ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
529
SHIMOLIY AFG’ONISTON O‘ZBEK SHEVALARIDA QO‘LLANADIGAN
MAQOLLARNING SEMANTIK-STRUKTUR TAHLILI.
Emadi Nesar Ahmad
Termiz davlar universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti
O‘zbek tili va adabiyot ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Email:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11670044
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Shimoliy Afg’oniston o‘zbeklarining og’zaki muloqotida
qo‘llanadigan xalq maqollari tahlil qilinib, ushbu hududda yashovchi boshqa millat vakillarining
paremiologik birliklari bilan o‘xsha va farqli jihatlari qiyoslanib, semantik-struktur xususiyatlari
o‘rganildi.
Kalid so‘zlar:
maqol, leksik, semantik, yorqin, sayqal, tabiyat, donolik, tajriba.
SEMANTIC-STRUCTURAL ANALYSIS OF PROVERBS USED IN UZBEK DIALECTS
OF NORTHERN AFGHANISTAN.
Abstract.
In this article, the folk proverbs used in the oral communication of the Uzbeks of
Northern Afghanistan were analyzed, their similarities and differences were compared with
paremiological units of representatives of other nationalities living in this region, and their
semantic-structural features were studied.
Key words:
proverb, lexical, semantic, bright, polished, nature, wisdom, experience.
СЕМАНТИКО-СТРУКТУРНЫЙ АНАЛИЗ ПОСЛОВИЙ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В
УЗБЕКСКИХ ДИАЛЕКТАХ СЕВЕРНОГО АФГАНИСТАНА.
Аннотация.
В данной статье проанализированы народные пословицы,
используемые в устном общении узбеков Северного Афганистана, сопоставлены их
сходства и различия с паремиологическими единицами представителей других
народностей, проживающих в этом регионе, а также изучены их семантико-структурные
особенности.
Ключевые слова:
пословица, лексическая, смысловая, яркая, отполированная,
природа, мудрость, опыт.
Maqol O‘zbek xalq og’zaki ijodining qadimgi ommaviy janrlaridan biri bo‘lib,ular
xalqning dunyo qarashi jamiyatda bo‘lgan munosabati,va axloqiy jihatlaridan o‘z ifodasini topgan.
Uning yaratilishi va sayqal topishida insonlarning juda katta hunari, mehnati va iqtidori sarflangan.
Xalq donoligining yorqin ifodasi bo‘lgan maqollar jamiyat va tabiyat hodisalariga nisbatan
bo‘lgan insonlarning munosabati tufayli saqlanib kelmoqda. Shu o‘rinda aytishimiz mumkinki
maqol, kichkina jumladan iborat bo‘lsada u ming so‘zdan ko‘proq narsani aytishi mumkin.axloq,
haqiqat,donolik,do‘stlik kabi hikmatlar yordamida ulug’lanadigan qadriyatlardir. Ayni holda
O‘zbek tili vakillari o‘ziga xos qobiliyat,tafakkur,adabiyot va madaniyatlarini ifodalaydigan
qisimlardir.
Shu jumladan
Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab maqol Koshgʻariyning
"Devonul lugʻotit turk" asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham Oʻzbek xalqi
orasida turli variantlarda ishlatiladi. Shuningdek, maqol Koshgʻariy asarida "Kishi olasi ichtin,
yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida, mol olasi tashqarida” deb keltiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
530
Xuddi shu kabi Shimoliy Afg’oniston O‘zbeklari o‘rtasida ishlatiladigan maqollar ham
azaldan buyon xalq uchun xizmat qilib kelmoqda. Bu til sohiblari asrlar o‘tib o‘z hayoti hamda
ta’limiy tajribalari asosida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sof hikmatdir. Ular jamiyatning
to‘plangan bilim tajribalarini aks ettirib, va xatti- harakatlar,qaror qabul qilish ijtimoiy o‘zaro
munosabatlar uchun qo‘llanma bo‘lib vazifa bajaradi. Shunday bo‘lsa,quyidagi misollarni
ko‘rishimiz mumkin.
Bilganga o‘yin, bilmaganga qiyin.
Bilgan tajribali shaxs uchun har bir ish o‘yin kabi
oson.bilmagan shaxsga esa juda qiyin,uning uchun mashaqatli bo‘lib ko‘rinadi degan ma’noga
nisbatan ishlatiladi.
Bilmagan ayb, so‘ragan ayb emas.)سمیا بیع نگ هروس بیع نگملیب(
kishiki g’ururlanib
bilaman deb bilmasa ayb,sharmandalikdir,ammo biror kishi bilmagan narsasini so‘rab olsa
hechqisi yo‘q degan na’noda ishlatiladi.
Ilmga amal qilmagan mullo emas.
Ilm o‘rganib unga amal qilmasa foydasiz,boshqalarga
o‘rgatib o‘zi amal qilmagan bilimdon bo‘laolmaydi degan ma’noga ishlatiladi.
Kishining husniga baho berma, aqliga baho ber.
Har bir kishining tashqi ko‘rinishiga
emas,balki fikirlash doirasiga,amaliga,gaplarining ijobiyligiga baho berish maqsadiga ishlatiladi.
Ko‘p yurganga ergashma, ko‘p bilganga ergash.
Kuchalarga har xil yurgan odamga
qo‘shilmslik,hayotni tajriba qilgan,dunyo ko‘rgan , shaxsga qo‘shilish va unga hamroh bo‘lishlik
maqsadiga nisbatan ishlatiladi.
Aytgan joyga erinma, aytmagan joyga ko‘rinma.
Chaqirilgan to‘y marosimlarga
erinmasdan borish,taklifni qabul qilish.ammo xabar qilinmagan joylarga bormaslik,o‘zini qadrsiz
qilmaslik ma’nolariga nisbatan qo‘llaniladi.
Minnatli asaldan, minnatsiz kasal yaxshi.
Birovning minnatli oshidan o‘zinning qattiq
noning yaxshi degan ma’noni ahglatadi.
Xotin oldim boziy bilan, ishu kuchim qoziy bilan.
Xotin olishni o‘yin deb e’tiborsizlik
qilgan kishining janjalga qolishi,befarq bo‘lishi sabab uning har kun qiladigan ishi sud bilan bo‘lib
qolishiga nisbatan ishlatiladi.
Har qancha bilsang ham boshing bilan mashvarat qil.
Odam qanchalik dono bo‘lsa ham
miyasi bilan fikirlab ish qilmasa xato qiladi,o‘ylamasdan ish qilmaslikka nisbatan ishlatiladi.
Daraxdan meva olaman desang, nihalligidan parvarish qil.
Farzandni kelajagi yaxshi,
tarbiyali va jamiyatga manfaatli bo‘lishi uchun bolaligidan yaxshilab tarbiyalash kerak degan
ma’noga ishlatiladi.
1
Shu opamga shu yiznam.
Ikki kishi bir-biriga nisbatan mos tushishi, odat, fe’llari
o‘xshashlikka nisbatan qo‘llanadi.
Har kallada bir xayol.)لایخریب هد هللکره(
Har kim o‘ziga xo‘jayin bo‘lishi,o‘z bilarman,o‘z
fikriga ish qiiladigan shaxshlarga nisbatan ishlatiladi.
Ko‘r ko‘rni qarong’uga topar.
Yaxshi odam yaxshilar bilan do‘st bo‘lar,yomon odam
yomonlarga uchrashar degan ma’nolarga ishlatiladi.
Yil qattiq kelsa hukiz hukizdan ko‘radi.
Kutilgan biror ish yoki holat bajarilmasligi
sabab odamlar biri ikkinchisidann ko‘rishi,aybdorlash jarayonlariga nisbata qo‘llaniladi.
1
Doktor Fayzullah Aymoq “Xalq durdonalari”40.b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
531
Saxiniki o‘rtada.)هد هتروا یکین یخس(
Ko‘ngli ochiqning moli hammaga tegishli,Ota-
Onaning narsasi farzanlari uchun o‘rtaliqda degan qarashlarga ishlatiladi.
Ko‘rpangga qarab oyoq uzat.
Haddan oshmaslik, qo‘lidan keladiganga harakat
qilish,iqtisodni o‘ylab ish bajarish ma’nolariga asosan ishlatiladi.
Salla desang kalla keltiradi.
O‘ta zolim,rahmsiz,ozgina bahona topsa butkul urug’i bilan
quritadigan shaxsga nisbatan ishlatiladi.
Salohlik tun tor kelmas .
(
(
سملیکرات نوت یلحلاص
Har bir ish harakatga maslahat bo‘lsa,
albatta xatosiz bo‘ladi,maslahatli plan to‘g’ri bajariladi degan ma’nolarga nisbatan ishlatiladi.
Sen tutgan tovuqni parini yulganman.
Sen bilgan gapni men allaqachon bilar edi, sen
o‘qidigan kitobni men yozganman,bunaqa gaplarni oldindan oxirga yetqazganman degan
qarashlarga ishlatiladi.
Cholni ko‘rsa “bo‘bam”didi.
Har narsani ko‘rgandan meniki deb,o‘xshatgandan
aniqlashtiraman deb xato qiladigan shaxslarga nisbatan ishlatiladi.
Shaf-shaf
degandan
shaftoli
degan
yaxshi.
Biror
gapni
uzoqlashtirish,
mavhumlashtirmasdan maqsadni aytish ma’nolariga ishlatiladi.
Echkining o‘lgisi kelsa cho‘ponning tayog’iga suyanadi.
Biror kishi yoqtirmagan shaxs
bilan o‘yin qilish ma’nosiga nisbatan ishlatiladi.
2
Qazonga bo‘lsa chumichga chiqar.
Har narsa bo‘lsa bir kun aniq bo‘lishi,bo‘lgan narsa
albatta chiqib kelishi, hammaga oydinlashish ma’nolariga nisbatan ishlatiladi.
Boy keyinsa muborak bo‘lsin, kambag’al keyinsa qayirdan topding.
Puldor
kishilarning e’tiborga olinishi, hamma hurmatga bo‘lishi, kambag’allarning ko‘zga
ilinmasligi,pisandsiz bo‘lishiga nisbatan ishlatiladi.
Och dalladan qoch dalla.
Bekorchi, ko‘zi do‘st bo‘lmagan shaxs bilan do‘st
bo‘lmaslik,o‘zi och bo‘lgandan umid qilmaslik ma’nolariga qo‘llanadi.
Sechqon seg’mas iniga g’albir bog’lar dumiga.
O‘zi sig’magan xonaga narsani
ko‘paytirish,mehmonni ko‘p chaqirish ma’nolariga nisbatan ishlatiladi.
Mehnat qilib topganing, qandu asal totganing.
Mehnat qilgan odam albatta sherin
samara ko‘radi, harakat qilgan odam zarar ko‘rmaydi degan ma’nolarni beldiradi.
Ilm olish, igna bilan quduq qozishga teng.
Mehnatsiz ilm ololmaslik, ilm yo‘lidagi
mashaqqatlar,og’ir qeyinchiliklarga nisbatan ishladiladi.
Uyga seg’magan, elga seg’mas.
O‘z uyida yomon odam hamma uchun yomon
bo‘lishi,xatokor shaxs hech kimga yoqmaslikk nisbatan ishlatiladi.
Fikrimizni xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maqollar har bir til vakillari uchun muhim va
ahamiyatlidir. Chunki ular hayot tajribalaridan davrlarni o‘tishi bilan sayqallanib jamiyat ichida
muhim vazifa bajaradi. Bu soha barcha uchun kerakli va lozim bo‘lgan dars yoki yo‘llanma beradi.
Shu nuqtadan Shimoliy Afg’oniston O‘zbek millati ham o‘zlariga xos bo‘lgan maqollari va ularni
ifoda etilishi,qanchalik tilga bo‘lgan ahamiyatini o‘rganib olishimiz mumkin.
2
Doktor Fayzullah Aymoq “Xalq durdonalari”142,143,146,147,151.b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
532
REFERENCES
1.
“Ozbek tilining izohli lug‘ati” 5 jildli. –Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2006.
2.
«
Атту
ҳфатуз закияту филлуғатит туркия» нашрга тайёрловчи Муталлибов С.
Тошкент. Фан. 1968. 279 Б.
3.
“O`zbek tili so`zligi” Nurulloh Oltoy. Afg`oniston-Javzijon: 2007.
4.
Amini,
A.
"SHIMOLIY
AFG’ONISTON
O
‘ZBEKLARI
NUTQIDAGI
DEHQONCHILIKKA OID HARAKAT FELLARINI IFODALOVCHI BIRLIKLAR."
INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-
METHODICAL JOURNAL 4.1 (2023): 9-15.
5.
Ahmad, Amini Aziz. "SHIMOLIY AFGONISTON OZBEKLARI NUTQIDA
DEHQONCHILIK ASBOBLARI NOMLARI VA ULARNING LISONIY TALQINI."
Science and innovation 1.B2 (2022): 485-490.
6.
Ahmad, Amini Aziz. "The Interpretation of Agricultural Words in" Baburnama”."
JournalNX 7.12 (2021): 116-118.
7.
Jamshid, Bo‘riyev. "YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS LEKSIK
VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH MAHORATI."
Евразийский журнал академических исследований 2, no. 1 (2022): 169-174.
8.
Jamshid, Buriyev. "EXPRESSION OF DESCRIPTIVE ORAL UNITS IN THE WORKS
OF ERKIN AZAM." In Archive of Conferences, pp. 80-83. 2021.
9.
Farogat, Nurmuradova, and Buriyev Jamshid. "THE TRAGEDY OF FREEDOM." In
Archive of Conferences, vol. 25, no. 1, pp. 172-174. 2021.
10.
Бўриев, Жамшид. "MAXTUMQULI MISRALARIDA GO‘ZALLIK TUSHUNCHASI."
NRJ 1, no. 3 (2024): 377-379.
11.
Jamshid, Bo‘riyev. "BIR VA KO ‘P MA’NOLI QISHLOQ XO’JALIGI TERMINLAR
TAVSIFI." (2024).
