560
FUTBOLDA HARAKATLANISH TEXNIKASI VA TAKTIKASINI BAJARISH
USLUBLARI
Tolipov Azizbek
Ter DUPI Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari
nazariyasi va metodikasi yo’nalishi
1-bosqich magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10608287
Annotatsiya.
Mazkur tezisda futbolda harakatlanish texnikasi va taktikasini bajarish
uslublari yoritib berilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.
Kalit so’zlar:
futbolda harakatlanish texnikasi, uslublar, maxsus uslublar, futbol
o‘yinini vujudga keltirish vositasi.
TECHNIQUES OF MOVEMENT AND TACTICS IN FOOTBALL
Abstract.
This thesis describes the techniques and tactics of football. Reasonable opinions
and comments are used throughout the article.
Key words:
technique of movement in football, methods, special methods, means of
creating a football game.
ТЕХНИКА ДВИЖЕНИЯ И ТАКТИКА В ФУТБОЛЕ
Аннотация.
В данной дипломной работе разъясняются приемы движения и
тактика в футболе. На протяжении всей статьи используются обоснованные мнения и
комментарии.
Ключевые слова:
техника движения в футболе, методы, специальные приемы,
средства создания футбольной игры.
Qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda xilma-xil tarzda qo‘shib turib
qo‘llaniladigan maxsus uslublar to‘plami futbol taktikasini tashkil etadi.
Taktik uslublar bu futbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport
natijalariga erishish ko‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq
bilishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta
borayotgan sharoitda o‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan,
samarali qo‘llanishga bog‘liq. Futbol taktikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama
tayyorgarlik ko‘rishi va garmonik kamol topishidagi ajralmas qismdir.
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol taktikasida muayyan
o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: boshning
561
chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to‘pni boldir bilan to‘xta tish singari noratsional
uslub va usullarni qo‘llanish ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berishdan, to‘pni
son va ko‘krakda to‘xtatishdan, to‘pni qo‘l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) dan
foydalanish koeffitsienti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) ko‘paydi.
Hozirgi futboldagi taktik uslublar o‘yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun
kuchdan etarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul
harakat tizimi bilan xarakterlanadi. «Tez va ishonchli, sodda va samarali» - Futbol texnikasini
qo‘llanishga qo‘yiladigan hozirgi kundagi talab ana shundan iborat.
Futbol texnikasining tasnifi texnik uslublarni umumiy (yoki o‘xshash) o‘ziga xos
belgilariga qarab guruhlarga bo‘linadi (1-rasm).
O‘yin faoliyati xarakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo‘lim ajratiladi: maydon
o‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi.
Har qaysi bo‘lim: harakatlanish texnikasi va to‘pni
boshqarish texnikasi kabi kichik bo‘limlarga bo‘linadi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro
etiladigan aniq texnik uslublardan: harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat.
Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim uslub va usullar o‘zining
muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib,
detallarigina farq qiladi. Har xil usul, uslub va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada
boyitadi.
O‘rganilayotgan materialni sistemalashtirish, uslub, usul, turlarbni yaxshiroq tushunishga,
ularni to‘g‘ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini
muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Hujum taktikasi.
Hujum taktikasi deganda to‘p ixtiyorida bo‘lgan jamoaning raqib
darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish tushuniladi. Hujum harakatlari
tuzilishining xilma-xilligi, hujum rivoji sur’atining, asosiy yorib o‘tish yo‘nalishining
o‘zgartirilishi, nihoyat, yakkama-yakka kurash, texnik usullarning xilma-xil bo‘lishi – bularning
hammasi hujumni barbod etishga intilayotgan himoyachilarni nihoyatda qiyin ahvolda qoldiradi.
Hujumdagi harakatlar individual harakatlarga, guruh harakatlari va jamoa harakatlariga
bo‘linadi.
Individual taktika.
Hujumdagi individual taktika – bu futbolchining muayyan maqsadni
ko‘zda tutgan harakatlari, uning mazkur o‘yin vaziyatida mavjud bo‘lgan bir qancha
imkoniyatlardan eng to‘g‘risini tanlay bilishi, futbolchining to‘p o‘z jamoasida bo‘lganda,
raqibning diqqat-ye’tiboridan chetga chiqa olishi, o‘zi va sheriklari uchun o‘ynaydigan bo‘sh joy
562
topishi hamda paydo qila bilishi, kerak bo‘lib qolgan taqdirda esa himoyachi bilan kurashda yutib
chiqishi demakdir.
To‘psiz harakatlar.
To‘psiz harakatlar quyidagilardan: ochilish, raqibni chal-g‘itish va
maydonning ayrim qismida o‘yinchilarning son jihatdan ortiqligini yaratishdan iboratdir.
Ochilish
– bu futbolchining sheriklaridan to‘p olish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida
joy o‘zgartirishi. Mohirlik bilan ochilish uchun hujumchi u yoki bu vaziyatning qanchalar
qulayligini juda yaxshi baholay oladigan bo‘lishi kerak. Eng qulay pozitsiyaga vaqtida chiqib olish
xujumchi va unga qarshi o‘ynayotgan himoyachining tezkorlik xislatlariga, sheriklarning
harakatiga va boshqa omillariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Muvaffaqiyat ko‘p jihatdan
hujumchining to‘p qabul qiladigan pozitsiyaga qanchalar tez chiqib olishiga va to‘p olgandan
keyin qanday harakat qilishiga bog‘liq.
Hujumchilar asosan maydon bo‘ylab manyovr qilib, to‘psiz harakatlanib yuradilar.
Manyovr qilish – bu futbolchining ochilib chiqishga va raqibni chalg‘itishga qaratilgan ko‘p
martalab joy almashtirishi. Hamma harakatlarning natijasi, pirovardida matchning qanday tugashi,
o‘yinchilarning qanchalar to‘g‘ri pozitsiya tanlashiga, ayni paytda to‘pni diqqat-e’tibordan chetda
qoldirmay, futbolchiga sheriklaridan qanchasi o‘zini «taklif etishi»ga bog‘liq.
Qanotda o‘ynaydigan hujumchining qanday ochilgani ma’qulroq ekani rasmda
ko‘rsatilgan. 3-o‘yinchi to‘pni qanotga uzatib bermoqchi; uning sherigida ochilishning ikkita
varianti bor: a) to‘pning himoyachi orqasiga, uzoqdagi bo‘sh joyga uzatilishi uchun qulay sharoit
yaratib, himoyachi bilan qariyb bir chiziqqa chiqish (bu variant hujumchi himoyachiga nisbatan
tez yugura olsagina ish beradi); b) o‘zi bilan himoyachi orasidagi masofani uzoqlashtirib hamda
shundoqqina oyog‘iga uzatib berishlari yoki «chala» uzatishlari uchun sharoit yaratib, o‘z
darvozasi tomon harakatlana boshlash.
«Ochilish» taktik harakati. Sheriklaridan hech biri markazdan hujum qilmayotgan bo‘lsa,
qanot hujumchisi raqib darvozasiga bevosita xavf solish uchun eng qulay pozitsiyaga
chiqib, butun maydon kengligi bo‘ylab ochilishi mumkin.
Hamma hollarda ham futbolchi pozitsiya tanlashda quyidagilarga amal qilishi kerak:
1. Ochilish raqib uchun kutilmaganda va katta tezlikda ijro etilishi kerak. Bu himoyachidan
uzoqlashib, to‘p olish uchun ma’lum darajada vaqtdan yutish imkonini beradi.
2. Ochilish hali to‘p tegmagan sheriklar harakatini qiyinlashtirib qo‘ymasligi lozim.
3. To‘pni egallagan o‘yinchiga ortiqcha yaqinlashib borish tavsiya etilmaydi – bu hujum
rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadi.
4. «O‘yindan chiqib qolmaslik» uchun juda ehtiyot bo‘lish zarur.
563
Raqibni chalg‘itish – bu sheriklariga individual harakat uchun qulay sharoit yaratib berish
maqsadida futbolchining harakatlanishi. Qo‘riqchisini ergashtirib ketish maqsadida ma’lum
zonaga soxta harakatlana borib, yo to‘pi bor o‘yinchining, yoki darvozaga bevosita xavf solish
uchun qulay pozitsiyada turgan sherigining bemalol harakat qilishini ta’minlab berish yaxshi
manyovr hisoblanadi. Rasm hujumchilarning qanot himoyachilariga hujum uchun bo‘sh zona
yaratib berish maqsadidagi chalg‘ituvchi harakatlari tasvirlangan.
To‘p 8-o‘yinchida, 9 va 7-hujumchilar chap tomonga harakatlanib, qo‘riqchilarini
ergashtirib ketadilar-da, 2-qanot himoyachi hujumga bemalol qo‘shilishi uchun zonani ochiq
qoldiradilar. Bu paytda maydonning darvozani zabt etish eng qulay bo‘lgan qismiga to‘p uzatish
uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga keladi.
Hujumchi o‘yinchilarning ikkinchi eshelondan hujum qiluvchi 8-o‘yinchiga qulay sharoit
yaratadigan chalg‘itish harakatlari ko‘rsatilgan. 9 va 4-o‘yinchilar oldinga yon tomonga keskin
yugurib, himoyachilarni ergashtirib ketadilar-da, 8-o‘yinchiga yanada ilgarilab borishi va
darvozaga qarata zarba berishi uchun yaxshi sharoit yaratib beradilar. Bordi-yu himoyachilar
yugurib ketganlar ortidan bormasalar, unda to‘pni ochilgan sheriklariga uzatib yuborish mumkin.
Chalg‘itish harakatlarini amalga oshirganda quyidagilarni yodda tutish kerak:
1. Harakatlanishlar «rostakam» bo‘lishi, ya’ni chinakam xavf solib, himoyachilarni
harakatlanayotganlar ortidan quvishga majbur etadigan bo‘lishi zarur.
2. Harakatlanishlar maksimal tezlikda bo‘lmasligi kerak, chunki raqib uning harakatlarini
ilg‘amay qolib, quvishni boshlamasligi mumkin (tez harakatlanish chalg‘itish bo‘lmay, balki
yuqorida aytilganidek, ochilish bo‘ladi).
3. Chalg‘itish harakatlarining bir qancha variantlarini bilgan ma’qul, shundagina
himoyachilar faoliyati nihoyatda qiyinlashib qoladi.
Maydonning ayrim qismida o‘yinchilarning son jihatdan ustunligini hosil qilish. Hujumchi
o‘yinchilar maydonning biron qismida himoyachilar bilan yakkama-yakka kurashni uddalay
olmayotgan bo‘lsa, o‘yinchilardan biri to‘pni egallagan hujumchi o‘ynab turgan zonaga o‘tgani
ma’qul. Shunda maydonning ma’lum qismida miqdoriy ustunlik hosil qilinib, bundan raqibni yutib
chiqish uchun foydalansa bo‘ladi.
Son jihatdan ustunlikka manyovr qilish bilan, shuningdek, yakkama-yakka kurashda
raqibni yutib chiqish bilan hamda kombi-natsiya yordamida erishiladi. Bu taktik yo‘l ko‘pincha
hujumga anchagina o‘yinchilar qo‘shiladigan tadrijiy hujum paytida ishlatiladi.
564
68-rasmdan ko‘rinib turibdiki, 6-o‘yinchi to‘pni boshqarib turgan 7-o‘yinchi tomonga
o‘tib, son jihatdan ustunlik hosil qiladi. Bordi-yu, 10-yarim himoyachi 6-yarim himoyachini ta’qib
qilib bormasa, unda 6-o‘yinchida faol individual harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Maydonning ayrim qismida ko‘p martalab ochilib chiqib turish, chalg‘itishlar va son
jihatdan ustunlik hosil qilishni uyg‘unlashtirish to‘pni egallagan o‘yinchilar tomonidan
ta’minlanadi. To‘pni boshqara-yotgan jamoaning o‘yinchilari qanchalik faol manyovr qilsalar,
hujumni rivojlantirishda turli kombinatsiya variantlaridan shunchalik ko‘p foydalanish mumkin
va aynan bir hujumning muvaffaqiyatli tugashi aniqroq bo‘ladi. Ayrim o‘yinchining ham, umuman
jamoaning ham taktik jihatdan qanchalar savodli ekanini manyovr qilishga qarab aytsa bo‘ladi.
To‘p bilan harakatlar.
To‘pni boshqarayotgan futbolchi harakatlarining asosiy
variantlari to‘p olib yurish, aylanib o‘tish, zarba berish, to‘pni uzatish va to‘xtatishdan iborat.
O‘yinchilarning hamma texnik harakatlari «O‘yin texnikasi» bobida mufassal tahlil
qilingan. Bu yerda esa turli o‘yin vaziyatlarida qaysi bir harakatdan foydalanish ma’qulroq ekani
haqida ba’zi tavsiyalar berish bilan cheklana qolamiz.
To‘pni olib yurish. To‘pni egallagan o‘yinchining sherik-larini raqiblar to‘sib olgan bo‘lib,
to‘pni uzatish imkoni bo‘lmasa, u holda mana shu taktik vosita ishlatilgani ma’qul. Bunday
vaziyatda o‘yinchi quyidagi maqsadlarda to‘p bilan birga maydonda uzunasiga yoki ko‘ndalangiga
harakat qila boshlashi kerak:
a) sheriklarining ochilishiga, shuningdek, ulardan birortasining hujum zonasiga o‘tishiga
imkoniyat yaratib berish. Bu holda sheriklarining yangi pozitsiyalarga chiqib olishiga vaqt yetarli
bo‘lsin uchun harakatlanish tez bo‘lmasligi lozim;
b) raqib darvozasiga bevosita xavf solish uchun o‘z-o‘ziga sharoit yaratish. Bunda akschora
ko‘rishni qiyinlashtirish uchun to‘p maksimal tezlikda olib yuriladi. Bundan tashqari,
sheriklarning pozitsiyasi qulayligidan darhol foydalanib qolish uchun to‘pni boshqarayotgan
futbolchi ularning harakatlanishini e’tibor bilan kuzatib borishi kerak.
To‘pi yo‘q futbolchi to‘pni egallagan futbolchiga nisbatan tezroq yugurishini hamma vaqt
yodda tutish kerak: shuning uchun ham to‘pni uzatish imkoniyati bo‘lmagan taqdirdagina uni olib
yurgan ma’qul. To‘pni ortiqcha ushlab turish hujumning rivojini sekinlashtirib qo‘yadi va sheriklar
ishini qiyinlashtiradi, chunki ular qulay pozitsiyaga chiqib, to‘p olmaganlaridan keyin yana
pozitsiya almashtirishga majbur bo‘ladilar.
565
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli
2.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo‘ramiz.
Toshkent:O‘zbekiston,- 2017.-b.
3.
Abdullaeva Sh. A. Sportchilarning tarbiyalanganlik darajasini tashxislash metodlari.-
Toshkent:Kamalak, 2019.-134 b.
4.
Abdullaev A. Talaba va sport.-Toshkent: Moliya, 2015.-168 b.
5.
Agranovskiy M. A., Lukin N. S., Kachashkin V. M. Sovremennaya silovaya trenirovka.-M.:
Fizkultura i sport, 2019.-248 s.
6.
Bernshteyn N. A. Bioximicheskie osobennosti skeletnoy muskulaturы.-Kiev: Viщa shkola,
2016.-214 s.
7.
Bohnishc S. Einige philosophisch-methodologische Fragen- Berlin, 2016.- 175 r.
8.
Bloom B. S. A Taxonomy of Eucational Objektives Handbook.- Harvow , 2017.- 83 p.
