566
FUTBOLCHI QIZLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Maxmudova Shaxnoza Xalil qizi
SF 52-22 guruh magistranti
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston, Chirchiq shahri
https://doi.org/10.5281/zenodo.10611213
Annotatsiya.
Maqolada ayol futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirishda e’tibor
berilishi kerak bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlari, hamda ularga jismoniy yuklamalar berayotganda
alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlari atroflicha o‘rganilgan. Bu borada tadqiqot olib
brogan olimlarning fikrlari umumlashtirilgan holda tahlil qilinib xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
jismoniy tayyorgarlik, ayollar organizmi, alohida xususiyatlari, jismoniy
rivojlanishi, jinsiy dimorfizm, natijalar samaradorligi, tahliliy usullar.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF IMPROVING PHYSICAL FITNESS OF
FOOTBALL GIRLS
Abstract.
In the article, the specific features that should be paid attention to in improving
the physical fitness of female players, as well as the aspects that should be paid special attention
to when giving them physical loads, are studied in detail. In this regard, the opinions of scientists
who have conducted research are summarized and analyzed, and conclusions are given.
Key words:
physical fitness, women's organism, special features, physical development,
sexual dimorphism, effectiveness of results, analytical methods.
ОСОБЕННОСТИ ПОВЫШЕНИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ
ФУТБОЛИСТОК
Аннотация.
В статье подробно изучены особенности, на которые следует
обратить внимание при повышении физической подготовленности женщин-
футболисток, а также аспекты, на которые следует обратить особое внимание при
предоставлении им физических нагрузок. В связи с этим обобщаются и анализируются
мнения ученых, проводивших исследования, и даются выводы.
Ключевые слова:
физическая подготовленность, женский организм, особенности,
физическое развитие, половой диморфизм, эффективность результатов, аналитические
методы.
567
Dolzarbligi va mavzuning o‘rganilganligi.
Jaxonda ayol futbolchilarni jismoniy
tayyorgarligi va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish va ayol futbolchilarning
mashg‘ulot jarayonlaridagi fiziologik ko‘rsatkichlari borasida qator ilmiy-tadqiqot ishlari
o‘tkazilgan. Lekin mazkur tadqiqotlarda ayol futbolchilarning koordinatsion qobiliyatlarini
rivojlantirish va takomillashtirish masalasi deyarli o‘rganilmagan. Ayollarninng organizm
xususiyatlari va ularning musobaqa faoliyatining o‘ziga xosligi aynan koordinasion qobiliyatlarni
takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarga extiyoj borligini belgilaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini, jumladan ayollar futbolini
rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Respublikamizda iste’dodli va salohiyatli
futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va
professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi
. Futbolchilarni tayyorlash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlarida mutaxasislar shunday nuqtai
nazarga tayanadilarki, koordinasion qobiliyatlarni rivojlantirish ayol sportchilarni tayyorlashning
asoslaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini, jumladan ayollar
futbolini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Mahalliy va xorijiy olimlar, murabbiylar,
pedagoglar tomonidan mashg‘ulot jarayonini yanada yaxshilash va ayol futbolchilar faoliyati
natijaviyligini oshirishga qaratilgan ko‘pgina takliflar bildirilganligiga qaramay, koordinasion
qobiliyatlari darajasini oshirish masalasiga deyarli e’tibor qaratilmayapti.
Ayollar futbolida olib borilgan tadqiqotlarni tahlili shuni ko‘rsatdiki futblchi ayollarni
jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligi va fiziologik ko‘rsatkichlariga oid tadqiqotlar mavjud, lekin
koordinasion qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga oid izlanishlar soni kam ekani
ma’lum bo‘ldi. V.G.Pashensev futbolchi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan
tadqiqot olib borgan. D.V, Sobolyov va O.A.Buravel o‘z tadqiqotlarida futbolchi qizlarning zarba
berish xarakatlrini fiziologik xususiyatlarni tadqiq etgan bo‘lsa M.V.Rыlov futbolchi qizlarning
mashg‘ulot jarayonidagi yugurish yuklamalarini o‘rgangan. D.D.Zaysev esa o‘z tadqiqotlarida
yosh futbolchi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligi hamda biologik rivojlanish sur’atlarini ilmiy
asoslab bergan. Bundan tashqari Maxalliy mutaxasislardan N.M.Yusupov malakali futbolchi
qizlarning tezkor-kuch tayyorgarligini takomillashtirish usullarini tadqiq etgan. Ma’lumki
insonning jismoniy sifatlari uning tug‘ilishidan boshlab shakllana boradi. Lekin uning bolaligida
shu sifatlar qanday darajada shakllanishi , oddiy yoki murakkab haraktlarni o‘zlashtirib olishi
nafaqat uni o‘sib, yashab kelayotgan muxitiga bog‘liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday
vositalar yordamida rivojlanishi bilan belgilanadi.
568
Qanday jismoniy sifatning yetakchilik qilishi haqida mutaxasislarning fikrlari turli xilda
ifodalanadi. Turli xil mualliflar tomonidan hozirgi kunda mavjud bo‘lgan barcha amaliy
sifatlardan kelib chiqqan xolda futbolchilarning barcha jismoniy sifatlarning har tomonlama
majmuaviy ko‘rinishda rivojlanishi muhimligi haqida fikr bildirish imkonini beradi. Sportda har
tomonlama rivojlanganlik sport ixtisosligiga yo‘naltirilgan xolatlarda katta samara beradi. Bunda
sportning ma’lum turida yuqori rivojlanish faqatgina sportchinig funksional va jismoniy
imkoniyatlarini umumiy xolda oshirish va rivojlantirish asosida tashkil etilsa maqsadga muofiq
bo‘ladi. Sportchining harakat, mahorat va ko‘nikmalarining doirasi naqadar keng bo‘lsa, u
sportning tanlangan turidagi zaruriy harakatlarni shu qadar muvoffaqiyatli o‘zlashtiradi.
Ayni paytda ayollar eng yuqori darajadagi musobaqalarda faol ishtirok etmoqda.
Ayollarning rekord darajasi doimo o‘sib bormoqda va ko‘plab sport turlarida ayollar natijalar
orasidagi farqni erkaklar bilan solishtirmoqdalar. Ayollar an’anaviy ravishda "erkaklar" sport
turlarini: boks, kurash, futbol, xokkey, toqqa chiqish, og‘ir atletika va boshqa sport turlarini faol
ravishda o‘zlashtiradilar. “Oddiy” ayolning funksional imkoniyatlarini bilish, yuqori sport
ko‘rsatkichlarini namoyish etgan ayol sportchilarning funksional imkoniyatlarini baholash uchun
mutlaq qo‘llanilmaydi. “Oddiy” ayolning somatik xususiyatlari sportchilarning xususiyatlaridan
ham farq qiladi. Ushbu holatlar tananing morfologik va funksional tizimlarining jinsiy dimorfizmi
muammolari doirasida tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo etadi. Ko‘p yillik sport mashg‘ulotlari
jarayonida o‘quv effektlari tarkibining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydigan va ayol
sportchilarni tayyorlashda ulardan foydalanish hajmi va intensivligini cheklaydigan ayollar
futbolida mashg‘ulot jarayonining tashkil qilinishini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqish
zarurati shubha tug‘dirmaydi. Bu shunga bog‘liqki, hozirgi paytda garchi mutaxassislarning ikkita
qarama-qarshi fikrlari va shunga ko‘ra bu masalaga bo‘lgan ikkita yondashuvni ajratib ko‘rsatish
mumkin bo‘lsada, ayollarni mashq qildirish metodikasi to‘g‘risida qat’iy ma’lumotlar yo‘q. V.N.
Platonovning fikriga ko‘ra, olimlar va amaliyotchilarning bir guruhi mashg‘ulot mezosikllarini
tuzishda xotin-qizlarning ovarial-menstrual siklini inobatga olishni taklif qiladilar. Ikkinchi guruh
mutaxassislar esa spotchilarning mashg‘ulot jarayonini umumiy mashg‘ulot qonuniyatlariga
asosan tashkil etish zarurligini uqtiradilar.
Mashq qilish jarayonini to‘g‘ri tuzish asosiy jismoniy, ma’naviy va axloq–iroda sifatlarni
uyg‘unlashgan xolda rivojlanishini ta’minlaydi, ayol sportchilarning umumiy va maxsus
tayyorlangaliklariga mustaxkam zamin yaratadi,organizmining uning asta-sekin, yo‘nalganlik va
kuchlanish bo‘yicha yuklamalarning variativligidan foydalangan xolda ayash rejimida, o‘sishi
bazasida imkoniyatlarni yuqori darajada yetkazishga imkon beradi, ayollarning o‘zini xis qilishi
569
ustidan muntazam kompleks nazorat ostida va maxsus biologik siklning fazalarini hisobga olgan
holda mashq yuklamalarning individualyatsiyani ta’minlaydi, o‘smirlik davrida jismoniy
mashqlarni balog‘atga yetish davrida organizmning barcha funksiyalarning murakkab qayta
tuzishi bilan uyg‘unlikda olib borish kerakligi hamda o‘ta yuklanishlar funksional buzulishlarga
va rivojlanishning kechikishiga olib kelishi mumkinligi uchun bularga aloxida e’tibor qaratish
lozim. 14-15 yoshli qizlarda katta yoshli ayollarga nisbatan o‘rtacha quvvatli ishlarga bo‘lgan
kislorod talabi 1,5 marta ko‘p bo‘ladi. Shubhasiz, xotin-qizlar sportining ko‘p qirrali jihatlarini
o‘rganish xotin-qizlar bilan o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlari asoslarini yetarlicha bilish orqali
ta’minlanadi. Biroq bunda xotin-qizlar organizmining fiziologik hususichtlarini chuqur tushinib
yetish zarur hisoblanadi. Shuning uchun xotin-qizlar sporti shu ikki yo‘lni jamlagan holda qarab
chiqilishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan muammoning dolzarbligi aniq va u shu bilan tushintiriladiki, ilmiy-
uslubiy va tibbiy adabiyotlarda ayol sportchilarning reproduktiv funksiyasida buzilishlar tez-tez
uchrashi tadqiqotlar natijalari bilan asoslab berilgan. Aynan shular nafaqat tibbiyot xodimlarini,
balki, birinchi navbatda ayol sportchilarni va ularning murabbiylarini havotirga solishi kerak.
Ushbu jihatni e’tiborga olgan holda xotin-qizlar sportiga shifokorlar va ommabop nashrlar
tomonidan jiddiy ayblovlar qo‘yilmoqda. Biroq hozirgi paytda ularni bartaraf etishning imkoni
yo‘q, chunki ayol sportchilarni tekshiruvdan o‘tkazgan tibbiyot xodimlarining tibbiy natijalari bir-
biriga zid talqin qilinmoqda va hozirga qadar ayol sportchilarda bunday patologiyaning bu
darajada yuqori bo‘lishi sabablari to‘g‘risidagi savolga aniq bir javob berilmagan.
Yuqorida keltirilgan ishlarning tahlili shundan dalolat beradiki, ayollar jinsiy gormonlari
mashg‘ulot va musobaqa faoliyati jarayonida yurakning daqiqali zarba hajmining oshishiga,
yurakdan qon o‘tishining ortishiga, aylanayotgan qon hajmining ko‘payishiga yordam beradi,
miokard trofikasiga va tomirlar tonusiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Erkaklar gormonlari yurak
faoliyatini yanada yuqori darajada faollashtiradi, chunki kardial glikogen, kreatinfosfadaning
to‘planishiga jiddiy ta’sir qiladi, erkaklarda yurak o‘lchamlarini kattalashtiradi. Undan tashqari,
oqsil almashinuviga faol ta’sir ko‘rsata turib, ular miokardning qisqarish imkoniyatlarini oshiradi.
E’tibor etish joizki, xotin-qizlarda yurak urish tezligi katta, sistolik va daqiqalik xajmi kam, bu
aerob ish unumdorligi kam ekanligiga sabab bo‘ladi. Masalan, ayol sportchilarda kislorodni
maksimal iste’mol qilish (KMIQ ) ko‘rsatkichi erkaklarga nisbatan 20-30% ga kam. Reproduktiv
tizim tomonidan androgenlarning ko‘payishi jinsiy balog‘atga yetishishni kechikishiga olib keladi,
bu ko‘krakning rivojlanishi va birinchi hayzning oxirida, hayz ko‘rishning buzilishi bilan namoyon
bo‘ladi. Aynan shu patologiya sportchilarda ham mavjud bo‘lib, sport shifokorlari ro‘yxatidan
570
o‘tishadi. Shunday qilib sportchilarda hayz disfunksiyasi haqida 6 marotaba ko‘proq. Doping
shaklida anabolik steroidlarni (androgenlarni) qabul qilishda sportchilarda yuzaga keladigan
masculinizatsion belgilari juda yaxshi ma’lum. Shunday qilib, agar shifokorlar testosteronning
ko‘payishi va uning metabolitlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayol tanasining o‘ziga xos xususiyatlarini
sog‘liqning buzilishi deb hisoblasalar, sport amaliyotida bu holat ayollarga sportda ustunlik
beradigan ijobiy anomaliya bo‘lib, erkaklarga o‘zlarining morfofunktsional ko‘rsatkichlari
bo‘yicha murojaat qilishadi, bu ayniqsa ayollar sportida atletizmning ahamiyatini hisobga olgan
holda juda muhimdir. Ayni paytda yetakchi sportchi xotin-qizlarda KMIQ ko‘rsatkichlari kamroq
shug‘ullangan erkaklarning ko‘rsatkichlariga mos keladi, hatto sportchi bo‘lmagan
erkaklarnikidan yuqoriroqdir. Ularning ko‘rsatkichlari sportchi bo‘lmagan xotin-qizlarning
ko‘rsatkichlari bilan solishtirilganda katta farq aniqlangan, bu ayol sportchilarda ushbu ko‘rsatkich
bo‘yicha jinsiy dimorfizmning kamayganligidan dalolat beradi.
Xulosa.
Shunday qilib xotin-qizlar futboliga jinsiy dimorfizm nuqtai nazaridan yondoshish
ko‘pgina hal etilmagan masalalarning yechimini topishga va ayol sportchilar bilan olib borilgan
tadqiqotlar ma’lumotlarini boshqacha tushuntirib berishga imkon yaratadi. Yuqori malakali
futbolchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarligini oqilona turi ko‘p jihatdan sport mahoratining
shakllanish qonuniyatlari bilan belgilanadi. Muayyan bir sport turida, xususan ayollar futbolida
musobaqa faoliyatining tuzilishi, uning samaradorligini belgilab beruvchi omillar, mashg‘ulotlar
va musobaqalar jarayonida asosiy yuklama oluvchi funksional tizimlar hamda mexanizmlarning
moslashish qonuniyatlari sportdagi o‘sish natijalarning o‘sish sur’atlarini oldindan belgilab beradi.
Mutaxassislarning fikricha, bu yerda biologik rivojlaninshning muhim chegaralarini (3-4
yoshgacha) aniqlab beruvchi biologik yetilish sur’atlaridagi farqlar katta ahamiyatga ega.
