ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ОБРАЗОВАНИЯ ПРИ ОБУЧЕНИИ РОЖДНОМУ ЯЗЫКУ

Аннотация

В статье рассматривается обучение учащихся правилам орфографии, в частности метод какографии, то есть метод целенаправленного исправления текста с ошибками.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ачилова N. (2024). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ОБРАЗОВАНИЯ ПРИ ОБУЧЕНИИ РОЖДНОМУ ЯЗЫКУ. Современная наука и исследования, 3(9), 113–115. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/41179
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается обучение учащихся правилам орфографии, в частности метод какографии, то есть метод целенаправленного исправления текста с ошибками.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

113

ONA TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM METODLARIDAN

FOYDALANISH

Achilova Nasiba Saidovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi,

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

achilovanasiba63@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13752254

Annotatsiya.

Maqolda o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish, xususan, kakografiya

yo‘li, ya’ni maqsadli ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan matnni o‘quvchilarga tuzatish usuli haqida
fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to‘g‘rilash, kakografiya usuli.

USE OF MODERN EDUCATIONAL METHODS IN MOTHER LANGUAGE

TEACHING

Abstract.

The article discusses the teaching of spelling rules to students, in particular, the

method of cacography, that is, the method of purposefully correcting students' text with errors.

Key words:

spelling, spelling rules, exercises, correction, cacography method.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ОБРАЗОВАНИЯ ПРИ

ОБУЧЕНИИ РОЖДНОМУ ЯЗЫКУ

Аннотация.

В статье рассматривается обучение учащихся правилам орфографии,

в частности метод какографии, то есть метод целенаправленного исправления текста с
ошибками.

Ключевые слова:

орфография, правила правописания, упражнения, коррекция,

метод кокографии.

Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab qunt bilan o‘qish, ilm

va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda o‘ziga xos ta’lim
tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi.

Ularda ta’limning boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga ham alohida o‘rin ajratilgan. Ona

tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma ravishda to‘liq bayon qilishga
o‘rgatadi.

O‘quvchining savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil

qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi. Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni
aynan, adyekvat aks ettirishdan tashqari ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham
o‘rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkoniyati
bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi.

Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona

foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida an’anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Keyingi yillarda breynrayting,
breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat kabi
turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180- bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir.

Kakografiya so‘zi lotincha kakos – yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos – yozmoq

so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

114

tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik va didaktik
jihatlari hali ochib berilmagan. Rus tilida какофонический, какофония degan so‘zlar mavjud
bo‘lib, ularga lug‘atlarda quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz, nosoz, g‘aliz; uyg‘unlashmagan,
yoqimsiz tovushlar yig‘indisi degan izohlar beriladiki, bu so‘z semantikasiga salbiy baho yuklaydi.

Shunga ko‘ra, kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik, yoqimsizlik yashirinib

yotganga o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik hamda
pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.

Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, narsalarni

bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng muhimi ona tili
darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo‘yicha zaruriy xulosalar
chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo‘qotib, dadillikka,
ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.

Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari bilan bog‘liq

amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o‘quvchilarga unli va
undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach, “Mustahkamlash darslari” yoki
“Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor
so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqqa qaratiladi.

Tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini puxta

o‘zlashtirmaydilar. So‘larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. Shuningdek,
o‘quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-
bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga, so‘zlarning muntazam ravishda xato
yozilishiga sabab bo‘ladi.

Masalan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, orden,

obod, marvarid, shanba, mas’ul, daryo kabi so‘zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin,
obot, marvarit, shamba, ma’sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda
uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi bo‘yicha ona tili darslarida yetarlicha
bilim va malakaga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida
“O‘zbek tilining imlo qoidalari”dagi “Ayrim unlilar va undoshlar imlosi” yuzasidan tegishli
nazariy ma’lumotlar mavzular o‘tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi:

So‘zlarni o‘qing, xato yozilgan o‘rinlarni topib, o‘zbek tilning imlo qoidalariga mos

ravishda ularni to‘g‘rilang va daftaringizga ko‘chirib yozing.

Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya, kampyuter, maylis va

hokazo.

To‘g‘ri yozilishi: buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq, rektor,

konferensiya, kompyuter, majlis.

Kakografik yo‘nalishdagi bunday topshiriqlarni bajarish bilan quyidagi natijalarga erishish

mumkin:

O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi;

O‘quvchilar ona tilidan olingan bilim va malakalarni xotirlashga, esga olishga harakat

qiladi;

Materiallarni bir-biriga solishtiradi, taqqoslaydi;

Xulosalar chiqaradi, orfografik bilimlarni mustahkamlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

115

Ayniqsa, og‘zaki nutqda h – x, b – p, d – t, z – s kabi birining o‘rniga ikkinchisi ko‘p

qo‘llaniladigan undosh tovushlarning imlosini o‘rgatishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi.

Bunda xato yozilgan so‘zlarni o‘quvchilarga slaydlar orqali ko‘rsatish, sinf taxtasiga

ataylab xato yozish, so‘zlari xato yozilgan tarqatma materiallarni qo‘llash kabi vositalardan
foydalanish unumli.

Masalan:
Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, ularni imlo qoidalariga mos ravishda to‘g‘rilang va

daftaringizga ko‘chirib yozing.

Orombahsh, zahira, hoxish, xol-ahvol, hiyonat, ihlos, xar hil, xamma, Xindiston, hatti-

xarakat, hayol.

To‘g‘ri yozilishi: orombaxsh, zaxira, xohish, hol-ahvol, xiyonat, ixlos, har xil, hamma,

Hindiston, xatti-harakat, xayol.

Kakografiya usuli leksikologiya bilan bog‘liq mavzularni o‘tishda ham qo‘l keladi. Matn

ichida bir tovush bilan farqlanuvchi dars-darz, bob-bop, mart-mard, qasr-kasr, qaram-karam,
halok-halak, kaft-kift, asl-asil, asr-asir, oxir-axir-oxur, chog‘-choq-choh singari paronim so‘zlarni
xato yozib, o‘quvchilardan ularni to‘g‘rilab yozishni so‘rash ulardagi bilimlarni mustahkamlashga
olib keladi.

Gaplarni o‘qing, noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni orfografiya qoidalariga mos ravishda

ko‘chirib yozing.

Bug‘day noning bo‘masin, Bug‘day so‘zing bo‘sin. Ma’zali so‘zga qulog‘ charchamas.
Toom lazati o‘zidan, Odam lazati – so‘zidan. Qulog‘dan kirgan soviq so‘z ko‘ngilga borip

muz bo‘lar. Puling bo‘masa bo‘masin, shirin so‘zing bo‘sin. Tili shirinning do‘si ko‘p. Qatiq gap
qarindoshga ham yoqmas.

To‘g‘ri yozilishi: Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin. Mazali so‘zga

quloq charchamas. Taom lazzati o‘zidan, Odam lazzati – so‘zidan. Quloqdan kirgan sovuq so‘z
ko‘ngilga borib muz bo‘lar. Puling bo‘lmasa bo‘lmasin, shirin so‘zing bo‘lsin. Tili shirinning
do‘sti ko‘p. Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.

Bunday topshiriqlar o‘quvchilardagi ko‘rish, eslash, narsalarni bir-biriga solishtirish va

zaruriy xulosalar chiqarish kabi aqliy-ruhiy xususiyatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Umuman olganda, biz – yoshlar vatanimiz O‘zbekistonning qanotlarimiz. Bugun bizning

oldimizda ona tilini o‘rganish borasida yagona to‘g‘ri yo‘l turibdi. Bizdan millatimizning bebaho
boyligi, xalqimiz tafakkurining tengsiz javohiroti sanalgan o‘zbek tilini mukammal o‘rganishimiz,
og‘zaki va yozma savodxonligimiz yuksak bo‘lishi talab etilmoqda. Yuqoridagilarni amalga
oshirish uchun bizga kakografiya usuli kutilgan samarani berishi mumkin. Zero, davr
o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham izlanishni, yangiliklarni o‘zlashtirishni talab etmoqda.


REFERENCES

1.

Toshkent sh., 2020-yil 20-oktabr, PF-6084-son

2.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. “Universitet” nashriyoti. – T., 2006

3.

Ibrohim Haqqul. Mushohada yog`dusi. T- 2009.

Библиографические ссылки

Toshkent sh., 2020-yil 20-oktabr, PF-6084-son

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. “Universitet” nashriyoti. – T., 2006

Ibrohim Haqqul. Mushohada yog`dusi. T- 2009.