O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TIZIMIDA AYOLLARNING O‘RNI

Abstract

Ushbu maqolaning dolzarbligi shundaki, zamonaviy dunyoda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi roli tobora muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat va davlat boshqaruvi rivojiga qo‘shgan hissasini inkor etib bo‘lmaydi. An’anaviy qadriyatlar jadal rivojlanayotgan jamiyat bilan uyg‘unlashgan O‘zbekiston Respublikasi sharoitida xotin-qizlarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga integratsiyalashuviga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu nafaqat mazkur bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi, balki ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovidir.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
f
13-16
20

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Raxmanova, I. (2024). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TIZIMIDA AYOLLARNING O‘RNI. Modern Science and Research, 3(8), 13–16. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36394
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolaning dolzarbligi shundaki, zamonaviy dunyoda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi roli tobora muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat va davlat boshqaruvi rivojiga qo‘shgan hissasini inkor etib bo‘lmaydi. An’anaviy qadriyatlar jadal rivojlanayotgan jamiyat bilan uyg‘unlashgan O‘zbekiston Respublikasi sharoitida xotin-qizlarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga integratsiyalashuviga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu nafaqat mazkur bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi, balki ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovidir.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

13

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI

TIZIMIDA AYOLLARNING O‘RNI

I.A.Raxmanova

Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi moliya iqtisod bo’limi bosh

iqtisodchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13251044

Annotatsiya.

Ushbu maqolaning dolzarbligi shundaki, zamonaviy dunyoda xotin-

qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi roli tobora muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat va

davlat boshqaruvi rivojiga qo‘shgan hissasini inkor etib bo‘lmaydi. An’anaviy qadriyatlar jadal

rivojlanayotgan jamiyat bilan uyg‘unlashgan O‘zbekiston Respublikasi sharoitida xotin-

qizlarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga integratsiyalashuviga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Bu nafaqat mazkur bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi,

balki ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovidir.

Kalit so’zlar:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xotin-qizlar, gender, moliyaviy-iqtisodiy.

THE ROLE OF WOMEN IN THE SYSTEM OF THE MINISTRY OF EMERGENCY

SITUATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract.

The relevance of this article is that in the modern world, the role of women in

socio-economic processes is becoming more and more important, and their contribution to the

development of society and state administration cannot be denied. In the conditions of the Republic

of Uzbekistan, where traditional values are combined with a rapidly developing society, special

attention is paid to the integration of women into the system of the Ministry of Emergency

Situations. This not only helps to increase the efficiency of this department, but is also a guarantee

of social stability and development.

Key words:

Ministry of Emergency Situations, women, gender, financial and economic.

РОЛЬ ЖЕНЩИН В СИСТЕМЕ МЧС РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

Актуальность данной статьи заключается в том, что в современном

мире роль женщин в социально-экономических процессах становится все более значимой,

и их вклад в развитие общества и государственного управления нельзя отрицать. В

условиях Республики Узбекистан, где традиционные ценности сочетаются с быстро

развивающимся обществом, особое внимание уделяется интеграции женщин в систему

МЧС. Это не только способствует повышению эффективности деятельности данного

ведомства, но и является залогом социальной стабильности и развития.

Ключевые слова:

МЧС, женщины, гендер, финансово-экономический.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

14

Ayollarning Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi ishtirokining moliyaviy-iqtisodiy

jihatlarini o‘rganish, ularning kasbiy rivojlanishi va martabasini o‘sishi uchun mumkin bo‘lgan

to‘siqlarni hamda rag‘batlantirib borish yo’llarirni aniqlash imkonini beradi. Bu boradagi

kamchiliklar va erishilgan yutuqlar tahlili mazkur sohada xotin-qizlarning ahvolini yaxshilashga

qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga asos bo‘lmoqda. Bundan tashqari, xotin-qizlarning oila

va jamiyatdagi o‘rni muhimligiga alohida e’tibor qaratilishi jamiyatning barcha a’zolariga teng

imkoniyatlar yaratish maqsadida, ularni oiladan tortib davlat tashkilotlarigacha qo‘llab-

quvvatlashni zarur deb hisoblayman.

Davlatimiz tomonidan gender tengligi va ijtimoiy adolatni ta'minlashda ayollarning tabiiy

ofatlarni boshqarishdagi ishtirokini hamda moliyaviy mablag’larni iqtisod qilishdagi faoliyatini

yo’lga qo’yishga qaratilgan. Bu, o‘z navbatida, har qanday davlatning barqaror rivojlanishining

asosiy omili bo‘lgan xotin-qizlar salohiyatidan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarda aholiga tez va samarali yordam ko‘rsatishga qodir

xizmatlarga ehtiyoj ortib borayotgani zamonaviy davrning umumiy tendensiyalarini aks ettiradi.

Shu jumladan texnogen va ekologik xavflarning o'sishi, shuningdek, nazoratsiz shaharlashuv bilan

bog'liq muammolar mavjud. Xodimlarining malakasi va professionalligi jamiyat xavfsizligi va

farovonligiga bevosita ta'sir qiladi. Xavf tug’dirayotgan shoshilinch sharoitlarda odamlarga

yordam berish qobiliyati, maxsus tayyorgarlik, stressga qarshilik va jismoniy chidamlilik

qutqaruvchilarning asosiy fazilatlari hisoblanadi.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham yuqori jismoniy faollik bilan bog‘liq va

hayot uchun xavf tug‘diruvchi kasblar an’anaviy ravishda erkaklar hisoblangan. Ammo bugungi

kunda jinsi, yoshi yoki etnik kelib chiqishiga asoslangan chegaralar xiralashgani sababli, kasbiy

sohada gender ajratishni yo'q qilishga intilish mavjud. O‘zbekiston ayollari qat’iyat va mas’uliyat

talab qiladigan “erkak” kasblarini tobora ko‘proq tanlamoqda. Bu tendentsiya hukumat

tuzilmalariga, jumladan, ayollar tobora ko'proq rol o'ynay boshlagan xavfsizlik kuchlariga ham

tegishli.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat ko‘rsatishda gender tengligi

tamoyili gender tengligining zamonaviy tendensiyalarini aks ettiruvchi va xalqaro standartlarga

mos keladigan qonunchilikda mustahkamlangan standartdir. Shu o’rinda, Favqulotda vaziyatlar

vazirligi tizimida xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida O`zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisininig 2022 yil 27 aprel kunidagi KQ-340-sonli qroriga asosan “Yil ayoli” hamda “Gender

tengligi” bo`yicha qaror qabul qilingan. Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi FVVgi

tomonidan

2023

yil

28

sentabr

kunidagi

“Hon

atlas”

festevali

o`tkazish


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

15

to`g`risidagi,faol,iqtidorli,tashabbuskor hotin-qizlar o`rtasida “Zulfiya” mukofoti soxibalarini

tanlash to`grisidagi tadbirlar va ko`rik-tanlovlar o`tkazish to`g`risida buyruqlarni ijrosi

boshqarmamiz xotin-qizlarning hayotdagi faolligini oshirishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tizimidagi xotin-qizlarning

ahvolini o‘rganish natijalarini muhokama qilar ekanmiz, ularning ushbu sohadagi ishtiroki bilan

bog‘liq bir qator muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan tashkilotimizda

muntazam ravishda o`tkaziladigan ekskursiyalar, dam olish maskanlariga sayohatlar uyushtirish,

oila a`zolari bilan madaniy hordiq chiqarish uchun kino, konsert, teatr tomoshalariga yuborish ham

bunga yaqqol misol bo`la oladi.

O‘zbekiston ayollari bu sohada oddiy rahbarlikdan tortib, yetakchi mutaxassislikkacha

bo’lgan turli lavozimlarni egallaydi. Qutqaruvchilar yoki o't o'chiruvchilar kabi ba'zi

ixtisoslashgan ravishda erkaklar ustunlik qiladigan kasblarda ularning ulushi pastligicha

qolayotgan bo'lsa-da, ayollar bo'limda boshqaruv, ta'lim, tibbiyot va moliya kabi sohalarda tobora

ko'proq qatnashmoqda.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xotin-qizlarga ushbu o‘ta muhim

sohaga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beruvchi kasblarning keng doirasi mavjud. Biroq, amalda

ayollarning kamligi mavjud bo'lib, bu ularning favqulodda vaziyatlarga to'liq qo'shilishi uchun

to'siqlarni ko'rsatishi mumkin.

Xususan, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida

ishlayotgan ayollarning kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyati tufayli oila qurish qiyinroq.

Suningdek, madaniy me'yorlar va ijtimoiy umidlar ayollarning kasb tanlashida muhim rol

o'ynaydi. Misol uchun, ayollarning 65 foizi ijtimoiy bosim, ish va oilaviy mas'uliyatni

muvozanatlashda kasb faoliyatini o’sishi va rivojlanishiga ta'sir qiluvchi muhim omil sifatida

ko'rsatdi.

Vazirlik tizimida xotin-qizlarning faoliyati o‘rganilganda e’tibor va yanada kuchaytirishga

arziydigan muhim jihatlar aniqlandi. Moliyaviy va iqtisodiy masalalar, jumladan, daromad

barqarorligi va ijtimoiy kafolatlar ayollarning ushbu kasbiy sohani tanlashiga sezilarli ta'sir

ko'rsatadi, qayta ko'rib chiqish va takomillashtirishni talab qiladi. Kasbiy faoliyat va oilaviy

majburiyatlarni uyg'unlashtirishdagi qiyinchiliklar tegishli qo'llab-quvvatlash choralari bilan

bartaraf etilishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi ayollarning qariyb 60 foizi ish va oilaviy mas’uliyatni

uyg‘unlashtirishda qiynaladi. Shuningdek, fikrimizcha ayollarning 80 foizining kasbiy o‘sishi va

oila farovonligiga erishishda oila va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini zarur deb

hisoblaymiz.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

16

Moliyaviy-iqtisodiy masalalar shuni ko‘rsatdiki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida

mehnat qilayotgan ayollarning 55 foizi barqaror daromad va ijtimoiy kafolatlar tufayli ushbu

sohani tanlaydi. Biroq, ishtirokchilarning atigi 20 foizi ish haqini boshqa sohalarga nisbatan ancha

raqobatbardosh deb hisoblaydi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining 30 foizini ayollar tashkil etishiga qaramay,

faqat 10 foizi yuqori boshqaruv lavozimlarini egallaydi. Shu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar

vazirligi tizimidagi ayol xodimlarning 75 foizi oliy ma’lumotga ega bo‘lib, bu kasbiy tayyorgarlik

va malaka jihatidan salmoqli yutuqdir. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida ushbu tizimda 2,5%

ayollar faoliyat olib boradi, ulardan

yuqori boshqaruv lavozimlarida deyarli yo’q, oliy ma’lumotga

ega ayollar 3% ni tashkil etadi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xotin-qizlarni rag‘batlantirish,

martaba oshirish hamda ijtimoiy va kasbiy moslashuvi jihatlarini yanada chuqurroq va har

tomonlama o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi.

Ushbu sohadagi, qo‘llab-quvvatlash va rivojlanish dasturlarini e’tiborga olib, gender

tengligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni, jumladan, murabbiylik dasturlari, kadrlar

tayyorlash va kasbiy mahoratni oshirish orqali rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, ayolning oila va jamiyatdagi o‘rni beqiyosdir. Ayol o’zining

go’zalligi, nazokatiligi, sadoqatiligi bilan birga kuchli, irodali, sabrli shaxs hisoblanadi.

Zamonaviy o’zbek ayoli bugungi kunda oilada mehribon ona, vafodor yor, saranjom oila

bekasi bo’lish bilan bir qatorda harbiy xizmatchi erkaklar bilan elkama-elka bo’lib og’ir,

mas’uliyatli va sharafli sohada faoliyat yuritib kelmoqdalar.

REFERENCES

1.

Maqola shaxsiy fikrlar asosida yozilgan va fikr yuritilgan.

I.A.Raxmanova

Qashqadaryo viloyati favfqulodda vaziyatlar boshqarmasi moliya iqtisod bo’limi bosh

iqtisodchisi. 2024y

References

Maqola shaxsiy fikrlar asosida yozilgan va fikr yuritilgan. I.A.Raxmanova Qashqadaryo viloyati favfqulodda vaziyatlar boshqarmasi moliya iqtisod bo’limi bosh iqtisodchisi. 2024y