, muloqot qilishga o‘rgatishdan

iborat. Hech qaysi fan mustaqil rivojlanmasligini hisobga olib, darsliklarda keltirilgan matnlar ham

o‘z ichiga turli mavzularni qamrab olgan. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni hayotga

tayyorlash. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun esa yuqorida keltirilgan faol o‘qitish

metodlaridan samarali foydalanish tavsiya etiladi.

Hozirda ta’lim jarayoniga so‘rovga asoslangan ta’lim va uning sohasi hisoblangan 5E

5

modeli taklif etilmoqda. Bunda o‘zlashtirishga e’tibor qaratadi:

5

https://www.hmhco.com/blog/5e-instructional-model


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

147

1.

Engage – ishtirok etish mazmunidagi ushbu bosqichning mazmuni o‘qituvchining o‘quvchi

bilan muloqot o‘rnatishi va shu asosida o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklarni aniqlash,

shuningdek, eski bilimlarni faolashtirish va yangisiga bog‘lash jarayonini anglatadi.

2.

Explore – (tadqiq qilish) amaliy topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning g‘oya va

tavsiyalari muhokamaga qo‘yiladi. Bunda o‘qituvchilar rahbarlikni saqlab qoladi.

3.

Explain – (tushuntirish) o‘qituvchi tomonidan savollar berish orqali yangi bilimlarni hosil

qilishga undaydi, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan berilgan javoblar solishtiriladi.

4.

Elaborate – o‘quvchilar o‘rganganlarini amalda qo‘llaydi va yangi xulosalarni ishlab

chiqadilar.

5.

Evaluate – o‘qituvchi tomonidan rasmiy va norasmiy ravishda baholash amalga oshiriladi.

Xulosa.

Ta’lim sohasida yuqori ko‘rsatgichga erishish uchun o‘quvchilarda qo‘rquvni

yo‘qotish lozim. Qo‘rquv natijasida fikrlash va tasavvur qilish cheklanadi. PISA, tadqiqot, natija

kabi so‘zlar o‘quvchini tahlikaga soladi va u qo‘rqa boshlaydi. Bunday holatdan yaxshi samarani

kutib bo‘lmaydi. Demak, jarayonga Bolani oddiy ko‘z bilan qaratishga o‘rgatish kerak. PISA

talabidagi topshiriqlarni bajarish ham kundalik jarayonlarga aylantirilishi lozim. til ta’limida

asosiy e’tibor yozma savodxonlikka qaratilgan. Albatta, ushbu jarayon muhim. Afsuski, xalqaro

tadqiqotlarda imloga ball berilmaydi. O‘quvchidan anglash va mulohaza yuritish talab etiladi.

Shunday ekan, biz taklif etgan metodlar va topshiriqlar o‘quvchida PISA nima ekanligi borasidagi

bilimlarini boyitadi.

REFERENCES

1.

Odam anatomiyasi A. G‘ Ahmedov Toshkent “Iqtisod-moliya” 2007. 17- bet, 321 b.

2.

Siz bilgan, bilmagan dunyo. “Sharq” Toshkent 2007 120 bet, 25-b

3.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

4.

Igitov F. Ilmiy izlanishlar – global ekologik muammolar yechimi. Yangi O‘zbekiston 5-

noyabr 2020.

5.

https://www.hmhco.com/blog/5e-instructional-model

Bibliografik manbalar

Odam anatomiyasi A. G‘ Ahmedov Toshkent “Iqtisod-moliya” 2007. 17- bet, 321 b.

Siz bilgan, bilmagan dunyo. “Sharq” Toshkent 2007 120 bet, 25-b

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Igitov F. Ilmiy izlanishlar – global ekologik muammolar yechimi. Yangi O‘zbekiston 5-noyabr 2020.

https://www.hmhco.com/blog/5e-instructional-model