ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1385
PEDAGOGIK KREATIVLIK DAVR TALABI
Kaliknazarova Shahzoda Begisbay qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining
Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12736393
Annotatsiya. Maqolada hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirishda pedagogik kreativlikning
ahamiyati, kreativlik, pedagogik kreativlik, pedagogning kreativlik potensiali, umumiy o’rta ta’lim
maktabida texnologiya fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning klaster usulida o’quv
jarayonini tashkil qilishda uning samaradorli haqida materiallar keltirilgan. Pedagogik kreativlik
sifatlarini shakllantirish masalasiga katta e‘tibor berilib atrganligi keltirilgan.
Kalit so’zlar: kreativlik, pedagogik kreativlik, pedagogning kreativlik potensiali, yangi
pedagogik texnologiya.
PEDAGOGICAL CREATIVITY IS THE REQUIREMENT OF THE TIME
Abstract. The article presents materials about the importance of pedagogical creativity in
improving the quality of education, creativity, pedagogical creativity, the creative potential of the
pedagogue, the effectiveness of new pedagogical technologies in the organization of the
educational process in the cluster method of teaching technology in a general secondary school. .
It is noted that great attention is paid to the formation of pedagogical creativity qualities.
Key words: creativity, pedagogical creativity, creative potential of the pedagogue, new
pedagogical technology.
ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ ТВОРЧЕСТВО – ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ
Аннотация. В статье рассматривается значение педагогического творчества в
повышении качества образования, творчества, педагогического творчества, творческого
потенциала педагога, его эффективности в организации процесса обучения новым
педагогическим технологиям при кластерном методе обучения технологии в целом.
Материалы для средней школы предоставляются. Отмечается, что большое внимание
уделяется формированию качеств педагогического творчества.
Ключевые слова: творчество, педагогическое творчество, творческий потенциал
педагога, новые педагогические технологии.
Ma‘lumki, oxirgi yillarda xalqaro andozalar talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab
chiqarish va milliy kadrlarni tayyorlash masalasi eng dolzarb bo‘lib, xalq xo‘jaligining barcha
sohalarida, jumladan ta‘lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilmoqda, bundan asosiy
maqsad uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlarida ta‘lim berish sifatini oshirishdir. Shuning uchun
ana shu maqsadda hukumatimiz tomonidan alohida farmonlar, qarorlar, qonunlar va boshqa
hujjatlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
Misol sifatida 2020-yil sentabr oyida yangi tahrirda ishlab chiqilgan ―Ta‘lim to‘g‘risidagi
qonunni, 2020-yil 6-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi PQ-6108-sonli farmonini, 2020-yil 6-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4884-sonli qarorini olish mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1386
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, uzluksiz ta‘lim bosqichlarining barchasida ta‘lim sifatini
oshirishning asosiy omillaridan biri pedagog-o‘qituvchilarning kreativligi hisoblanadi, chunki
pedagoglarning o‘quv jarayonida beradigan ta‘limning sifati ularning yangi pedagogik
texnologiyalarning qaysi usullaridan foydalanishiga bog‘liq, bu esa pedagogik kreativlik
potensialining darajasi bilan belgilanadi. Endi, kreativlik, pedgogik kreativlik, pedagogning
kreativ potensiali tushunchalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Ma‘lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi.
Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va
malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va
vositalarining ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor
bo‘lishi, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli
darajada o‘zlashtirilishi talab etiladi.
Kreativlik (lot. ing. ―create – yaratish, ―creative‖ – yaratuvchi, ijodkorlik) – individning
yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. E. P. Torrens
fikricha ―Kreativlik tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: muammoga yoki ilmiy farazlarni
ilgari surish, farazni tekshirish va o‘zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni
aniqlash, muammo yechimini topishda bilim va amaliy xarakatlarning o‘zaro qaramaqarshiligiga
nisbatan ta‘sirchanlik.
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil
etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi ishlarda ushbu holat ―pedagogik
kreativlik tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativ-pedagogning an‘anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta‘lim va
tarbiya jarayonini samaradorligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish,
shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini
tavsiflovchi qobiliyati. Kasbiy faoliyatda pedagogik kreativlik turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Masalan, me‘yoriy hujjatlarni tayyorlashda, o‘quv manbalarini darslik, o‘quv-metodik
qo‘llanmalarni, tavsiyanoma va boshqalarni) yaratishda, ta‘lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin
tashkil etishda va boshqalarda. Pedagogning kreativlik darajasi yoki imkoniyati unda mavjud
bo‘lgan kreativlik potensiali bilan belgilanadi.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy
faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish
layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir
mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Pedagogning kreativ potensiali an‘anaviy tafakkurdan farqli ravishda quyidagilarda
namoyon bo‘ladi: tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi; yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
bir qolipda fikrlamaslik; o‘ziga xoslik; tashabbuskorlik; noaniqlikka toqat qilish; zakovatli bo‘lish.
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga
e‘tiborini qaratishi lozim: kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda
faollik ko‘rsatish; ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish; hamkasblar bilan
pedagogik yutuqlar xususida fikr alamashish.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1387
So‘ngi yillarda pedagogik kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga katta e‘tibor
berilmoqda va ushbu yo‘nalishda dunyoning juda ko‘p olimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borishmoqda. Shunday qilib, pedagogning ya‘ni mutaxassis o‘qituvchilarning o‘z fanlari bo‘yicha
ta‘lim sifatini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalarning samarali usullaridan foydalanishi,
ularning pedagogik kreativlik potensiali bilan xarakterlanadi, ya‘ni belgilanadi. Shuning uchun
uzluksiz ta‘lim sifatini oshirishda pedagogik kreativlikning o‘ziga xos ahamiyati bor. Umumiy
o‘rta ta‘lim maktablarida ta‘lim sifatini oshirish yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
bo‘lib hisoblanadi va bunda pedagog mutaxassis o‘qituvchining kreativligi asosiy rol o‘ynaydi.
Ayniqsa ixtisoslashgan maktablarda pedagogik kreativlikning ahamiyati katta. Pedagogik
kreativlikning ta‘lim sifatini oshirishdagi ahamiyatini texnologik ta‘lim fani misolida ko‘rib
o‘tamiz.
Ma‘lumki, texnologik ta‘lim fanida servis xizmati yo‘nalishi bo‘yicha pazandalik
asoslaridan ham ma‘lum bir bilimlar o‘rgatiladi. Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonida yangi pedagogik
texnologiyaning juda ko‘p usullaridan foydalaniladi, ya‘ni pedagogik texnologiya, ularning
usullari va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘yicha yetarli darajada adabiyotlar mavjud.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ta‘lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4884- sonli qarori. Toshkent. 2020-y. 6-
noyabr.
2.
Drapean Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and
problem soving). Aleksandria-Virginia, USA. ASD. 2014-p.4.
3.
Drapean Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and
problem soving). Aleksandria-Virginia, USA. ASD. 2014-p.4-5.
4.
Muslimov. N. A. va boshqalar ―Innovatsion ta‘lim texnologiyalari, T. ―Sano-standart
nashriyoti. 2015-yil. 81 b.
5.
Umid Axrorov, Mavluda Vakil ―Taom tayyorlash texnologiyasi, Toshkent. 2004-yil. 384 bet.
6.
Nurali Saidahmedov ―Yangi pedagogik texnologiyalar, T. ―Moliya, 2003-yil.
