ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1108
TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV BOSQICHIDA O‘TKAZILADIGAN TERGOV
HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
Ibadullayev Islom Boboxon o’g’li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
“Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.
E-mail:
islom.ibadullayev@gmail.com
Tel: +99893 038-75-57.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11076629
Annotatsiya.
Hozirgi kunda iqtisodiy sohada ham, ijtimoiy sohada ham rivojlanib
borayotgan davlatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ham talaygina yutuqlar
mavjud. Mazkur maqolada esa yutuqlar bilan bir qatorda jinoyatchilikka qarshi kurashish
borasida tergovga qadar tekshiruv bosqichida uchrayotgan kamchiliklar haqida ham so‘z boradi,
shu qatorda tergovga qadar tekshiruv bosqichini takomillashtirishga oid fikrlar ilgari suriladi.
Kalit so`zlar:
ishni sudga qadar yuritish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni
rad etish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, tergovga qadar tekshiruv
muddatini uzaytirish.
IMPROVEMENT OF INVESTIGATIVE ACTIONS CARRIED OUT AT THE
PRE-INVESTIGATION STAGE.
Abstract.
Currently, in our country, which is developing both in the economic sphere and
in the social sphere, there are many achievements in the fight against crime. In addition to the
achievements, this article also talks about the shortcomings encountered in the pre-investigation
stage in the fight against crime, as well as suggestions for improving the pre-investigation stage.
Key words:
take the case to court, prosecute a criminal case, refuse to prosecute a criminal
case, pre-investigation inpection, inquest, preliminary investigation, extention of time of pre-
investigation inpection.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СЛЕДСТВЕННЫХ ДЕЙСТВИЙ, ПРОВОДИМЫХ
НА СТАДИИ ДОЗНАНИЯ.
Аннотация.
В настоящее время в нашей стране, развивающейся как в
экономической, так и в социальной сфере, имеется немало достижений в борьбе с
преступностью. Помимо достижений, в данной статье также говорится о недостатках,
встречающихся на доследственное проверке в борьбе с преступностью, а также
предложения по совершенствованию доследственную проверку.
Ключевые слова:
досудебное произвотсво, возбуждение уголовного дела,
отказаться в возбуждение уголовного дела, доследственная проверка, дознания,
предварительное следствие, продление срока доследственной проверки.
Mustaqillik yillaridan boshlab hozirgi kunga qadar jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasida va huquq-tartibot idoralarining faoliyatini takomillashtirish sohasida islohotlarni amalga
oshirish ishlari izchil va davomli tarzda olib borilmoqda.
Bunga yaqqol misol tariqasida 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan Konstitutsiyani va
undagi yuridik sohani tartibga solgan bir qancha normalarni keltirishimiz mumkin. Xususan,
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida aniq va qat’iy norma hisoblangan 24-modda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1109
dispozitsiyasi eng og‘ir jinoyat hisoblanmish qasddan odam o‘ldirish jinoyatiga qarshi kurashishda
milliy qonunchilikdagi rahbariy norma hisoblangan. 25-moddada esa hech kim qonunga
asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi belgilangan bo‘lib,
shaxsning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza etishda yetakchi rolni o‘ynagan. 26-moddada
belgilangan aybzislik prezumpsiyasi to‘g‘risidagi norma esa 1994-yil 22-sentabr kuni qabul
qilingan Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga poydevor yaratib bergan, desak xato
bo‘lmaydi.
Mazkur Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng bir necha o‘n yillar o‘tib, dunyo
davlatlarining huquqiy imidji shakllanib, rivojlanib borgani sari, bizning mamlakatimiz huquqiy
bazasi ham, xususan, Konstitutsiyamiz ham tubdan isloh qilinishiga zarurat vujudga keldi. Shu
sababli, 2022-yil may oyidan boshlab siyosatshunos, Oliy Majlis deputati Akmal Saidov
raisligidagi Konstitutsiyaviy komissiya ish olib bordi va 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan
umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi va o‘sha yili 1 may
kunidan kuchga kirdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ilgarigi umumiylik xarakteridan voz kechib, xususiylik
xarakterini o‘zida mujassam etdi hamda mazkur yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 15-moddasi
ikkinchi qismida ham bu haqida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun
hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning
asosini tashkil etadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Yuqorida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning xususiylik xarakteri haqida aytib o‘tgan edik,
bunga misol tariqasida 27-moddaning uchinchi qismida shaxsning erkinligini cheklash tartibi va
muddatlari uzil-kesil hal qilingan, ya’ni unda “Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda
saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan
ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas” deb belgilangan. 30-moddada esa rasmiy e’lon
qilinmagan qonun asosida hukm qilinib, jazoga tortilishi mumkin emasligi belgilangan.
Eski va yangi tahrirdagi Konstitutsiyalarimizning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normalaridan
tashqari, bevosita tadqiqotimiz obyekti bo‘lmish tergovga qadar tekshiruv sohasini tartibga
soluvchi qonunchilikdagi yutuqlarimizni aytib o‘tadigan bo‘lsak, 2017-yil 6-sentabr kuni
“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual
kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Asosiy qo‘shimchalardan biri shuki, jinoyat
qonunchiligiga “tergovga qadar tekshiruv” deb nomlanuvchi yangi institut kiritildi. Mazkur
institut jinoiy-huquqiy ishlarni sudga qadar yuritish bosqichida alohida, mustaqil boschiq sifatida
shakllantirildi. Bunga qadar mazkur bosqich surishtiruv deb nomlangan bo‘lib, uni o‘rnini
tergovga qadar tekshiruv bosqichi egallaganidan so‘ng, surishtiruv bosqichi jinoyat ishi
qo‘zg‘atilganidan keyin uni tergov qilishning ikkita shaklidan biri sifatida e’tirof etildi. Jinoyat
ishlari sodir etilgan jinoyatning tasnifiga ko‘ra, surishtiruv va dastlabki tergov shaklida tergov
qilinadi.
Biz esa quyida ishlarni sudga qadar yuritish shakllaridan dastlabkisi bo‘lmish tergovga
qadar tekshiruv bosqichi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1110
Avvalo, tergovga qadar tekshiruv haqidagi tushunchani oydinlashtirib oladigan bo‘lsak,
tergovga qadar tekshiruv, deb jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar
ro‘yxatga olinganidan to jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi yoki jinoyat ishi qo‘zg‘atishni
rad etish haqidagi qaror qabul qilinguniga qadar bo‘lgan jarayonga aytiladi.
Bu jarayon talab qiladigan
muddatlar
quyidagicha, jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi
yoki jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorlardan biri qabul qilinishi darhol yoki ba’zi
hollarda jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish
uchun vaqt talab qilinsa o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. O‘zbekiston
Respublikasi JPKning 329-moddasi 3-qismiga ko‘ra, to‘rtta holatda:
-
o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa
tekshiruv tayinlangan bo‘lsa;
-
olis joylarda bo‘lgan yoki chaqiruvga binoan hozir bo‘lishdan bo‘yin tovlayotgan
shaxslardan tushuntirishlar olish lozim bo‘lgan hollarda;
-
yangi holatlar aniqlanib, ularni tekshirmasdan turib qonuniy qaror qabul qilishning imkoni
bo‘lmasa;
-
yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat
oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning Maxsus qismi tegishli
moddasida belgilangan muddat o‘tmagan bo‘lsa tergovga qadar tekshiruv muddatini bir oygacha
muddatga uzaytirish belgilab qo‘yilgan.
Mazkur muddat masalasida yuzaga kelgan
kamchiliklar
ga to‘xtaladigan bo‘lsak, eng
avvalo, 2019-yilda butun jahon bo‘ylab tarqalgan COVID-19 koronovirusi natijasida O‘zbekiston
Respublikasida ham 2020-yil mart oyida e’lon qilingan karantin davridagi tergovga qadar
tekshiruv natijalarini misol sifatida ko‘rsatish lozim. O‘sha davrda fuqarolarning ko‘chada erkin
harakatlanishi, fuqarolarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’muriy binolariga
chaqirish cheklangan vaziyatda, turgan gapki, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
mansabdor shaxs, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tushuntirish olinishi lozim bo‘lgan shaxslarni
belgilangan 10 kunlik muddatda kelishini ta’minlay olmaganlik holati ko‘plab uchradi.
Bunday holatda esa yuqorida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv
muddatini bir oygacha uzaytirish uchun JPKning 329-moddasi 3-qismidagi to‘rtta holatdan biriga
murojaat qilishi lozim bo‘ldi. Vaholangki, mazkur normada butun mamlakat bo‘ylab e’lon
qilingan karantin chora-tadbirlari natijasida shaxs kela olmasligi yoki kelish muddati cho‘zilib
ketishi mumkinligi aniq qilib aks ettirilmagan edi. Natijada esa mansabdor shaxs, aslida mantiqan
va qonunan noto‘g‘ri bo‘lsa-da, JPKning 329-moddasi 3-qismi 2-bandidagi “olis joylarda bo‘lgan
yoki chaqiruvga binoan hozir bo‘lishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar olish
lozim bo‘lgan hollarda” va 3-bandidagi “yangi holatlar aniqlanib, ularni tekshirmasdan turib
qonuniy qaror qabul qilishning imkoni bo‘lmasa” degan vajlarni ko‘rsatgan holda muddatni
uzaytirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Lekin ko‘rinib turibdiki, na shaxs uzoqdaligi, na ushbu shaxs kelishdan bo‘yin tovlaganligi,
na yangi holat aniqlanganligi muddat uzayishiga sabab bo‘lgan emas.
Mazkur holatdan kelib chiqib beradigan
tavsiyamiz
shuki, tergovga qadar tekshiruv
muddatini uzaytirish mumkinligi haqidagi norma hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasi
JPKning 329-moddasi 3-qismini yuqoridagi muammodan kelib chiqib takomillashtirish lozim.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1111
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // eski tahrir // 1992-yil 8-dekabr kuni qabul
qilingan.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // yangi tahrir // 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan
O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi // 1994-yil 22-sentabr kuni qabul
qilingan
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // 1994-yil 22-sentabr kuni qabul qilingan
5.
“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun // 2017 yil
6 sentabr // O‘RQ-442
