ADABIYOTDA FAXRIYA AN’ANA VA IZDOSHIYLIK HAQIDA TUSHUNCHALAR

Annotasiya

Faxriya Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy san’at turi bo‘lib, kichik lirik she’rlarda bir baytdan, katta hajmli asarlar: qasida va dostonlarda esa bir necha baytdan iborat bo‘ladi. Faxriya shoirning iste’dod darajasi, asarlarining badiiy yuksakligi hamda erishgan muvaffaqiyatlari va shon-shuhratidan faxrlanib bitgan she’r-u baytlari tarzida odatda she’riyatda muayyan maqomga erishgan shoirlar tomonidan qalamga olinadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
1047-1050
51

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ismatova, M. . (2024). ADABIYOTDA FAXRIYA AN’ANA VA IZDOSHIYLIK HAQIDA TUSHUNCHALAR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(8), 1047–1050. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36402
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Faxriya Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy san’at turi bo‘lib, kichik lirik she’rlarda bir baytdan, katta hajmli asarlar: qasida va dostonlarda esa bir necha baytdan iborat bo‘ladi. Faxriya shoirning iste’dod darajasi, asarlarining badiiy yuksakligi hamda erishgan muvaffaqiyatlari va shon-shuhratidan faxrlanib bitgan she’r-u baytlari tarzida odatda she’riyatda muayyan maqomga erishgan shoirlar tomonidan qalamga olinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1047

ADABIYOTDA FAXRIYA AN’ANA VA IZDOSHIYLIK HAQIDA TUSHUNCHALAR

Ismatova Mohigul To’yevna

G’ijduvon ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13243487

Annotatsiya.

Faxriya Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy san’at turi bo‘lib,

kichik lirik she’rlarda bir baytdan, katta hajmli asarlar: qasida va dostonlarda esa bir necha
baytdan iborat bo‘ladi. Faxriya shoirning iste’dod darajasi, asarlarining badiiy yuksakligi hamda
erishgan muvaffaqiyatlari va shon-shuhratidan faxrlanib bitgan she’r-u baytlari tarzida odatda
she’riyatda muayyan maqomga erishgan shoirlar tomonidan qalamga olinadi.

Kalit so’zlar:

faxriya, Sharq adabiyoti, janr, badiiy san’at, arab adabiyoti, fors adabiyoti,

Sayfi Saroyi, Atoyi, Alisher Navoiy, Ubaydiy.

CONCEPTS OF HONORARY TRADITIONS AND DISCIPLINERY IN LITERATURE

Abstract.

Fakhriya is a type of literary art that is widespread in Eastern classical literature,

and consists of one verse in small lyrical poems, and several verses in large-scale works: odes and
epics. Honorary poems are usually written by poets who have achieved a certain status in poetry
in the form of verses that are proud of the poet's talent level, the artistic excellence of his works,
and his achievements and fame.

Key words:

honor, Eastern literature, genre, art, Arabic literature, Persian literature, Sayfi

Sarayi, Atoyi, Alisher Navoi, Ubaydi.

ПОНЯТИЯ ПОЧЕТНЫХ ТРАДИЦИЙ И ДИСЦИПЛИНАРНОСТИ В ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

Фахрия — вид литературного искусства, широко распространенный в

восточной классической литературе. Состоит из одной строфы в небольших лирических
стихотворениях и нескольких строф в крупных произведениях: одах и эпосах. Почетные
стихи обычно пишутся поэтами, достигшими определенного статуса в поэзии, в виде
стихов, которые гордятся уровнем таланта поэта, художественным совершенством его
произведений, его достижениями и славой.

Ключевые слова:

честь, восточная литература, жанр, искусство, арабская

литература, персидская литература, Сайфи Сарайи, Атойи, Алишер Навои, Убайди.

Sharq adabiyotida faxriya janrining ilk ildizlari arab adabiyotida qasida janri tarkibida

vujudga kelgan bo‘lib, ularda dastavval muayyan insoniy fazilatlarni qayd etish, ularning boshqa
maxluqotlardan aql, idrok, adolat va qahramonlik kabi sifatlar bilan ajralib turishi faxr bilan
aytilgan. Keyinchalik esa shoirlar o‘z qabilalari, avlodlarining sha’nini turli da’vo va janglarda
himoya qilish uchun faxriyalarga murojaat qilganlar.

Arab adabiyotida ilk faxriyanavis shoir sifatida Abu-t- Toyyib Ahmad ibn al-Husayn

Mutannabiy nomi tilga olinadi. Uning deyarli barcha she’rlarida o‘zi haqidagi e’tiroflar u yoki bu
shaklda namoyon bo‘ladi. Arab shoiri boshqa ijodkorlar orasida yuqori martabalik, ulug‘lik va
buyuklikni da’vo qilar ekan, o‘z shijoati, g‘ayrati, nozik tab’ligi hamda fasohat va balog‘atini
baland pardalarda faxr bilan badiiy talqin etadi.

Arablarda shakllangan bu hodisa fors-tojik adabiyotida ham namoyon bo‘ldi. Biroq

faxriyalarning mavzu doirasi kengaya bordi. Faxriyalarda faqat ijodkor va uning asarlariga
tegishli fazilatlar emas, balki o‘zlari yashagan davr sulola vakillari va podshohlar, ular bino qilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1048

me’moriy obidalar, ularning shaxsiy fazilatlari va insoniy sifatlarini ham g‘urur bilan kuylandi.
Xususan, Abulqosim Firdavsiy o‘z “Shohnoma”si orqali fors tiliga qayta jon bag‘ishlagani, u
barpo qilgan obida asrlar va zamonlar sinovlariga bardosh berishini, sira zavol ko‘rmasligini
e’tirof etsa, Hofiz Sheroziy she’rlarining ohangi va jozibasi kashmirliklar va turklarni raqsga
tushishga majbur qiladi deb yozadi.

O‘zbek mumtoz adabiyotida faxriya namunalarini Atoyi ijodida ham uchratish mumkin

.Jumladan:
Atoyi so‘zlari lutfiga yetmaguncha kishi,
Kamol-u zehn-u zarofatni ko‘rmagantek edi.
Yoki
Quloq solsang Atoyi so‘zlariga,
Nisor etgay sanga yuz durri maknun.

Ma’lumki, Atoyi zamonasining eng iste’dodli shoirlardan biri bo‘lgan. Baytdagi “Atoyi

so‘zlari” - bu shoir qoldirgan ma’naviy merosiga ishora. "Kamol" – ma’naviy komillik sifati,
"zehn" – aql, "zarofat" – noziklik. Demak, dastlabki baytda “Atoyi so‘zlari” ma’nosiga yetmagan
kishi ma’naviy komillikka erisha olmaydi, deydi shoir.

Ikkinchi baytdagi "durri maknun" – yashirin, noyob go‘zallik. Shoir bu birikma orqali o‘z

asarlarining inson hayotidagi ta’sirini ko‘rsatadi. Agar uning so‘zlariga quloq solsang, senga
yuzlab yashirin ma’naviy xazinalarni taqdim etadi, -deydi shoir.

Yana o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili Sayfi Saroyi ijodida ham faxriyalarni uchratish

mumkin. Jumladan:
Alarning ush biri Sayfi Saroyi,
Jahon oriflarining xoki poyi.
Ani sen jumla shoir kamtari bil,
Qamar yuzga hamisha mushtari bil.

Sayfi Saroiy o‘z ijodini bilan faxrlanar ekan, o‘zini “jahon oriflari”ning “xoki poyi” deya

ta’riflaydi. Ikkinchi baytdagi “qamar” va “mushtari” so‘zlari bilan o‘z she’ridagi ma’naviy
go‘zalliklarga ishora qiladi.

O‘zbek mumtoz adabiyotning asoschisi Alisher Navoiyning turli asarlari tarkibida ham

faxriya baytlarni uchratishimiz mumkin. Shoir deyarli barcha ijod namunalarida o‘z iste’dodini
Allohning inoyati va lutfi sifatida baholasa-da, mana shu “in’om”dan faxrlanish hissini o‘z
baytlariga singdirib ketadi. Jumladan,
Ey Navoiy, oltinu shingarfu,zangor istama,
Bo‘ldi nazming rangidin devon qizil,sorig‘,yashil.

Baytda Alisher Navoiy o‘z ijodini, ya’ni nazmining rangin va go‘zalligidan faxr etadi. U

"oltinu shingarfu" bilan shodlanishni istamaydi. Chunki nazmining rangidan "devon
qizil,sorig‘,yashil" bo‘ldi. Mazkur tashbeh orqali shoir devoni rang- barang mavzular, tashbehlar
va badiiy san’atlar bilan bezatilganligini ta’kidlaydi va o‘z ijodiga kamtarona baho beradi.
Boshqa bir g‘azalda esa:
Ey Navoiy, muta’kidsan qayda ko‘rsang pok yuz,
Yuz kishida yo‘q ekin bir sen kibi pok e’tiqod.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1049

Bilamizki, Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatini rasman qabul qilgan va uning talablarini

mukammal bajargan tariqat vakili. Shuning uchun shoir o‘z ijodida poklikni va haqiqiy e’tiqodni
eng oliy qadriyatlardan biri sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha, pok yuz va pok e’tiqod insonning
ma’naviy dunyosini belgilaydi. Mazkur baytda shoir o‘z e’tiqotini “yuz kishining e’tiqodidan
baland” ekanligini tajnis she’riy san’ati vositasida badiiy talqin etadi.

Alisher Navoiydan keyin ijod qilgan qalam ahllari o‘zlarini uning izdoshi sifatida

ko‘radilar va bundan faxr etganlar. Buni Qul Ubaydiy ijodida keltirilgan quyidagi bayt ham
tasdiqlaydi.
She’rlar aytib Ubaydiy ham Navoiy she’ridek,
Ko‘rki, shoirlar aro ul dog‘i shoir bo‘lg‘usi.

Baytda shoir Navoiyning ijodiy merosini tan olishi bilan birga o‘zini Navoiy bilan bir

qatorga qo‘yadi. "Shoirlar aro ul dog‘i" iborasi orqali shoir o‘zining boshqa shoirlar orasida
alohida o‘rin tutishini, ya’ni badiiy mahorati va yetuk asarlari bilan tanilganligiga ishora qiladi.

Faxriya arab, fors va turkiy she’riyatda keng tarqalgan adabiy hodisalardan biri bo‘lib,

shoir tomonidan o‘z ijodi va iste’dodidan faxrlanib aytgan so‘zlari aks etgan she’riy parcha yoki
alohida she’r turidir. Agar mo‘tabar lug‘atlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, faxriya yoki mafoxira
(ar.) – maqtanmoq, faxrlanmoq shuningdek, o‘z ulug‘ligini bildirish, o‘zi bilan maqtanish degan
ma’nolarda keladi. Faxriya kichik lirik she’r, masalan g‘azallarda bir baytdan, katta hajmli asarlar:
qasida va dostonlarda esa bir necha baytdan iborat bo‘lishi mumkin. Ana shunday baytlar ishtirok
etgan yoki butunlay shunday baytlardan iborat bo‘lgan asarlar

g‘azali faxriya

,

qasidai faxriya

deb

ham nomlanadi. Faxriyaga ba’zi manbalarda janr, ba’zilarida esa she’riy san’at sifatida qarash bor.
Agar faxriya turli janrdagi she’rlar ichida voqe’ bo‘lishi mumkinligi e’tiborga olinsa, uni

husni

ibtido, husni matlab

kabi ma’naviy san’atlar qatoriga qo‘shish to‘g‘riroq bo‘ladi

[Adabiyotshunoslik lug‘ati 2010, 342-243].

Faxriyada shoir o‘z ijodini boshqa bir shoir ijodiga, muhim bir voqea-hodisa yoki obyektga

kamtarona, mubolag‘ali yoki kinoyaviy tarzda taqqoslaydi, qiyoslaydi.

Barcha Sharq mutafakkirlari ijodida faxriya hodisasi alohida o‘rin egallaydi. Faxriyalar bir

baytdan bir necha baytgacha hajmda bo‘lib, ular ijodkorlarning turli janrdagi asarlari: g‘azallari,
qit’alari, dostonlari tarkibidan o‘rin olgan. Zamonaviy adabiyotda esa faxriyalarni alohida she’r
turi sifatida ham ko‘rish mumkin. Shunga ko‘ra faxriyalarni mavzu ko‘lamiga ko‘ra, shartli
ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) favqulodda iste’dod sohibi ekanligini bayon qilish;
2) ustozlarini ulug‘lash asnosida o‘zining ularga munosib shogird ekanligini ta’kidlash;
3) o‘z ijodini boshqa shoirlar bilan qiyoslash;
4) o’z she’rlari badiiyati bilan faxrlanish;
5) o‘z asarlarining shuhratidan iftixor tuyg‘ulari;
6) o‘zi yashagan zamon bilan faxrlanish;
7) o‘z ijodini taftish qilish

Muhimi shundaki, faxriyalar shunchaki o‘zidan faxrlanish bo‘lmay, shoirning badiiy

olamiga kirish yo‘lidagi o‘ziga xos yo‘ldir. Chunki ularda shoir o‘zining iste’dodi, salohiyati,
mahorat qirralarini ochibgina qolmay, asarlarining janriy tarkibi, mavzu ko‘lami va obrazlar olami,
badiiy yuksakligi, salmog‘i va ahamiyati haqida ham fikr yuritadi. Shuning uchun ham


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1050

faxriyalarni shoir o‘z ijodining ilk tadqiqotchisi deyish mumkin. Chunki she’rda muallif o‘z
ijodi bilan faxrlanish orqali asarlarining ko‘lami, badiiyati va she’riyat talablarini boshqa
ijodkorlar bilan solishtirish jarayonida o‘z ijodiga baho beradi. Buni shoir o‘z ijodini baholashi,
yutuqlaridan faxrlanishida ko‘rishimiz mumkin. Bu bilan ijodkor o‘z asarlarini o‘rganib
boshqalarga yutuqlarini ko‘rsatib o‘tayotganligi bilan izohlash mumkin.

Mumtoz arab adabiyoti an’analari asosida sayqal topgan faxriyanavislik keyinchalik fors

adabiyotiga ko‘chib, betakror nazm uslubining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Mumtoz fors
adabiyotining namoyandalari ham o‘z o‘rnida yashagan davri, o‘z mamlakatlari, sulola vakillari
va podshohlar, ular bino qilgan me’moriy obidalar, ularning shaxsiy fazilatlari va insoniy sifatlari
bilan she’rda g‘ururlanadigan, ba’zan o‘zlari yaratgan ijod namunalari bilan faxrlanadigan
bo‘ldilar. Fikrimizning dalili sifatida Rudakiy, Firdavsiy, Hoqoniy Shirvoniy, Hofiz Sheroziy,
Muslihiddin Sa’diy Sheroziy kabi shoir va mutafakkirlarning turli yo‘nalishlarda ijod etgan
faxriyalarini

keltirish

mumkin.

Jumladan, Abulqosim Firdavsiy o‘zining mashhur

“Shohnoma”sida va Hofiz ijodida ham faxriyalarning turli ko‘rinishlarini uchratish mumkin.

Yuqorida keltirilgan tasnifga ko‘ra, an’anaviy faxriyalarning bosh mavzusi shoirlikdan

faxr tuyish, oshiqlikdan faxrlanish bo‘lsa, noan’anaviy faxriyalarda faqirlik, zohid va qalandarlik,
xoksorlik bilan faxrlanish asosiy mazmunni tashkil etadi. Mustaqil va ichki turkumdagi
faxriyalarda esa badiiy san’atlar qo‘llangan faxriyalar va aralash mazmun kasb etgan faxriyalar
kuzatiladi. Qiziqarli jihati shundaki, faxriyalaar haqida so‘z ketganda ularning salbiy ko‘rinishlari
ham mavjud bo‘lib, ular mafoxira hamda manofiralar misolida kuzatiladi. Mafoxirada muallif
qarama-qarshi tomonning yomon sifat va odatlarini tanqid ostiga olib, o‘zining afzal sifat va
fazilatlari bilan maqtansa, manofirada qarama-qarshi tomonning nafrat uyg‘otadigan salbiy
xarakterlari ko‘rsatib o‘tiladi. Bu turdagi faxriyalarni yuqoridagi tasnifning

g‘oyib

va

hozir

degan

qismlarida mushohada etish mumkin.

REFERENCES

1.

Adabiyotshunoslik lug‘ati. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. 2010.Toshkent:
Akademnashr.

2.

Alisher Navoiy. 1988. G‘aroyib us-sig‘ar. MAT. 20 jildlik. T.3. Toshkent: Fan.

3.

Alisher Navoiy. 1989. Navodir ush-shabob. MAT. 20 jildlik. T.4. Toshkent:Fan.

4.

Alisher Navoiy. 1990. Badoye’ ul-vasat. MAT. 20 jildlik. T.5. Toshkent: Fan.

5.

Alisher Navoiy. 1990. Favoyid ul-kibar. MAT. 20 jildlik. T.6. Toshkent: Fan.

6.

Alisher Navoiy. 1993. Saddi Iskandariy. MAT. 20 jildlik. T.11. Toshkent: Fan.

7.

Alisher Navoiy. 2000. Muhokamat ul-lug‘atayn. MAT. 20 jildlik. T.16.Toshkent: Fan.

8.

Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 2016. Ikki jildlik. 1 ‒ 2-jildlar / Mas’ul muharrir
Sh.Sirojiddinov. Toshkent: Sharq.