TUPROQ VA SUV OMILI

Annotasiya

Ushbu maqolada Tuproq omilining asosiy maqsadi tuproqlarni unumdorligiga qarab tasniflashdir. Tuproq bonitirovkasi tuproq unumdorligini xarakterlovchi tabiiy, yaʼni qishloq xoʻjaligi. ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Shuningdek, Tuproq bonitirovkasida dalaning oʻlchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim sharoiti va boshqa ham hisobga olinishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To’xtamurodova, N., Boqiyeva, M., & O’ralova, G. . (2024). TUPROQ VA SUV OMILI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(7). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35531
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Tuproq omilining asosiy maqsadi tuproqlarni unumdorligiga qarab tasniflashdir. Tuproq bonitirovkasi tuproq unumdorligini xarakterlovchi tabiiy, yaʼni qishloq xoʻjaligi. ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Shuningdek, Tuproq bonitirovkasida dalaning oʻlchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim sharoiti va boshqa ham hisobga olinishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

TUPROQ VA SUV OMILI

To'xtamurodova Nafosat Xo'shmurod qizi

“TIQXMMI” MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti assistenti.

Boqiyeva Madinabonu Mahmasodiq qizi

“TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institute talabasi.

O’ralova Gulida Ergash qizi.

“TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institute talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12733713

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Tuproq omilining asosiy maqsadi tuproqlarni

unumdorligiga qarab tasniflashdir. Tuproq bonitirovkasi tuproq unumdorligini xarakterlovchi
tabiiy, yaʼni qishloq xoʻjaligi. ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan
xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Shuningdek, Tuproq bonitirovkasida dalaning
oʻlchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim sharoiti va boshqa ham hisobga olinishi haqida
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Tuproq omili, bonitirovka,

resurs, gidrosfera, suv, sug’orma dehqonchilik,

sizot.

SOIL AND WATER FACTOR

Abstract.

In this article, the main purpose of soil testing is to classify soils according to

their fertility. Soil testing is natural, that is, agricultural, characterizing soil fertility. it is carried
out taking into account the characteristics that are closely related to the productivity of crops.
Also, information about the size of the field, geometric shape, slope, climatic conditions, and other
considerations are given in the soil inspection.

Key words:

soil factor, otsenka, resource, hydrosphere, water, oroshaemoe zemledelie,

sisot.

ПОЧВЕННО-ВОДНЫЙ ФАКТОР

Аннотация.

В данной статье основной целью исследования почв является

классификация почв по плодородию. Почвенные испытания являются природными, то есть
сельскохозяйственными, характеризующими плодородие почв. его проводят с учетом
особенностей, тесно связанных с продуктивностью сельскохозяйственных культур.
Также при обследовании почвы приводятся сведения о размерах поля, геометрической
форме, уклоне, климатических условиях и других соображениях.

Ключевые слова:

почвенный фактор, оценка, ресурс, гидросфера, вода, орошаемое

земледелие, сисот.

Tuproq omili

- yer uchastkasida tarqalgan unumli tuproq qatlamining fiziologik hamda

ximiyaviy tarkibini, tuproq turi va holati, iqlim sharoiti va yer osti suvlarini joylashishi kabi bir
qator omillarni o'zida jamlaydigan jarayondir.

Tuproq bonitirovkasi

(lot. bonitas — sifatlilik) —

tuproq unumdorligini qiyosiy baholash. Tuproq bonitirovkasi 100 ballik shkala boʻyicha
ifodalanadi.

Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi tuproqlarni unumdorligiga karab tasniflashdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

Tuproq bonitirovkasi tuproq unumdorligini xarakterlovchi tabiiy, yaʼni qishloq xoʻjaligi.

ekinlari hosildorligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini hisobga olgan holda
oʻtkaziladi.

Shuningdek, Tuproq bonitirovkasida dalaning oʻlchami, geometrik shakli, nishabligi, iqlim

sharoiti va boshqa ham hisobga olinadi. Tuproq bonitirovkasi yerni iqtisodiy baholash, yer
kadastrini yuritish, melioratsiya hamda dehqonchilik sistemasini takomillashtirish va boshqa
uchun zarur.

Suv resurslari

– foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi

nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu
kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining
oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi.

Suv resurslari deganda suv obʼyektlari – daryo, koʻl, dengizlar ham tushuniladi, chunki

ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda
foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat
salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida.

Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani,

yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari—
gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor.

Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona

foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv
resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xoʻjaligi va boshqa maqsadlarda
foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni
tozalamay daryo va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga
kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi.

BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga

bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003-yil
Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, daryo oqimlari va yer osti
suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, togʻlardagi muzliklar va
koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor
qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi.

Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga

keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga
toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan
juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi.

Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari

114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) – 74,7 km³,
Sirdaryoda – 39 km³, Tajan va Murgʻobda – 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy
jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari
yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.

Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni vujudga

keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

168

Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari

va boshqalar) va Sirdaryo (Katta Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Janubiy Mirzachoʻl
kanallari va boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan.

Xulosa.

Tuproqlarni baholash madaniy o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun

muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, tuproqning o‘z barqaror belgilari va xossalariga ko‘ra o‘tkaziladi.

Ko‘pchilik hollarda yerlarni baholashda tuproqning quyidagi asosiy xususiyatlari va tabiiy

sharoitlari:

genetik alomatlari, sug‘orila boshlangan davrning uzoq – yaqinligi,

madaniylashtirilganlik darajasi, harorat resurslari bilan ta‘minlanganligi, mexanik tarkibi, tuproq
hosil qiladigan jinslar genezisi, tuproq qatlamining sizot suvlarini o‘tkazuvchanligi, sho‘rlanish
darajasi, eroziyaga uchragani, sertoshligi, gipslashgani va hakazolar hisobga olinadi.


REFERENCES

1.

Muhamedov T., Tuproq eroziyasi dehqonchilik uchun ofat, T., 1973; Muxitdinov K.,
Oʻzbekistonda tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash choralari, T., 1976; Mirzajonov va
boshqa, Eroziyaga uchragantuproqparda yuqori hosil olish, T., 1980.

2.

O.Ramazonov, O.Yusupbekov. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Sharq, 2005.

3.

H.Atabayeva, O.Qodirho'jaev. "O'simlikshunoslik" o’quv qo'llanm a. T. Yangi asr avlodi,
2006.

4.

Sh.Xoliqulov, P.Uzoqov, I.Boboxo'jayev “Tuproqshunoslik” Samarqand: «N.Doba» XT,
2011.

5.

Plant science. Growth, Deyelopment and Utilization o f Cultivated Plants. 2011.

6.

A.Axatov. «Tuproq resurslari va ulardan foydalanish», T: TIMI bosmaxonasi, 2016.

7.

7. Ramazonov, S.Buriyev. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Barkamol fayz media,
2018.

Bibliografik manbalar

Muhamedov T., Tuproq eroziyasi dehqonchilik uchun ofat, T., 1973; Muxitdinov K., Oʻzbekistonda tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash choralari, T., 1976; Mirzajonov va boshqa, Eroziyaga uchragantuproqparda yuqori hosil olish, T., 1980.

O.Ramazonov, O.Yusupbekov. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Sharq, 2005.

H.Atabayeva, O.Qodirho'jaev. "O'simlikshunoslik" o’quv qo'llanm a. T. Yangi asr avlodi, 2006.

Sh.Xoliqulov, P.Uzoqov, I.Boboxo'jayev “Tuproqshunoslik” Samarqand: «N.Doba» XT, 2011.

Plant science. Growth, Deyelopment and Utilization o f Cultivated Plants. 2011.

A.Axatov. «Tuproq resurslari va ulardan foydalanish», T: TIMI bosmaxonasi, 2016.

7. Ramazonov, S.Buriyev. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Barkamol fayz media, 2018.