IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Annotasiya

Mazkur tezisda iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakat iqtisodiyotining muhim sohasi bo‘lgan agrar sohani innovatsion asosda rivojlantirish orqali sohani barqaror rivojlantirish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganilgan va ilmiy xulosalar yasalgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alikulov, U. (2024). IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(5), 296–300. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/32591
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur tezisda iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakat iqtisodiyotining muhim sohasi bo‘lgan agrar sohani innovatsion asosda rivojlantirish orqali sohani barqaror rivojlantirish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganilgan va ilmiy xulosalar yasalgan.


background image


296

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI

INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Alikulov Umrzak Murtazaevich

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11199351

Annotatsiya. Mazkur tezisda iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakat

iqtisodiyotining muhim sohasi bo‘lgan agrar sohani innovatsion asosda rivojlantirish orqali

sohani barqaror rivojlantirish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari

o‘rganilgan va ilmiy xulosalar yasalgan.

Kalit so‘zlar: globallashuv, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, yalpi

qishloq xo‘jaligi mahsuloti, innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari, resurs tejamkor texnologiyalar,

yashil iqtisodiyot, xalqaro standartlar.

INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN THE MODERNIZATION OF

THE ECONOMY AND ITS SPECIFIC ASPECTS

Abstract. In this thesis, at the current stage of economic reforms, the issues of sustainable

development of the sector and ensuring the country's food security through innovative development

of the agrarian sector, which is an important sector of the country's economy, were studied and

scientific conclusions were drawn.

Key words: globalization, modernization and diversification of the economy, gross

agricultural product, innovations, research and development, resource-efficient technologies,

green economy, international standards.

ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В УСЛОВИЯХ

МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ И ЕЕ ОСОБЕННОСТИ

Аннотация. В данной диссертационной работе на современном этапе

экономических реформ изучены и научно обоснованы вопросы устойчивого развития

отрасли и обеспечения продовольственной безопасности страны за счет инновационного

развития аграрного сектора, который является важной отраслью экономики страны.

выводы были сделаны.

Ключевые слова: глобализация, модернизация и диверсификация экономики, валовой

продукт

сельского

хозяйства,

инновации,

исследования

и

разработки,

ресурсоэффективные технологии, зеленая экономика, международные стандарты.


background image


297

Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida har qanday mamlakat iqtiso-diyotining

barqaror taraqqiyotida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangicha usul va vositalari muhim o‘rin

tutadi. Ko‘pchilik zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda ro‘y berayotgan

innovatsion o‘zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o‘zgartiradi, balki

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo‘g’inni ham ifodalaydi. Shu sababli ham

mamlakatimiz rahbari 2018 yilning 28-dekabrida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida: “

Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan

innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan

rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga

tayangan davlat yutadi.

Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan

boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida

boshlashimiz kerak”-deb, ta’kidlagan edi (1).

Agrar sektorni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish borasida davlat tomonidan

tizimli islohotlarning amalga oshirilishi va sohada tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi

natijasida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2004-2018 yillar mobaynida

14 %ga, aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa, 2018 yil

narxlarida 6,5%ni tashkil etdi. 2018 yil global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida O‘zbekiston 113

ta mamlakat orasida 80-o‘rinda, 23 ta Osiyo va tinch okeani mintaqasi davlatlari o‘rtasida esa, 18-

o‘rinda qayd etilgan.

Mazkur indeks ustida ish olib boruvchi mutaxassislarning fikricha, fermerlarni moliyaviy

jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarining mavjudligi, etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik

mahsulotlarining nisbatan kam isrof bo‘lishi, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, qishloq

xo‘jaligi ishlab chiqarishi volatillik darajasining pastligi kabilar O‘zbekistonning kuchli

tomonlarini ko‘rsatsa, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriluvchi ilmiy-tadqiqot ishlariga

ajratilayotgan davlat mablag’lari ulushining kamligi, korruptsiya elementlarining keng

tarqalganligi, uy xo‘jaliklarining umumiy xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlar

salmog’ining yuqoriligi, aholi jon boshiga to‘g’ri keluvchi YaIM ko‘rsatkichining pastligi

mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida jiddiy tahdidlarni keltirib chiqarishi

mumkin (2).

Agrar sektorda innovatsion rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib iqtisodiy mexanizmni

shakllantirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshishi lozim:

Innovatsion faoliyatni normativ-xuquqiy tartibga solish tizimini shakllantirish;


background image


298

Agrosanoat majmuining respublika va mahalliy darajalarida innovatsion faoliyatni

maqsadli-dasturli rivojlantirish ;

Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish.

Qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag’batlantirishning samarali

shakli sifatida davlat-xususiy xamkorligi tamoyili asosida ya’ni davlat mexanizmidan foydalanib

innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda xususiy biznesni ishtirokini rag’batlantirish, resurslarni

birlashtirish, foyda va tavakkalchilikni taqsimlash, raqobat muhitini shakllantirish va shu bilan bir

vaqtda-byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga turtki beradigan davlat kapitalini ishtiroki

bo‘lishi lozim. Salohiyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobidan

erishilmoqda.

Yangi texnologiyalarni tatbiq qilish ishlab chiqarish samaradorligi, tovar va xizmatlar

sifatini oshirishda asosiy omil bo‘lib qoldi. Iqtisodiyot real sektorlari davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlanishi iqtisodiy rivojlanishni sustlashtiruvchi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish,

innovatsion ishlab chiqarishga mablag’larni sarflash, mamlakatning ishlab chiqarish omillari

ta’minotchisi holatidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi mavqeiga olib chiqadi.

Bugungi kunda fermer xo‘jaligi haqli ravishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining

lokomotiviga, uni tashkil etishning asosiy shakliga aylandi. Mamlakatimizdagi jami erlarning 85

foizdan ortig’i, etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi (don 87,6%,

kartoshka 69,9%, sabzavotlar77,7 %, poliz 76,4%, meva va rezavorlar 94,6 %, uzum 91,5%) aynan

fermerlar hissasiga to‘g’ri kelmoqda”. Shundan kelib chiqqanda, qishloq xo‘jaligini istiqboldagi

rivoji fermer xo‘jaliklarida er, mehnat va moddiy texnika resurslaridan samarali foydalanishni

tashkil etish orqali ekinlar, ayniqsa paxta hosildorligini oshirishga, paxtachilikka ixtisoslashgan

fermer xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini barqarorlashtirishga, paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarini

yaratishga ko‘p jihatdan bog’liqdir.

Iqtisodiy mexanizmning ta’sirchan roli natijasida qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni

tashkil etish va rag’batlantirish shakl va yo‘llari tizimini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi.

Mamlakatimizning agrar innovatsion siyosatini ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga mos

rivojlantirishda davlatning muvofiqlashtiruvchi funktsiyalari quyidagi yo‘nalishlarda olib

borilishi, fikrimizcha, yaxshi samara beradi. Ya’ni:

ilmiy-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etishning qisqa, o‘rta va uzoq

muddatlarga mo‘ljallangan yo‘nalish va bashorat ko‘rsatkichlarini belgilash;

ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga tezkor va

kuchli turtki beruvchi innovatsiyalarni tanlash va amaliyotga izchil joriy qilish;


background image


299

agrosanoat majmui tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va investitsiya

resurslarini ko‘paytirish;

innovatsiya iste’molchilarining fan va texnika yangiliklarini tatbiq etish imko-niyatlarini

kuchaytirish

uchun

ularning

to‘lov

qobiliyatlarini ta’minlovchi iqtisodiy-moliyaviy

mexanizmlarni takomillashtirish va imtiyozlar tizimini qo‘llash.

Biroq, bozor munosabatlari va raqobat kurashi ta’sirining muttasil kuchayishi sharoitida

inertsion rivojlantirish stsenariysi sohani intensivlashtirish samarador-ligini oshirish talablariga

etarli darajada javob bermaydi. Zotan, bu stsenariy mavjud ishlab chiqarish vositalarini yangilash

emas, balki avvalgilarining o‘rnini aynan muayyan turdagi o‘xshash vositalar bilan qayta tiklashni

nazarda tutadi. Shu sabablarga ko‘ra ham, bizningcha, mamlakat qishloq xo‘jaligining jahon oziq-

ovqat bozoridagi o‘rni va raqobatbardoshligini oshirish, aholini dehqonchilik va chorvachilik

mahsulotlari bilan, tegishli sanoat tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ichki imkoniyatlardan unumli

foydalanish evaziga ta’minlash masalalarini hal etishga ustuvorlik berish maqsadga muvofiq.

Buning uchun esa, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining hozirgi

holatida birinchi navbatda ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsiyalar asosida texnik-texnologik

tashkil qilish stsenariysiga muvofiq rivojlantirishga muhim yo‘nalish sifatida qaralmog’i lozim.

Bu stsenariyning ahamiyati va samarasi shundan iboratki, innovatsiyalar asosida

takomillashgan texnika, texnologiyalarni joriy etish, birinchidan, ham resurstejamkorlik, ham

qishloq xo‘jalik ekinlari va chorva mollarini parvarishlash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish

imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinchidan, ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini

oshirish orqali ularga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirib, xo‘jalik yuritish sub’ektlarining

daromadlilik darajasini yuksaltirishga olib keladi.

Bu o‘z navbatida xo‘jaliklarning xususiy mablag’lari hisobiga innovatsiyalarni joriy qilish,

provardida esa ularning investitsion-innovatsion faolligini oshirish uchun mustahkam zamin

yaratadi. Biroq, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash samaradorligini oshirish yo‘llari va chora-

tadbirlari faqatgina ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsiyalar asosida texnik-texnologik tashkil

qilish stsenariysiga tayangan holda emas, balki u bilan baravar ravishda majmuaviy innovatsion

rivojlantirish stsenariysi nazarda tutuvchi yo‘nalishlarni ham hisobga olgan holda amalga

oshirilishi lozim.

Keyingi stsenariy o‘zining keng qamrovligi jihatdan ham katta afzalliklarga ega bo‘lib, u

ishlab chiqarish, texnika-texnologiya, selektsiya va genetika, tashkiliy-boshqaruv, axborot-

kommunikatsiya, iqtisodiy-ijtimoiy, ekologiya va ayrim vaziyatlarda siyosiy yo‘nalishlarga

bog’liq innovatsiyalarni uyg’un tarzda joriy qilishga asoslangan. Majmuaviy innovatsion


background image


300

rivojlantirish stsenariysi doirasidagi innovatsion yo‘nalishlar tasnifi va ularni uyg’un tarzda

amalga oshirishning ob’ektiv zaruriyati va ahamiyati isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish globallashuv

sharoitida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mehnatni moddiy rag’batlantirish

tizimini rivojlantirish, aholini turmush sifati va darajasini yaxshilash, milliy iqtisodiyot

raqobatbardoshligini oshirish pirovardida esa, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishning

ta’minlanishiga olib keladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi.

https://president.uz/uz/lists/view/2228

2.

“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga

mo‘ljallangan strategiyasi”

http://lex.uz/pdfs/4567334

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva

sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xom-ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni

qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni

ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-2505-sonli qarori

4.

Абдувохидов А. и др. Қишлоқ хўжалигида иқтисодий ўсиш сифатини аниқлаш ва

унинг кўрсаткичлари таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2022. – Т. 23. – №. 4. – С. 16-

31.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/2228

“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” http://lex.uz/pdfs/4567334

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xom-ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-2505-sonli qarori

Абдувохидов А. и др. Қишлоқ хўжалигида иқтисодий ўсиш сифатини аниқлаш ва унинг кўрсаткичлари таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2022. – Т. 23. – №. 4. – С. 16-31.