ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
876
SOLIQ TEKSHIRUVI – IJTIMOIY – ADOLAT TAMOYILLARI ASOSIDA
Akbarova Bibixon Adxamovna
Namangan tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi.
Olimjonov Sherzod Baxramjon o`g`li
Sudya yordamchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11260435
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish
хavfi har qanday korхonada mavjud boʻlishi mumkinligi, shuningdek, koʻpchilik soliq toʻlovchilar
oʻzlari bilmagan holda soliq хavfining oshib ketishi oqibatida soliq tekshiruviga tushib qolishlari,
soliq tekshiruvlarining o`tkazilish tartiblari va shakllari, tekshiruv jarayonida adolat prinsplariga
amal qilish zaruratlari haqida bayon qilingan
Kalit so`zlar: kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi,
soliq хavfini
boshqarish tizimi.
TAX AUDIT - BASED ON THE PRINCIPLES OF SOCIAL – JUSTICE
Abstract. In this article, the risk of committing tax offenses can exist in any enterprise
today, as well as the fact that many taxpayers unknowingly fall into tax audits due to increased tax
risks, procedures and forms of tax audits, and adherence to the principles of justice during the
audit process. needs are stated
Key words: camera tax audit, mobile tax audit, tax audit, tax risk management system.
НАЛОГОВЫЙ АУДИТ – НА ОСНОВЕ ПРИНЦИПОВ СОЦИАЛЬНОЙ
СПРАВЕДЛИВОСТИ
Аннотация. В данной статье риск совершения налоговых правонарушений сегодня
может существовать на любом предприятии, а также то, что многие
налогоплательщики по незнанию попадают под налоговые проверки в связи с повышенными
налоговыми рисками, процедурами и формами проведения налоговых проверок,
соблюдением принципов справедливости. в процессе аудита определяются потребности.
Ключевые слова: камеральная налоговая проверка, мобильная налоговая проверка,
налоговая проверка, система управления налоговыми рисками.
KIRISH
Soliqlar zamonaviy jamiyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Chunki ular ushbu jamiyat
o‘zining muhim funksiyalarini bajarish uchun moliyaviy manbalari hisoblanadi. Uzoq vaqt
davomida soliqlarni har bir jamiyat o‘zining tartib qoidalar orqali tashkil etib kelingan.
Bu o‘z navbatida tor doirada harakatlanuvchi mutaxassislar bilan chegaralangan va
ko‘pincha qattiq huquqiy asosga ega bo‘lgan odamlar uchun ham tushunish qiyin bo‘lib kelgan.
So‘nggi paytlarda soliqlar yangiliklarni sarlavha ostiga olish bilan butun dunyoda fuqarolik
jamiyatiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi va soliqlarning aslida qanday ishlashini tushunishga
bo‘lgan qiziqishni kuchaytirmoqda.
Soliqlarni to‘lash axloqiy burch bo‘lishdan tashqari, har bir huquqiy tizim tomonidan
tartibga solinadigan va shu bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan huquqlarni belgilaydigan ijobiy
doirada tartibga solinadigan huquqiy majburiyatdir. Ko‘pincha daromadlarni oshirish funksiyasi
soliqqa tortishning qonuniy o‘lchamlariga soya soladi. Shunga qaramay, soliqlar muhim tarkibiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
877
qismni tashkil etadi, chunki u soliqlarni yig‘ish har bir jamiyatning asosiy qadriyatlari bo‘lgan
qonun ustuvorligi va sivilizatsiyalashgan davlatlar tamoyillariga muvofiqligini ta’minlaydi.
Bizning fikrimiz shundan iboratki, ikkalasi ham zamonaviy soliq tizimida ajralmas
hisoblanadi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash
mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi,
ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Soliq kodeksiga va yuqorida ta’kidlab oʻtilgan nizomga muvofiq tadbirkorlik
sub’yektlarida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan soliq tekshiruvlarining quyidagi turlari mavjud:
•
kameral soliq tekshiruvi;
•
sayyor soliq tekshiruvi;
•
soliq auditi.
Kameral soliq tekshiruvi — bu soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri
hisoblanishini, oʻz vaqtida va toʻliq byudjet tizimiga toʻlanishi yuzasidan soliq organi tomonidan
oʻtkaziladigan tekshiruv. Kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq
hisobotlarini va soliq organida mavjud boʻlgan soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa
ma’lumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida oʻtkaziladi.
Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa
tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish,uni undirish
amaliyotining mazmunini ochi beradi.
Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan tamoyillarni qayd etishgan.Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar
boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan:
1
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida
foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda
o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham,
boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur.
3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
4. Har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan
ketadigan pul davlat budjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar
yo‘l qo‘yilmasin.
Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyiliga muvofiq, soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va
adolatli deb tan olingan umumiy obyektiv qoidalarga binoan belgilanishi lozim. Soliqqa
tortishning adolatlilik tamoyili asosiy guruhdagi soliqqa tortish tamoyillariga bo‘linadi. Bularni
ikki guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda gorizontal va vertikal adolatni
bir-biridan farqlash lozim.
Gorizontal adolat tamoyili daromad olishning turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga
nisbatan soliqqa tortishning taxminan teng shartlarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5124/6884
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
878
Vertikal adolat deganda, xo‘jalik yuritishning birmuncha og‘ir sharoitlarida ishlayotgan
subyektlar uchun soliqqa tortishning bir qadar yumshoqroq shartlarini, yengil daromad olish
imkoniyatiga ega bo‘lgan subyektlar uchun esa og‘irroq shartlarni qo‘llash tushuniladi.
Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasini bajarish doirasida ikkinchi tamoyil buzilishi mumkin.
Masalan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida ularni ishlab
chiqarish bo‘yicha soliqqa tortishda bir qadar imtiyozli shartlar yoki aksincha, vino-aroq va tamaki
mahsulotlarini iste’mol qilishni cheklash uchun ulardan olinadigan egri soliqlarning yuqori
stavkalari belgilangan hollar ham bo‘ladi.
Amaldagi “Soliq kodeksi”ning 10-moddasiga asosan “Adolatlilik tamoyili”ga quyidagicha
ta’rif berilgan: Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy,
milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.
2
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish
mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni
belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga
oshirishiga to‘sqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Adolatlilik tamoyili — daromadlariva hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha
teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur.
3
Ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshirishga turlicha yondashuvlar bo‘lishi mumkin. Agar
soliqlarni to‘plangan soliqlar hisobidan ro‘yobga chiqariladigan davlat dasturlaridan keyinchalik
foyda ko‘radigan shaxslar to‘lasa, u holda adolatli deb hisoblanadi. Aytaylik, respublika yo‘l
jamg‘armasiga tushadigan mablag‘ni davlat katta yo‘llarni ta’mirlashga yoki qurishga sarflasa,
bundan jamg‘armaga ajratmalarni to‘lovchilarning o‘zlari-avtomobil egalari naf ko‘radi. Biroq
bunday yondashuvni keng miqyosda amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Huquq-tartibotni
mustahkamlash, maorifni rivojlantirish, atrof-muhitni qo‘riqlashdan aniq ravishda kim ko‘proq
foyda ko‘rishini qanday qilib hisoblab chiqish mumkin? Hatto bepul sog‘liqni saqlash
dasturlaridan, asosan, ko‘p bolali oilalar, keksa va nochor fuqarolar foydalanishlari aniqlab
chiqilgan taqdirda ham ana shu maqsadlar uchun maxsus soliqlarni aynan ularning o‘zidan
undirishni talab qilish adolatdan bo‘lmaydi, albatta.
Soliqqa tortishdagi adolat tamoyili ba’zi hollarda taqsimotdagi ijtimoiy adolat tamoyili
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu tamoyilni daromadlarni teng
ravishda taqsimlash, baravarlashtirish deb tushunmaslik kerak.
Qonun oldida tenglikka rioya etilishi, ijtimoiy mumtozlikka, irq va dinga munosiblikka
asoslangan imtiyozlarning bekor qilinishi, inson asosiy huquqlarga birday ega bo‘lishi kabi tenglik
tamoyillari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan va
bu tamoyillar qadriyatlarning ijtimoiy tizimida qat’i amal qilmog‘i lozim. Moddiy tenglik, ya’ni
daromadlar, mulk, iste’mol sohasidagi tenglik haqida gap ketadigan bo‘lsa, aytish kerakki, bunday
tenglikka erishib bo‘lmaydi.
Davlat va jamiyat barcha fuqarolar yaxshi hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoit
yaratib berishlari kerak, albatta, soliqqa tortish tizimi esa istiqbolga mo‘ljallangan rejada aholining
2
https://lex.uz/docs/-4674902
3
https://uz.wikipedia.org/wiki/Soliq
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
879
farovonligini umumiy tarzda amalga oshirish orqali jamiyat quyi qatlamlarining ahvoli izchil
ravishda yaxshilanib borishiga ko‘maklashmog‘i zarur.
XULOSA
Soliq qonunchiligi jismoniy shaxslar daromad turlarining barchasiga nisbatan imkon qadar
neytral va teng munosabatda bo‘lishi zarur. Shunda, birinchidan, soliqqa oid tartib-taomillarning
muayyan iqtisodiy faoliyat turini asossiz rag‘batlantirmasligiga yoki aksincha, jazolamasligiga
erishiladi.
Fuqaro daromadlarini soliq omili emas, uning iqtidor va layoqatlari, bozordagi talab hamda
taklif va boshqalar belgilay boshlaydi. Ikkinchidan, soliq to‘lovchilarning tegishli qonun
hujjatlariga itoatkorligi, hurmati oshadi. Uchinchidan, budjetga jismoniy shaxslardan tushadigan
soliq tushumlari ko‘payadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.:«Adolat», 2008-y.
2.
Vahobov A.V, Jo‘rayev A.S.Soliqlar va soliqqa tortishToshkent: Sharq, 2009. —448 b.
3.
Jo‘rayev A., Meyliyev O., Safarov . Soliq nazariyasi —T.: TMI, 2004. —210 b.
4.
Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi,
2005 .544 b
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Soliq
