ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
927
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O’QUV FAOLIYATIGA
MASʼULIYATLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI
Latipova Surayyo Hakimovna
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2- kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12528197
Annotatsiya.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishga
kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos adabiyotlar bilan boyitib
borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo‘sh
vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy
yondashish, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob
beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Kalit so‘zlar:
bola, kompetensiya, tarbiyachi, pedagog, texnologiya, metod, hamkorlik,
maktab, ta'lim sifati, mashg‘ulot, markazlar.
THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING A RESPONSIBLE ATTITUDE TO THE
STUDY ACTIVITY IN PRE-SCHOOL CHILDREN
Abstract.
Competency approach to achieving the quality and efficiency of preschool
education today, enriching groups with literature suitable for each age group, organizing
children's daily activities in a meaningful and interesting way, making effective use of their free
time, identifying their abilities and, accordingly, creatively in the process approach involves a
rational and systematic analysis of activities and resources to meet the needs of children and
society.
Key words:
child, competence, educator, pedagogue, technology, method, cooperation,
school, quality of education, training, centers.
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СИСТЕМА ФОРМИРОВАНИЯ ОТВЕТСТВЕННОГО
ОТНОШЕНИЯ К УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА
Аннотация.
Компетентностный подход к достижению качества и
эффективности дошкольного образования сегодня, обогащение групп литературой,
подходящей для каждой возрастной группы, содержательная и интересная организация
повседневной деятельности детей, эффективное использование их свободного времени,
выявление их способностей и соответственно Творческий процессуальный подход
предполагает рациональный и систематический анализ деятельности и ресурсов для
удовлетворения потребностей детей и общества.
Ключевые слова:
ребенок, компетентность, воспитатель, педагог, технология,
метод, сотрудничество, школа, качество образования, обучение, центры.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib
borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun
zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish,
unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni
ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida
yaxlit rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz
beradi. Faollik bolaga hos xususiyatdir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
928
Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan
asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy
mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni
maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi
rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini
takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr
taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli
tushuncha bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati,
tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi
ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda
“Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida
pedagogikpsixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos
adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi
muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil
etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa
shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish
ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim
va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda
axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi
– atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va
qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishda bolalarning kundalik
faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, bo‘sh vaqtlardan unumli foydalanish, qobiliyatlarini
aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, bolalar uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va
manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional
va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Buning uchun innovatsion usullardan biri bo’lgan “Keys-
stadi” texnalogiyasidan maktabgacha ta’lim tashkilotida ham foydalanish bolalarni faol ta’lim
olishga undaydi. Bu usulni qo‘llash orqali tarbiyachi bolani berilgan savolga to‘g‘ri javob berishga
o‘rgatadi. Bolalarga ko‘proq kitob o‘qib berish yoki kitob sovg‘a qilish ularni so‘z boyligini
oshirish bilan bir qatorda xotirasi va tafakkurini o‘stiradi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2019-yil 20-martdagi “Yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi 5 muhim
tashabbusning 4- chisi “Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish”ni MTTdan boshlash zarurligini
ta’kidlash lozim.
Tarbiyachilar vazifasi bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan va ularning ijodiga keng erkinlik
beradigan ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib qoladi. Bolaning har tomonlama
rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan o‘zaro
hamkorlikdagi ishlari ham muhim sanaladi. Bunda:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
929
•
ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
•
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
•
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
•
ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun
bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning
natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning
xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarakatrofga qiziqishlarini oshirib borishga
astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish lozim. Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning
tayyorgarligi qanday bo‘lishi kerak? degan muhim savol yuzaga keladi. Bolalarni maktabga
muvoffaqiyatli o‘qishi uchun ularni fanlar bo‘yicha mazmunli tayyorgarligi muhim emas.
Chunki uni haddan ziyod yuklatish o‘qishga bo‘lgan xohishni susayishiga olib keladi.
Asosiysi, uni psixologik jihatdan maktabga tayyorgarligi, bilishga qiziqishi, o‘zini nazorat
qila olish malakalarini, kommunikativ va ijodiy qobilyatlarini, nutqini, xotirasini, diqqat ini,
tafakkurini rivojlanishining ma’lum darajasini shakllantirishdir. Ko‘rib turibmizki, bolalarni
maktabga tayyorlash katta yoki tayyorlov guruhlarida emas, balki bolaning maktabgacha ta’lim
tashkilotiga kelgan kunidanoq boshlanishi lozim. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, uni oldinroq
ham boshlash mumkin. Chunki bolaning diqqati, qiziquvchan va ba’zi bir topshiriqlarni mustaqil
qilishi qiyin bo‘lganidek, uni qisqa muddat ichida birgalikda qandaydir vazifalarni yechishga
kelishishga o‘rgatish ham mushkul bir vazifadir.
Bu borada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining savodxonligi muhim sanaladi.
Shuni ta’kidlash lozimki tarbiyachi rivojlanmasa, maktabgacha ta’lim rivojlanmaydi.
Tarbiyachining rivojlanishi esa, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, ta’limtarbiyani
uyg‘unlashtirgan holda yangiliklar yarata olish, xalq pedagogikasini chuqur bilishi bilan xorij
tajribasi yangiliklarini o‘zlashtirib, o‘z faoliyatini boyitib borishi va ularni amaliyotda qo‘llay
olishi bilan ahamiyatlidir.
Maktabgacha ta’lim boshlang‘ich ta’limning poydevori sanaladi. Poydevor mustahkam
bo‘lsa imorat uzoq yillar qad ko‘tarib turadi. Shunday ekan kelajagimiz davomchisi bo‘lgan yosh
avlodga har tomonlama komil inson qilib, ta’lim- tarbiya berish bugungi kun pedagogining oldida
turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglamog‘imiz zarur.
REFERENCES
1.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda
tarbiyachilarni tayyorlash bo'yicha trening moduli. T.: 2017-y.
2.
"Bolangiz maktabga tayyormi?" O'z. Res. Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi,
Ma'rifat-Madadkor nashriyoti.
3.
“Maktabgacha pedagogika” F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo’latova, N.M. Kayumova, M.N.
A’zamova, Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V, T. 2019
4.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv asosida ta’lim jarayonini rejalashtirish. Shin A.V.,
Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V, T.2020
5.
O’yin orqali ta’lim olish. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V, T.2020
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
930
6.
S.X. Jalilova, S.M. Aripova “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” Toshkent 2017
7.
Z. Nishonova, G. Alimova “Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish metodikasi” Toshkent
2006
