ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
145
O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI STRATEGIK
REJALASHTIRISH
Hasan Abduvoidov
Sirdaryo viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi xodimi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13360423
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini
strategik rejalashtirish borasida so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, tanlangan strategik
yo'nalishlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf
etish uchun maqbul yechimlar yoritib berilgan. Shu bilan birga, zamonaviy strategik
rejalashtirishning mohiyati va asosiy tamoyillari haqida aniq tushunchalar berilgan.
Kalit so'zlar:
strategik rejalashtirish, “O'zbekiston – 2030” strategiyasi, ijtimoiy-
iqtisodiyot holat, iqtisodiy diversifikatsiya, xizmat ko’rsatish sektori, infratuzilma, tarmoqlarni
modernizatsiya qilish, tabiiy resurslar, demografik o'sish.
STRATEGIC PLANNING OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF
UZBEKISTAN
Abstract.
This article discusses the recent efforts in strategic planning for the socio-
economic development of Uzbekistan, including the chosen strategic directions, the challenges
encountered in economic and social development, and the appropriate solutions to address these
challenges. Additionally, it provides a clear understanding of the essence and core principles of
modern strategic planning.
Keywords
: strategic planning, "Uzbekistan – 2030" strategy, socio-economic status,
economic diversification, service sector, infrastructure, sector modernization, natural resources,
demographic growth.
СТРАТЕГИЧЕСКОЕ ПЛАНИРОВАНИЕ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО
РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация
. B статье рассматриваются последние усилия по стратегическому
планированию социально-экономического развития Узбекистана, включая выбранные
стратегические направления, проблемы, возникающие в экономическом и социальном
развитии, и соответствующие решения для их преодоления. Также предоставлено четкое
понимание сути и основных принципов современного стратегического планирования.
Ключевые слова
: стратегическое планирование, стратегия «Узбекистан – 2030»,
социально-экономическое состояние, экономическая диверсификация, сектор услуг,
инфраструктура, модернизация секторов, природные ресурсы, демографический рост.
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati va uning rivojlanish darajasi so'nggi
yillarda sezilarli o'zgarishlarni boshdan kechirib kelmoqda. Bir necha yillar avval hukumat ma’lum
bir cheklangan sohalarning rivojlanishiga asosiy e’tibor qaratgan bo'lsa, hozirda yurtning ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlanishi uchun keng ko’lamda yangi sohalar qo'llab-quvvatlanmoqda hamda bu
borada yangi strategiyalar tuzilib, ularning ijrosi jiddiy nazorat ostiga qo'yilmoqda.
Bunga yorqin misol tariqasida 2023-yilda e’lon qilingan “O'zbekiston – 2030”
strategiyasini keltirish mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
146
Bugungi kunda O'zbeksiton iqtisodiyoti, asosan, qishloq xo'jaligi, tabiiy resurslar va
sanoatga tayanayotgan bo'lsa-da, so'nggi yillarda hukumat iqtisodiy diversifikatsiya yo'nalishida
qator qadamlarni tashladi [1]. Bunga misol tariqasida hukumatning xizmat ko'rsatish sektori va
yirik infratuzilma loyihalariga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlash mumkin. Sanoat sohasida
ham ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va innovatsion texnologiyalardan
foydalanish bo'yicha islohotlar olib borilmoqda. Masalan, so'nggi 5 yillikda yurtimizda ko'plab
yangi sanoat zonalari va texnoparklar tashkil etildi. Bundan tashqari, so'nggi yillarda hukumat
rivojlanish strategiyasini asosan investitsiya muhitini tubdan o'zgartirish va uni sezilarli darajada
rivojlantirishga yo'naltirmoqda. 2023-2024 chi yillar oralig'ida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
va biznes muhitini tubdan yaxshilash uchun bir nechta islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda
hamda bu borada yangi qonunlar, soliq imtiyozlari va tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun qulay
sharoitlar yaratib berilmoqda.
Ijtimoiy holatning yanada yaxshilanishi uchun ham bir necha strategiyalar amalga
oshirilmoqda. Avvalambor, asosiy e’tibor ta’lim va salomatlikni yaxshilashga qaratilgan bo'lib,
ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va sog'liqni saqlash tizimini yaxshilash borasida islohotlar
amalga oshirilmoqda. Misol uchun, yurtimiz hududida ko'plab yangi maktablar, universitetlar va
sog'liqni saqlash muassasalari qurilmoqda hamda eski holatdagi binolar yangilanmoqda. Shu bilan
birga, ishsizlik darajasini qisqartirish va mehnat faoliyatini rivojlantirish maqsadida chora-
tadbirlar ishlab chiqilgan hamda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash orqali yangi ish
o'rinlari yaratish rejalashtirilgan [3]. Yuqoridagilardan tashqari, ijtimoiy holatni yaxshilash
maqsadida aholining ijtimoiy himoyasi va turmush darajasini oshirish uchun turli dasturlar va
loyihalar joriy etilmoqda.
Strategik rejalashtirish: strategik rejalashtirishning mohiyati va asosiy tamoyillari.
Strategik rejalashtirish deganda, asosan, tashkilot yoki kompaniyaning uzoq muddatli
maqsadlarini belgilash, ularni amalga oshirish yo'llarini aniqlash va resurslarini samarali
boshqarish uchun ishlab chiqiladigan tizimli jarayon tushuniladi [2]. Mazkur jarayon biror
tashkilotning kelajakka mo'ljallangan yo'nalishini belgilash va strategik qarorlarni qabul qilishda
yordam beradi. Strategik rejalashtirishning mohiyatlarini quyidagilar bilan ifodalash mumkin:
1.
Uzoq muddatli yo'nalish:
-
bu mohiyatda strategik rejalashtirish tashkilotning kelajakka oid maqsadlarini aniqlaydi va
ularga erishish uchun zarur bo'lgan yo'nalishlarni belgilaydi.
2.
O'zgarishlarga moslashuvchanlik:
-
o'zgaruvchan bozor sharoitlariga va raqobatga qarshi qay holda kurashish kerakligini
aniqlaydi hamda tashkilotning moslashuvchanligini ta’minlab, yangi imkoniyatlardan foydalanish
yo'llarini ochadi.
3.
Resurslarni boshqarish:
-
resurslarni samarali boshqarish va taqsimlash uchun asos yaratadi. Bu orqali tashkilotning
resurslaridan maksimal darajada foydalanish imkonini yaratish mumkin.
4.
Yozma rejalar:
-
strategik rejalashtirish jarayoni yozma rejalarda ifodalanadi, bu esa maqsadlarni aniq
belgilashga, ularga erishish yo'llarini aniqlashtirishga va amalga oshirish muddatlarini to'gri
belgilashga zamin yaratadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
147
5.
Monitoring va baholash:
-
ishlab chiqilgan va yaratilgan strategiyalarni amalga oshirish jarayonida natijalarni
monitoring qilish va baholash imkonini beradi hamda amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilish va
kerak bo’lgan o'zgartirishlarni kiritishga yordam beradi.
Yuqorida sanab o'tilgan mohiyatlar ma’lum bir davlatning yoki tashkilotning uzoq
muddatli rivojlanishidagi strategik rivojlanishini belgilab bersa, bu jarayonda asosiy tamoyillarni
ham hisobga olish kerak bo’ladi. Asosiy tamoyillarga maqsadga aniq yo'naltirish, tahlil qilish va
rejalashtirish, qaror qabul qilish, uni ijro etish va jarayon bilan natijani baholash kiradi. Maqsadga
yo'naltirish davrlari odatda qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatli bo'ladi. Strategik
rivojlantirishning jarayonlarini tahlil qilishda “SWOT” (
strengh
– kuchli tomoni,
weakness
–
kuchsiz tomoni,
opportunity
– imkoniyatlari,
threat
– xatarlari) tahlilidan foydalangan holda
strategiyaning kuchli yoki zaif, imkoniyatlari yoki xatarli tomonlarini aniqlash mumkin. Tahlildan
so'ng qaror qabul qilish tamoyili muhim rol o'ynaydi, ushbu tamoyilda to'g'ri ma’lumotlar va
tahlilga tayanib strategik qaror chiqarish, strategik variantlarni ko'rib chiqish va baholash muhim
hisoblanadi. Strategik qaror qabul qilinishi bilanoq uni ijro etish tamoyiliga rioya qilish kerak va
bu jarayonda rejalashtirilgan strategiyalarni amalga oshirishda aniq vazifalarni, resurslarni hamda
muddatlarini belgilash lozim.
O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muammolar va imkoniyatlar.
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdagi muammolar dunyoning barcha davlatlarida kuzatiladi
va umuman olganda, siyosatchilarning fikriga ko'ra bu normal holatdir. Negaki, rivojlanish bor
joyda yangi muammolar paydo bo'lishi tabiiy va buning ijobiy tomoni ham mavjud bo'lib, bu
jarayon imkoniyatlarni tahlil qilishga va yangi yechimlarni topishga undaydi. O'zbekistoning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
1.
Iqtisodiy diversifikatsiya (xilma-xillik) yetishmasligi.
Muammo
: O'zbekistonning iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligi va tabiiy resurslarga
bog'lanib qolgan bo'lib, bu iqtisodiy o'sishning barqarorligini va mustahkamligini ko'p hollarda
cheklab qo'yadi.
Yechim
: sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, yangi sanoat
tarmoqlarini yaratish va yuqori texnologiyali mahsulotlarga e'tibor qaratish.
2.
Kichik va o'rta bizneslarni rivojlantirishdagi to'siqlar.
Muammo
: kichik va o'rta biznes sektorida moliyaviy resurslar, kredit olish sharoitlari, soliq
tizimi va shunga o'xshash boshqa holatlar bilan bog'liq muammolar mavjud.
Yechim
: kredit olish imkoniyatlarini kengaytirish, soliq imtiyozlarini ko'paytirish va
tadbirkorlarni qo'llab quvvatlovchi yangi dasturlarni joriy etish.
3.
Ta’lim tizimidagi muammolar.
Muammo
: ta’lim tizimining ayrim sohalari global ta’lim standartlariga mos kelmaydi
(ta’lim kreditlarining xilma-xilligi, ma’lum bir yo'nalishdagi fanlarning ko'pligi va bog'liq
emasligi), kasbiy ta’lim va malaka oshirish tizimlari yetarli darajada rivojlanmagan.
Yechim
: joriy ta’lim dasturlarini yanada modernizatsiya qilish, izlanuvchilarning ilmiy-
tadqiqot faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash hamda kasbiy ta’limni kuchaytirish.
4.
Sog'liqni saqlash tizimidagi kamchiliklar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
148
Muammo
: sog'liqni saqlash tizimida malakali kadrlar yetishmasligi, ko'rsatilayotgan ayrim
tibbiy xizmatlarning sifatsizligi va ba'zi tibbiyot maskanlarining infratuzilmasi bilan bog'liq
muammolar mavjudligi.
Yechim
: sog'liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, malakali kadrlarni tayyorlash va
ularning sonini ko'paytirish va tibbiy xizmatlarni sifatini oshirish uchun tibbiyotda taraqqiyotga
erishayotgan davlatlardan andoza olish.
Yuqoridagi muammolarni tahlil qilish jarayonida, avvalambor, davlatdagi mavjud
imkoniyatlarni ko'zdan kechirib chiqish o'rinlidir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni strategik
rejalashtirishda O'zbekistonda quyidagi imkoniyatlar mavjud bo'lib, hozirgi kunda ularning
barchasidan foydalanish ishlari olib borilmoqda:
1.
Geografik joylashuv.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda o'ziga xos strategik
joylashuvga ega bo’lib, mintaqaviy savdo va transport yo'llarining rivojlanishi uchun muhim
markaz hisoblanadi. Bu esa mamlakatda transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish,
qo'shni davlatlar orqali savdo va investitsiyalarni kengaytirish imkoniyatini beradi.
2.
Tabiiy resurslar.
O'zbekiston o'z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yetarlicha tabiiy
resurslarga ega mamlakat hisoblanadi, masalan, gaz, neft va mineral resurslarning mavjudligi
iqtisodiy o'sish va sanoat rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
3.
Demografik o'sish.
Rivojlangan davlat hisoblanishiga qaramasdan aholi sonining
kamayishi va ishchi kuchi tanqisligiga duch kelayotgan mamlakatlar soni ko'paymoqda.
4.
O'zbekistonda esa yosh aholi tarkibi ko'p va ishchi kuchi keragidan ham ortiq hisoblanadi.
5.
Xalqaro hamkorlik.
Bugungi kunda O'zbekiston xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va
ularning sonini orttirish uchun o'z o'rniga ega hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida ko'plab
investitsiyalarni jalb qilish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga zamin yaratadi.
6.
Turizm sanoati.
O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, tabiatining go'zalligi va
xalqning mehmondo'stligi turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi.
Xulosa qilib qaytganda, O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini strategik
rejalashtirish jarayoni mamlakatning kelajakdagi farovonligini ta'minlashda muhim rol
o'ynamoqda. Iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy dasturlar va strategik rejalashtirish orqali O'zbekiston
o'zining iqtisodiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirmoqda. Kelajakdagi rivojlanish strategiyalari mamlakatning barqaror va
raqobatbardosh iqtisodiyotga erishishiga xizmat qilishi ko'zda tutilgan. “O'zbekiston – 2030”
strategiyasida yuqorida yoritilgan masalalar yuzasidan topshiriqlar mavjud va ular aniq sohalarga
yo'naltirilgan bo'lib, har soha uchun 2030-yilga qadar erishishi kerak bo'lgan maqsadlar mezonlar
asosida belgilab berilgan.
REFERENCES
1.
Abdullayev S.A., Xajiyev B.D., Mambetjonov Q.Q. O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish strategiyasi. –T.: "Barkamol fayz media". –2018. – 424 bet.
2.
Xo’djamuratova G. Strategik boshqarish. –T.: "Iqtisodiyot". –2019. – 177 bet.
3.
. O'zbekiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va davlat xizmatlari agentligi.
