IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI YOSHLAR ORASIDA DINIY EKSTIRIMIZIMNING TARG'IB QILINISHI

Аннотация

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda qudratli axboriy qurolga aylanganligi hech birimizga sir emas. Bu tarmoqlar jahon miqyosida mafkuraviy-g'oyaviy tahdidlarni targ'ibot va tashviqot etishda muhim manba vazifasini o'tamoqda. Bu tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma'naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g'oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Husanov, B. (2024). IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI YOSHLAR ORASIDA DINIY EKSTIRIMIZIMNING TARG’IB QILINISHI. Современная наука и исследования, 3(7). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36261
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda qudratli axboriy qurolga aylanganligi hech birimizga sir emas. Bu tarmoqlar jahon miqyosida mafkuraviy-g'oyaviy tahdidlarni targ'ibot va tashviqot etishda muhim manba vazifasini o'tamoqda. Bu tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma'naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g'oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI YOSHLAR ORASIDA DINIY

EKSTIRIMIZIMNING TARG'IB QILINISHI

Husanov Bo'stonbek Erkin o'g'li

Mustaqil izlanuvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13133056

Annotatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda qudratli axboriy qurolga aylanganligi

hech birimizga sir emas. Bu tarmoqlar jahon miqyosida mafkuraviy-g'oyaviy tahdidlarni targ'ibot
va tashviqot etishda muhim manba vazifasini o'tamoqda. Bu tarmoqlar yordamida yoshlarning
qalbi, ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida
yoshlar ma'naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g'oyaviy,
mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

Kalit so’zlar:

“ari uyasi”, “yahvechilar”, “pyatidesyatniklar“, “tashabbuskor

baptistlar”, g‘oyaviy qurol.

PROMOTION OF RELIGIOUS EXPRESSION AMONG YOUTH THROUGH SOCIAL

NETWORKS

Abstract.

It is no secret to any of us that social networks have become a powerful

informational weapon today. These networks serve as an important source of propaganda and
propaganda of ideological and ideological threats on a global scale. Special attention is paid to
influencing the hearts, minds and souls of the youth through these networks. As a result, the youth's
spirituality is derailed. Therefore, the rise of various ideological, ideological and informational
attacks should not be ignored.

Key words:

"beehive", "Yahwehists", "Piatisyatniks", "initiative Baptists", ideological

weapon.

ПРОДВИЖЕНИЕ РЕЛИГИОЗНОГО ВЫРАЖЕНИЯ СРЕДИ МОЛОДЕЖИ ЧЕРЕЗ

СОЦИАЛЬНЫЕ СЕТИ

Аннотация.

Ни для кого из нас не секрет, что социальные сети сегодня стали

мощным информационным оружием. Эти сети служат важным источником пропаганды
и пропаганды идеологических и идеологических угроз в глобальном масштабе.

Особое внимание уделяется воздействию на сердца, умы и души молодежи через

эти сети. В результате духовность молодежи подорвана. Поэтому нельзя игнорировать
рост различных идеологических, идеологических и информационных атак.

Ключевые слова:

«улей», «яхвесты», «пятисятники», «инициатива баптистов»,

идеологическое оружие.


Diniy ekstremizm

— baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat

qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati

1

.

Bugungi kunga kelib, internet tizimining ijtimoiy tarmog‘ida ma’naviy, axloqiy tubanlikni

“targ‘ib” etuvchi sahifalarning soni bir nech yuz miliondan oshayotganligi insoniyatni yanada
tashvishlantiradi. Bu haqda Chingiz Aytmatov shunday yozadi:

1

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Diniy_ekstremizm


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

“Tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo‘ladigan urushlar

jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning
ko‘p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir”

2

. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda qudratli

axboriy qurolga aylanganligi hech birimizga sir emas. Bu tarmoqlar jahon miqyosida mafkuraviy-
g'oyaviy tahdidlarni targ'ibot va tashviqot etishda muhim manba vazifasini o'tamoqda. Bu
tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan
ham, turli-tuman g'oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda
qoldirmaslik lozim.

Bugungi kunda internet ayrim “shaxslar” uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgan

masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda biror davlatni zabt etish uchun qurol, tank
va shu kabi vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday qurollarning ahamiyati pasayib
boryapti. Bularning o‘rnini ommaviy axborat vositalari, ayniqsa, internet egallayapti. Shundan
ko‘rinadika, hozir biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining
ongini zabt etish kifoya. Bu fikrning isboti sifatida “Arab baxori” buxronlari yoki Yevropaning
ayrim xududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin.

Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali taraqatilayotgan g‘arazli ma’lmumotlar,

vayronkor g‘oyalar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar yosh avlodning har biriga ta’sir
o‘tkazmoqda. Keyingi paytlarda internet orqali buzg‘unchilikka chaqiruvchilar, global tarmoqdan
qabih maqsadda foydalanuvchilar ko‘payib bormoqda.

Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy

maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi
zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga
aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish
uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga
kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari
lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga
qoʻyilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va
oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom
ekstremizmining „nozik“ tomoni uning „din“ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh
rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto
oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida „shahid“ yoki „kamikadze“ boʻlishga tayyor
turadilar. „Musulmonbirodarlar“ harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—
65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning
„nazariya“siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas
va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish
va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.

Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham

mavjud. Ayniqsa, „yahvechilar“, „pyatidesyatniklar“, „tashabbuskor baptistlar“ umuman qonuniy
hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan

2

https://solncesvet.ru/opublikovannyie-materialyi/ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar.16139788528/


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado
etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan
yashashga daʼvat etadilar.

Diniy ekstremizm yoki ashaddiy aqidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi

mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“,
Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va boshqa. Ular
jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.

Hozirgi kunda Xitoyda 500 milliondan, Rossiyada 50 milliondan, O‘zbekistonda 10,2

milliondan ortiq internetdan foydalanuvchi ro‘yxatga olingan. Endilikda ijobiy va salbiy
axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya.

Afsuski, ko‘p yoshlar Islom din niqobi ostida olib borilayotgan buzg‘unchi harakatlarning

qurboni bo‘lib, din dushmanlari quroliga aylanib qolmoqda. Ular nozik chegara chizig‘ini
anglamay, shunday targ‘ibotlarga uchib, o‘z dini, dindoshlari, xalqi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan
Vataniga qarshi isyon qilishgacha borib yetmoqda.

Aslida, adashgan kimsalarning din va shariat borasida umuman ilmlari yo‘q,

faqatgina to‘daboshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o‘tolmaydi. Bu qayg‘u bilan
qayd etish joizki, bugungi yoshlarimizning to‘qson foizi diniy masalalarda ulamolar tomonidan
yozilgan adabiyotgan qolib, internetga murojaat qilmoqda.

Inson qayerdan, qanday ma’lumotlarni olmasin, albatta, tekshirib ko‘rishi va ularga ko‘r-

ko‘rona ergashmasligi kerak. Qur’oniy Karimning Isro surasida shunday marxamat qilinadi: “(Ey
inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri
to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)” (36 oyat) – degan xitobiga qat’iy amal
qilish lozim.

“Axborat asri” deb atalayotgan hozirgi zamonda ma’lumot olish va axborot almashishning

qulay vositasi internetdir. Biroq bu tarmoqda hamma narsa aralash-quralash – oq bilan qora,
ezgulik bilan yovuzlik. Ma’lumot tarqatish, biznes va reklama uchun katta maydonga aylangan
global tarmoqni nazorat qilishning imkoni yo‘q. Shuning uchun ham “o‘rgimchak to‘g‘ri”da
buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti va terrorga chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi.

Buzg‘unchi firqalar tomonidan amalga oshirilayotgan xunrezliklar ommaviy axborot

vositalari, ayniqsa internet orqali keng namoyish etilmoqda. Jangarilar o‘zlarining qabih maqsadi
yo‘lida internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. Masalan, g‘alamislarning aldamchilik,
ko‘zbo‘yamachilik bilan ishlangan, soxtalashtirilgan videotasvirlari g‘o‘r yoshlarni o‘z domiga
tortmoqda.

Sog‘lom aql egalari internet qulayliklaridan o‘z bilimlarining oshirish yo‘lida oqilona

foydalanadi. Lekin ba’zi yoshlar esa ushbu tarmoqdagi yovuzlikka, ma’naviy tanazzulga sabab
bo‘ladigan saytlarda “sayr qilib”, o‘zlari va atrofdagilarning ongini zaharlayotganlari aniq.

Internet bozoridan har kim o‘ziga kerakli narsani oladi, deb tarbiyani o‘z xoliga tashlab

qo‘yish yaramaydi.

Paydo bo‘lganiga uncha ko‘p bo‘lmasa-da, lekin allaqachon “ari uyasi” kabi eng gavjum

elektron manzillarga aylangan ijtimoiy tarmoqlar yovuz kuchlarning virtual quroliga aylandi.

Zero, terrorchilik kayfiftidagi shaxslarning ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borayotgan

targ‘ibot-tarshviqotlari kun sayin avj olib bormoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

Shuning uchun ham yoshlarda xabar va ma’lumotlarni tahlil eta olish malakasini hosil

qilish zarur, Zero, har qanday xabar ham to‘g‘ri va xolis bo‘lavermaydi. Har bir ma’lumotni
tekshirish haqida Allox taolo shunday deydi: “Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar
keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin)
qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u habarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!”
(Hujurot surasi 6 oyat).

Xulosa qilib aytganda, Internetni bejiz “o‘rgimchak to‘ri” deb aytishmaydi. Zero,

o‘rgimchak to‘ri quyosh nurida shunchalar jozibador va xilma-xil ranglarda tovlanadiki, beixtiyor
inson unga mahliyo bo‘lib qoladi. Aksincha, quyosh nuri yo‘q joyda u jozibadorlikdan asar ham
qolmaydi. Shundan ekan, jamiyat barqorligiga tahdid soladigan, xunerezlik, behayolik, qalloblik,
buzg‘unchilik kayfiyatidagi sayt va guruhlarni “o‘rgimchak to‘ri”ning zulmatdagi shakliga
qiyoslash kerak. Shundan ekan, yoshlarni doimo ogoh bo‘lib, turli g‘oyalarga qarshi turishi va
to‘g‘ri yo‘ldan yurishlari zarur.

REFERENCES

1.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Diniy_ekstremizm

2.

https://solncesvet.ru/opublikovannyie-materialyi/ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-
yoshlar.16139788528/

3.

https://2fwww.azkurs.org/termiz-davlat-universiteti-v9.html

4.

https://fayllar.org/mavzu-internet-tarmogi-yoshlar-manaviyatiga-salbiy-tasir-etuvc.html

5.

https://anyflip.com/husmc/xkgz/basic

Библиографические ссылки