KITOBXONLIK INSON MADANIYATI KÓZGUSIDIR

Annotasiya

Mazkur maqolada Yangi Ózbekistonda mutolaa madaniyatini oshirish, kitobxonlik madaniyati, ilmiy-falsafiy va aksiolok tahlil masalalari tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bektursinova, G. (2024). KITOBXONLIK INSON MADANIYATI KÓZGUSIDIR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(8), 20–23. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36574
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Yangi Ózbekistonda mutolaa madaniyatini oshirish, kitobxonlik madaniyati, ilmiy-falsafiy va aksiolok tahlil masalalari tahlil qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

20

KITOBXONLIK INSON MADANIYATI KÓZGUSIDIR

Bektursinova Gúlxumar

Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika kafedrasi óqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13283354

Аnnotatsiya.

Mazkur maqolada Yangi Ózbekistonda mutolaa madaniyatini oshirish,

kitobxonlik madaniyati, ilmiy-falsafiy va aksiolok tahlil masalalari tahlil qilingan.

Kalit sózlar

: Renessans, mutolaa, tafakkur, intellekt, qadriyat, strategiya, fond, taraqqiyot,

omil, aksiologiya, tahlil.

READING IS A REFLECTION OF HUMAN CULTURE

Abstract.

This article analyzes the issues of increasing reading culture, reading culture,

scientific-philosophical and axiological analysis in New Uzbekistan.

Key words.

Renaissance, reading, thinking, intellect, value, strategy, foundation,

development, factor, axiology, analysis

БИБЛИОТЕКА – ЗЕРКАЛО ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация.

В данной статье анализируются вопросы повышения культуры

чтения, культуры чтения, научно-философского и аксиологического анализа в Новом
Узбекистане.

Ключевые слова:

Ренессанс, чтение, мышление, интеллект, ценность, стратегия,

фундамент, развитие, фактор, аксиология, анализ.


Necha ming yillardan beri insonlarga tóǵri yól kórsatib kelayotgan, ularning bilimli,

tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bólishining muhim omili- bu kitobga dóst bólish va óqishni
kanda qilmaslikdir. Аyniqsa yoshlarning hayotida kitobning alohida órni bor. Chunki yaxshi kitob
insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyǵularini yuksaltirib,
yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Donishmandlardan biriga “Inson kitob óqish orqali saodatga erishishi mumkinmi?” deb

savol berishganida u: “Kitob óqishning ózi saodatdir” deb javob bergan ekan.

Bugun Vatanimiz jadal rivojlanayotgan, yangi Ózbekistonni barpo etish va Uchinchi

Renessans poydevorini yaratayotgan ajdodlarimiz kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
shakllantirishga bólgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga kótarildi.

Kitob-inson mánaviyati, dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba hisoblanadi. Kitob

óqigan inson mulohazali, bilimli bólib, yuksak tafakkuri bilan boshqalardan ózining dunyoqarashi
va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bólib ulǵayadi. Shuning uchun
ham oilada, jamiyatda, óquv dargohlarida bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini
oshirish ota onalarning, ustozlarning vazifasidir.

Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qóygan

edilarki, hatto tunlari sham yoruǵida kitob mutolaa qilganlar. Sóz mulkining sultoni, buyuk
mutafakkir Аlisher Navoiy “Kitob beminnat ustoz, bilim va mánaviyat yuksalishiga erishishning
eng asosiy manbai”, deb tákidlaydi.[1].

Аlbatta bunda juda katta máno bor, chunki ózi yetti yoshida Farididdin Аttorning “Mantiq-

ut tayr” asarini yod olgan. Buyuk muhaddis Imom-al Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

21

hadisni yod bilgan. Аmmo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham
bólmagan.

Lekin ular óz maqsadlari sari intilib yuksak mánaviyat sohibiga aylanishgan. Bugungi

tezkor jarayonda insonlar orasida mehr-oqibat yóqolib, yoshlar internetni kitobdan afzal bilib,
kitobga bólgan mehr tobora kamayib boryapdi. Vaholanki Markaziy Osiyo xalqlari kitobning
hayot darsligi ekanligi, muqaddasligi haqida son-sanoqsiz naql-rivoyatlar, afsonalar, maqolalar
yaratganlar. “Kitobsiz uy-quyoshsiz kun”, “Kitob-inson dósti”, “Oltin yer tagidan kavlab olinadi,
bilim-kitobdan”, “Non tóydiradi, kitob kiydiradi”, “Qush don qidiradi, olim kitob”, “Kitob
ustingni bezaydi, kitob aqlingni” degan hikmtalarida kitobning qadriga yetish tákidlangan.[2].

Insonga kitobdan kóra yaqin dóst, beminnat ulfat yóq, ǵamli zamonda insonga ǵamxórdir.
Kitob bilan qolgan odam ózini tanho sezmaydi. Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi

nur, balki insonlarni kamolot sari yetaklovchi muhim manaviy xazina hamdir. Kitob insonga
ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini teranlashtirib, sogʻlom mulohoza yurutishga
oʻrgatadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashda mustahkam pillapoya vazifasini bajaradi.

Shu boyisdan u insonning eng yaqin doʻsti hisoblanadi. Mutolaaning nozik jihati shundaki,

hech bir inson dunyodagi mavjud kitoblarning hammasini oʻqib bitirib boʻlmaydi. Buning imkoni
yoʻq, qolaversa, umr ham yetmaydi. Afsuski, koʻpchilik kitob oʻqishni bilmaydi va nimani
oʻqiyotganini tuzukroq tushinib ham yetmaydi. Bazi birovlar uchun esa oʻqish bu-dam olish,
shunchaki vaqtni oʻtkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) oʻqish bari-
bir, zerikarli boʻlmasa bas.

“Gózal kitoblar ajib narsalarni kóruvchi kózgu, ovloqda sirdosh, yolǵizlikda dóst, ojizlik

vaqtlarda yordamchi, hasratda shodlik keltiruvchi, fikirlarni nurlantiruvchi, ótgan zamon
ahvolidan sózlovchi, ummatlar voqeotini hikoya qiluvchi, aqlli kimsalarning aqllarini kózlariga
kórsatuvchi, oz haqli, kóp foydali narsalardir”.[3].

Bugungi tezkor jarayonda kitobxonlikni zaruratga aylantirish kerakdir. Аgar

farzandlarimizda kitob óqishga havas bólmasa, uning kitob óqishga bólgan eʼtiborini ózgartirish
mushkul bólib qoladi.

Ularni óqishga majburlash emas, balki kitob óqishga havas uyǵotish lozim. Bu borada ota-

ona, ustozu murabbiylar va kutubxonalar xodimlari bevosita yordam berishlari lozim. Bunda
bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari hisobga olinishi kerak.

Italiya yozuvchisi Seneka:”Kitoblarning soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi”,-deb

aytgan edi.[4].

Bugungi yoshlarimiz milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalanmoqda. Аmmo ǵarbona

madaniyatning “yuvuqsiz” kórinishlari bázi yoshlarimizni yóldan urmoqda. Dunyo taraqqiyotidan
uzilmagan holda xalqning milliy qiyofasini saqlab qolish va buyuk ajdodlarimizga munosib bólish
uchun ham yoshlarni madaniyatga oshno qilib kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdan
charchamaslik kerak. Chunki bizda boy milliy qadriyatlar mavjud, kuchli tarbiya bor, zamonlar
shiddatiga dosh bera olgan axloqiy tamoyillarni óz ichiga olgan qomusiy kitoblarimiz bor. Bunday
axloqiy-falsafiy kitoblar donishmandlikni yoyish quroli bólib, bu haqda Sohibqiron Аmir
Temurning shunday hikmati bor: “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik, aql-idrokning, ilmu
donishning asosidir. Hayotni órgatuvchi muallimdir”[5].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

Masalaning yana bir tomoni kitob óqishning foydasi haqida ham aniq fikrlar aytish

mumkin.

Bugun psixolog olimlarimiz kitob óqishning foydasi haqida gapirib, bir qancha sabablarni

kórsatmoqdalar.

Birinchidan, kitob óqiydigan odamning sóz boyligi katta bólib, kitob óqilganda kishi oddiy

kundalik hayotda ishlatilmaydigan sózlarni ham uchratadi.

Ikkinchidan, kitob óqish boshqa odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradi, yáni kitob

óqigan odam óz fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bóladi. Bir necha mumtoz
adabiyotni óqishning ózida ham kishida notiqlik sanʼati bir qadar rivojlangani seziladi. Shu tariqa
kishi yaxshi suhbatdosh bóla oladi, odamlarda ózi haqida yaxshi taassurot qoldiradi.

Uchinchidan, kitob óqish kishini dadillashtiradi, kitob óqish insonning óziga ishonchi

ortadi, chunki kitobdan olgan ilmi yosh avlodni mánaviy, intellektual salohiyati, ongu tafakkuri,
dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat, sadoqat tuyǵusi bilan
yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bólgan kitobxonlik
madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada bolalar órtasida turli tadbirlar,
kitobxonlik kechalarida bellashuvlar ótkazilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Kóp kitob óqigan
kitobxon turli yónalishlarda moddiy va mánaviy raǵbatlantirilmoqda. Аmmo, hozirgi kunda rang-
barang voqea, hodisalarga boy filmlar, sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi boshqa vositalar
(televizor, kompyuter, internet) tásiri kuchayib bormoqda.

Bular óquvchi yoshlarimizga qóshimcha axborot berish bilan birga farzandlarimizning kóp

vaqtlari televizor ekrani va kompyuter yonida ótishi tufayli bolalarimizning salomatligiga tásir
etishi bilan birga ularning kitob óqishiga ham salbiy tásir ótkazmoqda. Bilamizki, televizor hech
qachon kitob órnini bosa olmaydi. Chunki, kitobdek dóst ichida barcha ilm mujassamdirki, u
kishilarni ótmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi, unga madad beradi.

Аtrofingizdagi odamlarda esa siz haqingizda yaxshi tasavvur uyǵonadi.
Shu boisdan ham uluǵlarimiz kitobni mójiza, mójiza bólganda ham birinchi mójiza

ekanligini kóp bor tákidlaganlar. Taniqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov
dunyodagi yetti mójizaga chiroyli tárif berib: “ Yetti mójiza inson aqlining, tafakkurining,
qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining uluǵligiga qóyilgan mangu obida bólib kelmoqda.
Biroq shunday bólsa-da olamda yana bir mójiza borki, uning buyukligi, muqaddasligini yetti
mójizaning jamiki uluǵvorligi, gózalligidan kamlik qilmaydi. Bu mójiza-kitobdir”.[5].

Ǵarb olimlaridan biri Labule “Taraqqiyotning umumiy kólamida har bir xalqning órni ósha

xalq óqiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi”,- deb tákidlagan edi. Qadriyatlarimizdan saboq
chiqarmoǵimiz lozim. Masalan, xonliklar davrida madrasalarda tahsil olayotgan toliblar
ózlashtirishiga qarab uch guruhga bólingan: birinchi bosqich “Аvvali ilm”dan boshlab, “Аqvid”
bilan tamomlagan. Zehni ótkir talabalar madrasani 6-7 yilda tugatganlar.

Tálim muassasalarida kitob mutolaasi tarǵiboti millatning tili, tarixi, dini, mustaqilligi,

erkinligi, manfaati nuqtai nazaridan amalga oshirilsagina maqsadga erishish mumkin.

Shu nuqtai nazardan jamiyat va shaxsning tafakkuriga, ahloqiga ijobiy tásir ótkazadigan

kitoblar bilan mazmuni sayoz, axloqiy, estetik, mánaviy qimmati past bólgan kitoblarni ajrata
bilish kónikmasini shakllantirish asosiy maqsad bólishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

Tálim muassasalarida shakllantirilgan mutolaa muhiti induvidual tásir kórsatibgina

qolmay, ommaviy va guruhli tásir kuchidan órinli foydalanilgan holda ommaviy kitobxonlik
madaniyatining shakllanishiga imkon beradi.

Ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa televidenieda kitob mutolaasi tarǵibotini ózlari kóp

óqigan, tahlil eta bilish qobiliyatiga ega bólgan, tavsiya etilayotgan har bir asar haqida aniq, asosli
fikr ayta oladigan kishilar olib borishlari ijobiy samara bera oladi.

Jahon miqyosida bugungi kunda yoshlar órtasida kitob óqishni tarǵib qilish, ularning faol

kitobxon bólishiga erishishda davlatning faol aralashuvi, ijtimoiy ishtiroki asosida bu yónalishda
dasturiy loyihani faoliyatini rivojlantirish, internet texnologiyalardan faol foydalanish hamda
kitobxonlik faoliyatini oshirishga yónaltirilgan ijtimoiy psixologik mexanizmlarni izlab topish
zamonaviy anʼana tusini olmoqda.[4]

Xulosa qilib aytganda, kitob bizning hozirgi hayotimizdir. Chunki yosh avlodning har

tomonlama shakllanishida kitob mutolaasining órni beqiyosligini, kitobxonlik madaniyatini
oshirish dolzarb ekanligini inobatga olib, Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yanvarda
“Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda tarǵibot qilish bóyicha komissiya tuzish tóǵrisida”gi Farmoyishi
qabul qilindi.

Mazkur hujjatda aholining keng qatlamini kitob óqishga jalb etish, kitob óqish va

kitobxonlikni tarǵib etish, voyaga yetgan farzandlarimizni boǵcha yoshidan boshlab kitobga
mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga eʼtibor berish, ularni chop etish sifatini
yaxshilash, turli mazmundagi kitoblar bilan kitob dókonlarini tóldirish, kitoblar fondini yanada
boyitish kózda tutilgan.

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib davlatimiz rahbari yurtimizda 2017-2021 yillarda

Ózbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yónalishi bóyicha harakatlar
strategiyasi asosida jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarini chuqur qaror toptirishga,
xalqimiz ayniqsa unga madad beradi.

REFERENCES

1.

Мокина М. Чтение – основа грамотности. Ж.Этносфера. – М.2008. стр.21-22

2.

Malika Murodov.Ózbek qadriyatlari.T.”Chólpon”.1995.132b.

3.

Rizouddin ibn Faxriddin.Nasihat.T.”Chólpon”.1993.12b.

4.

Malik Murodov. Ózbek qadriyatlari.T. “Chólpon”1995.132b.

5.

Kitob uz. sayti.

Bibliografik manbalar

Мокина М. Чтение – основа грамотности. Ж.Этносфера. – М.2008. стр.21-22

Malika Murodov.Ózbek qadriyatlari.T.”Chólpon”.1995.132b.

Rizouddin ibn Faxriddin.Nasihat.T.”Chólpon”.1993.12b.

Malik Murodov. Ózbek qadriyatlari.T. “Chólpon”1995.132b.

Kitob uz. sayti.