BANKLAR TOMONIDAN KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI VA UNING ZARURIYATI

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish, investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha mavjud muammolarni yechish usullari ochib berilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Eshonkulov, J. (2024). BANKLAR TOMONIDAN KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI VA UNING ZARURIYATI. Modern Science and Research, 3(5), 868–871. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/33206
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish, investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha mavjud muammolarni yechish usullari ochib berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

868

BANKLAR TOMONIDAN KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI

VA UNING ZARURIYATI

Eshonkulov Jamshid

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11260254

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish

bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik

biznes sub’ektlarining investision jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini

optimallashtirish, investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha mavjud

muammolarni yechish usullari ochib berilgan.

Kalit so’zlar: Investisiya, kichik biznes, investision jozibadorlik, investisiya muhiti,

investisiya bozori infratuzilmasi, bank, bank kreditlari.

SMALL BUSINESS FINANCING PRACTICE BY BANKS AND ITS NECESSITY

Abstract. In this article, the importance of investments in the stages of its development, the

importance of investments and the investment factors of its organization, the methods of solving

existing problems in increasing the investment attractiveness of small business entities and

optimizing the sources of financing, and the formation of the infrastructure of the investment

market are revealed in this article.

Key words: Investment, small business, investment attractiveness, investment environment,

investment market infrastructure, bank, bank loans.

ПРАКТИКА ФИНАНСИРОВАНИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА БАНКАМИ И ЕЕ

НЕОБХОДИМОСТЬ

Аннотация. В данной статье описывается значение инвестиций на этапах

развития малого бизнеса в Узбекистане и инвестиционные факторы его организации,

методы

решения

существующих

проблем

по

повышению

инвестиционной

привлекательности субъектов малого предпринимательства и оптимизации источников

его финансирования, формирования Инфраструктура инвестиционного рынка.

Ключевые слова: Инвестиции, малый бизнес, инвестиционная привлекательность,

инвестиционная среда, инфраструктура инвестиционного рынка, банк, банковские

кредиты.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

869

Bugungi kunda mamalakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotining eng muhim yo’nalishlaridan biri

sifatida kichik biznesni rivojlantirish masalalari e’tirof etilmoqda. Kichik biznesni jahon

andozalariga mos ravishda tashkil etish va rivojlantirish bevosita investition omillar bilan bog’liq

jarayon hisoblanadi. Shu ma’noda kichik biznesni samarali investitiyalash O’zbekiston

Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini belgilab beruvchi muhim kuchga aylanadi.

Har qanday mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining darajasi ayni shu mamlakatda

tadbirkorlik qay darajada taraqqiy etganligidan dalolat berib turadi. Sir emaski, iqtisodiyotning

jadal sur’atlar bilan rivojlanishi uning tarkibidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari

ulushining ko’payib borishi bilan belgilanadi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining kun

sayin ko’payib borishi esa, o’z navbatida, mamlakatda yaratilgan ishbilarmonlik muhitiga ko’p

jihatdan bog’liq bo’ladi. Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 53,3 foizni tashkil etmoqda. Xalqaro

amaliyotda yirik moliya muassasasi hisoblangan Jahon banki tomonidan kichik va o’rta biznes

sub’ektlarini kreditlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar ko’lami yildan–yilga

ko’payib bormoqda. Ushbu ishlar natijasida jahon amaliyotida, kichik va o’rta biznes sub’ektlarini

kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, kreditlardan samarali foydalanish bilan bog’liq

jihatlariga a’lohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan banklar tomonidan kichik

biznes sub’ektlariga xizmat ko’rsatish madaniyati va bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada

oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan, kreditlarni ajratish bo’yicha

qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning

filiallari o’rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to’sqinlik qilayotganligi, kredit

buyurtmalarini ko’rib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish

imkoniyatini chegaralayotganligi, kichik biznesni kreditlashning dolzarb muammolari yuzasidan

izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani o’rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida

qo’llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish muhim omil hisoblanadi.

Bu borada investisiyalarning o’rni beqiyosdir, xususan, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o’sish va mahalliy hamda xorijiy

investisiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real sektordagi investision jarayonlarni

faollashtiradi. Investision jozibadorlikni oshirish yo’li orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish

mumkin.

Kichik biznes davlatning bozor va xo’jalik yurituvchi tizimlarining hayotiy asosi bo’lib

xizmat qilib, bozor munosabatlarining asosiy shartlaridan biri bo’lgan, talab va taklifdagi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

870

manfaatlar muvozanatini inobatga oladigan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kabi birlamchi

ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani o’z ichiga oladi. Davlat tomonidan kichik biznes korxonalarining

investision jozibadorligini oshirish uchun kerakli choralarning ko’rilishi, kichik biznesga kredit

ajratishni oshirishga va kichik biznes korxonalarining kreditlardan to’la foydalana olishiga yo’l

ochib beradi.

Kichik biznesning investision jozibadorligini oshirish, kredit va moliya institutlarini

rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investisiyalar hajmini ko’paytirish hamda davlat dasturlarini

ishlab chiqqan holda kichik biznesga mablag’ ajratish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

Mamlakatimizda kichik biznesga investisiyalarni keng jalb etish va ularning

jozibadorligini oshirish, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yangi zamonaviy

texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar

sifatini jahon bozorlari talabi darajasiga ko’tarishga imkoniyat yaratmoqda. Biroq

mamlakatimizda investisiya faoliyatini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish, shu bilan bir

qatorda, ularni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish va investisiya bozori

infratuzilmasini shakllantirishda hali o’z yechimini to’liq topmagan muammolar mavjud.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini banklar tomonidan kreditlar asosida

moliyaviy qo’llab quvvatlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni asosiy

yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Xususan, banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlari

faoliyatini kreditlash samaradorligini tavsiflovchi mezonlar banklarning kredit siyosatida o’z

ifodasini topmaganligi, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kichik va o’rta biznesni kreditlash

borasida katta amaliy va boy tajriba to’planganligini, ushbu ilg’or xorij tajribalarini o’rganish,

umumlashtirish va undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan

asoslab berish respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo`yicha O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat kichik

tadbirkorlikni rivojlanishiga, ushbu sohada haqiqiy mulkdorlar sinfini shaklanishiga zamin

yaratdi. Jamiyatda barqarorlikni mustahkamlashda hamda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda

erishilgan yutuqlar ushbu jarayonlarning rivojlanishiga bevosita bog’liqdir. Kichik biznesning

innovatsion faoliyatini qo’llab-quvvatlash jarayonlari asosan quyidagi 3 ta yo’nalishni o’z ichiga

oladi:

1. Kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyati uchun yetarlicha ishbilarmonlik shart-

sharoitlarini va muhitini yaratish.

2. Tadbirkorlik sub`ektlarining innovatsion faoliyatini bevosita rag’batlantirish.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

871

3. Kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini o`z vaqtida to`g’ri moliyalashtirish.

Hozirgi kunda, mamlakatimizda biznesni boshlashga imkon yaratuvchi, ro`yxatga olish va

undan keyingi jarayonlar soddalashtirildi, yanada yengillashtirildi. Ro`yxatga olishning xabardor

qilish tartibi joriy etildi. Tadbirkorlikni kreditlashning ko`plab ilg’or shakllarini joriy etishga

sharoit yaratildi. Birja savdolarini rivojlanishi bilan tadbirkorlikni moddiy-texnik resurslarini erkin

sotib olishga qulay sharoit yaratildi va bu sohaga bog’liq bo`lgan ko`pgina muammolar o`z

yechimini topdi.

So’nggi yillarda respublikamizda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va

tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Xususan, bank tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun

ko’rsatilayotgan bank xizmatlari, ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, kreditlash hajmini

oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda asosiy e'tibor, kichik tadbirkorlik sub'ektlariga

investitsiya maqsadlari, boshlang'ich kapitalni shakllantirishga uzoq muddatli kreditlar ajratish

hamda mikrokreditlashni kengaytirish orqali kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o’rnini

oshirish, yangi ishchi o’rinlari tashkil etishga qaratildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi va ularga yaratib berilayotgan

sharoitlarni e'tiborga olgan holda Markaziy bank tomonidan “Tijorat banklari tomonidan fermer

xo’jaliklarini, shuningdek, kichik biznes sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash” Tartibi (ro’yxat

raqami 907, 2000 yil 7 mart) belgilangan tartibtaomillar qayta ko’rib chiqildi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Mamlakatimizdagi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi

hukumat hamda mahalliy boshqarish organlarining birgalikdagi sa’y-harakati yordamida kichik

biznesni rivojlantirish sharoitini yaxshilashda sezilarli natijalarga erishish mumkin, bu esa o’z

navbatida O’zbekistonda kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirish va iqtisodiyotni isloh qilishda

ijobiy o’zgarishlarga olib keladi. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda ichki investisiyalardan

foydalanish samaradorligini oshiradi, bu esa YaIM hajmi o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

REFERENCES

1.

Тоймухамедов, И. (2020). БИ БАНК ИШИ. маърузалар матни. Архив научнiх

исследований, (32).

2.

Миллий, Ў. Инвестициялар бозорида тадбиркорликни ривожлантириш йўналишлари.

3.

Odilova, D. (2019). АHОЛИ ФАРОВОНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА МУЛКДОРЛАР

СИНФИНИНГ АHАМИЯТИ. Архив научнiх исследований.

References

Тоймухамедов, И. (2020). БИ БАНК ИШИ. маърузалар матни. Архив научнiх исследований, (32).

Миллий, Ў. Инвестициялар бозорида тадбиркорликни ривожлантириш йўналишлари.

Odilova, D. (2019). АHОЛИ ФАРОВОНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА МУЛКДОРЛАР СИНФИНИНГ АHАМИЯТИ. Архив научнiх исследований.